Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Talabalar va aqliy mexnat hodimlari KAJT vazifalari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Talabalar va aqliy mexnat hodimlari KAJT vazifalari:
- KAJT mashqlarini bajarish malaka va ko‗nikmalarini egallash bo‗yicha maxsus bilimlarni shakllantirish; - Jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish; - Jismoniy fazilatlar – umumiy chidamlilik, egiluvchanlik, bir holatda uzoq vaqt muskul zo‗riqishlarini ta‘minlovchi statik chidamlilikni rivojlantirish; - Maxsus jismoniy fazilatlar –gipokineziyaga chidamlilik sifatlarini 173 takomillashtirish; - Ruhiy sifatlar – fikrlash, diqqat, tasavvur, xotira fazilatlarni rivojlantirish, axloqiy sifatlar – intizomlilik, sabr qanoat, jasurlik, qat‘iyatlilik, mexnat sevarlikni tarbiyalash; - Atrof muhitning salbiy ta‘sirlariga organizm chidamliligini shakllantirish. KAJT vazifalarini hal etuvchi vositalar. Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda muhim vositalar sifatida siklik mashqlar: kross va uzoq masofaga yugarishlar, suzish va yurish mashqlari, velosipedda uchish mashqlarini kiritish mumkin. Bu shakldagi mashqlar yurak qon tomir va nafas olish tizimini takomillashtiradi. Umumiy chimdamlilikning asosini, organizmni beto‗xtov kislorod bilan taminlash mexanizmi tashkil etadi. Kislorod organizmda kechadigan barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan bosh miya faoliti uchun kislorod yurakka nisbatan 5 barobar, muskullarga nisbatan esa 20 barobar ko‗p talab qilinadi. Statik chidamlilikni rivojlantirishda o‗quv va mexnat jarayonlarida ko‗p zo‗riqishlarda bo‗ladigan bo‗yin, elka kamari va qorin hamda bel muskullari uchun dinamik va statik mashqlar bajarish qo‗llaniladi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun bo‗g‗imlarni keng harakatlanishini ta‘minlaydigan mashqlardan foydalaniladi. Mashqlar bir necha marotaba bajariladi, bo‗g‗imlarda engil og‗riqlar paydo bo‗lgunga qadar takrorlanadi. Harakatlar kengligi har urinishlarda ortirilishi kerak. Egiluvchanlikni ortirish mashqlarini har kuni ikki martadan bajarish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini ortirishga qaratilgan mashqlarni ko‗plab bajarishga katta e‘tibor berish kerak. Ruhiy va axloqiy sifatlar har hil sport turlari mashg‗ulotlarida, sport o‗yinlari va bellashuvlarda yaxshi rivojalanib boradi. Masalan, yakkakurash sport turlarida raqibining harakatlarini oldindan bilish, diqqat, idrok, tasavvur qilish bilan birga jasurlik, qat‘iyatlilik, sharoitga to‗g‗ri baho berish, o‗z kuchiga ishonch kabi shaxs fazilatlari tarkib topadi. Xis tuyg‗ularga berilmaslik bellashuv jarayonida sovuqqon bo‗lishga, raqib imkoniyatlarini baholay olishga, to‗g‗ri qaror qabul 174 qilishga yordam beradi. Sport o‗yinlarida, o‗q otish, gimnastika va akrobatika sport turlarida diqqatni, fikrni jamlash, tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Iroda sifatlarini, mardlik, tirishqoqlik va o‗ziga ishonchni qo‗rqinchni engish kerak bo‗ladigan sport turlari – suvga sakrash, parashyutda sakrash, balandlikdagi mashqlarni bajarish bilan rivojlantiriladi. Tashabbuskorlik va tashkilotchilik xislatlarini shakllantirishda sport musobaqalari va bellashuvlarda ishtirok etish, ommaviy sport tadbirlari va bayramlarida, namoyishlarda qatnashish katta yordam beradi. Atrof muhitning salbiy omillariga chidamlilikni tarbiyalashda organizmni tabiat omillari yordamida chiniqtirish hamda ochiq havoda va tog‗li hududlarda tabiat qo‗ynida sport mashqlari bilan shug‗ullanish tashkil etiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling