Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU. TO‘LIQ NOANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMNI BOSHQARISH: NOANTAGONISTIK O‘YINLAR NAZARIYASI USULLARI Reja: 6.1.
- SHAKLIDA NAMOYON QILISH.
- 6.2. STATIK NOANTAGONISTIK O‘YINLAR. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: hibsga olinganlar dilemmasi.
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: yig‘indisi konstant bo‘lgan o‘yinlar
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: xo‘rozlar jangi.
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: eri-xotin urushi
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 3x3 o‘yin.
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 3x3 o‘yin, ikkita Nesh muvozanati.
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 4x4 o‘yin
- Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: aralash strategiyalar.
- 6.3. DINAMIK NOANTAGONISTIK O‘YINLAR
- Misollar
- Dinamik o‘yinlar: saylovdagi nomzodlar o‘yini.
- Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: birinchi bo‘lib yurishning B uchun ustunligi.
- Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: ayblanuvchi va prokuror.
- Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: mukammal va to‘liq bo‘lmagan axborot sharoitidagi o‘yinlar.
- Dinamik o‘yin: to‘liqsiz va nomukammal axborot
- TAYORLANISH UCHUN SAVOLLAR
Keys 5.2. Tergovchi A gumon qilinuvchini og‘zaki so‘roq (A1 strategiya), detektor orqali so‘roq (A2) yoki uni yozma ravishda so‘roq (A3) qilishi mumkin ekan. Gumon qilinuvchi B aybini tan olmasligi (B1), qisman tan olishi (B2) yoki to‘liq tan olishi (B3) mumkin ekan. (O‘yinchilar yutuqlari matritsasi berilgan): B1 B2 B3 A1 -6 , 6 -3 , 3 1 , -1 A2 3 , -3 5 , -5 6 , -6 A3 2 , -2 4 , -4 5 , -5 Keysni quyidagi tartibda bajaring: 1. Ushbu o‘yin yutuqlar yig‘indisi bo‘yicha qanaqa o‘yin – antagonistik yoki noantagonistikmi? 2. Ushbu o‘yin yurish usuliga ko‘ra qanaqa o‘yin – statik yoki dinamikmi? 3. Ushbu o‘yin berilishi shartiga ko‘ra qanaqa o‘yin – normal yoki ekstensivmi? 4. Ushbu o‘yin yurish soniga ko‘ra qanaqa o‘yin – chekli yoki cheksizmi? 5. Tergovchida dominant strategiyalar bormi? Agar bor bo‘lsa, u holda qanaqa? 6. Gumon qilinuvchida dominant strategiyalar bormi? Agar bor bo‘lsa, u holda qanaqa? 7. Yechim sof strategiyalardami yoki aralash strategiyalarda mavjudmi? Nesh muvozanatini toping. 8. Ikkalasi uchun o‘zaro kelishish, ya’ni raqobat qilmaslik imkoniyati bormi? 9. O‘yinda kim yutadi – tergovchimi yoki gumon qilinuvchimi? O‘yin narxi nechaga teng? 10. Xulosa qiling. 80 6-MAVZU. TO‘LIQ NOANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMNI BOSHQARISH: NOANTAGONISTIK O‘YINLAR NAZARIYASI USULLARI Reja: 6.1. Nizolarni noantagonistik o‘yinlar shaklida namoyon qilish 6.2. Statik noantagonistik o‘yinlar 6.3. Dinamik noantagonistik o‘yinlar 6.1. NIZOLARNI NOANTAGONISTIK O‘YINLAR SHAKLIDA NAMOYON QILISH. Mashhur olim Djon Nesh 40 noantagonistik o‘yinlar nazariyasining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Noantagonistik o‘yindagi asosiy farazlar quyidagicha: - o‘yinchilar ratsional (oqilona) qarorlarni qabul qiladi; - o‘yinchilar strategik harakatlarni amalga oshirishadi, ya’ni raqibining yurishlarini payqagan holda qaror qabul qilishadi; - statik o‘yinlarda o‘yinchilar bir vaqtda yurishadi, ya’ni bunday vaziyatlarda vaqt rol o‘ynamaydi; - dinamik o‘yinlarda o‘yinchilar ketma-ket yurishadi, ya’ni bunday vaziyatlarda vaqt rol o‘ynaydi. - mukammal axborot sharoitidagi o‘yinda o‘yinchi raqibining shu paytgacha bo‘lgan oldingi yurishlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. - to‘liq axborot sharoitidagi o‘yinda o‘yinchi raqibining yutuqlari funksiyasi (afzalliklari, yutuqlari) haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Ma’lumki, har juftlik strategiyalarda yutuqlar yig‘indisi nolga teng bo‘lgan o‘yin – antagonistik o‘yin. Bunga misol: Antagonistik o‘yinlarni ko‘rib chiqganimizda, biz qulaylik uchun B o‘yinchining yutuqlarini jadvalda ko‘rsatmagandik. Ko‘rib turganimizdek, ikkala o‘yinchining yutuqlarini jadvalda ko‘rsatsa bo‘ladi. Har juftlik strategiyalarda yutuqlar yig‘indisi nolga teng bo‘lmagan o‘yinlar – noantagonistik o‘yinlar. Quyidagi o‘yin bunga misol bo‘la oladi: 40 Djon Forbs Nesh (John Forbes Nash, 13 iyul 1928 yil tug‘.) - amerikalik mashhur matematik va iqtisodchi. Djon Nesh 1994 yilda noantagonistik o‘yinlar nazariyasini yaratgani uchun Nobel mukofotini olgan. Unga bag‘ishlanib Gollivudning mashhur “Tafakkur o‘yinlari” kinofilmi suratga olingan. Uning mashhur asarlari: Nash J. Equilibrium points in n-person games // Proceedings of the National Academy of Sciences. Vol. 36. 1950. P. 48-49; Nash J. Non- Cooperative Games // The Annals of Mathematics. Vol. 54. 1951. p, 286-295. 81 Ko‘rib turganimizdek, noantagonistik o‘yinda ikkala o‘yinchining yutuqlarini ko‘rsatish shart. 6.2. STATIK NOANTAGONISTIK O‘YINLAR. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: hibsga olinganlar dilemmasi. Statik o‘yinlarda o‘yinchilar bir vaqtda yurishadi, ya’ni bunday vaziyatlarda vaqt rol o‘ynamaydi. Statik o‘yinlar doimo yutuqlar matritsasi orqali beriladi. Quyidagi o‘yin statik o‘yinga misol bo‘la oladi (sonlar: yillarda berilgan qamoq jazosi): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – hibsga olinganlar: A va B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 va B1 mos ravishda «aybiga iqror bo‘ldi», A2 va B2 - «aybiga iqror bo‘lmadi» ma’nosini anglatadi. A uchun dominant strategiya: A1. V uchun dominant strategiya: B1. Nesh muvozanati: {A1,B1}, (-5,-5). Ammo: kelishuv sharoitidagi yechim: {A2,B2}, (-1,-1). Dilemma: jamiyat uchun Nesh muvozanati yaxshi, lekin hibsga olinganlar yashirin kelishuv qilishsa, jamiyat uchun yomon holat vujudga keladi. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: yig‘indisi konstant bo‘lgan o‘yinlar. Quyidagi o‘yin - statik o‘yinga misol (sonlar: bozordagi xizmatlar ulushi, foizda): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – advokatura A va advokatura B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 va B1 mos ravishda - «oynai jahonda reklama qilish», A2 va B2 - «biznes ro‘znomasida reklama qilish» ma’nosini anglatadi. Bu - yutuqlar yig‘indisi 82 konstant bo‘lgan o‘yindir. A uchun dominant strategiya: A1. B uchun dominant strategiya: B2. Nesh muvozanati : {A1,B2}, (52,48). Xulosa: A uchun doimo oynai jahonda reklama qilish qilish yaxshi, B uchun esa doimo biznes ro‘znomasida reklama qilish yaxshi. A o‘yinchisi o‘yinni yutadi. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: xo‘rozlar jangi. Quyidagi o‘yin - statik o‘yinga misol (sonlar: xo‘rozlar jangi, yutuq pul birligida): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – xo‘roz A va xo‘roz B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 va B1 mos ravishda «jangdan bosh tortish: qo‘rqish», A2 va B2 esa - «jang qilish: qo‘rqmaslik» ma’nosini anglatadi. Bu - yutuqlar yig‘indisi konstant bo‘lmagan o‘yin turi. A va B uchun dominant strategiyalar yo‘q. Analogik misol: Karib inqirozi. Ikkita Nesh muvozanati mavjud: {A1,B2}, (0,3) va {A2,B1}, (3,0) . Xulosa: ikkalasi qo‘rqishmasa va jang qilishsa, bir-birini mayib qilishadi va ikkalasiga ham putur etadi: {A2,B2}, (-3,-3). Ikkalasi oqibatidan qo‘rqishib jang qilishmasa, eson-omon qolishadi: {A1,B1}, (1,1). Agar A urishsa va B qochib ketsa, u holda A egasiga yutuq keltiradi va jangni kuzatayotgan omma oldida «zo‘r xo‘roz» dek ko‘rinadi:{A2,B1}, (3,0). Agar B urishsa va A qochib ketsa, u holda B egasiga yutuq keltiradi va jangni kuzatayotgan omma oldida «zo‘r xo‘roz» dek ko‘rinadi:{A2,B1}, (3,0). Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: eri-xotin urushi. Quyidagi o‘yin - statik o‘yinga misol (sonlar: xursandchilik indeksi): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – er A va xotin B. Ular Yangi Yil bayrami kuni birga aylangani chiqishmoqchi. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 va B1 mos ravishda «futbol ko‘rishga borish», A2 va B2 esa «konsert ko‘rishga borish» ma’nosini anglatadi. Bu - yutuqlar yig‘indisi konstant bo‘lmagan o‘yin turi. A va B 83 uchun dominant strategiyalar yo‘q. Analogik misol: Nesh muvozanatlari : {A1,B1}, (2,1) va {A2,B2}, (1,2) . Xulosa: Agar xotini futbol ko‘rsa va eri konsert ko‘rsa, ikkalasi xam xursand bo‘lmaydi: {A2,B1}, (-3,-3). Har biri ajralgan holda yaxshi ko‘rgan narsasini ko‘rsa, har biri xursand bo‘lmaydi, chunki ular bayramni birga o‘tkazishmaydi: {A1,B2}, (-1,-1). Demak, eri ustun kelib futbolga borsa, xotini majbur bo‘lib unga ergashadi:{A1,B1}, (2,1). Agar xotini ustun kelib konsertga borsa, eri majbur bo‘lib unga ergashadi:{A2,B2}, (1,2). Bu o‘yinchilarga yaxshi maslahat quyidagicha ifodalanadi: bu safar futbolga borishsin, keyingi safar esa - konsertga. Agar o‘yin ketma-ket bo‘lganda, birinchi yurgan yutar edi, chunki ikkinchi yurgan unga ergashar edi. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 3x3 o‘yin. Quyidagi o‘yin - statik o‘yinga misol (sonlar: yutuq miqdori): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – A va B. Har bir o‘yinchining uchta strategiyasi bor: A1,A2,A3 va B1,B2,B3. Bu - yutuqlar yig‘indisi konstant bo‘lmagan o‘yin turi. A va B uchun dominant strategiyalar yo‘q. Nesh muvozanati: {A3,B3}, (6,6). Yechish yo‘li: agar A yurishi A1 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B1. Agar A yurishi A2 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B2. Agar A yurishi A3 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B3. Agar B yurishi B1 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A2. Agar B yurishi B2 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A1. Agar B yurishi B3 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A3. Ikkita o‘yinchining eng yaxshi yurishlari va yutuqlari to‘plami kesishmasi: {A3,B3}, (6,6). O‘yin do‘rang bilan yakunlanadi. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 3x3 o‘yin, ikkita Nesh muvozanati. Statik o‘yinga misol (sonlar: yutuq miqdori): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – A va B. Har bir o‘yinchining uchta strategiyasi bor: A1,A2,A3 va B1,B2,B3. Bu - yutuqlar yig‘indisi konstant 84 bo‘lmagan o‘yin turi. A va B uchun bittadan dominant strategiyalar bor. Nesh muvozanatlari:{A1,B1}, (1,1) va {A3,B3}, (3,3). Yechish yo‘li: agar A yurishi A1 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B1. Agar A yurishi A2 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B1. Agar A yurishi A3 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B3. Agar B yurishi B1 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A1. Agar B yurishi B2 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A1. Agar B yurishi B3 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A3. Ikkita o‘yinchining eng yaxshi yurishlari va yutuqlari to‘plami kesishmasi: {A1,B1}U{A3,B3}, (1,1)U(3,3). O‘yin do‘rang bilan yakunlanadi. Boshqacha yechim yo‘li: Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: 4x4 o‘yin. Statik o‘yinga misol (sonlar: yutuq miqdori): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor –A va B. Har bir o‘yinchining 4 strategiyasi bor: A1,A2,A3,A4 va B1,B2,B3,B4. Bu - yutuqlar yig‘indisi konstant bo‘lmagan o‘yin turi. A uchun dominant strategiyalar yo‘q. B uchun dominant strategiyalar bor. Nesh muvozanati: {A2,B2}, (6,6). Yechish yo‘li: B o‘yinchisi B4 ni yurmaydi. Demak, 4 ustun ko‘rilmaydi va 3 ustun qoladi. So‘ng 4x3 o‘yinda A o‘yinchisi A4 ni yurmaydi, demak o‘yin 3x3 o‘yiniga qisqaradi. 3x3 o‘yinida, agar A yurishi A1 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B1. Agar A yurishi A2 bo‘lsa, u holda B 85 ning eng yaxshi javobi B2. Agar A yurishi A3 bo‘lsa, u holda B ning eng yaxshi javobi B3. Agar B yurishi B1 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A3. Agar B yurishi B2 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A2. Agar B yurishi B3 bo‘lsa, u holda A ning eng yaxshi javobi A1. Demak, ikkita o‘yinchining eng yaxshi yurishlari va yutuqlari to‘plami kesishmasi: {A2,B2}, (3,3). O‘yin do‘rang bilan yakunlanadi. Statik (parallel yurishli) o‘yinlar: aralash strategiyalar. Statik o‘yinga misol (sonlar: U, naflilik ballari): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor: A - tekshirilayotgan idora va B – prokuror. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1 – «qonunga bo‘ysinadi», A2– «qonunga bo‘ysinmaydi (qonunni buzadi)» va B1 – «tekshiradi», B2 – «tekshirmaydi». A va B uchun dominant strategiyalar yo‘q. Nesh muvozanati: sof strategiyalarda Nesh muvozanati yo‘q, demak uni aralash strategiyalarda izlash kerak. A uchun aralash strategiya (p1,p2) bo‘la qolsin. Bu erda p1 - bu “A1 ning ehtimolligi” , p2 esa “A2 ning ehtimolligi”. B uchun aralash strategiya (q1,q2) bo‘la qolsin, ya’ni B1 va B2 ehtimolliklari. Yechish yo‘li. Gambit 13 dasturini ochamiz va File/New/Strategic game buyrug‘ini beramiz. Paydo bo‘lgan oynada, masala ma’lumotlarini kiritamiz: So‘ng Tools/Equilibrium buyrug‘i orqali masalani echamiz: O‘yinni Gambit 13 dasturida echsak, quyidagilarni olamiz: (p1;p2)=(0,73;0,27) , (q1;q2)=(0,25;0,75). Bu - Nesh muvozanati. Demak, idora 0,73 ehtimollik bilan qonunga bo‘ysinadi va shunda uning yutug‘i 1 ga teng bo‘ladi, prokuror esa 0,25 ehtimollik bilan idorani tekshiradi va shunda uning yutug‘i 0,3636 ga teng bo‘ladi. Idora o‘yinni yutadi, chunki 1>0,3636. 86 6.3. DINAMIK NOANTAGONISTIK O‘YINLAR. Dinamik o‘yinlarda yurishlar ketma-ket amalga oshadi, ya’ni kim birinchi va tez yuradi degan ma’noda emas (diskret yurishlar). Agar keyingi yurishni amalga oshiruvchi o‘yinchi raqibining shu qadar bo‘lgan oldingi yurishlarini bilsa, o‘yin to‘liq axborot (complete information, common knowledge) sharoitida kechadi. Agar har bir o‘yinchi barcha yurishlar kombinatsiyalariga oid yutuqlarni bilsa, o‘yin mukammal axborot (perfect information) sharoitida kechadi. Bunday o‘yinlar, agar chekli bo‘lsa, orqadan oldiga yurish (backward induction) orqali sof strategiyalarda echiladi. Misollar: Shtakelberg modeli, krestik-nolik, shaxmat va shashka. O‘yin daraxtiga mos bo‘lmagan daraxtlar. O‘yin daraxti o‘ziga xos bo‘ladi: unda faqatgina bir dona boshlang‘ich cho‘qqi bo‘ladi. Rasmdagi daraxtlar o‘yin daraxtlari emas: chapdagi daraxtda bir cho‘qqining ikki cho‘qqisi bor – bu mumkin emas; o‘ngdagi daraxtda boshlang‘ich cho‘qqi yo‘q. Rasm 6.1. O‘yin daraxtiga mos bo‘lmagan daraxtlar Dinamik o‘yinlar: saylovdagi nomzodlar o‘yini. Dinamik o‘yinga misol (sonlar: saylovchilar ovozlari soni, minglarda): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – nomzod A va nomzod B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 - «saylovoldi kampaniyasini tashkil etish», A2 - «saylovoldi kampaniyasini tashkil etmaslik» ma’nosini anglatadi. B1 - «saylovda faol ishtirok etish», B2 - 87 «saylovda faol ishtirok etmaslik» ma’nosini anglatadi. Nesh muvozanati: {A1,B2}, (3,3). Yechish yo‘li: B uchun eng katta yutuq 4 ga teng, demak B uchun {A2,B1}, (2,4) maqsad bo‘lib qoladi. Lekin A o‘yinchi B ning maqsadini payqab, A2 ni yurmaydi. Aksincha, A1 ni yuradi. Natijada, B uchun B2 ma’qul bo‘ladi. O‘yin do‘rang bilan yakunlanadi. Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: birinchi bo‘lib yurishning B uchun ustunligi. Dinamik o‘yinga misol (sonlar: saylovchilar ovozlari soni, minglarda): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – nomzod A va nomzod B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 «saylovoldi kampaniyasini tashkil etish», A2 «saylovoldi kampaniyasini tashkil etmaslik» ma’nosini anglatadi. B1 «saylovda faol ishtirok etish», B2 «saylovda faol ishtirok etmaslik» ma’nosini anglatadi. Nesh muvozanati: {B1,A2}, (4,2). Yechish yo‘li: A uchun eng katta yutuq 4 ga teng, demak A uchun {B2,A2}, (2,4) maqsad bo‘lib qoladi. Lekin B o‘yinchi A ning maqsadini payqab, B2 ni yurmaydi. Aksincha, B1 ni yuradi. Va natijada, A uchun A2 ma’qul bo‘ladi. O‘yinni B o‘yinchisi yutadi. Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: ayblanuvchi va prokuror. Dinamik o‘yinga misol (sonlar: reyting ballari): Bu o‘yinda ikkita o‘yinchi bor – hibsga olingan A va prokuror B. Har bir o‘yinchining ikkita strategiyasi bor: A1,A2 va B1,B2. A1 «advokat yollamaslik», A2 «advokat yollash» ma’nosini anglatadi. B1 «advokat 88 bilan qattiq bahslashish», B2 «advokat bilan qattiq bahslashmaslik» ma’nosini anglatadi. Nesh muvozanati: {A2,B1}, (-1,1). Yechish yo‘li: B uchun eng katta yutuq 1 ga teng va A uchun {A2,B2}, (0,0) maqsad bo‘lib qoladi. Lekin B o‘yinchi A ning maqsadini payqab, B2 ni yurmaydi. Aksincha, B1 ni yuradi. Prokuror o‘yinni yutadi. Dinamik (ketma-ket yurishli) o‘yinlar: mukammal va to‘liq bo‘lmagan axborot sharoitidagi o‘yinlar. Bunday o‘yinlarda yurishlar qoidaga rioya qilmagan holda ketma-ket amalga oshadi, ya’ni kim birinchi va tez yuradi degan ma’noda (diskret yurishlar). Keyingi yurishni amalga oshiruvchi o‘yinchi raqibining shu qadar bo‘lgan oldingi yurishlarini bilmaydi, ya’ni o‘yin to‘liqsiz axborot (incomplete information, non- common knowledge) sharoitida kechadi. Xar bir o‘yinchi barcha yurishlar kombinatsiyalariga oid yutuqlarni bilmaydi, ya’ni o‘yin nomukammal axborot (imperfect information) sharoitida kechadi. Dinamik o‘yin: to‘liqsiz va nomukammal axborot. Botir va Shuxrat futbolga borishmoqchi. Ular bilet sotib olishdi. Lekin ular aynan qaerda uchrashishni kelishib olishmadi. Futbol stadioni Paxtakor metrosi oldida. Qaerda uchrashish mumkin: stadiondami yoki metrodami? Ularda telefon ham yo‘q. Har birida 2 strategiya bor: metroda kutish yoki stadionda. Shuhrat qaror qabul qilayotganda Botirning qarori haqida xech nima bilmaydi, ya’ni qaror qabul qilayotganda Shuhrat bilmayapti, qaysi cho‘qqidan qaror qilishni. Shuning ikki cho‘qqi bir axborot to‘plamiga (AT) birlashtirildi: Shuxratning ATsi ikki cho‘qqidan iborat. Botirning ATsi bir cho‘qqidan iborat. Agar Botir Shuxratga qo‘ng‘iroq qilaolganda va Shuhrat unga qo‘ng‘iroq qilaomaganda, u holda Shuhratda 2 ta AT paydo bo‘lardi va har biri 1 cho‘qqidan iborat bo‘lardi (agar xar qanday AT bir cho‘qqidan iborat bo‘lsa, u holda mukammal axborot sharoitidagi o‘yin vujudga keladi). TAYORLANISH UCHUN SAVOLLAR: 89 1. “Noantagonistik o‘yin” tushunchasini ta‘riflab bering. Noantagonistik o‘yinlarning qanaqa turlarini bilasiz? Sanab aytib o’ting. 2. „Statik noantagonistik o’yin“ tushunchasini ta‘riflab bering. Misol keltiring. 3. Yig‘indisi konstant bo‘lgan statik noantagonistik o’yinga misol keltiring. 4. “Hibsga olinganlar dilemmasi” o’yiniga misol keltiring. Bunday o’yin qanaqa holatlarda uchraydi? 5. Dinamik noantagonistik o‘yinga misollar keltiring. To‘liq, to‘liqsiz va nomukammal axborotli dinamik noantagonistik o‘yinlarni ko‘ rib chiqing. MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR. Keys 6.1. Prokuror A jinoyat ishni darhol sudga etkazishi (A1 strategiya), o‘zida saqlab uning ustidan yana ishlashi (A2) yoki uni tergovchiga qo‘shimcha ishlov berishga yuborishi (A3) mumkin ekan. Advokat B jinoiy ishni darhol darhol o‘rganishi (B1), tez orada o‘rganishi (B2) yoki uzoq muddatdan keyin o‘rganishi (B3) mumkin ekan. Sifat reyting ballari matritsasi berilgan: B1 B2 B3 A1 1 , 5 2 , 4 3 , 3 A2 3 , 3 5 , 2 5 , 2 A3 2 , 5 4 , 4 6 , 0 Keysni quyidagi tartibda bajaring: 1. Ushbu o‘yin yutuqlar yig‘indisi bo‘yicha qanaqa o‘yin – antagonistik yoki noantagonistikmi? 2. Ushbu o‘yin yurish usuliga ko‘ra qanaqa o‘yin – statik yoki dinamikmi? 3. Ushbu o‘yin berilishi shartiga ko‘ra qanaqa o‘yin – normal yoki ekstensivmi? 4. Ushbu o‘yin yurish soniga ko‘ra qanaqa o‘yin – chekli yoki cheksizmi? 5. Prokurorda dominant strategiyalar bormi? Agar bor bo‘lsa, u holda qanaqa? 6. Advokatda dominant strategiyalar bormi? Agar bor bo‘lsa, u holda qanaqa? 7. Nesh muvozanatini toping. 90 8. Ikkalasi uchun o‘zaro kelishish, ya’ni raqobat qilmaslik imkoniyati bormi? 9. O‘yinda kim yutadi – prokurormi yoki advokatmi? 10. Xulosa qiling. Keys 6.2. Prokuror A jinoyat ishni darhol sudga etkazishi (A1 strategiya) yoki o‘zida saqlab uning ustidan yana ishlashi (A2) mumkin ekan. Advokat B jinoiy ishni uzoq muddatdan keyin o‘rganishi (B1) yoki darhol o‘rganishi (B2) mumkin ekan. Prokuror A jinoyat ishni uzoq muddatdan keyin darhol sudga etkazishi (A‘1 strategiya) yoki o‘zida saqlab uning ustidan yana ishlashi (A‘2) mumkin ekan. Advokat B uzoq muddatdan keyin jinoiy ishni o‘rganishni yakunlashi mumkin (B‘1) yoki davom ettirishi (B‘2) mumkin ekan. Tegishli yutuqlar pastdagi rasmda qovuslar ichida keltirilgan. Keysni quyidagi tartibda bajaring: 1. Ushbu o‘yin yutuqlar yig‘indisi bo‘yicha qanaqa o‘yin – antagonistik yoki noantagonistikmi? 2. Ushbu o‘yin yurish usuliga ko‘ra qanaqa o‘yin – statik yoki dinamikmi? 3. Ushbu o‘yin berilishi shartiga ko‘ra qanaqa o‘yin – normal yoki ekstensivmi? 91 4. Ushbu o‘yin yurish soniga ko‘ra qanaqa o‘yin – chekli yoki cheksizmi? 5. Ushbu o‘yin yurish soniga ko‘ra qanaqa o‘yin – chekli yoki cheksizmi? 6. Ma’lumot mavjudligiga ko‘ra qanaqa o‘yin – to‘liq ma’lumotlimi yoki to‘liqsiz ma’lumotlimi? 7. Qanaqa holatda o‘yin to‘liqsiz ma’lumotli bo‘lar edi? 8. Nesh muvozanatini toping. 9. O‘yinda kim yutadi – prokurormi yoki advokatmi? 10. Xulosa qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling