Логистика
% Belgiya; 11% Fransiyaga, 2% Italiyaga
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Just - in - time" (o‘z vaqtida), ▪ “Requirements/resource
20% Belgiya; 11% Fransiyaga, 2% Italiyaga va boshqalarga to‘g‘ri keladi.
Yuklarni qayta ishlash jarayonlari texnologik jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash hisobiga xodimlarning minimal ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday transmilliy kompaniyalar singari, logistika xalqaro kompaniyalari ham dunyoning turli mintaqalarini birlashtirgan keng tarmoqqa ega. 66 Niderlandiya transport logistikasining eng muhim tuzilmalaridan biri Rottyyerdamdagi dengiz porti va temir yo‘l terminali, Schiphol aeroportining yuk terminalidir. Niderlandiyadagi logistika sohasi transport va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan milliy transport va logistika assotsiatsiyasi "TLN" ishtirokida nazorat qilinadi Mamlakatda "DINALOG" istiqbolli logistika instituti tashkil etildi. 2. Rivojlangan mamlakatlarning logistika kompaniyalarining turlari va rivojlanishi AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining Mega mintaqaviy logistika tizimlari hozirgi vaqtda quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda: ➢ yirik mintaqaviy ulgurji sotuvchilar va mahsulotlarni jismoniy taqsimlash logistika markazlarini tashkil etish; ➢ mintaqalar hududida umumiy foydalanishdagi omborlarni (tarmoqlararo maqsadli omborlarni) shakllantirish; ➢ mintaqalardagi sanoat firmalari bilan kontraktli hamkorlik asosida logistika funksiyalarini amalga oshirishga qodir vositachilik logistika kompaniyalarini tashkil etish; ➢ logistika vositachilarining funksiyalarini kengaytirish (mahsulot ishlab chiqaruvchilarning logistika zanjirining mumkin bo‘lgan katta bo‘g‘inlarini boshqarishga bo‘ysunish; ➢ obyektlarning jismoniy taqsimlanishini optimallashtirish; ➢ tovarlarni taqsimlashni rejalashtirish, moliyaviy va axborot bilan ta’minlash va boshqalar). Boltiqbo‘yi, Azov-qora dengiz, Kaspiy, Shimoliy va uzoq Sharq havzalarida dengiz portlarining keng tizimi, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tarmoqlari, yuk tashish yo‘llari, xalqaro aeroportlar majmuasi hozirda sanoat bazasini yaratmoqda, uning asosida Rossiya federatsiyasi samarali tranzit tashishlarni amalga oshirishi va logistika tizimlarining yuqori raqobatbardoshligini ta’minlashi mumkin. Dunyoning muvaffaqiyatli rivojlanayotgan kompaniyalari o‘z faoliyatida zamonaviy logistika tushunchalari, tizimlari va texnologiyalarini qo‘llaydilar, bu ularga tovar va axborot oqimlarini boshqarish bilan bog‘liq resurslarni optimallashtirishga imkon beradi. Ushbu texnologiyalar orasida, birinchi navbatda, quyidagilarni ta’kidlash kerak: ▪ "Just - in - time" (o‘z vaqtida), ▪ “Requirements/resource Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling