Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


V. Bob. Mustaqil ta‟lim va mustaqil mashg„ulotlar shakllari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

V. Bob. Mustaqil ta‟lim va mustaqil mashg„ulotlar shakllari 
Talabalarning mustaqil ta‘lim jarayonlari jismoniy tarbiya bo‗yicha maxsus 
vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‗ladi. Mustaqil ta‘lim jarayonlarining asosiy 
maqsadi talabalarda mustaqillik sifatlarini tarbiyalashdan iborat. Mustaqil ta‘lim 
jarayonlari hech kimning ko‗magisiz tashkil etiladi, balki tavsiyalar berish mumkin 
xolos. Mustaqil ta‘lim jarayonlari talabalarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy 
qobiliyatlari hamda shaxsiy qiziqishlari bilan birga jins turlariga muvofiq belgilanadi.
Jismoniy tarbiya bo‗yicha mustaqil ta‘lim mashg‗ulotlari talabalarda jismoniy 
fazilatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish bilan bir 
qatorda, jismoniy tarbiya va sportga oid bilimlar va internet ma‘lumotlarini 
o‗zlashtirishdan iborat bo‗ladi. SHu bilan birga mustaqil ta‘lim jarayonlarida 
talabalar jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha mamlakatimizda bo‗layotgan 
islohatlar, mamlakatimiz prezidenti va vazirlar mahkamasining jismoniy tarbiya va 
sportni yanada rivojlantirish bo‗yicha qaror va farmonlari o‗rganiladi va tahlil 
etiladi.
Talabalarning jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilimlarini shakllanish 
darajalari ular qo‗l yozmalar, referatlar tayyorlashida aks etadi. Qo‗l yozma va 
referatlarni quyidagi mavzularda tayyorlash mumkin:


183 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni shakllanishi va uning 
rivojlanishi. 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida islohatlar mazmuni. 
Mamlakatimizda milliy sport turlarini rivojlanishi va taraqqiy etishi. 
Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro sport musobaqalarda erishayotgan 
muvaffaqiyatlarining omillari. 
Ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‗lomlashtirish 
mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalari. 
Talabalar jismoniy tarbiya va sport sog‗lomlashtirish mashg‗ulotlarining 
shakllari, vositalari va uslublari. 
Organizmni tabiat omillari yordamida chiniqtirish tadbirlari. 
Jismoniy 
mashqlar 
va 
sport 
mashg‗ulotlarining 
organizmga 
sog‗lomlashtiruvchi ta‘sirlari. 
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida jarohatlanishlarning oldini olish. 
Jismonan zaif va nogiron talabalar bilan jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari 
tashkil etish. 
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarida tibbiy nazoratlarni 
tashkil etish. 
Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan mustaqil shug‗ullanish. 
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik mashg‗ulotlarini tashkil etish 
jarayonlari. 
Sog‗lom turmush tarzi va uning qoidalariga rioya qilish. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda shaxsiy va jamoat gigienasi 
talablariga rioya qilish. 
SHuningdek mustaqil ta‘lim jarayonlarida talabalar jismoniy mashqlar va 
sport bilan shug‗ullanishda organizmda bo‗layotgan ijobiy va salbiy o‗zgarishlarni 
nazorat qilish va ularni qayd etib borish bo‗yicha bilimlari shakllantiriladi. 
Mashg‗ulotlar jismoniy yuklamalarini me‘yorlash, iste‘mol qilayotgan ozuqa 
moddalarning me‘yori va kaloriyasini hisoblab borish, kun tartibi va mashg‗ulotlar 
shakllari hamda vositalarini ham qayd etib borish usullari o‗rgatiladi. 


184 
Talabalar jismoniy tarbiya bo‗yicha mustaqil mashg‗ulotlari jarayonlari esa 
talabalarning o‗qish va mexnat faoliyatidan bo‗sh vaqtlarda jismoniy mashqlar va 
sport turlari bilan faol shug‗ullanishni tashkil etadi. Mustaqil mashg‗ulotlar 
shug‗ullanuvchilar jismoniy va aqliy charchoqlarini barataraf qilishdan tortib, 
jismoniy fazilatlarni yuqori darajada takomillashtirish vazifalarini hal etadi. 
YUqorida ta‘kidlaginimizdek mustaqil mashg‗ulotlar shakllari ertalabki badan 
tarbiya mashqlari bilan shug‗ullanish, sport to‗garaklarida sport turlari bilan 
shug‗ullanish, tabiat omillari yordamida chiniqtirish muolajalari qabul qilish 
hamda sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlaridan iborat bo‗lishi mumkin. 
Ertalabki badan tarbiya mashqlari shug‗ullanuvchilarni kun davomida 
bo‗ladigan jismoniy va aqliy yuklamalarga tayyorlash bilan birga ular organizmini 
sog‗lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish vazifalarini ham amalga oshiradi. Sport 
to‗garaklardagi mashg‗ulotlar esa shug‗ullanuvchilarning sport turlari harakatlari 
texnikasi va taktikasini egallashga, jismoniy fazilatlardan kuch, chidamlilik, 
tezkorlik va chaqqonlik hamda egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishga katta 
yordam beradi. Toza havoda sayrlar, tabiat qo‗yniga qilinadigan sayohatlar 
davomida organizm tabiat omillari quyosh, havo va suv muolajalari ta‘sirida 
chiniqtiriladi, kasalliklarga chidamliligi ortadi. SHu bilan birga chiniqtirish 
muolajalarini uy sharoitida hamda sauna va hammomlarga tushish bilan ham 
tashkil etish mumkin. 
Tabiat qo‗yniga sayrlar va sayohatlar jarayonlarida organizm tabiat omillari 
yordamida chiniqib borishi bilan birga har hil shakldagi jismoniy harakatlar 
bajarish bilan harakat malaka va ko‗nikmalari takomillashadi, jismoniy sifatlar 
rivojlanib borishi ta‘minlanadi. Sayr va sayohatlarda axloqiy, ruhiy iroda va 
ma‘naviy ma‘rifiy fazilatlar, bilim va malakalar tarbiyalaydi hamda 
dunyoqarashlar kengayadi. Tashabbuskorlik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, jasurlik
hamkorlik, mexnatsevarlik, o‗z aro hurmat va izzat kabi bir qator insoniy fazilatlar 
kamol topadi.


185 
Talabalarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkchilari maxsus sinov testlar iorqali 
baholanib briladi. Olingan ko‗rsatkichlarga muvofiq ularning jismoniy tarbiya va 
sport mashg‗ulotlaridaga jismoniy yuklamalar hajmi va ta‘sirlari rejalashtiriladi. 
SHuningdek talabalarning jismoniy rivojlanish darajalari ―Alpomish‖ va 
―Barchinoy‖ sinov testlari orqali ham baholanadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling