Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana05.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Tahlil  usuli  o‘rganish  predmetini  bo‘laklarga  bo‘lib  o‘rganishni 
nazarda tutadi.  
Sintez  usuli  esa  predmetning  o‘rganilgan  bo‘laklarini  birlashtirishni 
va  tahlil  natijalarini  umumlashtirishni  nazarda  tutadi.  Tahlil  tadqiqot 
boshida amalga oshirilsa, sintez uni yakunlaydi. 
Induksiya  usuli  -  hususiy  xodisalar  hususiyatlaridan  olingan  fikr 
bildirishdan  (ya’ni  asosdan)  umumiy  xodisalar  hususiyatlaridan  olingan 
fikr  bildirishni  (ya’ni  xulosani)  keltirib  chiqarish  usulidir.  Bunda  hususiy 
fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
6
  
Deduksiya  usuli  –  umumiy  fikr  bildirishdan  (asosdan)  hususiy  fikr 
bildirishga  (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) 
haqiqat deb faraz qilinadi.
7
  
Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida hususiyatlar 
bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash usulidir.
8
  
                                                           
6
  Induksiya to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi. To‘liq induksiya usulini qo‘llash nihoyatda og‘ir, chunki barcha hususiy xodisa 
yoki ob’ektlarni o‘rganib chiqish - mushkul va harajatli tadbir. Ko‘pincha to‘liqsiz induksiya amalda qo‘llaniladi, lekin 
to‘liqsiz induksiya usuli yordamida olingan xulosalar ehtimolli bo‘ladi va doimo haqiqat bo‘lavermaydi. 
7
 Ba’zan deduksiya usulida asos “ceteris paribus” qoidasi bilan birgalikda haqiqat deb faraz qilinadi. Bu qoida “boshqa 
omillar o‘zgarmas”degan  ma’noni anglatadi. 
8
 Mazkur usul, masalan, quyidagi formulaga asoslanadi: agar A ob’ekti a, b, c, d hususiyatlariga ega va B ob’ekti b, c, d 
hususiyatlariga ega bo‘lsa, u holda B ob’ekti ham a hususiyatiga ega.     

11 
 
Saralab olish  usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan 
hususiyatlari,  qismlari,  ularning  orasidagi  munosabatlarini  alohida  ajratib 
olish  va  boshqa  ahamiyatsiz  hususiyatlari,  qismlari  va  munosabatlaridan 
voz kechish usulidir. 
Ideallashtirish  usuli  –  muayan  predmetni  o‘rganish  natijasida  real 
xayotda  uchramaydigan,  etalon  yoki  ideal  sifatida  ko‘riladigan  modelni 
yaratish  va  uning  hususiyatlarini  real  xayotda  uchraydigan  ob’ekt 
hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir.
9
  
Konkretlashtirish  usuli  –  ob’ekt  va  predmet  to‘g‘risidagi  abstrakt, 
hamda  ideallashtirilgan  bilimlarni  real  hayotdagi  xodisalar  to‘g‘risidagi 
bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir. 
Tasniflash  (klassifikatsiya)  usuli  –  muayan  ob’ektlar  (elementlar) 
to‘plamidan  muayan  tasniflash  alomati  bo‘yicha  tasniflar  (klasslar,  quyi 
to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning hususiyati 
yoki  tavsifidir.  Alomatlar  sifatiy  va  miqdoriy  ko‘rinishlarda  ifodalanishi 
mumkin.
10
  
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani - fanlararo fandir. Demak, bu 
fan  mutaxassislik  fanlarning  tadqiqot  usullaridan  tegishli  tizimlarni 
o‘rganishda foydalanadi. Bular: 
-
 
sotsiologik  usullar  (kuzatuv,  intervyu  va  so‘rovnoma  orqali 
o‘rganish usullari);  
-
 
psixologik  usullar  (kuzatuv,  test,  eksperiment  va  xok.  orqali 
o‘rganish usullari);  
-
 
matematik  usullar  (matematik  modellashtirish,  matematik  tahlil, 
funksional  tahlil,  algebra,  matematik  mantiq,  o‘yinlar  nazariyasi, 
ehtimollar nazariyasi usullari va boshqalar); 
-
 
statistik  usullar  (boshlang‘ich  statistik  tahlil,  tanlanma  statistik 
kuzatuv,  korrelyasion-regression  tahlil,  vaqt  qatorlari  tahlili,  indekslar 
usuli); 
-
 
iqtisodiy  tahlil  usullari  (iqtisodiy  samaradorlik  nazariyalari 
usullari); 
-
 
davlat va huquq nazariyasi usullari; 
-
 
yuridik dogmatika va germenevtika usullari 
-
 
tarihiy hujjatlar tahlili va sintezi va xok. 
So‘ngi  asrda  vujudga  kelgan  yangi  sohalararo  fanlarning  quyidagi 
usullari tizimlarni o‘rganishda nihoyatda foydalidir: 
                                                           
9
  Masalan,  sof  raqobat  modeli  –  xayotda  uchramaydigan  model,  ammo  har  qanday  iqtisodiyot  nazariyasi  darsligida 
bunday model keltirilgan. 
10
 Ierarxik tasniflash usuli bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan ierarxik holda turishini talab qiladi. Parallel tasniflash 
usuli esa bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan mustaqil, bog‘liqsiz holda turishini talab qiladi.     

12 
 
-
 
boshqaruv usullari
-
 
verbal modellashtirish usuli;
11
 
-
 
qarorlar qabul qilish usullari
-
 
kibernetik va sinergetik usullar
12

O‘z-o‘zidan  savol  tug‘iladi:  tizimlar  nazariyasi  va  tizimli  tahlil 
fanining o‘ziga hos metodologiyasi esa qanday? 
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil - avvalam bor, ilmiy-metodologik 
fandir.  Bu  fan  ob’ekt,  xodisa  va  jarayonlarni  yahlit  holatda  o‘rganish 
maqsadida turli usullarni o‘zida qamrab oladi. Bu usullar majmuasi biror-
bir  murakkab  ob’ekt,  xodisa  yoki  jarayonning  husususiyatlari,  tarkibiy 
qismlari  va  funksiyalarini  o‘rganib  olishga  imkon  beradi.  Natijada  o‘sha 
ob’ekt,  xodisa  yoki  jarayon  tizim  ko‘rinishiga  keltirilib,  o‘ning  ichki 
elementlari orasidagi munosabatlari, uning tashqi muhit bilan munosabati, 
elementlarining  muayyan  tuzilma  asosida  bog‘liqligi  va  muayan  maqsad 
sari  intilishi  tushuntirib  beriladi.  Tizimli  tahlil  usuli  har  qanday  maqsad 
sari  intiluvchi  ob’ekt,  xodisa  yoki  jarayonni  yahlit  holatda  ko‘rishni 
majburlaydi.  Tizimli  tahlilda  ob’ekt  va  xodisalarni  yahlit  holatda  ko‘rish 
hususiy  holatda  ko‘rishdan  ustun  turadi.  Demak,  tizimli  tahlilda  fikr 
soddalikdan  murakkablikga  emas,  balki  murakkablikdan  soddalikka, 
yahlitlikdan tarkibiylikka, tizimdan elementlar sari qarab yuradi. 
Demak, muayan murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonni tizimli tahlil 
qilish  deganda,  uni    yahlit  holatda,  ya’ni  tizim  sifatida  namoyon  qilib, 
hususiyatlarini  o‘rganish  tushuniladi.  Bunda  tizimning  holati  va 
hususiyatlarini  o‘rganiladi  va  buning  natijasida  uning  o‘z  ideal  holatidan 
og‘ishganligi  sabablari  aniqlanadi.  So‘ng,  o‘sha  sabablarni  bartaraf  etish 
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rinishidagi yechimlar tavsiya etiladi. 
Tizimli  tahlil  intuitiv  qaror  qabul  qilishlarda  qo‘llanilmaydi  va 
ko‘pincha  muammoni  har-tomonlama  o‘rganish,  hisob-kitoblarni  amalga 
oshirish  va  modellashtirish  yordamida  qarorlar  qabul  qilish  jarayonlarida 
qo‘llaniladi.  Tizim  qanchalik  katta  va  murakkab  bo‘lsa,  tizimli  tahlil 
shunchalik muhim va kerakli tadqiqot instrumenti bo‘ladi. 
Ob’ekt,  xodisa  yoki  jarayonlarning  tizimli  tadqiq  qilish  ko‘p 
                                                           
11
  Verbal  modellashtirish  usuli  –  xayolan  davlat-huquqiy  xodisalar  modelini  yaratish  va  faraz  qilingan  sharoitlarda 
ularni  ko‘zlangan  yo‘nalishda  o‘zgartirish  o‘zgartirish.  Bunday  modellashtirishda  miqdoriy  ma’lumot  deyarli 
qo‘llanilmaydi.  Masalan,  Adam  Smit  “ko‘rinmas  qo‘l”  konsepsiyasini  xech  qanday  matematik  ifodalarsiz  yoritib 
bergan.   
12
  Sinergetika  fani  usullari  tizimlarning  vujudga  kelishi,  rivojlanishi,  degradatsiyasi  va  tugatilishini  o‘rganishga  katta 
e’tibor  beradi,  ammo  ularning  turlari  va  hususiyatlari  ko‘proq  tizimlar  nazariyasi  o‘rganadi.  Tizimli  tahlil  fani  esa 
ko‘proq  tizimlar  dekompozitsiyasini  o‘rganishga  urg‘u  beradi.  Mazkur  darslikda  biz  tizimlar  nazariyasi  tizimlarning 
vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishini ham o‘rganadi deb faraz qilamiz. 
 

13 
 
holatlarda  tuzilmaviy  va  funksional  tadqiqotlar  ko‘rinishida  amalga 
oshiriladi, ya’ni har qanday tizim ichkaridan yoki tashqaridan o‘rganiladi. 
Agar tizim tashqaridan o‘rganilsa, tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro 
aloqasi  yoki  tizimning  funksiyalari  ko‘rib  chiqiladi,  ya’ni  bu  erda 
funksional  yondashuv  qo‘llaniladi.  Tizimning  funksiyasi  nima  deganda 
uning  nima  uchun  kerakligi  tushuniladi.
13
  Funksional  yondashuvda  tizim 
harakatining  maqsadi  aniqlanadi  va  shu  maqsadga  erishishda  tizim 
hususiyatlaridan  qanday  foydalanilishi  ko‘rsatiladi.  Qisqacha  qilib 
aytganda “Tizim maqsadi nima va unga erishish uchun nima qilish kerak?” 
degan savolga javob izlanadi.  
Agar  tizim  ichkaridan  o‘rganilsa,  tizimning  tuzilmasi,  tarkibiy 
qismlari  va  ular  orasidagi  o‘zaro  aloqalar  ko‘rib  chiqiladi,  ya’ni  bu  – 
tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi tuzilma 
yo‘q  bo‘lganligi  kabi,  tuzilmadan  holi  funksiyalar  ham  bo‘lmaydi,  ya’ni 
ikkalasi  bir-biri  bilan  doimo  uzviy  bog‘liq  bo‘ladi  va  ularni  ajratib 
bo‘lmaydi.  Tuzilmaviy  yondashuv  tizimning  qanday  tuzilganligi,  qanday 
qismlardan  tarkib  topganligi  va  ular  qanday  bog‘liqligini  o‘rganishda 
qo‘llaniladi.  Tuzilmaviy  yondashuv  ikkita  bosqichdan  iborat  bo‘ladi: 
boshida  tizimning  barcha  muhim  qismlari  aniqlanadi  va  ular  elementlar 
sifatida namoyon qilinadi; keyin tizimning tuzilmasi aniqlanadi. Qisqacha 
qilib aytganda “Tizim - bu nima va qanday tuzilgan?” degan savolga javob 
izlanadi. 
Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib 
keladi,  bu  esa  o‘z  navbatida  tizim  funksiyalarining  va  buning  oqibatida 
uning  tuzilmasining  ham  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga,  agar 
tuzilmaning  salohiyati  yuqori,  ammo  qo‘yilgan  maqsadlar  bunga  mos 
bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, 
tuzilmaviy  va  funksional  yondashuvlar  tizimning  dekompozitsiyasini 
amalga oshirishda qo‘llaniladi. 
Tizimli  yondashuv  tizimning  kompozitsiyasini  amalga  oshirishda 
qo‘llaniladi.  Ushbu  yondashuv  qo‘llanilganda  tizim  yahlit  holatda 
bo‘lganligi  faraz  qilinib  uning  hususiyatlari  o‘rganiladi.  Tizimli 
yondashuvdan  oldin  tuzilmaviy  va  funksional  yondashuvlar  amalga 
oshirilgan  bo‘lishi  shart.  Tizimli  yondashuvni  tor  ma’noda  tuzilmaviy  va 
funksional  yondashuvlar  sintezi  sifatida  ko‘rsa  bo‘ladi.  Keng  ma’noda 
tizimli  yondashuv,  bundan  tashqari,  tizim  ishlashining  samaradorligini 
                                                           
13
  Masalan,  prokuratura  tizimining  funksiyasi  –  huquqiy  munosabatlar  sub’ektlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
xarakatlarining  qonunchilik  me’yorlariga  zid  kelmasligini  nazorat  qilish.  Matematik  nuqtai  nazar,  funksiya  –  bu 
tizimdagi kirish oqimini chiqish oqimiga o‘zgartirish usuli (ya’ni qoidasi yoki algoritmi). 

14 
 
o‘rganishni,  ya’ni  texnik-iqtisodiy  yondashuvni  ham  o‘zida  qamrab 
oladi. 
Dinamik    yondashuv  tizim  elementlari  va  uning  quyi  tizimlarining 
dinamik  modellarini  ishlab  chiqish  va  shu  asosda  tizimning  dinamik 
hususiyatlari  haqida  xulosalar  chiqarishga  qaratilgan.  Tizimning 
dinamikasi  deganda  uning  holati,  tuzilmasi,  funksiyalari,  ishlashi 
samaradorligining  vaqt  o‘tishi  bilan  o‘zgarib  borishi  tushuniladi. 
Tizimning  dinamik  o‘zgarishini  klassik  (orqaga  qayta  oladigan)  va 
noklassik  (orqaga  qayta  olmas,  evolyusion)  dinamik  o‘zgarish  turlariga 
tasniflasa  bo‘ladi.  Biologik  va  ijtimoiy  tizimlar,  vaqt  o‘tishi  sari,  albatta, 
evolyusion va orqaga qaytmas tarzda o‘zgarishadi.
14
  
1.2.  SODDA  VA  MURAKKAB  TIZIMLAR.  Tizim  -  bu 
elementlardan  tashkil  topgan  ob’ekt.  Ushbu  ta’rif  umumiy  bo‘lib  ham 
sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.  
Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. 
Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad 
qilib  olinadi,  ya’ni  qalamlar  to‘plami  aslida  tashqaridagi  ob’ekt  uchun  vosita  (instrument)  sifatida 
xizmat qiladi.  Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. 
Murakkab  tizim  –  bog‘langan  elementlardan  tashkil  topgan  va 
maqsadga  intilayotgan  ob’ektdir.  Bu  ta’rif  faqat  murakkab  tizimlarni 
o‘zida qamrab oladi. 
Masalan,  Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  oliy  ma’lumotli  yuridik  kadrlarni  tayyorlash 
tizimi  sifatida  quyidagi  bir  biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va  ierarxik  tuzilma  orqali  bog‘langan 
elementlardan  tashkil  topgan:  rektor,  prorektorlar,  kafedralar,  talabalar  va  h.k.  Bu  tizim  quyidagi 
maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda,  “ob’ekt 
miqyosida maqsad dasturlangan”.  
Har  qanday  murakkab  tizim  quyidagi  to‘rtta  tushuncha  orqali 
ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. 
Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi.  
Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti 
–  jamiyat,  chunki  universitet  o‘z  faoliyati  bilan  jamiyatga  naf  keltiradi.  Sub’ekt  ba’zi  tizimlarda 
ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin.
15
  
Agar  sub’ekt  va  ob’ekt  ajralmas  bo‘lib  tizimni  shakllantirishsa  va 
uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim 
deyiladi.  Agar  tashqi  muhit  tizim  holatiga  ta’sir  qilsa  va  bu  hol  inobatga 
olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. 
                                                           
14
  Ma’lumki,  sinergetika  fani  murakkab  tizimlarning  dinamikasini  o‘rganadi.  Ammo  xozirgi  kunda,  dinamik  tizimlar 
nazariyasi  ham bu  masala bilan shug‘ullanishi  mumkin, demak,  sinergetika  ilmiy  yo‘nalishi  yaqin istiqbolda  tizimlar 
nazariyasi  tomonidan  qamrab  olinishi  mumkin.  Statik  tizimli  tahlil  esa  ko‘proq  muayyan  vaqt  holatida  ko‘rilayotgan 
tizimning ichki va tashqi tomonini, uning komparativ-statik holatdagi ishlash samaradorligini o‘rganadi. 
15
 Masalan, avtomobil va xaydovchi xarakatlanuvchi ob’ektni hosil qilishganda, bir-biridan ajralmas bo‘lishadi. Texnik 
tizimlarda,  ko‘pincha,  tegishli  sub’ekt  va  ob’ektlar  ajralmas  bo‘ladi.  Ijjtimoiy  tizimlarda  aksincha  bo‘ladi.  Masalan, 
universitet - tizim, jamiyat esa – uni tashqaridan kuzatayotgan yuqori tizim, ya’ni sub’ektdir. 

15 
 
Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf 
keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami.  
Masalan,  avtomobil  va  xaydovchi  tizimida  avtomobil  ob’ekt  bo‘lib  xizmat  qiladi. 
Universitetning  o‘zi  –  ob’ekt,  jamiyat  esa  -  sub’ekt.  O‘zbek  tilining  so‘zlari  majmuasi  –  ob’ekt, 
o‘zbek  tilida  so‘zlashuvchi  jamiyat  esa  -  sub’ekt.  Yoshlar  orasidagi  jinoyatlar  bilan  kurashish 
tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki 
ishlar,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  o‘zini-o‘zi  boshqarish,  “Kamolot”  yoshlar 
ijtimoiy harakati organlari.  
Muammo  (masala)  –  sub’ektning  ob’ektga  nisbatan  mulohaza 
ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati.
16
  
Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga 
nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi.  
Tezaurus 
–  quyi  ob’ektlar,  sub’ekt  va  ob’ekt  orasidagi 
munosabatlarni  maxsus  belgilar  bilan  ifodalash  va  ular  yordamida 
muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til.  
Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. 
Murakkab  tizim  –  bu  shunday  ob’ektki,  u  quyidagi  uchta  universal 
hususiyatlardan iborat bo‘ladi: 
-
 
ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi)
17

-
 
elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi
18

-
 
ob’ektning  maqsadga  intilishi  (ya’ni  ob’ektda  maqsad  sari  intilish 
hususiyati mavjud). 
Yuqorida  keltirilgan  ta’rif  ushbu  darslikda  o‘rganiladigan  murakkab 
tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, 
bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi.  
Yahlitlik  (integrallashganlik)  hususiyati.  Murakkab  tizimning  birorta 
elementini  ajratib  bo‘lmaydi.  Demak,  murakkab  tizimga  nisbatan  hususiy 
tahlil  emas,  balki  tizimli  tahlilni  amalga  oshirish  kerak,  ya’ni  har  bir 
elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan 
element  o‘zining  muhim  hususiyatlarini  yo‘qotadi,  tizim  doirasida  esa  u 
o‘z  hususiyatlarini  saqlaydi.  Bunga  sabab,  o‘sha  elementning  boshqa 
elementlar bilan bog‘liqligidir.  
Bog‘liqlik  (kommunikativlik)  hususiyati.  Murakkab  tizimdagi 
elementlar  bir  biri  bilan  har  hil  munosabatlarda  bo‘lishadi.  Agar  ba’zi 
elementlar  alohida  bo‘lib  qolib,  ularning  boshqa  elementlar  bilan 
bog‘liqligi  aniqlanmasa,  tizim  haqidagi  ma’lumot  to‘liq  bo‘lmaydi.  Agar 
har  bir  elementning  boshqa  elementlar  bilan  bog‘liqligi  to‘g‘risidagi 
                                                           
16
 “Muammo” tushunchasiga boshqacha ta’rif bersa ham bo‘ladi:  muammo  – ob’ektning a’lo va joriy  holati orasidagi 
tafovutni ifodalovchi mulohaza. 
17
 Ya’ni birorta elementni ob’ektdan uning nafliligini kamaytirmasdan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, futbol jamoasi o‘yin 
davomida  bir  o‘yinchidan  qizil  kartochka  tufayli  ayrilib  qolsa,  o‘ynayveradi,  ammo  uning  o‘yini  samaradorligi 
pasaymay qolmaydi. 
18
 Tizim elementlari orasidagi bog‘liqlik tizim va tashqi muhit elementlari orasidagi bog‘liqlikdan kuchliroq bo‘ladi. 

16 
 
ma’lumot  to‘liq  aniqlansa,  u  holda  tizim  deterministik  deb  nomlanadi. 
Deterministik  tizimlar  ko‘pincha  mexanika  va  matematika  sohasida 
uchraydi.  Ijtimoiy  tizimlar  esa  deterministik  bo‘lmaydi.  Murakkab 
tizimdagi  elementlar  bir  biriga  nisbatan  ierarxik  yoki  boshqacha  holda 
joylashgan  bo‘ladi.  Qaysidir  elementlar  tizimning  yuqori  pog‘onasida 
joylashgan  bo‘lsa,  boshqalari  –  quyi  yoki  parallel  pog‘onada  joylashgan 
bo‘ladi.  
Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng  yuqori pog‘onada tursa, 
prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok. 
Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga 
intilgan  bo‘ladi.  Maqsadga  intilish  tizim  ichida  dasturlangan  bo‘ladi. 
Murakkab  tizim  avtonom  ravishda  ishlay  oladi  va  muayan  maqsadga 
intiladi.  Agar  tizim  maqsadga  intilmasa,  demak  u  murakkab  tizim  emas, 
aksincha, sodda tizim. 
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim 
yoki  gomeostazis  hususiyati
19
  mavjud  bo‘ladi.  Murakkab  tizim  qarorlar 
qabul  qilish  mexanizmi  orqali  yoki  avtomatik  tarzda  yoki  muvozanatga 
tortuvchi  kuch  yordamida  boshqarilishi  mumkin.  Avtomatik  tarzda 
boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika
20
 
tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.  
Sodda tizim 
Murakkab tizim 
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi 
quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati 
yo‘q yoki munosabatlarni tartibga soluvchi 
hususiyati yo‘q 
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi 
tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki 
munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati 
mavjud 
Maqsadga intilmaydi 
Maqsadga intiladi 
Sub’ekt 
tizimni 
bevosita 
harakatga 
keltiradi   
Tizim  o‘zi  harakatga  keladi  va  sub’ekt  uning 
ishlashiga  dastlabki  impuls  beradi,  hamda 
uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi 
Misollar:  agar  sub’ekt  ajralgan  bo‘lsa  va 
xarakatlanayotgan  dinamik  tizim  ob’ekt 
sifatida  o‘rganilsa,  u  holda  velosiped, 
avtomobil,  samolyot  –  sodda  tizimlar, 
chunki 
ular 
xaydovchisiz 
xarakatga 
kelishmaydi.  
Ya’ni  o‘rganish  ob’ekti  va  predmetiga 
ko‘ra,  tizim  sodda  yoki  murakkab  bo‘lishi 
ham mumkin. 
Misollar:  agar  sub’ekt  ajralmagan  bo‘lsa  va 
xarakatlanayotgan  tizim  o‘rganilsa,  u  holda 
velosiped,  avtomobil,  samolyot  –  murakkab 
tizimlar.   
Boshqa  misollar:  velosiped,  avtomobil  yoki 
samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori; robot; 
mexanik  yoki  kvarsli  soat;  Quyosh  tizimi; 
korxona; o‘simlik; universitet; jamiyat; jinoyat 
bilan  kurashish  tizimi;  Konstitutsiya;  Mehnat 
Kodeksi; jinoyat qonunchiligi. 
                                                           
19
 Muvozanatga intilish hususiyati. 
20
  Mashhur  olim  Norbert  Viner  kibernetika  fanining  asoschisi  sifatida  e’tirof  etiladi.  Uning  fikrlari  quyidagi  ilmiy 
asarda batafsil bayon etilgan: Norbert Wiener (1948), Cybernetics or Control and Communication in the Animal and the 
Machine. New York: John Wiley & Sons, Inc.   

17 
 
Muvozanatga  intiluvchi  tizimlar  fizika,  astronomiya,  iqtisodiyotda  va 
xok. sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga 
ega  bo‘lgan,  hamda  muvozanatga  intiluvchi  murakkab  tizimlarni  ko‘rib 
chiqamiz. 
1.3.  MURAKKAB  TIZIMNING  ELEMENTLARI,  UNING 
YUQORI  VA  QUYI  TIZIMLARI.  Ob’ekt  murakkab  tizim  sifatida 
namoyon  qilinganda,  uning  tizimli  tahlil  uchun  muhim  hisoblangan 
tarkibiy  qismlari  tizim  elementlari  deb  nomlanadi.  Ob’ektning  muhim 
bo‘lmagan  qismlari  tizimda  aks  ettirilmaydi.  Har  qanday  murakkab  tizim 
tuzilma  shaklida  bir-biri  bilan  bog‘langan  elementlardan  tashkil  topgan 
bo‘ladi. 
Agar  tizimning  ayrim  elementlari  o‘z  navbatida  tuzilma  shaklida  bir-
biri  bilan  bog‘langan  elementlardan  tashkil  topgan  bo‘lsa,  bunday 
elementlar  to‘plami  quyi  tizim  deyiladi.  Quyi  tizim  ham  murakkab 
tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning 
biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi 
tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni 
o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi. 
Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling