Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Surishtiruvning vazifalari
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi
Surishtiruvning vazifalari jinoyatning oldini olish yoki yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchilarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topish, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini ta’minlash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini yuritishdan iborat.
97
natijalaridan jinoyat ishi bo‘yicha isbot qilishda foydalanish uchun ularning o‘z navbatida surishtiruv organlari, tergovchi, sudga taqdim etilishini nazarda tutadi. Ya’ni, tezkor-qidiruv faoliyat natijalari muayyan jinoyat ishini tergov qilishga vakolatli bo‘lgan prokurorga yoki tegishli dastlabki tergov organlariga taqdim etiladi. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida tergovchi tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotlarga ega bo‘lar ekan, bu ma’lumotlar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmay, faqat tergovni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Bunda ushbu ma’lumotlardan ularni yashirish tarzda olinganligini oshkor etmasdan foydalanish muammosi tug‘iladi. Jumladan, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual
kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so‘nggina dalillar sifatida e’tirof etilishi mumkin. Tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qo‘lga kiritilgan jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va tekshirishga qaratilgan kelgusi tergov harakatlarini to‘g‘ri tanlashga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi vazifani bajaradi. Barcha kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari surishtiruv jarayonida, qonun talablariga to‘la mos bo‘lgan holda o‘tkaziladi.
Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat
protsessida jamoat birlashmalari va jamoa vakillari ishtirok etishining bir nechta shakli nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 40-moddasiga binoan jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat to‘g‘risidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni o‘tash sharoitlarini o‘zgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollar hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar. O‘z navbatida surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 98
to‘g‘risidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoaga, sud esa ularga shu ish bo‘yicha sud muhokamasi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida xabar beradi. Jinoyat protsessida jamoatchilik ishtiroki jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari institutida ko‘proq namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 42-moddasiga binoan jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborishlari mumkin. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining, shu jumladan, tijorat tuzilmasining, shuningdek yashash joyi bo‘yicha jamoaning yig‘ilishi ko‘rsatadi. Yig‘ilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. Lekin jamoat birlashmasi, jamoa o‘zi yo‘llagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir.
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflar muzokaralarida so‘zga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. Shu bilan birga jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 43-moddasi). Jamoat himoyachisi ham xuddi shunday huquq va majburiyatlarga egadir. Xususan, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi o‘z vazifalarini davlat ayblovchisi va himoyachisi qanday nuqtayi nazarda bo‘lishidan qat'iy nazar amalga oshiradigan sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli ishtirokchilaridir.
99
sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 44-moddasi). «Sud muhokamasida jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchi va jabrlanuvchining ish joyidan, yashash joyidan va boshqa jamoat tashkilotlaridan vakillar qatnashishi mumkin. Ular sud muhokamasida o‘z manfaatini himoya qiluvchi shaxslardan farq qilib, mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti manfaatlarini himoya qiladilar. Albatta, bu manfaatlar sud muhokamasida bo‘lgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Bu vakillar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadilar. Ular korxona, muassasa, va tashkilotlarning umumiy yig‘ilishlari qarori bilan saylanadilar, shu yig‘ilish bayonnomalarining nusxasi sudga taqdim etilgan taqdirda sudning ajrimi asosida sud muhokamasida qatnashadilar». Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Jamoat ayblovchisiga sudlanuvchiga qo‘yilgan aybni isbotlash majburiyati yuklatilmaydi. Ular faqat guruh yoki jamoatchilik fikrini bayon qiladilar. Jamoat himoyachisi dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, iltimoslar qiladi, sud muzokaralarida ishtirok etadi, sudlanuvchining aybini yengillashtiruvchi, uni oqlovchi holatlar to‘g‘risida, sudlanuvchiga beriladigan jazoni yengillashtirish, uni jazodan ozod qilish, uni mehnat jamoasi kafilligiga berishni suddan iltimos qilishi mumkin. Jamoat himoyachisining sud muhokamasida tutgan pozitsiyasi sudlanuvchining va uning himoyachisining pozitsiyasiga bog‘liq emas. U jamoa yoki jamoat tashkilotining fikrini bayon etadi. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida mustaqil bo‘lib, boshqa ishtirokchilar kabi ish yuzasidan dalillarni tekshirish, dalillar keltirish, iltimoslar qilishda teng huquqlardan foydalanadilar. Bitta sudlanuvchiga nisbatan bir jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasidan ham jamoat ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi qatnashishi mumkin emas. Chunki bunda tashkilot yoki mehnat jamoasining fikri ifoda etilmay qoladi. Turli jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoalaridan bitta sudlanuvchiga nisbatan ham jamoat ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi sud muhokamasida qatnashishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 412-moddasining talabiga ko‘ra, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyingi qoldirish masalasini hal etadi. Ularni kelmaganligi to‘g‘risida ularni 100
yuborgan tashkilot yoki mehnat jamoasiga xabar beriladi. Sud muhokamasida voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari
ko‘rilayotganida jamoat vakillari sifatida sud tomonidan uni ish, o‘qish joyi yoki yashash joyidan vakillar, shuningdek voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi komissiya xodimlari, ota-onalari, qonuniy vakillari, yaqin qarindoshlari hamda homiy va vasiylari chaqirilishi mumkin. Zarur hollarda bu vakillar guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 43-44- moddalarida jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari bayon etilgan. Unga ko‘ra, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, iltimosnomalar berishga, taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, jamoat ayblovchisi ayblovning isbotlanganligi haqida, jamoat himoyachisi sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida ishtirok etish, jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilish va ishda sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarni aniqlashga ko‘maklashishi shart. 3.4. Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. Himoyachilar va vakillar.
So‘nggi yillarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining protsessual holatiga oid jinoyat-protsessual normalarga jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46, 48, 361, 379, 397, 467-moddalarida nazarda tutilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining o‘zining nimada gumon qilinayotganligini (ayblanayotganligini) bilish huquqi davlat organlarining shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorida, ayblov xulosasida shaxsni nimada ayblanayotganligini ko‘rsatishi, ayblov hukmida esa shaxs qanday qilmishni sodir etishda aybli deb topilganligi va Jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ayblovdan himoyalanish nuqtayi nazaridan o‘z manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega bo‘lgan asosiy ishtirokchilar hisoblanadi.
101
u jinoyat qonunining qaysi moddalarida belgilangan jinoyatga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatish majburiyati bilan
ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 362-moddasiga muvofiq esa, tergov jarayonida ayblov o‘zgartirilsa, to‘ldirilsa yoki tugatilsa, u haqda ayblanuvchi xabardor etiladi. Ayblanuvchining ushbu huquqi unga isbotlash jarayonida faol ishtirok etishi uchun zamin hozirlaydi. Gumon qilinuvchining qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganini bilish huquqi shu bilan kafolatlanadiki, ushlab turish to‘g‘risidagi bayonnomada uning asoslari va sabablari ko‘rsatiladi, ushlanganning tushuntirishlari yoziladi, bayonnomaga ushlangan shaxs imzo chekadi; ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda mazkur shaxs sodir etgan deb gumon qilingan jinoyat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; so‘roq oldidan gumon qilinuvchiga u qanday jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgani e’lon qilingani haqida so‘roq qilish bayonnomasiga qayd etiladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi o‘zining nimada ayblanayotganligini yoki gumon qilinayotganligini bilganlaridan so‘ng, ushbu gumon yoxud ayblovni rad etish yoki mohiyatini ochish uchun maqsadga yo‘naltirilgan tarzda harakat qilishlari, gumon (ayblov)ni keltirib chiqargan ma’lumotlarning noo‘rinligini asoslashlari, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan
hodisadagi o‘z
harakatlarini oydinlashtirishlari hamda tushuntirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur huquq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi e’tiboriga qaysi jinoyatni sodir qilishda aybdor deb taxmin qilinayotganligi to‘g‘risidagi axborotni havola etish vositasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 225- moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ushlab turish bayonnomasida ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi aks ettiriladi. Shu moddaning beshinchi
qismiga binoan, ushlab turish, jinoyat ishini qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi. Jinoyat-protsessual qonunning bir necha moddalari orqali gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish huquqi amalga oshadi. Demak, tergovchi, prokuror va sud shaxslarga nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini tushuntirishda ularning individual xususiyatlarini (yoshi, ma’lumoti, hayotiy tajribasi) e’tiborga olishlari, ayblov yoki gumonning mohiyati, jinoyatning malakalanishi hamda taxminiy oqibatlarini tushunarli, ravon tarzda bayon etishlari muhim bo‘lib, gumon 102
qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi huquqlarini kafolatlashda katta ahamiyatga ega. Ayblanuvchi, gumon qilinuvchining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 46, 48-moddalaridagi o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan (gumon xususida) hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va tushuntirish berish huquqi ham jinoyat sudlov ishlarini yuritishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur huquqni amalga oshirish uchun tergovni olib boruvchi shaxs va sud ayblanuvchiga ayblovning mohiyatini tushuntirishi va uni qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda so‘roq qilishi lozim. Ko‘rsatuv berish ayblanuvchi, gumon qilinuvchining huquqi, lekin majburiyati emas. Biroq, bu ayblanuvchining rost yoki yolg‘on javob berishiga qonun befarq qarashini bildirmaydi. Sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida haqqoniy ko‘rsatuv berish, qilmishdan pushaymon bo‘lish javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Ayblanuvchining iltimosnomalar berish huquqi – uning isbotlash jarayonidagi ishtirokining shakllaridan biri hisoblanadi. Ayblanuvchining iltimosnomalar berish huquqi deganda, uning mazkur ishni yuritayotgan organlarga ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan rasmiy iltimoslar bilan qilgan murojaati tushuniladi. Iltimosnomalarni asossiz qondirilmasligi nafaqat ayblanuvchi manfaatlariga, balki jinoyat ishlari yurituvi manfaatlariga ham jiddiy putur yetkazadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqi ayblanuvchi, gumon qilinuvchining kafolatlangan subyektiv huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biridir. O‘z navbatida, ushbu huquq ishtirokchilarga boshqa protsessual huquqlarini amalga oshirishni ta’minlaydi, chunki fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishi yoki noqonuniy cheklanishi holatlari uni amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shikoyati deganda, unga nisbatan tergov organi yoki prokuror tomonidan yo‘l qo‘yilgan nohaqlikni bartaraf etishni iltimos qilib berilgan rasmiy ariza tushuniladi.
Sudlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: birinchi instansiya va yuqori instansiya sudi majlislarida ishtirok etish, rad qilish, sud harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish, iltimosnomalar qilish va dalillar taqdim etish, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish, ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e'tirozlar bildirish, oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.
103
Sudlanuvchining majburiyatlari quyidagicha: sud chaqiruviga binoan hozir bo‘lish; sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmaslik; haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik; tanlangan ehtiyot choralari talablarini bajarish; sud ajrimlarining ijro etilishiga to‘sqinlik qilmaslik; sud majlisida tartibga rioya etishi shart. Agar sudlanuvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 262-264 moddalarda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda majburiy ravishda keltirilishi mumkin. Sudlanuvchining protsessual maqomi Jinoyat-protsessual kodeksining birinchi instansiya sudida ish yuritish tartibi belgilangan 10-bo‘limida belgilangan. Sudlanuvchining ta’minlanishi lozim bo‘lgan eng muhim huquqlaridan biri sud muzokarasida ishtirok etish va oxirgi so‘z bilan chiqish huquqidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 17- sonli Qarori 21-bandiga muvofiq, sudlanuvchining advokati bo‘lmagan holda uni sud muzokarasida ishtirok etishiga imkoniyat yaratmaslik, shuningdek oxirgi so‘zdan mahrum etish jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi 11 .
Ishning barcha holatlarini to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirishda jabrlanuvchining ishtirokini inkor etish jinoyat sudlov ishlarining demokratiya va tortishuv prinsiplariga zid yuritilayotgani to‘g‘risida xulosa chiqarishga va ularning isbotlashda ishtirok etish huquqi cheklanishiga olib kelgan bo‘lar edi. Lekin bu ishtirokchilar isbotlashni amalga oshirish imkoniyatiga ega emaslar, chunki ular zimmasiga o‘z shaxsiy manfaatdorligini hisobga olgan holda ishning barcha holatlarini to‘la va xolisona tekshirish vazifasi yuklatilmagan, yuklatilishi ham mumkin emas. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror
11 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli Qarori//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.144. Jinoyat, shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e'tirof etiladi.
104
qaror, sud esa ajrim chiqaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 54-moddasi). Jabrlanuvchi deb e’tirof etish shaxsning arizasiga ko‘ra yoki jinoyat ishi yurituviga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jinoyatning kim tomonidan sodir etilganligi aniqlangan yoki aniqlanmaganligi, uning ushlangan yoki ushlanmaganligi, jabrlanuvchi va jinoyatchining o‘zaro munosabatlari hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Shaxsni jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror uning qonunda nazarda tutilgan harakat (yoki harakatsizlik) haqidagi fakt ayon bo‘lganidan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin chiqarilishi lozim. Shaxsni jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ravishda kechiktirilishi uni jinoiy jarayonda faol ishtirok etishiga to‘siq bo‘ladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish yakka tartibda amalga oshirilib, har bir jabrlanuvchi uchun alohida qaror chiqariladi. Jinoyat protsessual qonunchiligiga ko‘ra jabrlanuvchi voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan bo‘lsa, ushbu ish bo‘yicha u bilan birga uning qonuniy vakili qatnashadi. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 55-moddasida batafsil bayon etilgan. Iltimosnoma va shikoyatlar jabrlanuvchi tomonidan yozma yoki og‘zaki holda berilishi mumkin, yozma holda berilgan murojaatlar ish jildiga tikib qo‘yiladi, og‘zaki murojaatlar esa bayonnomada qayd etilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jabrlanuvchining jinoyat ishidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olishi huquqi ham belgilangan. Jabrlanuvchining sud muhokamasida ayblovni quvvatlashi asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Jabrlanuvchi o‘zining sudda ayblovni quvvatlash huquqini qonuniy vakiliga berishi ham mumkin. Jabrlanuvchiga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lish majburiyati yuklangan. Jabrlanuvchi uzrli sabablarsiz kelmaganda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 261-264 moddalariga muvofiq ravishda majburiy keltirilishi mumkin. Shu maqsadda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchini majburiy keltirish to‘g‘risida tegishli tartibda asoslangan qaror chiqaradi. Ammo bu qarorni chiqarishdan avval jabrlanuvchining ixtiyoriy tarzda kelmaganligining sabablari atroflicha o‘rganib chiqilishi, ma’lum
105
shaxslardan kerakli tushuntirishlar olinishi, jabrlanuvchi taqdim etgan tegishli hujjatlar tekshirilishi lozim. Jabrlanuvchi faqat haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi shart. Yolg‘on ko‘rsatuv berganligi uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi. Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay qoldiriladi. Agar da’voni uning ishtirokisiz ko‘rish haqida fuqaroviy da’vogarning iltimosi bo‘lsa, prokuror fuqarolik da’vosini qo‘llab-quvvatlasa yoki sud o‘z tashabbusi bilan da’voni ko‘rib hal qilishni lozim deb topsa, fuqaroviy da’vo ko‘rib chiqiladi. Agar fuqaroviy da’vo sud muhokamasida ko‘rilmasa, manfaatdor shaxs sudga fuqarolik tartibida murojaat qilib, da’voni qo‘zg‘atish huquqi saqlanib qoladi.
Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay qoldiriladi. Agar da’voni uning ishtirokisiz ko‘rish haqida fuqaroviy da’vogarning iltimosi bo‘lsa, prokuror fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlasa yoki sud o‘z tashabbusi bilan da’voni ko‘rib hal qilishni lozim deb topsa, fuqaroviy da’vo ko‘rib chiqiladi. Agar fuqaroviy da’vo sud muhokamasida ko‘rilmasa, manfaatdor shaxs sudga fuqarolik tartibida murojaat qilib, da’voni qo‘zg‘atish huquqi saqlanib qoladi.
Ko‘pgina hollarda fuqaroviy javobgar sudlanuvchi shaxs bo‘ladi. Jabrlanuvchini moddiy manfaatini yaxshiroq ta’minlash maqsadida fuqaroviy javobgar sifatida sud muhokamasiga sudlanuvchining ota-onasi, Sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli ishtirokchisi bo‘lgan Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling