Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Zamonaviy sog„lomlashtirish tizimlari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Zamonaviy sog„lomlashtirish tizimlari Aerobika — tsiklik harakatlardan tarkib topgan jismoniy mashqlar majmu‘i bo‗lib, yurak qon tomir va nafas olish tizimi faoliyatini ortirishga yo‗naltirilgan. «Aerobika» so‗zi – grekchada aero — havo, bios — hayot ma‘nosini bildiradi. 1968 yilda Amerikalik olim hamyurtlarining yurak qon tomiri kasalligi bilan ko‗plab nobud bo‗lishini tahlil etib, barchani sog‗lom turmush tarzi kechirish hamda aerob mashqlar bilan shug‗ullanishga chaqiradi va o‗zining «Aerobika» nomli kitobini taqdim etadi. Aerob mashqlar organizmda kislorod almashinuvini yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlab, organizmni kislorod bilan ta‘minlanishida ishtirok etadigan barcha organlar va tizimlarni takomillashtirishga qaratiladi. Aerob xususiyatga ega bo‗lgan sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarga asosan yurish, yugurish, suzish va velosipedda yurish mashqlarini kiritish mumkin. Bu harakatlarni bajarishda organizmda aerob jarayonlar ya‘ni ko‗plab kislorod iste‘moli amalga oshadigan holat yuzaga kelganligi uchun mashg‗ulot shaklini – Aerobika deb nomlashni taklif etdi. Mashg‗ulotlarga qo‗yiladigan asosiy talablardan yana biri mashg‗ulotlar davomida yurak urishlari soni daqiqasiga 130 tani tashkil etishi kerak. Aerob mashqlarni bajarishda to‗rtta asosiy fazalar bo‗ladi: qizdirish mashqlari, aerob mashqlar bajarish, nafasni rostlash, bo‗g‗imlarga ta‘sir etish. Qizdirish mashqlari bel, gavda, oyoq va qo‗l muskullarini va bo‗g‗imlarini qizdirish hamda yurak qrishlari sonini bir oz tezlashtirishga qaratilgan bo‗ladi. Aerob mashqlar bajarish chog‗ida yurish, yugurish, suzish va velosipedda uchish 176 harakatlari bajariladi. Nafasni rostlash davomida harakatlar tempi pasaytiriladi, organizm bir oz tinchlantiriladi, nafas olish va muskullarni bo‗shashtirish mashqlari bajariladi. Bo‗g‗imlarga ta‘sir etish jarayonida barcha bo‗g‗imlar harakatchanligini ortirish uchun cho‗zilish, egilish, yozilish, bukilish mashqlari bajariladi. Aerobika mashqlari bilan haftasiga 3-4 marta 30 daqiqa davomida shug‗ullanish organizmni sog‗lomlashtirishda ijobiy natijalarga erishishni ta‘minlaydi. Aerobika bilan shug‗ullanishda organizmda quyidagi jarayonlar sodir bo‗ladi: tanya harakat apparati mustahkamlanadi, tushkunlik kayfiyatlari yo‗qoladi, ovqat hazm qilish yaxshilanadi, erta qarish oldi olinadi, aqliy va jismoniy ishchanlik ortadi, yurak kasalliklari xavfi kamayadi, uyqu yaxshilanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling