Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana05.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


 
Loyiha 
 
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 
 
 
A. Xudaynazarov 
 
Tizimli tahlil asoslari 
 
DARSLIK 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - 2016 


 
Xudaynazarov A. Tizimli tahlil asoslari 
/ Darslik.  
– T.: TDYU, 2016. – 160 b. 
 
Retsenzentlar:  
Karimov  A.Z.  –  f.-m.f.n.,  Toshkent  davlat  yuridik  universitetining  «Huquqiy 
informatika va tizimli tahlil asoslari” kafedrasi dotsenti. 
Xamraxudjaev  N.J.    i.f.n.,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 
davlat  boshqaruvi  akademiyasining  “Menejment  nazariyasi  va  amaliyoti”  kafedrasi 
dotsenti.
 
 
 
Mazkur  darslikda  tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil  fanining  nazariy,  nazariy-uslubiy, 
hamda  amaliy  asoslari  umumlashtirilgan.  Ushbu  darslik  ijtimoiy  fanlar  sohasida  izlanishlar  va 
pedagogik  faoliyatni  olib  boruvchi  mutaxassislar  uchun  foydali  bo‘lishi  mumkin.  Shu  bilan  birga, 
mazkur  darslik  huquqshunos,  iqtisodchi,  psixolog,  sotsiolog,  siyosatshunoslar  hamda 
boshqaruvchilar uchun tizimli tahlil va qarorlar qabul qilishda as qotishi mumkin. 
O‘quv  dasturlarini  tuzishda  darslikdagi  mavzular  mutaxassislik  yo‘nalishiga  mos  ravishda 
tanlanishi mumkin. 
В  настоящем  учебнике  обобщаются  теоретические,  теоретико-методологические  и 
практические  основы  теории  систем  и  системного  анализа.  Этот  учебник  может  быть 
полезным  для  специалистов,  осуществляющих  педагогическую  деятельность,  а  также 
исследования  в  области  общественных  наук.  Кроме  этого,  данный  учебник  может 
пригодиться  также  юристам,  экономистам,  психологам,  социологам,  политологам,  а  также 
управленцам  при  принятии  решений.  При  составлении  учебных  программ  темы, 
приведённые  в  учебнике,  могут  отбираться  в  соответствии  с  направлением  обучения  по 
специальности. 
This textbook generalizes principles of systems theory and systemic analysis concerned with 
theories,  methodology  and  application.  This  textbook  can  be  useful  for  specialists  working  as 
academicians  and  doing  research  in  sosial  sciences.  In  addition,  this  textbook  can  be  used  by 
lawyers,  economists,  sociologists,  psychologists,  politologists  as  well  as  by  managers  in  order  to 
make decisions. During creating a curriculum, the topics of the textbook can be choosen according 
to a specialization of a study. 
 
 
 
 
 

 Xudaynazarov A., 2016 

 Toshkent davlat yuridik universiteti, 2016 


 
MUNDARIJA 
 
  
KIRISH
 ...................................................................................................................... 4 
1-MAVZU. TIZIMLAR NAZARIYASI VA TIZIMLI TAHLIL: ASOSIY 
TUSHUNCHALAR
 ................................................................................................ 8 
2-MAVZU. ANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMLARNING BIR 
MEZONLI TAHLILI
 ............................................................................................ 30 
3-MAVZU. MURAKKAB TIZIMLARNING DINAMIKASI TAHLILI
 ............. 53 
4-MAVZU. NOANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMNI 
BOSHQARISH: TASHQI MUHIT HOLATINING NOANIQLIGI VA 
STRATEGIK QARORLAR
 .................................................................................. 61 
5-MAVZU. ZIDDIYATLAR SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMNI 
BOSHQARISH: ANTAGONISTIK O‘YINLAR NAZARIYASI USULLARI ..... 71 
6-MAVZU. TO‘LIQ NOANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB                  
TIZIMNI BOSHQARISH: NOANTAGONISTIK O‘YINLAR              
NAZARIYASI USULLARI
 .................................................................................. 80 
7-MAVZU. MURAKKAB TIZIMLARNING KO‘P MEZONLI TAHLILI: 
IERARXIYALAR TAHLILI USULI
 .................................................................... 92 
8-MAVZU. EHTIMOLLI SHAROITDA MURAKKAB TIZIMNI  
BOSHQARISH: TAVAKKALLI VAZIYATLARDA STRATEGIK 
QARORLARNI QABUL QILISH
 ........................................................................ 99 
9-MAVZU. EHTIMOLLI SHAROITDA MURAKKAB TIZIM  
STATIKASINING SABAB-OQIBATLI TAHLILI: KORRELYASION-
REGRESSION TAHLIL USULLARI
................................................................. 110 
10-MAVZU. MIQDORIY MA’LUMOTLAR TANQISLIGI SHAROITIDA 
MURAKKAB TIZIMNI TAHLIL QILISH: EVRISTIK USULLAR
 .................. 132 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI ............................................ 155 
ILOVA
 ................................................................................................................... 158 
 
 
 
 


 
KIRISH 
Mustaqillik  qo‘lga  kiritilgandan  so‘ng  jamiyatimizning  nafaqat 
iqtisodiy-ijtimoiy,  hamda  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarida,  balki  siyosiy-
huquqiy  sohasida  ham  sezilarli  islohotlar  va  rivojlanish  kuzatildi.  Ko‘z 
oldimizda  bir  palatali  bo‘lgan  parlamentimiz  ikki  palatali  bo‘ldi,  davlat 
xokimiyatining  qonun  chiqaruvchi,  ijrochi  va  sud  xokimiyatiga  bo‘linishi 
tizimi  yanada  takomillashtirildi.  Davlatimiz  va  jamiyatimiz  tizimida 
kuzatilayotgan rivojlanish jarayonlari to‘xtalmas bo‘lib, xozirgacha davom 
etib kelmoqda.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va 
Senatining  2010  yil  12  noyabrda  o‘tkazilgan  qo‘shma  majlisda 
Prezidentimiz
  o‘zining  ma’ruzalarida  O‘zbekistonda  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvini  demokratlashtirish,  sud-huquq  tizimini  isloh  etish,  axborot 
sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi 
erkinligini  ta’minlash  va  saylov  qonunchiligini  rivojlantirish,  fuqarolik 
jamiyati  institutlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish,  iqtisodiyotni 
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish kabi  muhim  ustuvor vazifalarni 
belgilab berdi. Hususan, u quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: «Mamlakatimizni 
demokratik 
yangilashning 
bugungi 
bosqichdagi 
eng 
muhim 
yo‘nalishlaridan  biri  bu  -  qonun  ustuvorligi  va  qonuniylikni 
mustahkamlash,  shaxs  huquqi  va  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishga 
qaratilgan 
sud-huquq 
tizimini 
izchil 
demokratlashtirish 
va 
liberallashtirishdan  iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy 
davlat  asoslarini  yanada  takomillashtirish  va  aholining  huquqiy  ongi  va 
madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda».
1
 
Shu  bilan  birga,  bozor  iqtisodiyoti  sohasidagi  qonunchilik  bazasidagi 
mavjud qonunlarning aksariyati hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib 
chiqib qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi ham alohida ta’kidlandi. 
Huquqiy  sohadagi  jarayonlarni  tizimli  boshqarish  uchun  yangi, 
zamonaviy  sohalararo    bilimga  ega  bo‘lgan,  chet  el  tajribasi  bilan  tanish 
bo‘lgan, boshqarish, qarorlar qabul qilish va tizimli tahlil usullarini amalda 
qo‘llay  oladigan  huquqshunoslarni  tayyorlash  dolzarb  muammo  bo‘lib 
qolyapti.   
Bundan  tashqari,  xalqaro  huquq  sohasida  mamlakatimizga  chet  tilini 
biladigan  va  zamonaviy  bilimga  ega,  tajribali  mutaxassislar  kerak 
bo‘lmoqda, chunki globallashuv va integratsion jarayonlar sharoitida chet 
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини 
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 
қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Т., Ўзбекистон, 2010. – 56 б.  


 
el  mamlakatlari  bilan  bo‘lgan  xamkorlik  o‘zaro  manfaatli  bo‘lishi  va 
yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishi lozim.  
Oddiy  misol  qilib  ko‘rsatadigan  bo‘lsak,  erkin  iqtisodiy  hududlarga  chet  el  investitsiyalarni 
jalb  etish  uchun  halqaro  iqtisodiy  huquqni  tushunadigan  huquqshunos-olimlar  va  huquqshunos-
amaliyotchilar  kerak  bo‘lmoqda.  Xalqaro  huquq  sohasidagi  olimlar  va  qonunchilikni  mukammal 
biladigan  mutaxassislar  esa  iqtisodiyotning  rivojlanishini  ta’minlaydigan  qonunchilikni 
rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak. Qolaversa, bunday mutaxassislar mamlakatimizda 
yaratilayotgan  har  bir  qo‘shma  korxonada  faoliyat  yuritishi  va  xalqaro  sahnada  shu  korxonalar 
huquqlarini himoya qilishi lozim.  
Binobarin, demokratik, huquqiy, farovonli, intellektual va ma’naviyati 
yuksak jamiyat qurilishida huquqshunoslarning o‘rni yuqori bo‘lishi lozim. 
Ular  qonunlarni  ishlab  chiqishda  mezon  sifatida  nafaqat  huquqiy 
tamoyillar,  balki  iqtisodiy  samaradorlik,  ijtimoiy  adolat,  jamiyatimizning 
o‘ziga hos hususiyatlarini inobatga olishlari lozim. 
Yuqorilardan kelib chiqqan holda, aytish joizki qonunlar faqatgina bir 
sohaning rivojlanishiga emas, balki  har bir sohadagi ijobiy o‘zgarishlarga 
turtki  bo‘lishi  zarur.  Bu  esa  o‘z  navbatida  qonunlarni  ishlab  chiqish 
jarayonida tizimli fikrlash va tizimli yondashuvni qo‘llashni talab etadi.  
Ma’lumki,  har  bir  soha  mutaxassisi  qachondir  mehnat  faoliyatida 
rahbar lavozimiga erishishi mumkin, ammo rahbar bo‘lish uchun da’vogar 
bir  necha  sohaga  oid  bilimlar,  ijtimoiy  ko‘nikmalar,  tizimli  fiklash  va 
qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lish lozim. 
Shuning  uchun,  xozirgi  kundagi  huquqshunos  o‘zining  mutahassislik 
doirasidagi tor bilimlari bilan cheklanib qolmasligi lozim. 
Masalan, xoxlaymizmi-yo‘qmi, qonun yoki qonuniy hujjatlarning ma’lum qismi bevosita yoki 
bilvosita  iqtisodiyot  sohasi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi  va  qonun  loyihasi  muhokama  qilinganda  avval 
uning  ma’lum  moddalari  iqtisodiyotga  (hususan,  aholi  turmush  darajasi  va  iqtisodiy  o‘sishga) 
qanday  ta’sir  etishi  tahlil  qilinishi  lozim;  bu  esa  o‘z  navbatida,  huquqshunosni,  xech  bo‘lmasa, 
iqtisodiyot rivojlanishining asosiy tamoyillarini tushunishga majbur etadi.  
Zamonaviy  huquqshunos  o‘z  faoliyatida  matematika  va  statistika 
usullaridan foydalanishni bilishi lozim.  
Masalan,  prokuratura  xodimi  iqtisodiy  jinoyatlarni  fosh  qila  olishi  uchun,  xech  bo‘lmasa, 
buxgalteriya hisob-kitobinining asoslarini tushunishi lozim; HMQO ning ahborot-tahliliy bo‘limida 
ishlayotgan  huquqshunos  statistik  usullar  yordamida  jinoyatlar  soniga  ta’sir  etuvchi  omillarni 
aniqlash va  kelgusida  jinoyatlarni  bartaraf  etish  maqsadida  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  bo‘yicha 
takliflar  berish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  lozim;  sud  jarayonida  bir-biri  bilan  baxslashayotgan 
advokat va prokurorlar matematik o‘yinlar nazariyasi usullaridan foydalanishni bilishlari kerak.   
Ko‘rib  turibmizki,  yuridik  sohada  zamonaviy  bilim,  qobiliyat  va 
ko‘nikmalarga  ega  bo‘lgan  yangi  kadrlar  tayyorlanishini  zamonning  o‘zi 
talab qilmoqda. Bunday kadrlar mantiqiy, majmuaviy va tizimli fikrlash va 
o‘z  yuridik  amaliyotida  tizimli  tahlil  usullaridan  foydalanish  qobiliyatiga 
ega bo‘lishlari darkor. Mazkur darslik talabalarda  mana shunday bilim va 
ko‘nikmalar shakllanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. 


 
Talabalar,  tadqiqotchilar,  huquqshunoslar  uchun  mo‘ljallangan  ushbu 
darslik  nafaqat  huquqiy  sohada,  balki  boshqa  ijtimoiy  sohalarda  ham 
tizimli  tahlil  qilish  usullari  va  modellarini  qo‘llashni  o‘rgatadi.  Shu  bilan 
birga aytish joizki, huquq sohalari va tizimlari (ya’ni jinoyat, tadbirkorlik, 
xalqaro,  davlat,  fuqarolik  huquqi  tizimlari  va  xok.)  bu  kitobda  tahlil 
qilinmaydi, chunki bunday tizimlar tegishli mutaxassislik fanlari doirasida 
o‘rganiladi. Mazkur darslikda asosan ijtimoiy, hususan, huquqiy sohadagi 
jarayonlar  va  ob’ektlarni  tahlil  qilish  hollari  ko‘rilgan,  ya’ni  ijtimoiy, 
hususan,  huquqiy  xayotni  samarali  va  tizimli  tarzda  boshqarish  bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  masalalar  ushbu  fanning  asosiy  o‘rganiladigan  predmeti 
sifatida ko‘riladi.  
O‘rganiladigan tizimlar, masalan, “jinoyatchilik (korrupsiya, firibgarlik, qotillik va hok.) bilan 
kurashish  tizimi”,  “yuridik  kadrlarni  tayyorlash  tizimi”,  “huquqiy-me’yoriy  hujjatlarni  ishlab 
chiqish  tizimi”,  “tergov  jarayonini  boshqarish  tizimi”,  “sud  jarayonini  boshqarish  tizimi”, 
“monopoliyaga  qarshi  kurashish  va  raqobatni  oshirish  tizimi”,  “erkin  iqtisodiy  hududlar  tizimi”, 
“ijtimoiy  himoya  tizimi”,  “aholini  ish  bilan  ta’minlash  tizimi”,  “huquqiy  madaniyat  va  huquqiy 
ongni oshirish tizimi” va boshqa tizimlar bo‘lishi mumkin.  
E’tibor beradigan bo‘lsak, bu tizimlar sohalarning kesishuvi natijasida 
hosil  bo‘lishgan  va  ularni  o‘rganish  fanlararo  tahlil  usullaridan 
foydalanishni taqozo etadi. Demak, tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani 
- fanlar kesishuvi natijasida yaratilgan fanlararo fandir.  
Masalan,  “erkin  iqtisodiy  hududlar  tizimi”  ni  boshqarish  nazariyasi  va  amaliyoti  nafaqat 
iqtisodiy xodisalarni, balki bunday hududlar tizimining huquqiy asoslarini  tadqiq qilishni ham o‘z 
ichida  qamrab  oladi.  Milliy  xavfsizdik  tizimi  nazariyasi  iqtisodiy  nazariya,  sotsiologiya, 
informatika,  ekologiya,  politologiya,  xarbiy  fanlar,  falsafa  va  xokazo  fanlar  kesishuvida 
shakllanadi. Demak, milliy xavfsizlikni ta’minlash muammosi – tizimli muammo va bu muammoni 
yechish  tizimli  yondashuv,  tizimli  tahlil  usullaridan  foydalanishni  talab  qiladi.  Aytish  joizki, 
nafaqat  tizimning  o‘zi,  balki  uning  quyi  tizimlari  ham  yahlit  holatda  o‘rganilishi  lozim.  Masalan, 
milliy  xavfsizlik  tizimi  o‘z  ichida  iqtisodiy  havfsizlik,  xarbiy  xavfsizlik,  axborot  xavfsizligi, 
ekologik xavfsizlik, texnogen xavfsizlik, ijtimoiy-siyosiy xavfsizlik va xok. quyi tizimlarni qamrab 
oladi.    Jamiyat  esa  tizim  sifatida  quyidagi  quyi  tizimlardan  iborat:  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy, 
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va xok. 
Mazkur  darslik  huquqshunoslar  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lsa-da,  uni 
har qanday ijtimoiy fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan talaba, tadqiqotchi yoki 
faoliyat yuritayotgan mutaxassis mutolaa qilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. 
Ushbu  darslikni  tayyorlashning  asosiy  maqsadi  –  huquqiy  sohadagi 
ob’ekt  va  jarayonlarni  samarali  boshqarish  uchun  malakali  yuridik 
kadrlarni  tayyorlash  va  shu  orqali  huquqiy  xayotda  ro‘y  berayotgan 
qarorlar  qabul  qilish  jarayonlarini  yanada  takomillashtirishga  hissa 
qo‘shish.  Qisqacha  qilib  aytganda,  mazkur  darslik  huquqshunosni 
sohalararo 
tizimli 
fikrlaydigan, 
hamda 
boshqaruv 
tamoyillarini 
tushunadigan,  o‘zining  qabul  qilayotgan  qarorlari  bilan  nafaqat  huquqiy 
sohaning 
rivojlanishiga, 
balki 
iqtisodiy-ijtimoiy, 
siyosiy-ijtimoiy, 


 
ma’naviy-ma’rifiy  sohalarining  ravnaqiga  ham  hissasini  qo‘shadigan 
malakali  mutaxassis  bo‘lib  etishiga  xizmat  qiladi  degan  umid  bilan 
yaratildi. 
 
A. Xudaynazarov, i.f.d. (PhD), 
Toshkent davlat yuridik universitetining 
“Huquqiy informatika va tizimli tahlil asoslari” kafedrasi mudiri 
 
Toshkent,  
3.09.2014 yil 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
1-MAVZU. TIZIMLAR NAZARIYASI VA TIZIMLI TAHLIL: 
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
Reja: 
1.1.  Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining tarixi, o‘rganish 
ob’ekti, predmeti va metodologiyasi  
1.2.  Sodda va murakkab tizimlar 
1.3.  Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari 
1.4.  Murakkab tizimlar tuzilmalari 
1.5.  Murakkab tizim turlari 
1.6.  Funksional tizimli tahlil va uning bosqichlari 
1.7.  Murakkab tizimlarni tahlil qilish usullari 
 
1.1. 
TIZIMLAR 
NAZARIYASI 
VA 
TIZIMLI 
TAHLIL 
FANINING  SHAKLLANISHI  TARIXI.  Mashhur  rus  olimi  A.  A. 
Bogdanov
2
  o‘zining  mulohazalarini  ilk  bor  tizimli  yondashuv  asosida 
“Тектология: всеобщая организационная наука” deb nomlangan asarida 
bayon  qilgan  va  shu  tariqa  tizimlar  nazariyasi  fani  yaratilishiga  asos 
solgan.  U  har  qanday  jarayon  yoki  ob’ekt  muayan  tashkillashtirilganlik 
darajasiga  ega  bo‘lishi  to‘g‘risida  gipotezani  olg‘a  suradi  va  barcha 
xodisalarni  tashkillashtirish  va  parchalanish  jarayonlari  sifatida  ko‘radi: 
ob’ekt  elementlarining  integrativlik  darajasi  yuqori  bo‘lsa,    uning 
tashkillashtirilganlik darajasi ham yuqori bo‘ladi. 
A.A.  Bogdanov  ta’kidlaganidek,  har  qanday  insoniy  faoliyat 
tashkillashtiruvchi  yoki  tashkillashtirilganlikni  susaytiruvchi  bo‘lishi 
mumkin.  Tizim  qanaqa  sohada  bo‘lmasin,  raqobatda  yaxshiroq 
tashkillashtirilgan  tizimlar  zaif  tashkillashtirilgan  tizimlardan  ustun 
kelishadi.  Demak,  yangi  fan  tizimlarning  barcha  tashkillashtirish 
shakllarini o‘rganishi va ulardan eng ilg‘orlarini aniqlashi lozim degan fikr 
tug‘ildi.  Shuning  uchun,  elementlar  va  quyi  tizimlarni  optimal 
tashkillashtirish  -  tektologiya  deb  nomlangan  yangi  fanning  bosh  vazifasi 
sifatida ko‘rsatildi. 
Keyinchalik,  vaqt  o‘tib,  1948  yilda  Norbert  Viner  tomonidan 
kibernetika  deb  nomlangan  yangi  fan  yaratildi.
3
  Ushbu  fan  mashina,  tirik 
organizm  va  jamiyatlardagi  jarayonlarni  boshqarish  qonuniyatlarini 
o‘rgana  boshladi  va  murakkab  tizimlarning  avtomatlashtirilgan  ravishda 
boshqarilishini  ta’minlashni  asoslab  berishga  harakat  qildi.  Natijada 
                                                           
2
 Богданов А. А. Тектология: Всеобщая организационная наука. В 2-х кн. / Редкол. Л. И. Абалкин (отв. ред.) и 
др. – М.: Экономика, 1989.   
3
 Norbert Wiener (1948), Cybernetics or Control and Communication in the Animal and the Machine. New York: John 
Wiley & Sons, Inc.   


 
avtomatlar,  kompyuterlar  va  turli  avtomatlashtirilgan  tizimlar  kibernetik 
tizimlar  sifatida  ko‘rila  boshladi.  Ammo  ushbu  fan  boshqaruvni 
avtomatlashtirish  bilan  cheklanib  qolib,  o‘z  izlanish  ob’ektini  toraytirib 
qo‘ydi.  
Masalan,  korxona  va  tashkilot  boshqarilishini,  ya’ni  ijtimoiy  tizimlarning  boshqarilishini 
avtomatlashtirib bo‘lmaydi, chunki ular – noaniqlik va tavakkallar sharoitida evolyusion yo‘l bilan 
rivojlanayotgan  murakkab  tizimlardir.  Shuning  uchun  ham,  kibernetika  fani  ko‘proq  aniqlik 
sharoitidagi tizimlarni o‘rganadi. 
Nafaqat to‘liq ma’lumot talab qiladigan muammolarni, balki noaniqlik 
va  ehtimollik  sharoitida  vujudga  keladigan  muammolarni  ham  yechish 
maqsadida yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bular – tizimlar 
nazariyasi, tizimli tahlil, qarorlar qabul qilish nazariyasi, sinergetika.  
 Lyudvig fon Bertalanfi
4
 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga 
birinchi  bo‘lib  asos  soldi.  U  murakkab  tizimlarning  umumiy 
hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar 
hususiyatlarini  alohida  o‘rganib  chiqdi.  U  sodda  tizimlar  tashqi  muhitga 
nisbatan  yopiq  bo‘lishi  va,  aksincha,  murakkab  tizimlarning  tashqi 
muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.   
Tizimlar nazariyasi – aslida tizimlar to‘g‘risidagi fan, tizimli tahlil esa 
- tizimlarni o‘rganish metodologiyasidir. 
70-yillar  oxirida  murakkab  tizimlar  nazariyasining  “sinergetika”  deb 
nom  olgan  yangi  yo‘nalishi  paydo  bo‘ldi.  Ushbu  tushunchani  1977  yilda 
ilk  bor  mashhur  olim  German  Xaken
5
  o‘zining  sinergetika  fanini  asoslab 
berishga  bag‘ishlangan  asarida  ta’riflab  berdi.  Sinergetika  murakkab 
tizimlarning  ortga  qaytmas  dinamikasini,  ya’ni  evolyusisini  o‘rganadi. 
Bunda guruhlar nazariyasi, chiziqsiz muvozanatsiz termodinamika, tenzor 
tahlili,  ofatlar  nazariyasi,  differensial  topologiya,  falsafa,  mantiq  kabi 
fanlarining metodologik apparatidan foydalaniladi. 
G‘arbda  tizimlar  nazariyasini  R.  Akoff,  O.  Lange,  R.  Merton,  M. 
Mesarovich,  T.  Parsons,  U.  Ross  Eshbi  va  boshqalar  yanada 
rivojlantirishdi.  Rus  olimlaridan  V.  G.  Afanasev,  V.  M.  Glushkov,  V.  P. 
Kuzmin, Yu. G. Markov, I. B. Novik, L. A. Petrushenko, V. N. Sadovskiy, 
M.  I.  Setrov,  V.  S.  Tyuxtin,  A.  I.  Uemov,  E.  G.  Yudin  va  boshqalar 
tizimlar nazariyasi  va tizimli tahlil ilmiy  yo‘nalishining  rivojlanishiga o‘z 
hissasini qo‘shishgan. 
Tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlilning  ob’ekti  va  predmeti. 
Tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil  –  tizimlarning  vujudga  kelishi, 
                                                           
4
 Bertalanffy L. von (1962), General System Theory – A Critical Review // «General Systems», vol. VII, p. 1-20. 
5
 Haken v. H. (Hrsg.), Synergetik: Synergetics - A Workshop. Berlin: Springer-Verlag, 1977. 

10 
 
rivojlanishi,  degradatsiyasi  va  tugatilishi,  hamda  ularning  turlari, 
tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini o‘rganuvchi fan.  
Tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil  fanining  o‘rganish  ob’ekti 
sifatida tizim ko‘rinishiga keltiriladigan turli ob’ekt va xodisalarni ko‘rish 
mumkin.  
Tizimlar 
nazariyasining 
o‘rganish  predmeti  sifatida  tizim 
ko‘rinishiga  keltiriladigan  turli  ob’ekt  va  xodisalarning  vujudga  kelishi, 
rivojlanishi,  degradatsiyasi  va  tugatilishi,  hamda  ularning  turlari, 
tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini ko‘rish mumkin.  
Tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil  fanining  metodologiyasi.  Fan 
metodologiyasi  deb  fan  tomonidan  foydalaniladigan  tadqiqot  usullari 
majmuasiga  aytiladi.  Ma’lumki,  tadqiqotchilar  turli  tadqiqot  usullari 
majmuasidan foydalanadi.  
Avvalam  bor,  deyarli  har  qanday  mutaxassislik  fani  quyidagi 
umumiy-ilmiy o‘rganish usullardan foydalanadi: tahlil va sintez; induksiya 
va  deduksiya;  analogiya;  ajratib  olish;  ideallashtirish;  konkretlashtirish; 
tasniflash; qiyoslash. 
Tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil  fani  ham  shu  usullardan,  albatta, 
foydalanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling