Логистика
darajasiga erishish uchun logistika tizimlarining ishlashi
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
darajasiga erishish uchun logistika tizimlarining ishlashi:
▪ ishonchlilik darajasi-logistika tizimining yetkazib berish muddatlariga rioya qilish, narxning xavfsizligi va maqbulligini ta’minlash ko‘rsatkichlari asosida moddiy oqim harakatini ta’minlash qobiliyati sifatida; ▪ funksionallik-berilgan sharoitlarda yoki mavjud bo‘lgan omillarda uzluksiz ishlashni ta’minlash imkoniyati sifatida; ▪ mavjudligi-mijozlarning moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini hamma uchun bir xil darajada ta’minlash qobiliyati sifatida. Uchta asosiy ko‘rsatkich ham yaxlitlikning ajralmas qismi bo‘lib, birgalikda faoliyat yuritib, jahon darajasida logistika xizmati talablarini qondirishga qodir. AQSh logistika tizimida transportning 4 turi mavjud: havo, temir yo‘l, dengiz, avtotransport. 2021-yilda mamlakat tomonidan eksport qilinadigan bug‘doy hajmlari tarkibi quyidagi yo‘nalishlarda taqsimlandi:: Tinch okeanining shimoli-G‘arbiy qismi eksport qilinadigan hajmning 36%; Meksika ko‘rfazi zonasi (Texas shtati) 27 %; Meksika ko‘rfazi, Missisipi shtati 29 %. Shuni ta’kidlash kerakki, AQShda yuk tashish hajmi mamlakat ichki yalpi mahsulotining 8,5 foizini tashkil etadi (taqqoslash uchun: Irlandiyada YaIMning 14,2 foizi, Singapurda 13,9 foizi, Gonkongda 13,7 foizi, Germaniyada 13,0 foizi). AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya kabi yetakchi xorijiy mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotining 25-30 foizi tovar, moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini boshqarishning logistika tizimlari bilan bog‘liq. Transport va logistika tizimlarining yuqori darajada rivojlanishi bilan ajralib turadigan Yevropa mamlakatlaridan biri bu Germaniya bo‘lib, uning transport kompleksi shartli ravishda tugun va terminalga bo‘linib, mamlakatga yuk oqimlarini taqsimlashning eng yirik markazi sifatida ishlashga imkon beradi. Xususan, Fridevald uzelining geografik joylashuvi mamlakatning tashqi va ichki transport oqimlarini yagona boshqariladigan tizimga birlashtirish imkoniyatini beradi, bu esa logistika xizmatlari va logistika faoliyati sohalarining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Gollandiyaning tajribasi ham bir xil darajada muhimdir, bu yerda logistika yuqori darajada rivojlangan faoliyat sohalaridan biri bo‘lib, Yevropadagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mamlakatning Shimoliy dengiz sohilida joylashganligi, jihozlangan portlar mavjudligi sababli Niderlandiya Yevropaga transport "Oynasi" hisoblanadi. Gollandiyada turli xil logistika xizmatlarini ko‘rsatadigan kompaniyalar soni dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, hozirda 12000 dan oshadi. Yevropada logistika tizimlariga a’zo mamlakatlarning ulushi quyidagicha taqsimlanadi: barcha transport hajmining 40% gacha Germaniya xizmat qiladi; Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling