Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1.
- Jinoyat ishi yurituviga mas’ul mansabdor shaxslarni xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa
- Sudning qarori to‘g‘rimi Himoyachi qaysi hollarda rad etilishi mumkin 2-kazus
- Ushbu holat xalq maslahatchisini rad qilish uchun asos bo‘la
- V BOB. DALILLAR VA ISBOT QILISH
- Haqiqiy ma’lumotlar – bu qonuniy manbalardan olingan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Jinoyat
- Dalillar nazariyasi isbot qilishning gnoseologik, huquqiy, mantiqiy va psixologik asoslarini o‘rganadi, shuningdek huquqiy normalarning
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlarning Oliy sud Plenumi qarorlarida va tarmoq qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlari yurituvida rad qilish instituti rolini aniqlashlari lozim. MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Rad qilish instituti jinoyat protsessida xolislik, beg‘arazlik va odillikni ta’minlaydi, bir tomonlamalikni inkor etadi. Rad qilish va o‘zini
2.
Rad qilish dastlabki tergov va sudda jinoyat ishi holatlarini xolis va beg‘araz tekshirishni hamda shu orqali jinoyat sud ish yurituvi maqsadlariga erishishni kafolatlash vositasi vazifasini bajaruvchi jinoyat protsessual huquq instituti hisoblanadi. Jinoyat ishi yurituviga mas’ul mansabdor shaxslarni xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar deganda nima tushuniladi? 1-kazus Sud tergovi jarayonida sudlanuvchi Kabirov o‘z himoyachisini rad qilish to‘g‘risidagi iltimos bilan sudga murojaat etdi. Kabirov o‘z iltimosini himoyachi jinoyat ishi materiallari bilan yetarlicha tanish emasligi bilan asoslantirdi va o‘z xohishiga ko‘ra, boshqa himoyachi jalb qilishni so‘radi. Sud o‘z navbatida himoyachi ishni davom ettirishi to‘g‘risidagi e'tirozlarini o‘rganib, ko‘rsatilgan vajlarni asossiz deb hisoblashi hamda himoyachini rad etish asoslari mavjud emas deb topib, sudlanuvchining iltimosini qanoatlantirmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgandan so‘ng xalq maslahatchisi Kamilov ancha yil muqaddam ichki ishlar idoralarida halok bo‘lgan Suratov bilan birga xizmat qilganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan xalq maslahatchisi raislik qiluvchiga xabar qilmagan.
135
oladimi? Hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng rad qilish uchun asos aniqlanadigan taqdirda qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlarni ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
MDH mamlakatlari jinoyat-protsessual qonunchiligida rad qilishni amalga oshirish tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
136
(Mualliflar – yuridik fanlar doktori, prof. Z.F.Inog‘omjonova, yuridik
Jinoyat protsessida dalillar tushunchasi markaziy ahamiyat kasb etadi. Dalillar – bu faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir, isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar esa dalil hisoblanmaydi. Inson ongida predmetlar, narsalar emas, balki ularning manzaralari, tushunchalari va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Haqiqiy ma’lumotlar – bu qonuniy manbalardan olingan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Jinoyat protsessual qonunchilikda esa faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqiy ma’lumotlar deb yuritiladi. Haqiqiy ma’lumotlar va ularning manbalari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ularning birlashuvi dalilning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Tergov va sud harakatlarining bayonnomalari ham dalil kuchiga ega. Ular sifatli, mazmunli va savodli yozilishi shart. Bayonnomani yuritish mas’uliyati surishtiruvchi, tergovchiga, sud muhokamasi bayonnomasi esa sud majlisi kotibiga yuklatilgan. Dalillar faqat qonunda belgilangan manbalardan olinishi lozim. Bu manbalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasida belgilangan. Agar ma’lumotlar boshqa manbalardan olingan bo‘lsa, bu ma’lumotlar ish bo‘yicha dalil bo‘la olmaydi. Jinoyat-protsessual qonuniga 2016 yil 26 aprelda kiritilgan so’nggi o’zgartirish va qo’shimchalarga binoan endilikda qonunda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasiga binoan, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan va bermaganligini shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybdor, aybsiz ekanligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda aniqlashlariga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi .
137
talablarga rioya etilgan holda o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarining natijalari JPK normalariga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so’ng jinoyat ishi bo’yicha dalillar deb e’tirof etiladi. Isbot qilish jinoyat protsessida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, agar mazkur faoliyat natijasiz yakunlansa, jinoyat kim tomonidan va qanday holatlarda sodir etilganligi aniqlanmasa, jinoyat protsessining maqsadlariga erishilmagan, deb hisoblanadi. Isbot qilish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, bundan ham og‘irroq oqibatlar kelib chiqishi, natijada aybi bo‘lmagan shaxs jazoga tortilishi mumkin. Shunday qilib, isbot qilish qanchalik to‘la va mahorat bilan amalga oshirilsa, ish bo‘yicha chiqariladigan hukm va
boshqa qarorlarning qonuniyligi va
asoslantirilganligi shunchalik ta’minlangan bo‘ladi.
Jinoyat protsessining asosiy vazifasi jinoyat ishi bo‘yicha obyektiv DALIL MANBALARINING TURLARI (JPK 81-m.) Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari
Ashyoviy dalillar Ovozli yozuvlar, video- yozuvlar, kinotasvir va fotosurat Tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar
asoslangan holda muayyan jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni protsessual tartibda to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baho berish, shuningdek, davlat nomidan bu ma'lumotlarning mavjudligini tasdiqlash faoliyati tushuniladi.
138
haqiqatni aniqlashdir, buning uchun esa ish bo‘yicha aniqlangan har bir dalil, ma’lumot, fakt isbotlanishi lozim. Isbotlash murakkab jarayon bo‘lib, jinoyat protsessining negizi hisoblanadi. Jumladan, isbot qilish - jinoyat protsessual faoliyatni tartibga soluvchi, shuningdek sudlov faoliyatidagi jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatga erishishni ta’minlovchi jarayondir. Bu jarayonning mohiyati uning elementlarida, ya’ni dalillarni to‘plash, tekshirish, mustahkamlash va baholashda aks etadi. Dalillarni aniqlash, ular bilan ishlash va protsessual isbotlash jinoyat protsessining asosiy faoliyat qismidir. Protsessual isbotlash faqat fikrlash faoliyati emas, balki ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan va ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarishga imkon beruvchi huquqiy faoliyatdir. Isbotlash predmeti va doirasi, isbotlash ishtirokchilari, ularning isbotlash jarayoni davomidagi majburiyatlari jinoyat-protsessual huquq fanida muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki jinoyat protsessual faoliyatning asosini isbotlash jarayoni tashkil qiladi. Faqatgina isbotlash jarayoni davomida olingan ishonchli ma’lumotlar asosida har qanday jinoyat ishi adolatli hal qilinadi. Jinoyat protsessida isbot qilish tushunchasi bilan birgalikda dalillar huquqi, dalillar nazariyasi kabi tushunchalar mavjud. Isbotlash predmeti va doirasi, shuningdek ushbu jarayonni amalga oshiruvchi normalar yig‘indisi dalillar huquqini tashkil qiladi. Isbotlash huquqi har bir ish bo‘yicha isbot qilish maqsadiga erishish uchun kafolat hisoblanadi va isbot qilish shartlari, yo‘nalishlari mazmunini belgilab beradi. Isbot qilishning aniq mazmunini esa protsessual harakatlar va munosabatlar tashkil qiladi.
Ish bo‘yicha to‘plangan har bir dalil alohida va barcha dalillar bir tizimga keltirilib umumiy baholanadi. Dalillar o‘rtasida hech qanday mantiqiy ziddiyatlar bo‘lmasligi lozim, aks holda aybdor shaxsning aybi to‘la isbotlanmagan, deb hisoblanadi. Bu esa tergov bir yoqlama olib borilganini ayblanuvchining protsessual manfaatlari to‘la
tekshirilmaganligini, tergov sifatsiz, yuzaki olib borilganini ko‘rsatuvchi holat bo‘ladi. Tergovchi dalillarni baholashda yoki jinoyat ishi bo‘yicha xulosa chiqarishida o‘z ichki ishonchiga amal qilishi lozim. Isbot qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi moddalarining talablariga mos bo‘lishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik jinoyat ishi bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni noqonuniy deb topishga sabab bo‘lishi 139
mumkin. Masalan, shaxsni aybdorligi tasdiqlanmaganda, uning aybdorligi yoki aybsizligi to‘la aniqlanmaganda, jabrlanuvchining protsessual huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanmaganda, ishni adolatli hal qilish masalasi yechilmasdan qoladi. Isbot qilish o‘zida haqiqatni aniqlash jarayonini ifoda etadi. Uning mohiyati dalillarni to‘plashda, tekshirishda namoyon bo‘ladi. Isbot qilish jarayonini amalga oshirishda sudya, tergovchi va boshqa protsess subyektlarining amaliy tajribasi, shuningdek ularning dunyoqarashi, huquqiy ongi va tafakkuri muhim o‘rin tutadi. Amaliy tajriba bilim faoliyatining asosi bo‘lib, bu tajriba isbotlash subyektlari tomonidan ishlash jarayoni davomida o‘zlashtirib boriladi, natijada ularning amaliy tajriba darajasi yillar davomida ortib boradi. Isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar ichida har bir jinoyat ishi bo‘yicha faktik holatlarni bor yoki yo‘qligini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Jinoyat protsessida isbot qilishning asosiy maqsadi - haqiqatni aniqlashdir. Jinoyat protsessida obyektiv haqiqat tushunchasi o‘z ichiga tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlar to‘g‘risidagi ishonchli xulosalarini qamrab oladi. Obyektiv haqiqat real bo‘lgan taqdirdagina isbotlash protsessi maqsadiga erishiladi. Jinoyat protsessida nisbiy haqiqat deganda, ya’ni jinoyat protsessida bironta jinoyat ishini isbotlanishi davomida aniqlangan holatlar tashqi dunyo hodisalari bilan bog‘liq bo‘lmaydi va yuridik, daliliy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Jinoyat protsessida absolyut haqiqatda esa, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ayrim hollarda haqiqat konkret aniqlanmaganda, u ham nisbiy, ham absolyut bo‘ladi. Haqiqatni aniqlash jinoyat protsessining maqsadi va adolatli hukm chiqarishning asosiy shartlaridan biridir. Jinoyat qanday sodir ishi holatlarini bo‘lgan bo‘lsa, shunday holda aniqlash obyektiv haqiqatning mazmunini tashkil qiladi. Jinoyat ishi bo‘yicha obyektiv haqiqatni aniqlash tartibi jinoyat-protsessual qonunchilik bilan tartibga solingan. 5.2 Isbot qilish predmeti Isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarning aniq belgilanishi tergov va sud organlari faoliyatining maqsadini, jinoyat ishi holatlarining to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirilishini ta’minlaydi.
Protsessual jihatdan isbotlash predmeti – bu jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatli va barcha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar yig‘indisidir.
140
Isbotlash predmetiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan isbotlash doirasi esa isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, dalillar va ularning manbalarining hajmi, chegarasini belgilaydi. Isbotlash doirasi isbotlash predmetining har bir elementi aniqlanishini ta’minlash uchun biron-bir aniq harakatning chegaralarini belgilab beradi. Isbot qilishning asosiy vazifasi isbotlash predmetiga kiruvchi zarur bo‘lgan barcha holatlarni aniqlashdir. Subyektlar tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq, har tomonlama va xolisona aniqlanishi ish bo‘yicha haqiqatni o‘rnatishga, jinoyatni to‘g‘ri tasniflashga, jazoning muqarrarligi va jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy, adolatli, asoslangan hukm chiqarilishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida isbotlash predmetiga quyidagi isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar kiritilgan: jinoyat obyekti: jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Isbotlash jarayonida jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlar, qilmish va ularning ijtimoiy xavfli oqibatlari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Bu holatlarning aniqlanishi orqali jinoyatning qachon, qayerda, qanday usullar orqali hamda qanday sharoitlarda sodir etilgani va ulardan kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasida qanday sababiy bog‘lanish borligi kabi masalalar hal qilinadi. Bu holatlarni aniqlash surishtiruvchi, tergovchidan katta mas’uliyat talab etadi. Chunki ayrim holatlar asosiy fakt bo‘lmasa ham, jinoyatning ochilishida yordamchi dalil bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi jinoyatlar bo‘yicha vaqtni aniqlashda esa kun yoki haftaning aniqlanishi ham yetarli bo‘ladi. Ammo har qanday vaziyatda jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, harakatlar va ularning oqibatlari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish holatlari to‘la, har tomonlama, xolisona aniqlanishi shart, aks holda dastlabki tergovning to‘liqsiz yoki bir yoqlama o‘tkazilishi holati yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasi 3-bandida jinoyatning muayyan shaxs tomonidan sodir etilganligi jinoyat hodisasining isbotlanishi lozim bo‘lgan holati sifatida ta’riflanadi. Jinoyat aynan muayyan shaxs tomonidan sodir etilganligini isbotlash uchun uning ma’lum yoshga 141
to‘lganligi, aqli rasoligi, jinoyat aynan shu shaxs tomonidan sodir etilganligi, ayrim jinoyatlarda maxsus subyekt bor yoki yo‘qligini ham aniqlash zarur. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasi 4-bandida ko‘rsatilgan jinoyatning subyektiv tomonlarini, uning sabab va maqsadlarini aniq belgilash jinoyatni to‘g‘ri malakalash, shaxsning ayblilik darajasini hisobga olgan holda adolatli jazo tayinlashning zaruriy shartidir. Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov amaliyotida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavfli tomonlari, maqsad va motivlarini chuqur o‘rganish lozim. Jinoyatning maqsadi, motivi va sodir etish asoslarini yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni malakalashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga, shaxsning sodir etmagan qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Jinoyatning sabablari va maqsadlarini aniqlanishi keyinchalik shu jinoyatning qayta sodir etilishini oldini olish imkoniyati beradi. Ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar isbot qilinishi zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82- moddasi 5-bandida belgilangan. Ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tavsiflashda og‘irlashtiruvchi hamda yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinadi. Tergovchi ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va joyi, yashash va ish joyi, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlaydi. Shuningdek, shaxsning ilgarigi faoliyati natijasidagi imtiyozlari, mehnatga, jamiyatda tutgan o‘rni, oilasining moddiy holati, ish staji, sog‘lig‘i, oldingi ish joylarida qanday ishlaganligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi e’tiborga olinib, ular boshqa isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Ya’ni bu holatlar aniqlanayotganda shu jinoyatni sodir etishga undagan sharoitlar, sabablar ham aniqlanadi. Demak, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir holatning aniqlanishi ikkinchisini topishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida nazarda tutilgan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar barcha turdagi jinoyatlarga taalluqlidir. Lekin alohida toifadagi ishlarni yuritishda qo‘shimcha holatlar ham aniqlanadi. Dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 82-84-moddalarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan bir qator o‘ziga xos boshqa holatlar ham isbotlanishi lozim. Bu toifadagi ishlarda voyaga yetmagan ayblanuvchining 142
aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni), voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Shaxsning aqli rasoligini belgilash ham isbotlash lozim bo‘lgan muhim holatlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 566-moddasida aqli noraso shaxs tomonidan sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmish yuzasidan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar; shaxs, qilmish sodir etgan vaqtida surunkali ruhiy kasal ekanligi, ruhiyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa kasalligi, shuning oqibatida uning aqli noraso bo‘lganligi, ya’ni o‘z harakatlarini idrok eta olmaganligi; mazkur shaxsning dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati aniqlanishi lozim. Shu bilan birgalikda jinoyat sodir etganidan so‘ng ruhiy kasallikka chalingan shaxsning ishi bo‘yicha uning bundan keyingi harakatlari o‘zi va atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkinmi yoki yo‘qligi, davolanishga muhtojligi, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishiga zarurat bor yoki yo‘qligini ham isbotlash lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarning har biri jinoyat ishlarini ochish uchun umumiy ravishda zarur bo‘lgan holatlar yig‘indisidir. Bu holatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, isbotlash jarayoni davomida bir-birini to‘ldirib boradi. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling