Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov


Muammolar  daraxtini  qurish  tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana05.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Muammolar  daraxtini  qurish  tartibi.  Muammolar  daraxtini 
qurishda  Word  matn  redaktorining  “Vstavka”  menyusidagi  SmartArt 
vositasidan foydalanamiz. 
 
Rasm 10.1. Muammolar daraxti 
Bir  pog‘onada  joylashgan  quyi  muammo  (sabab)  lar  bir-biridan 
bog‘liq  bo‘lmasligi  lozim.  Masalan,  rasmda  ko‘rsatilgandek,  birinchi 
pog‘onadagi  1.1-  va  1.2-sabablar  bir  biridan  bog‘liq  emas.  Ikkinchi 
pog‘onadagi  sabablar  ham  bir-biriga  bog‘liq  emas.  Uchinchi  pog‘onada 
ham sabablar o‘zaro bog‘liqsiz. Bosh  muammoni  yuzaga keltiruvchi quyi 
sabablar  ichki  va  tashqi  muhit  sabablariga  ajratilishi  mumkin.  Bosh 
muammo  ichki  muhitda  yuzaga  keladigan  xodisa  hisoblanadi.  Bosh 
muammoni  bartaraf  eta  olish  uchun,  ichki  va  tashqi  muhit  ta’sirini 
ifodalovchi  quyi  sabablar  soni,  iloji  bo‘lsa,  optimal  mutanosiblikda 
bo‘lishi  lozim.  Aks  holda,  bosh  muammoni  bartaraf  etish  qiyin  bo‘lib 
qolishi mumkin. 
Analogik  ravishda,  oqibatlarni  ko‘rsatuvchi  muammolar  daraxti 
quriladi. Bunda oqibatlar tashqi va ichki muhitdagi oqibatlarga bo‘linadi.  
 
Rasm 10.2. Muammolar daraxti 
Maqsadlar  daraxti.  Maqsadlar  daraxtini  qurish  aqliy  xujumda  yoki 
individual  tadqiqotda  bosh  maqsad  va  unga  erishish  uchun  bajarilishi 
                                                           
60
 So‘ngi ikkita bosqichni mazkur darslikda ko‘rmaymiz. 

135 
 
lozim bo‘lgan vazifalar, hamda choralarni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. 
Hammasi  bo‘lib,  ikkita  daraxt  “ustiriladi”.  Birinchi  daraxtda  bosh 
muammoning  sabablari,  hamda  quyi  sabablari  “barglar”  sifatida 
ko‘rsatiladi.  Ikkinchi  daraxtda  esa  bosh  muammoning  oqibatlari,  hamda 
quyi oqibatlari “barglar” rolini bajaradi. 
Maqsadlarni  to‘g‘ri  qo‘yish  –  muvaffaqiyatning  garovi.  Maqsadlar 
beshta  SMART-mezonlariga  javob  berishi  lozim:  aniq  (specific), 
o‘lchanadigan  (measurable),  erishib  bo‘ladigan  (attainable),  dolzarb 
(relevant), muddatli (time-bounded)
61
.    
Maqsad paydo  bo‘lishidan oldin ehtiyoj vujudga keladi. Ehtiyoj – bu 
istak, xoxish. Maqsad esa –  ma’lum  vaqt davomida  resurslardan samarali 
foydalanish  borasidagi  vazifalar  va  choralarni  nazarda  tutadigan 
ko‘rsatma.  Maqsadga  erishish  uchun  resurslar  va  vaqt  kerak  bo‘ladi. 
Ehtiyoj,  maqsad  va  vazifalarni  farqlay  olish  uchun  quyidagi  misolni 
ko‘rsak bo‘ladi. 
Misol.  Faraz  qilaylik,  Sizda,  maoshingizdan  tashqari,  qo‘shimcha  100  doll.  ishlab  topishga 
ehtiyoj  paydo  bo‘ldi.  Sizda  ommabop  maqolalar  yozish  qobiliyati  bor  va  Siz  bundan 
foydalanmoqchisiz. Maqsad – ikki hafta muddatda ro‘znomalar uchun o‘nta maqola yozib, gonorar 
ishlab olish. Resurslar: har kun 4 soatli bo‘sh vaqt mavjud; internetdan foydalanish uchun mablag‘ 
mavjud.  Ikki  hafta  davomida  maqsadga  erishish  uchun  quyidagi  vazifalarni  bajarish  (ya’ni  quyi 
maqsadlarga erishish) lozim: har kuni 2 soat ichida bitta maqola yozish; har kuni yarim soat ichida 
bitta maqolaning dolzarb mavzusini tanlab olish va maqola uchun material to‘plash; har kuni yarim 
soat  ichida  maqolalarni  tahrir  qilish;  har  kuni  yigirma  minut  oralig‘ida  maqolalarni  ro‘znomaga 
jo‘natish. 
Maqsadlar  muammolar  daraxtidagi  oqibatlardan  avtomatik  tarzda 
keltirib  chiqariladi.  Har  bir  oqibat  muayan  ko‘rsatkich  bilan  o‘lchanadi. 
Demak,  salbiy  oqibat  –  o‘sha  ko‘rsatkichning  biz  istamagan  qiymatidir. 
Maqsad  –  o‘sha  ko‘rsatkichning  qiymatini  biz  istagan  darajaga  olib 
chiqish. Binobarin, maqsadlar – ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanishi lozim, aks 
holda ularni boshqarish mushkul kechadi. 
Maqsadlar  daraxtini  qurish  tartibi.  Maqsadlar  daraxtini  qurishda 
Word  matn  redaktorining  “Vstavka”  menyusidagi  SmartArt  vositasidan 
foydalanamiz. 
 
Rasm 10.3. Maqsadlar daraxti 
                                                           
61
  Ilk  bor,  SMART-mezonlarini  Djordj  Douren  ishlab  chiqqan.  Keyinchalik  bu  mezonlar  yanada  takomillashtirilgan. 
Manba:  Doran,  G.T.  (1981).  There’s  a  S.M.A.R.T.  way  to  write  management’s  goals  and  objectives  //  Management 
Review. — Volume 70, Issue 11 (AMA FORUM). — P. 35-36. 

136 
 
Bir pog‘onada joylashgan quyi maqsadlar (ya’ni vazifalar) bir-biridan 
bog‘liq  bo‘lmasligi  lozim.  Masalan,  rasmda  ko‘rsatilgandek,  birinchi 
pog‘onadagi  1.1-  va  1.2-maqsadlar  bir  biridan  bog‘liq  emas.  Ikkinchi 
pog‘onadagi maqsadlar ham bir-biriga bog‘liq emas. Uchinchi pog‘onada 
ham maqsadlar o‘zaro bog‘liqsiz. Quyi maqsadlarni aniqlash uchun doimo 
“Yuqori maqsadga erishish uchun nima qilish kerak?” degan savolga javob 
izlash lozim. Yuqori maqsadlarga erishish avval quyi maqsadlarga erishish 
lozim.  Masalan,  bosh  maqsadga  erishish  uchun  avval  1.1-  va  1.2-
maqsadlarga erishish lozim. Shu bilan birga, 1.1-maqsadga erishish uchun 
avval  1.1.1-  va 1.1.2-maqsadga  erishish  kerak.  Bunda,  1.1.1-maqsad  quyi 
maqsadlarsiz
62
, 1.1.2-maqsad esa – quyi maqsadlar orqali erishilishi kerak. 
Bosh maqsad doimo ichki muhitda erishiladi. Bosh maqsadga erisha olish 
uchun, ichki va tashqi muhitdagi quyi maqsadlar soni, iloji bo‘lsa, optimal 
mutanosiblikda  bo‘lishi  lozim.  Aks  holda,  bosh  maqsadga  erishish  qiyin 
bo‘lib  qolishi  mumkin.  Maqsadlarga  erishish  uchun  tegishli  choralarni 
ishlab chiqish zarur. Choralar – salbiy oqibatga keltiruvchi bosh muammo 
sabablarini  bartaraf  etishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Demak,  choralar  o‘z-
o‘zidan  muammolar  daraxtidan  teskari  mantiqiy  yurish  orqali  keltirib 
chiqariladi. 
 
Rasm 10.4. Maqsadlar daraxti 
Muammolar  va  maqsadlar  daraxtining  sintezi.  Yuqoridagi 
muammolar  va  maqsadlar  daraxtalaridan  bosh  muammoni  bartaraf  etish 
strategiyasini  ishlab  chiqishga  kerak  bo‘lgan  tayyor  mulohazalar  olinadi. 
Bosh  muammodan  oqibatlar  va  sabablar  kelib  chiqadi,  oqibatlardan  – 
maqsadlar,  sabablardan  esa  –  choralar  ishlab  chiqiladi,  maqsadlar  va 
choralar  o‘z  navbatida  –  bosh  maqsadga  erishish  uchun  xizmat  qiladi. 
Quyidagi  sodda  misol  muammolar  va  maqsadlar  daraxtlari  sintezini  oson 
tushunib  olishga  yordam  beradi:  talaba  “tizimli  tahlil  asoslari”  fanini 
yaxshi  o‘zlashtira  olmayapti  va  bu  -  bosh  muammo  bo‘la  qolsin;  u  holda 
buning  oqibati  –  talabaning  bahosi  qoniqarsizligi;  bosh  muammoning 
sababi  esa  –  talabaning  dars  kelmayotganligi  va  ko‘proq  boshqa  ishlar 
bilan  shug‘ullanayotganligi  (mas.,  ijtimoiy  tarmoqlarda  haddan  ziyod 
muloqotda  bo‘lishi);  bosh  maqsad  –  “tizimli  tahlil  asoslari”  fanini  yaxshi 
                                                           
62
 Endogen va ekzogen ko‘rsatkichlarni aniqlashda bunday yondashuv yaxshi naf berishi mumkin. 

137 
 
o‘zlashtirish;  quyi  maqsad  (vazifa)  -  yaxshi  baholar  olish;  chora  –  bo‘sh 
vaqtni ko‘proq dars qilishga sarflash.  
 
Rasm 10.5. Muammolar va maqsadlar daraxti 
10.2.   TIZIMLI  MUAMMONING  MUQOBIL  YECHIMLAR 
TO‘PLAMINI  ANIQLASH:  MORFOLOGIK  TAHLIL  USULI. 
Morfologik  tahlil  usuli  shveysariyalik  astronom  Frits  Sviki  (F.  Zwicky) 
tomonidan  ishlab  chiqilgan
63
.  “Morfologiya”  tushunchasi  yunonchadan 
kelib chiqib, “tartibli fikrlash to‘g‘risidagi fan” ma’nosini anglatadi. 
Morfologik  tahlilning  asosiy  funksiyasi  –  tizimli  muammonining 
sabablarini  va  muqobil  yechimlarini  to‘g‘ri  izlab  topib,  belgilab  va 
ta’riflab  olish,  ya’ni  muqobil  yechimlarning  “morfologik  quti”  sini 
qurishdir.  Shu  bilan  birga,  morfologik  tahlil  usuli  eng  maqbul  tizimli 
yechimni topishga qaratilmagan.  
Agar morfologik usul bilan birgalikda boshqa usul ham, ya’ni muqobil 
yechimlarni maqsad funksiyasi bilan bog‘laydigan usul qo‘llanilsa, maqbul 
tizimli yechimni topsa bo‘ladi. 
Demak,  ushbu  tahlil  usuli  g‘oyalarni  tizimlashtirilgan  tartibda  izlash 
va muqobil yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. 
Bu  usulni  qo‘llash  uchun  muammoli  vaziyat  to‘g‘risida  boshlang‘ich 
axborot,  60-120  minut  davom  etadigan  vaqt  va  1-7  gacha  bo‘lgan 
ishtirokchi-ekspertlardan tarkib topgan jamoa talab qilinadi. 
Birinchi  bosqichda  tizimli  muammo  aniqlanadi  va  ta’riflanadi. 
Muammo  nihoyatda  aniq  bo‘lishi  lozim:  muammoni  to‘g‘ri  aniqlash 
maqsadida, kerak bo‘lsa, balki aqliy xujum o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. 
Ikkinchi 
bosqichda 
muammoning 
alomatlari 
(tasniflash 
xarakteristikalari
64
  yoki  tarkibiy  qismlari  o‘lchamlari  yoki  yechimi 
o‘zgaruvchilari) aniqlanadi: muammo alomatlardan bog‘liq bo‘lishi lozim, 
ammo  alomatlar  muammodan  bog‘liq  bo‘lmasligi  lozim;  alomatlar  bir-
biridan  bog‘liq  bo‘lmasligi  kerak;  alomatlarni  baholash  qo‘ldan  kelishi 
lozim.  Alomatlar  sonini  juda  oshirib  yubormaslik  kerak,  aks  holda  tahlil 
                                                           
63
 Zwicky F. Discovery, Invention, Research through the Morphological Approach. New York: McMillan, 1969. 
64
 Masalan, stolning alomatlari quyidagicha: material turi, bo‘yi, funksiyasi, razmeri, oyoqlari soni, rangi. 

138 
 
ko‘p vaqtni talab qiladi. Odatda 5-10 gacha alomatlarning aniqlanishi etarli 
bo‘ladi. 
Jadval 10.1 
Morfologik tahlil uchun dastlabki ma’lumotlar: sto’l uchun misol 
Alomatlar 
Alomatlarning ifodalanishi 
Material 
turi 
yog‘och 
shisha 
metall 
plastmassa 
karton 
Bo‘yi 
20 sm 
40 sm 
60 sm 
75 sm 
1 m 
Funksiyasi 
ovqatlanish 
yozish 
duradgorlik 
kompyuter 

Shakli 
yumaloq 
kvadratli 
oval 
to‘rtburchak 
to‘lqinli 
Oyog‘i 
soni 





Rangi 
oq 
qora 
yog‘och rangi 
ravshan 
rangbarang 
Turishi 
holati 
buklanadigan 
g‘ildiraklarda 
buklanmaydi, 
g‘ildiraklarsiz 
buklanadi, 
g‘ildiraklarsiz 
buklanmaydi, 
g‘ildiraklar 
bilan 
Uchinchi  bosqichda  alomatlarning  qiymatlardagi  ifodalanishi  amalga 
oshiriladi, ya’ni “morfologik quti” yasaladi. Ushbu qutida barcha muqobil 
yechimlar  mujassamlanishi  kerak.  Bu  bosqich  juda  muhim  bosqich 
bo‘lganligi  sababli,  qiymatlarni  aniqlashda  bir  necha  usullardan 
foydalanish  kerak.  Masalan,  aqliy  xujum  yordamida  ushbu  qiymatlarni 
aniqlasa  bo‘ladi.  Qiymatlarni  aniqlayotgan  ekspertlarga,  yuqoridagi 
muammo aytilmaydi, chunki bu axborot fikrlashda to‘siqlarga olib kelishi 
mumkin.  Ulardan  faqatgina  qiymatlarni  baholab  berish  so‘raladi,  xolos. 
Natijada muqobil yechimlar ishlab chiqiladi. Har bir alomatning qiymatlari 
miqdori bir-biri bilan ko‘paytirilsa muqobil yechimlar soni kelib chiqadi. 
Shunday  qilib,  uchinchi  bosqichda  morfologik  tahlil  yakunlanadi. 
Ammo  yakuniy  yechimni  topish  uchun  maxsus  qaror  qabul  qilish  usuli 
kerak bo‘ladi.  
Masalan,  keyingi  bosqichda,  har  bir  muqobil  yechim  naflilik  va  uni 
amalga oshirish qo‘ldan kelishi nuqtai nazar baholanishi mumkin. Gohida 
boshqa  usul  qo‘llanilishi  mumkin:  har  bir  yechim  maqsadga  erishish 
(maqsad funksiyasi qiymatlari optimalligi) nuqtai nazar boshqa yechimlar 
bilan  solishtiriladi.  Yechimlarni  baholash  usulini  tanlash  tadqiqotchidan 
bog‘liq bo‘ladi, muhimi - natijada eng maqbul yechim tanlanishi kerak. 
Misol. Mehnat va tijorat huquqi bo‘yicha konsultatsiyaga talab keyingi yillirda ancha  yuqori 
bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan fuqarolik huquqi bo‘yicha konsultatsiyaga bo‘lgan talab ikki barobar 
kam bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi ikki konsultatsiya turi bo‘yicha bu talab tahminan oyiga 100 soat 
atrofida,  uchinchisi  bo‘yicha  esa  –  50  soat  atrofida  bo‘lishi  baholandi.  50  soatli  konsultatsiyani 
odatda  bir  stavkada  ishlovchi  yurist  bir  oy  ichida  berishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  advokatning 
o‘rtacha  ish  haqi  1000  doll.  tashkil  etadi.  Beshta  konsultantdan  iborat  bo‘lgan  advokatura  ochish 
uchun tahminan 30000  doll. mablag‘  kerak bo‘ladi. Ofis  maydoni o‘rtacha bo‘lib, u  ijaraga  olinsa 
maqsadga  muvofiq.  Advokatura  shahar  markaziga  yaqin  joyda  bo‘lsa,  yomon  bo‘lmas  edi. 
Advokatura  yonida  xech  bo‘lmasa,  avtoyo‘llar  va  bir  avtobus  bekati  bo‘lsa,  yaxshi  bo‘lar  edi. 

139 
 
Avtomobil  parkovkasi  bo‘lishi  lozim,  chunki  mijozlarning  aksariyati  avtomobil  xaydashadi. 
Albatta,  uning  metroga  yaqin  bo‘lishiga  erishish  oson  emas,  chunki  bu  qo‘shimcha  ijara 
harajatlariga  taqaladi.  Advokatura  MCHJ  shaklida  ochilsa,  juda  yaxshi  bo‘lar  edi.  Agar  buning 
ilojisi  bo‘lmasa,  u  holda  u  hususiy  korxona  yoki  filial  shaklida  yaratilishi  mumkin.  SHerikchilik 
shakli investorlarga uncha maqbul emas. 
Savol: advokatura qanaqa bo‘lishi kerak? 
Yechim.  Muammo  yoki  masala  quyidagicha  qo‘yildi  -  advokatura  qanaqa  bo‘lishi  kerak? 
Yechimga  ta’sir  etuvchi  alomatlar  quyidagicha:  ofisning  muhayo  qilinishi;    uning  maydoni; 
joylashuvi;  transport  infrastrukturasi;  avtomobil  parkovkasi;  advokaturaning  tashkiliy-huquqiy 
shakli;  boshlang‘ich  kapital;  mehnat,  jinoyat,  fuqarolik,  tijorat  huquqi  sohasida  konsultatsiyalarga 
bo‘lgan talab xajmlari; oylik ish haqi. 
Endi “morfologik qutini” (jadvaldagi birinchi ikkita ustunni) quramiz va yechimlarni maxsus 
baholash usulida baholaymiz (jadvalning qolgan uchta ustunida baholash keltirilgan).  
Alomatlar 
(bog‘liqsiz 
o‘zgaruvchilar, 
mezonlar) 
Alomatlarning ifodalanishi 
(o‘zgaruvchilarning qiymatlari) 
Nafliligi 
(10 ball 
ichidan) 
Qo‘ldan 
kelishi 
(10 ball 
ichidan) 
Amalga oshirish 
darajasi 
(naflilik * qo‘ldan 
kelishi) 
1. Ofisni yaratish 
1.
 
Ijaraga olish 
2.
 
Sotib olish 




32 
12 
2. Ofis maydoni 
1. 50 kv.m. 
2. 80 kv. m. 
3. 100 kv. m. 



10 
10 

30 
60 
45 
3. Joylashuv 
1. shahar markazi 
2. shahar markazining 
chekkasida 
3.shahar chekkasida 
4. shahar yonida 
10 

 




 

10 
40 
54 
 
36 
10 
4. Transport 
infrastrukturasi 
1. avtobus bekati va metro 
bekati bor 
2. avtobus bekati bor 
3. metro bekati bor 
4. bekatlar yo‘q, faqat avtoyo‘l 
bor. 
10 
 


 


 


 
10 
40 
 
49 
40 
 
30 
5. Avtomobil 
parkovkasi 
1. avtomobil parkovkasi bor 
2. avtomobil parkovkasi yo‘q 
10 


10 
50 
10 
6.Advokaturaning 
tashkiliy-huquqiy 
shakli  
1.
 
Hususiy korxona 
2.
 
Ma’suliyati cheklangan 
jamiyat 
3.
 
SHerikchilik 
4.
 
Filial 

 



10 
 


10 
40 
 
54 
16 
40 
7.Boshlang‘ich 
kapital 
 
1.
 
20000 doll. 
2.
 
30000 doll. 
3.
 
40000 doll. 
4.
 
50000 doll.  



10 
10 



20 
40 
32 
20 
8. Talabga ko‘ra 
mehnat huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
(1 stavka hisobidan)  
1. kerak emas 
2. bitta 
3. ikkita 
4. uchta 



10 
10 



20 
35 
36 
30 
9. Talabga ko‘ra 
jinoyat huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
 
1. kerak emas 
2. bitta 
3. ikkita 
4. uchta 




10 



80 
35 


10.Talabga ko‘ra 
fuqarolik huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
 
1. kerak emas 
2. bitta 
3. ikkita 
4. uchta 




10 



50 
56 


11.Talabga ko‘ra 
tijorat huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
1. kerak emas 
2. bitta 
3. ikkita 



10 


20 
28 
32 

140 
 
4. uchta 


15 
12.O‘rta ish haqiga 
va imkoniyatga 
ko‘ra oylik ish haqi 
1.
 
500 doll. gacha 
2.
 
1000 doll. gacha 
3.
 
1500 doll. gacha 



10 


40 
49 
12 
Ushbu  jadval  advokatura  tarkibining  jami  2*3*4*4*2*4*4*4*4*4*4*3=2359296  ta    turli 
muqobil  variantlariga  olib  keladi.  Demak,  jami  12  ta  bog‘liqsiz  o‘zgaruvchi,  42  ta  qiymatlar 
o‘rganildi.  
Yuqoridagi  baholash  usuli  advokatura  tarkibining  2359296  ta  variantidan  1  ta  variantini 
tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Eng optimal variant quyida keltirilgan: 
Alomatlar (bog‘liqsiz 
o‘zgaruvchilar, mezonlar) 
Alomatlarning ifodalanishi 
(o‘zgaruvchilarning qiymatlari) 
Amalga oshirish darajasi 
(naflilik * qo‘ldan 
kelishi) 
1. Ofis 
Ijaraga olish 
32 
2. Ofis maydoni 
80 kv. m. 
60 
3. Joylashuv 
SHahar markazining chekkasida 
54 
4. Transport infrastrukturasi 
Avtobus bekati bor 
 
49 
 
5. Avtomobil parkovkasi 
Avtomobil parkovkasi bor 
50 
6.Advokaturaning tashkiliy-huquqiy 
shakli  
Ma’suliyati cheklangan jamiyat 
 
54 
 
7.Boshlang‘ich kapital 
30000 doll. 
40 
8. Talabga ko‘ra mehnat huquqi 
bo‘yicha yurist soni (1 stavka 
hisobidan)  
Ikkita 
 
36 
 
9. Talabga ko‘ra jinoyat huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
Kerak emas 
80 
10.Talabga ko‘ra fuqarolik huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
Bitta 
 
56 
 
11.Talabga ko‘ra tijorat huquqi 
bo‘yicha yurist soni 
Ikkita 
 
32 
 
12.O‘rta ish haqiga va imkoniyatga 
ko‘ra oylik ish haqi 
1000 doll. gacha 
 
49 
 
Amalga oshirish darajasi 
49,33 
 
Tizimning  muqobil  variantlarini  ishlab  chiqish  va  eng  maqbul 
variantini  tanlashda  morfologik  tahlil  as  qotishi  mumkin.  Ushbu  usulga 
ko‘ra, tizimning alomatlari (bog‘liqsiz o‘zgaruvchilari) aniqlanadi va ular 
muqobil  qiymatlar  orqali  ifodalanadi.  Muayan  alomatning  qiymatlari  bir 
paytda qabul qilinmasligi lozim.  
Misol.  Faraz  qilaylik,  mehnat  qonunchiligi  tizimi  takomillashtirilishi  muammosi 
o‘rganilmoqda.  Asosiy  muammolar:  xozirgi  qonunchilik  ish  oluvchining  manfaatlaridan  ko‘ra  ish 
beruvchining  manfaatlarini  ko‘proq  himoya  qiladi;  xozirgi  qonunchilik  ijtimoiy  sherikchilikni 
o‘zida  qamrab  olmagan;  xozirgi  qonunchilikda  hususiy  ishga  joylashtirish  korxonalar  faoliyati 
ko‘zda  tutilmagan  va  tartibga  solinmagan.  Savol:  takomillashtirilgan  mehnat  qonunchiligi  qanaqa 
bo‘lishi lozim?  
Yechim. Ushbu vaziyatda sub’ektlarning teng huquqliligini ta’minlash, ijtimoiy sherikchilikni 
kuchaytirish  va  ishga  joylashtirish  tizimini  rivojlantirish  yo‘nalishlarida  mehnat  qonunchiligini 
tizimli takomillashtirish masalasi echilishi lozim.  
Tizimning  quyidagi  tarkibiy  qismlari  muammoga  bog‘liq  holda  ko‘rib  chiqilishi  mumkin: 
sub’ektlar  manfaatlarini  himoya  qilish  quyi  tizimi;    ijtimoiy  sherikchilik  quyi  tizimi;  ishga 
joylashtirish quyi tizimi. 
Keltirilgan  jadvaldan  jami  3*2*2=12  turli  muqobil  tizim  turlarini  hosil  qilsa  bo‘ladi.  So‘ng, 
masalan, ierarxiyalar tahlili usuli yordamida ushbu tizim turlaridan eng maqbulini tanlash mumkin.  
 
 

141 
 
Bog‘liqsiz o‘zgaruvchi 
(xarakteristika) 
Bog‘liqsiz o‘zgaruvchining qiymatlari (hususiyatlar) 
Sub’ektlar manfaatlarini 
himoya qilish 
1.
 
Ish oluvchining manfaatlaridan ko‘ra ish 
beruvchining manfaatlarini ko‘proq himoya qiluvchi  
2.
 
Ish beruvchining manfaatlaridan ko‘ra ish 
oluvchining manfaatlarini ko‘proq himoya qiluvchi  
3.
 
Ish oluvchining va ish beruvchi manfaatlarini 
manfaatlarini deyarli bir hil himoya qiluvchi  
Ijtimoiy sherikchilik 
1.
 
Ijtimoiy sherikchilikni qamarab oluvchi 
2.
 
Ijtimoiy sherikchilikni qamrab olmaydigan 
Ishga joylashtirish quyi 
tizimi 
1.
 
Fuqarolarning faqat mehnat organlari tomonidan ishga 
joylashtirilishi 
2.
 
Fuqarolarning mehnat va hususiy korxonalar tomonidan 
ishga joylashtirilishi 
10.3.  ALOMATLAR  (O‘ZGARUVCHILAR)  NI  O‘LCHASH, 
BASHORAT  QILISH  VA  MAQBUL  QARORLARNI  TANLASH: 
DELFI USULI.  Barcha ekspertli baholash usullari ichida Delfi usuli eng 
samaralisi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  biz  ushbu  bobda  shu  usulni  sodda 
misol yordamida tushuntirib bermoqchimiz.  
Delfi  usuli  1964  yilda  O.  Xelmer  va  T.  Gordon  tomonidan  kashf 
qilingan. Bu usul ekspertlar guruhi tomonidan maxsus anonim so‘rovnoma 
bir  necha  bor  to‘ldirib  berilishini  nazarda  tutadi.  Usulning  maqsadlari 
vaziyatga  ko‘ra  turlicha  bo‘ladi:  1)  turli  elementlarning  muhimlik 
darajasiga  baho  berish  (masalan,  huquqiy  maddaniyat  rivojlanganligi, 
qonunning  mukammaligi,  sud’yalarning  malakasi  darajasiga  va  xok.);  2) 
turli  ko‘rsatkichlarning  qiymatlarini  bashorat  qilish  (masalan,  jinoyatlar 
sonini,  yuristlarga  bo‘lgan  ehtiyojni  va  xok.);  3)  muqobil  qarorlarni 
baholash  va  ular  orasidan  eng  yaxshisini  tanlash.  Bunda  vaziyatga  ko‘ra, 
baholarga  chegaralar  qo‘yiladi.  Masalan,  huquqiy  ong  indeksini 
baholashda  0-100  ball  oralig‘idan  baholar  qo‘yilishi  mumkin.  Ammo 
ba’zan  bunday  chegaralar  qo‘yilmaydi
65
.  Ekspertlar  bir  biri  bilan 
muloqotda bo‘lishmaydi va bir birini bilishmaydi.   
Birinchi bosqichda ekspertlar baholar (muqobil qarorlar) ichidan birini 
berishadi (tanlaydilar) va aynan nima uchun shu bahoni (qarorni) berganini 
(tanlaganini) yozma ravishda asoslab berishadi, ya’ni baho (qaror) haqida 
xulosa chiqarishadi. 
Ikkinchi  bosqichda  ekspertlarga  tanishish  uchun  baholarning 
medianasi
66
  ma’lum  qilinadi,  har  bir  ekspertning  qarori  va  xulosasi 
                                                           
65
 Masalan, jinoyatlar sonini, yuristlarga bo‘lgan ehtiyojni va hok. baholashda. 
66
 Delfi usulini qo‘llash bosqichlari  yakunlanganda,  ma’lumotlar taqsimoti  normal  taqsimot ko‘rinishiga  yaqinlashadi, 
chunki aynan normal taqsimotga yaqinlashishda mediana va o‘rta arifmetik bir-biriga yaqinlashadi. Demak, jalb etilgan 

142 
 
tarqatiladi,  hamda  oldingi  anketa  qaytadan  to‘ldirish  uchun  beriladi. 
Odatda,  ekspertlar  ikkinchi  bosqichda  to‘g‘riroq  javob  berishga  harakat 
qilishadi va javoblar bir-biridan oldingilaridan ko‘ra kamroq farq qiladi. 
Bosqich soni o‘sha farqlar etarli darajada kamayganidan bog‘liq. 
Delfi usulini qo‘llash uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
1.
 
Ekspertlar  tarkibi  va  soni  o‘zgarmas  bo‘lishi  kerak;  ularning 
minimal soni quyidagi formula asosida hisoblanadi: 

bu  erda    –  noldan  birgacha  bo‘lgan  oraliqda  uchraydigan  natijaning 
xatosi. 
2.
 
So‘rovlar orasidagi vaqt bir oydan oshib ketmasligi kerak; 
3.
 
So‘rovnomadagi  savollar  va  javoblar  aniq,  ravshan  va  mantiqan 
to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak; 
4.
 
Ekspertlar  quyidagi  tarzda  ishtirok  etishadi:  1)  sonli  ko‘rinishda 
javob berishadi; 2) o‘ziga o‘zi baho qo‘yadi, ya’ni baholay olish qobiliyati 
to‘g‘risida ma’lumot beradi: bu erda ham javob sonli ko‘rinishda bo‘ladi; 
3) javobini yozma ravishda asoslab beradi. 
5.
 
Ekspertlarning  baholari  variatsiyasi  koeffitsienti  33%  dan  kam 
bo‘lsa, so‘rov o‘tkazish to‘xtatiladi. 
Hususan,  j-savolga  (elementga)  berilgan  javoblarning  variatsiya 
koeffitsienti quyidagi formula asosida hisoblanadi: 

bu  erda 
  –  j-savolga  (elementga)  berilgan  javob  (baho)  larning 
standart  chetlashishi  va   
  -  j-elementga  berilgan  bahoning  vaznga 
solingan  o‘rta  arifmetik  qiymati.  Vaznga  solingan  o‘rta  arifmetik  qiymati 
quyidagicha hisoblanadi:   
 
Bu  erda: 
  —  i-ekspertning  j-savolga  (elementga)  bergan  javobi 
(bahosi);    —  i-ekspertning  kompetentligini  va  javobning  asoslanganini 
inobatga oluvchi koeffitsient.  Ushbu koeffitsientni quyidagicha hisoblasa 
bo‘ladi: 
                                                                                                                                                                                                 
ekspertlar  soni  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  bosqichlar  soni  shunchalik  kam  bo‘ladi.  Ideal  vaziyat  quyidagicha:  har  bir 
elementga  tahminan  10  ta  ekspertning  to‘g‘ri  kelishi,  ya’ni,  masalan,  to‘rtta  element  uchun  40  ta  ekspertning  to‘g‘ri 
kelishi.  Bunday  ideal  vaziyatda  so‘rov  birinchi  bosqichdayoq  yakunlanishi  mumkin.  Ekspertlarning  malakasi,  hamda 
ma’lumotning aniqliligi va etarliligi darajasi yuqoriligi ham bosqichlar sonining kamayishiga olib keladi. 

143 
 
 
Bu erda: 
 - i-ekspertning kompetentligini; 
 - i-ekspertning javobi 
asoslanganligi. 
Agar 
  –  elementning  muhimlik  darajasini  o‘lchasa  va  0  dan  100 
ballgacha  bo‘lgan  shkalada  o‘lchansa,  u  holda  uning  qiymati  qanchalik 
yuqori bo‘lsa, u shunchalik muhim bo‘ladi. Lekin bu xulosaning ishonchi 
qo‘yilgan  ballning  variatsiya  koeffitsienti  dan  bog‘liq:  variatsiya 
koeffitsienti  qanchalik  past  bo‘lsa,  baho  shunchalik  ishonchli  bo‘ladi. 
Variatsiya  koeffitsientini  hisoblash  uchun  standart  chetlashishni  aniqlash 
lozim. Standart chetlashishning formulasi quyidagicha: 
 
Delfi  usuli  ko‘p  marotaba  qo‘llangandan  so‘ng  ekspertlarning 
ahamiyatliligi  darajasi  aniqlanadi.  Ekspertning  ishonchliligi  darajasi 
quyidagicha  hisoblanadi:  ekspertning  o‘rta  qiymatga  yaqin  baholari 
sonining ekspertning o‘rta qiymatdan uzoq baholari soniga nisbati olinadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling