Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
SHeyping — inlizcha shaping — shaklga solish ma‘nosida bo‗lib, ayollarning
qomat tuzilishini kuch mashqlari yordamida kelishgan qilib shakllantirish mashg‗ulotlari hisoblanadi. SHu bilan birga mashg‗ulotlar jarayonida organizm tizimlari va funktsiyalari takommillashtirilishi hamda organizmning sog‗lomlashtirilishi ta‘minlanadi. SHeyping mashg‗ulotlarining asosini aerobika va atletik gimnastika mashqlarini hamkorlikda bajarish tashkil etadi. SHeyping mashg‗ulotlarida aerobika mashqlarini qo‗llash: musiqa va jo‗shqin harakatlar yordamida yurak qon tomir tizimini tikomillashtirish, otiqcha vaznni kamaytirishga erishilsa: atletik gimnastika mashqlari yordamida esa muskul guruhlari kuchini va chidamliligini ortirish ta‘minlanadi. SHeyping bilan shug‗ullanishda jismoniy yuklamalar shug‗ullanuvchilar shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rejalashtiriladi va boshqariladi. Mashg‗ulotlardan oldin shug‗ullanuvchilar sog‗ligining holati, jismoniy tayyorgarlik darajasi, qomat 178 tuzilishidagi kamchiliklar, organizm morfo funktsional imkoniyatlari hamda nerv tizimining tiplari maxsus test sinovlari orqali aniqlanadi. Natijalar asosida har bir shug‗ullanuvchi uchun maxsus xususiy rejalar ishlab chiqiladi. Mashg‗ulot ritmik gimnastika mashqlari bilan boshlanadi. Bu mashqlar organizmni qizdirish va mashg‗ulotning asosiy qismiga tayyorlashni ta‘minlaydi. SHundan so‗ng mashg‗ulot trenajerlarda mashqlar yoki og‗irliklar, gantellar, espanderlar bilan mashqlar bilan davom ettiriladi. Mashqlarni bajarishni nazorat qilish, musiqa jo‗rligini tashkil etishda DVD va VSD magnitofonlar hamda katta oynalardan foydalaniladi. Haftalik mashg‗ulotlar yakunida organizmda bo‗layotgan ijobiy o‗zgarishlar qayd etib, baholanib boriladi. Natijalar mashg‗ulotlar yuklamalarini o‗zgartirishga va qayta rejalashtirishga asos bo‗ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling