52
SAYDAKBAROVA XABIBAXON BAHODIR QIZI
Tuman taʼlim yoʻnalishi sardori, koʻplab
loyihalar
qatnashchisi va koordinatori.
Hozirda Toshkent viloyati
Oʻrta Chirchiq tumani 72-IDUM 9-A sinf oʻquvchisi.
BAHOR
Asta-sekin porlab quyoshjon
Keng olamga baxsh etar hayot.
Yashillikka burkanar borliq,
Bu goʻzallik eritar qalblar.
Asta-sekin porlab quyoshjon
Qahratonning ayozin eritar,
Moviy osmon boʻlib turfa xil,
Qushlar kelar kuy-navo bilan.
Asta-sekin porlab quyoshjon
Keng jahonni qoplar xushboʻy is
Goʻzallikdan quvonar dillar,
Gul-u maysa yasarmish gilam.
Asta-sekin porlab quyoshjon
Uygʻotadi butun borliqni,
Koʻngillar shod, barcha yer obod,
Bahor bezar butun borliqni.
VATAN BEQIYOSDUR, KOʻXNA HAR DOIM
Tillarda yangragan muqaddas kalom,
Yaqinlar quvonchi beradi dalda.
Ona yurt ishonchi dillarda doim,
Vatan beqiyosdur koʻxna har doim.
53
Muhtasham binolar, koʻxna shaharlar
Sayyohlar hayratda qilar tomosha.
Jahon lol qolmoqda bu goʻzallikdan,
Vatan beqiyosdur koʻhna har doim.
Buyuk ajdodlarning dono kalomi
Bugun har sohada bermoqda foyda,
Dunyo olimlarin barin lol qilgan,
Oʻzbegim olim-u ulamolari.
Rivojlanish yangi davr
Biz yoshlarga keng imkon,
Har sohada mohirlik,
Bu biz uchun zoʻr foyda.
Aʼlo oʻqib, intilib
Buyuk Oʻzbegim nomin, tanitamiz yana ham,
Dillarda maqsad ila shahtam qadam tashlaymiz.
Buyuk insonlar boʻlib, yurt ishonchin oqlaymiz!
Do'stlaringiz bilan baham: