Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1.4. Xalqaro shartnomalar huquqining kodifikatsiyasi Xalqaro shartnomalar huquqi quyidagi universal konvensiyalarda kodifikatsiyalashtirilgan hamda rivojlantirilgan: 1) 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konvensiyasi; 2) 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasi. Shartnomalar huquqi doirasidagi kodifikatsiyalashning ilk urinishlari olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday kodifikatsiyalar (tizimga kiritish) doktrinali deb ataladi. Kodifikatsiyalashga Y.Blyunchli (kodeks ko’rinishida bayon etilgan zamonaviy Xalqaro huquq 1868 yil), D.Fild (Xalqaro Kodeks asoslarining loyihasi, 1872 yil) kabilar ko’proq e’tibor qaratishgan. O’z davrining nafaqat tajribasi balki, doktrinasidan ham oldinlab ketgan Y.Blyunchlining loyihasi alohida ahamiyatga ega. Boshqa bir qator mualliflar asosiy prosessual jarayonlardagi kodifikatsiya va shartnomalarning tuzilish tartibi bilan cheklangan bo’lsalar Y.Blyunchli shartnomalarning xalqaro huquq me’yorlari masalasiga ham murojaat qilgan. Shartnomalarning huquqining doktrinal kodifikatsiyasi XX asrda ilmiy institutlar tomonidan ham amalga oshirilgan. 1935 yildagi Garvard universitetidagi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Konvensiya loyihasi ancha mashhur 1 . Loyiha shartnomalarning tuzish jarayonlarini ham qamrab olgan. Ichki huquqqa biror-bir istisnolarsiz shartnomalarni bajarmaganligini oqlovchi qo’shimchalar yoki o’zgartirishlarni kiritishga yo’l qo’yilmasligi alohida e’tiborga molik. Masalan, “Agar shartnomaning o’zida aksincha holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, davlat shartnoma shartlarini bajarmaganligini oqlovchi biror bir holatni o’zining ichki qonuniga yoki huquq tartibot idoralarining o’ziga xos xususiyatlariga, 1 Draft Convention on the Law of Treaties//AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III. 27 o’zining konstitutsion tizimiga ilova tarzida yoki umuman qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritish yoki ayrim tegishli bandlarni olib tashlashi mumkin emas” (23-modda). Shartnomlarga tegishli normalarning rasman kodifikatsiyalanishi XIX asrning boshlariga kelib dolzarblashdi. Vaziyat murakkab edi. Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi Garvard Konvensiyasi loyihasining izohida shunday deyiladi: “... Xalqaro shartnomalarning aniq va ravshan huquqlari mavjud emas ... shartnomalar huquqi sohasi o’zida havotirlar avj olib borayotgan va hozirgi kunda yaxlit kelishuv va umumiy standartlari judayam kam belgilangan doirani aks ettirgan” 1 . Shunga o’xshash fikr 1926 yil Millatlar Ligasining Xalqaro huquqni kodifikatsiyalash bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan ham bildirilgan 2 . Rasmiy kodifikatsiyaning birinchi akti 1928 yil Amerika davlatlarining konferensiyasida qabul qilingan. Xalqaro shartnomalar Konvensiyasi hisoblanadi. Tarkibi jihatidan Konvensiya judayam chegaralangan edi, shunga qaramay u baribir kuchga kirmadi. Shartnomalarga tegishli normalarni kodifikatsiyalashga bo’lgan navbatdagi urinish Millatlar Ligasi doirasida bo’ldi. 1924 yil Xalqaro huquqning istiqbolli kodifikatsiyasi bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tuzildi. Kodifikatsiyalash uchun tayyor bo’lgan xalqaro huquq tarmoqlari bilan bir qatorda qo’mita shartnomalarga oid normalarni ham ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, qo’mita shartnomalarning tuzilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan masalalar bilangina cheklandi, qolaversa bu masalalar konferensiya ishining bir qismi sifatida ko’rib chiqildi. Qo’mitaning o’zi ham e’tirof etganiday bu darajadagi cheklangan yondashuv ko’zlangan natijalarni berolmasdi. Uning 1927 yilda Liga Ittifoqi axboroti uchun qabul qilingan yakuniy xulosasida shunday deyiladi: “Konferensiya jarayonining tartib qoidalarini avvaldan ko’ra bilish va uni qay tarzda amalga oshirish yoki Konvensiyada shartnomalarning tayyorlanish metodlari va shartnoma matnlarini tuzib chiqishni avvaldan belgilash qiyin”. Bularning barchasi shartnoma huquqining shakllanish jarayoni qanday qiyinchiliklar bilan kechganligidan dalolat beradi. Shartnoma huquqi butun bir xalqaro huquqning harakatlanishida asosiy ishga tushiruvchi qurilma vazifasini bajarishi bilan izohlanadi. U normalar yaratilishi tartibini, haqiqiyligini, amal qilinishini va faoliyati to’xtatilishini belgilab beradi. 1 AJIL. 1935. No. 4. Suppl. III. P. 666-667. 2 L.N. Document. C. 196. M. 70. 1927. V. P. 112. 28 Oxir oqibat shartnomalar huquqining rasmiy kodifikatsiyasi va uning jadal rivojlanishi faqatgina XX asrning 2-yarimiga kelib BMT doirasida boshlandi. Ushbu masalaning yechimini topish, uni hal etish zarurati yanada yaqqolroq sezila boshlandi. Xalqaro huquqning faoliyati keng ko’lamda bog’liq bo’lgan xalqaro huquq tarmog’i bebartib ahvolda edi. 1949 yilgi BMT Bosh Kotibi memarandumida shunday deyiladi: “Ikkilanish va shubhalardan, ayrim holatlarda esa chigalliklardan holi bo’la olgan biror bir shartnoma huquqi sohasining mavjudligi amri mahol” 1 . Komissiyaning shartnoma huquqi to’g’risidagi moddalar loyihasi ustida olib borgan ishi unchalik katta bo’lmagan tanaffuslar bilan 1966 yilgacha davom etgan. O’sha payt yakuniy loyiha qabul qilindi. Loyiha davlatning umumiy holatini hisobga oldi va turli xil xalqaro huquqiy konvensiyalarni o’zida aks ettirdi. Umuman olganda u ko’plab hukumat va ko’zga ko’ringan yuristlarning yuqori bahosiga sazovor bo’ldi 2 . Shartnomalar huquqi kodifikatsiyasining navbatdagi bosqichi BMTning 1968 va 1969 yillardagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi 2 ta sessiyadan iborat bo’lgan Vena konferensiyasi bo’ldi 3 . Vena konferensiyasi o’zining 1969 yildagi yakuniy ishida xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar masalasining dolzarbligiga ishora qiluvchi va BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro huquq Komissiyasiga bu masala bilan shug’ullanishni tavsiya qilgan rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu taklif Assambleya rezolyutsiyasida 12 noyabr 1964 yildan boshlab qabul qilinib, unda masalaning mohiyati belgilab berildi. Ma’lumki, hatto xalqaro huquq Komissiyasiga ham mos keluvchi loyihani tayyorlash uchun deyarli 15 yil kerak bo’ldi. Ko’rsatib o’tilgan loyihaning bir qator mavjud holatlariga AQSH norozilik munosabatini bildirdi. Oxir oqibat AQSH baribir Konvensiyani ratifikatsiya qilmadi 4 . 1969 yildagi Vena Konvensiyasi bu turdagi Konvensiyalar uchun anchagina qisqa bo’lgan vaqtda, 1980 yil kuchga kirdi. SSSR Konvensiyaga 1986 yildan qo’shildi va shu yilning 29 mayidan boshlab 1 Survey of International Law in Relation to the Work of Codification of the International Law Commission//A/CN. 4/1. Rev. 1. 1949. P. 52. 2 Талалаев А.Н. Право международных договоров. С.56; Lissitzyn O. Efforts to Codify or Restate the Law of Treaties//Essays on International Law. N.Y., 1965; Rysiak G. Przed II etapem kodyfikacji prawa tractatуw//Sprawy miкdzynarodowe. 1969. No 4. 3 U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session, 1968. N.Y., 1969; Second Session, 1969. N.Y., 1970. Особый интерес представлyaют труды авторов, принимавших участие в работе Венской конференции. См.: Талалаев А.Н. Цит. соч.; Нaхлик. С. Кодекс права трактатов. Варшава, 1976; Elias T. The Modern Law of Treaties. N.Y., 1974. 4 О позиции США в отношении Конвенции см. статью юридического советника госдепартамента: Stevenson J. The Vienna Convention on the Law of Treaties//The Department of State Bulletin, 1573. 1969. 29 SSSRda kuchga kirdi. Hozirgi kunda ko’plab davlatlar Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanadi. Konvensiya kuchga kirgunga qadar Xalqaro Sud uning ko’p holatlari umumiy xalqaro huquq normalarini o’zida aks ettirishni ta’kidladi 1 . Komissiya ikkinchi Konvensiya loyihasi ishiga kirishish arafasida nafaqat avvalgi loyiha ishlanmalarining tajribasigagina emas, balki qo’shimcha materiallarni, bir qator hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan keltirilgan taklif va munozaralarni ham inobatga oldi. 1982 yil Komissiya loyiha ustidan olib borgan ishini yakunladi va Bosh Assambleyaga Konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish uchun diplomatik Konferensiya tashkil etishni taklif etdi. 1986 yil Vena konferensiyasida davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasi qabul qilindi. Ko’rinib turibdiki, gap hech bo’lmaganda tomonlarning biri xalqaro tashkilot bo’lgan holda tuzilgan shartnomalar haqida ketmoqda. Konvensiya bu turdagi shartnomalarni alohida belgilaydi. Yangi konvensiya birgina sessiyaning o’zida qabul qilindi. Konferensiyaga tayyorgarlik jarayonida va ishga kirishish avvalida asosiysi xalqaro tashkilotlarning huquqiy maqomi masalasi bo’ldi. Xalqaro huquq Komissiyasining loyihasida tashkilotlar ham davlatlar singari, teng huquqqa ega bo’lgan holda xalqaro konferensiya va xalqaro shartnomalarda ishtirok eta olishi ta’kidlangandi (9-modda). Boshqacha vaziyat 1985 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o’tkazilishi kutilayotgan konferensiya jarayonlarining tartib qoidalarida aniqlandi. Yechim qabul qilishda ovoz berish huquqi faqatgina davlatlarga tegishli deb e’tirof etildi. Tashkilotlar konferensiyada ishtirok etishi yoki uning idoralari faoliyatida qatnashishi, o’z fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin. Shuningdek, davlat va tashkilotlarning xalqaro huquq sub’ektlaridagi mavjud farqlar ularning shartnomaviy huquqlarida ham ko’zga tashlanmay qolmaydi. Barcha davlatlar suverenlik jihatidan tengdir. Tashkilotlar ularning huquqiy tabiatini, har birining o’ziga xos jihatlari, xususiyatlarini belgilab beruvchi davlatlarning kelishuvlari asosida tashkil etiladi. Natijada tashkilotlarning maqomi nafaqat davlatning maqomidan, balki boshqa turdagi tashkilotlar maqomidan ham farq qiladi. Shu kabilar tufayli tashkil etilgan tashkilotlarning kelishuvlarida ularning tashqi jihatdan 1 U.N. Conference on the Law of Treaties. Official Records. First Session. P. 11-13. 30 mutanosibligi doirasi aniq belgilanmaydi. Shuning uchun, shartnomadagi tomonlarning biri sifatida tashkilotning teng huquqliligini tan olgan holda, Konvensiya shartnoma huquqiy sub’ektining o’ziga xos xususiyatilarini ham tasvirlab bergan. Shu tariqa XX asrning 2-yarmida xalqaro hamjamiyat xalqaro shartnoma huquqi kodifikatsiyalanishiga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatni qiymatini baholash uchun asrning 1-yarmida davlatlar hattoki shartnomalarning tuzilish jarayonini tartibga soluvchi normalarni ham kodifikatsiya qilolmaganligini eslashning o’zi kifoya. Bunda esa, nafaqat jarayonning rasmiy holatlarini aniqlab beruvchi, balki huquqiy me’yorlari talablarini ham o’rnatuvchi normalari ham kodifikatsiyalandi. 1.5. O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining rivojlanishi Xalqaro huquqning to’la huquqli sub’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning boshqa sub’ektlari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini ikki tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro shartnomalar orqali rivojlantirib kelmoqda. O’tgan davr mobaynida O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy bazasini rivojlanishi bilan bir qatorda, uning xalqaro shartnomaviy munosabatlarini tartibga soladigan milliy qonunchiligi ham takomillashib bordi. Avvalombor, O’zbekiston Konstitutsiyasining muqaddimasida mamlakatning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga sodiqligi ko’rsatib o’tildi va tegishli konstitutsiyaviy normalarda o’zining tashqi siyosatini amalga oshirishda xalqaro huquq prinsiplariga rioya qilishi, O’zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar imzolash, ratifikatsiya qilish vakolatiga ega bo’lgan sub’ektlar belgilab qo’yildi. Alohida ta’kidlash lozimki, mazkur shartnomalarning 200 dan ortig’i intellektual mulk sohasiga oid, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid, iqtisodiy sohaga, inson huquqlariga oid, terrorizmga qarshi kurash sohasiga, transport sohasiga, jinoyatchilikka qarshi kurash E’tibor bering! Mustaqillik yillaridan boshlab, O’zbekiston hozirgacha 3000 dan ortiq xalqaro huquqiy xarakterdagi ko’p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalarga qo’shilgan (siyosiy bayonotlar va birgalikdagi deklaratsiyalar, shuningdek, hukumatlararo darajada erishilgan turli kelishuvlarning soni umumiy 4000 atrofida). 31 sohasiga, yalpi qirg’in qurollarini tarqatmaslikka doir, mehnat munosabatlari kabi sohalarga oid asosan universal ko’p tomonlama xalqaro konvensiyalar va shartnomalar hisoblansa, shulardan 70dan ortig’i esa bevosita inson huquqlariga oiddir. O’zbekiston hozirgacha BMT Kotibiyati tomonidan inson huquqlari sohasida alohida ajratib ko’rsatiladigan 22 ta asosiy konvensiyadan 20 tasini ratifikatsiya qilgan. O’tgan davr mobaynida, O’zbekistonning milliy qonunchiligi u qo’shilgan xalqaro shartnomalarga hamda umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillarga muvofiqlashtirilib borilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalarga oid maxsus qonunchilik shakllandi. Jumladan, 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatish, to’xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi. O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy bazasini rivojlanish tendensiyalari to’g’risida fikr yuritilar ekan, qayd etish lozimki, dastlab, ya’ni XX asrning 90 yillarda asosan turli sohalardagi eng muhim xalqaro shartnomalarga qo’shilgan. 90 yillarning oxiri va 2000 yillarning boshlarida, turli sohalardagi xalqaro shartnomalarning sonini ko’paytirishga e’tibor qaratilgan bo’lgan bo’lsa, shartnomaviy-huquqiy bazasining takomillashtirishning hozirgi bosqichida esa, e’tibor, birinchidan amaldagi shartnomalar, bitimlar, memorandumlar va boshqa hujjatlarni samarali amalga oshirishga, ikkinchidan, qabul qilinayotgan hujjatlarning amaliy ahamiyati va ularni imzolashdan kutilayotgan natijalarni asoslash orqali tuziladigan hujjatlar asosida xalqaro-huquqiy bazani kengaytirishga qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar huquqi sohasida amalga oshirilgan yana muhim masalalardan biri, bu O’zbekiston qo’shilgan va ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar matnlarini e’lon qilib borish sohasida amalga oshirilgan ishlardir. Bunda yangi informatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, 2012 yil 24 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligining amaldagi xalqaro shartnomalarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining milliy ma’lumotlar bazasi bo’lmish www.lex.uz . saytiga joylashtirish orqali xalqaro-huquqiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish to’g’risidagi qo’shma qarori qabul qilindi. Bu esa, O’zbekiston 32 Respublikasining xalqaro-huquqiy bazasidan mamlakatdagi har bir fuqaro va jismoniy shaxs tanishish imkoniyatini yaratib berdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha ma’lumotlar “Norma” huquqiy ma’lumotlar tizimiga ham joylashtirilmoqda. MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarning vujudga kelishi va qadimgi davrdagi, o’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar, xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari, xalqaro shartnomalar huquqning kodifikatsiyasining ahamiyatini o’rganishlari bilan birga qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Qadimgi dunyo mamlakatlaridagi xalqaro shartnomalar qaysi masalalarga qaratilgan va ularning shakllari va tuzilishlari, predmeti qanday bo’lgan? 2. O’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar qadimgi xalqaro shartnomalardan nimasi bilan farq qilar edi? 3. Xalqaro shartnomalar huquqi qachondan boshlab shakllana boshladi? 4. Xalqaro shartnomalar huquqining kodifkatsiyasi nima va u qanday jarayonni qamrab oladi? 1 KAZUS Italiya va Gretsiya davlatlari o’rtasida o’zaro kemada horijiy davlatlar yuklarini tashish va shu maqsadda O’rta yer dengizi hududida suzuvchi kemalarni xavfsizligini ta’minlashda dengiz hududiy taqsimotini aniqlashtirib beruvchi shartnoma tuziladi. Shartnoma 1965 yilda imzolanib, uning amal qilish muddati 1970 yildan boshlab cheksiz davrga tadbiq etilishi shartnomaning shartlaridan biri sifatida belgilanadi. Shartnomaning hududiy taqsimot bobida belgilab qo’yilgan kemalarning alohida ruxsatnoma bilan yurish qoidalari bilan bog’liq norma Gretsiya tomonidan 1976 yilda buziladi. Italiya tomoni nizoni hal qilish bevosita shartnomaning o’zida ko’rsatilmaganligi tufayli, 1969 yilgi Vena konvensiyasi qoidalarini holatga nisbatan tadbiq etilishini va shu yo’l bilan nizoni hal etishni talab qiladi. 1. Xalqaro shartnomalar huquqi manbalarini yaratilishi tarixini yoritib bering? Shu nuqtai nazardan Italiya va Gretsiya o’rtasidagi shartnomaviy nizo Vena konvensiyasi bilan hal qilinishi mumkinmi? 2. Vena konvensiyasining kuchga kirish tartibi va amal qilish doirasi qanday? Bu tartibni nizoli vaziyatga nisbatan tadbiq eting. 33 2 KAZUS. 1867 yili 18 oktyabrda Rossiya imperiyasi va AQSH o’rtasida Alyaska hududini AQSH ixtiyoriga o’tkazish to’g’risida shartnoma imzolangan. Shartnomaga ko’ra AQSH buning uchun 7.2 million dollar to’lagan. Hozirda tarixchilarning tadqiqotlariga ko’ra, Alyaska sotilmagan balki, 99 yil muddatga ijaraga berilgan. Bu muddat tugagach SSSR hukumati Alyaskani qaytarib olish choralarini ko’rmagan. Shuningdek, ma’lumotlar o’rtada kelishilgan pul AQSH tomonidan to’liq to’lanmaganligi, mazkur shartnoma Rossiyaning roziligisiz imzolanganini ko’rsatmoqda. Yuqoridagi asoslarga tayanib Rossiya Federatsiyasi hukumati mazkur shartnomani bajarilgan deb hisoblamoqda va yaqin kelajakda Alyaskani qaytarib olish uchun huquqiy vositalarni ishga solishni rejalashtirgan. 1. Rossiya Federatsiyasi qanday huquqiy vositalar orqali Alyaskani qaytarib olishi mumkin? AQSHning himoyaviy pozitsiyasi qanday bo’ladi? 2. Sizningcha Alyaska shartnomasi qaysi holatda bajarilgan yoki bajarilmagan deb hisoblanadi? 3. Mazkur nizo qaysi halqaro huquqiy hujjatlar bilan hal qilinadi? Vena konvensiyasi qabul qilinguncha bo’lgan davrda xalqaro shartnomalar huquqining qanday manbalari mavjud edi? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Qadimgi Gretsiya va Rimda xalqaro shartnomalarni tuzishga qo’yilgan talablar asosida xalqaro shartnoma matni loyihasini tuzing? Ish shakli – nazorat ishi (esse). 34 II BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI (yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) Annotatsiya. Mazkur bobda talabalarga xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasini, belgilarini va ularning mazmun mohiyatini; xalqaro shartnomalar huquqi predmetini; xalqaro shartnomalar huquqi manbalari tushunchasini; xalqaro shartnomalar huquqi prinsiplari tushunchasi va ularning ahamiyati; ularning turlarining batafsil o’rganishiga va aniqlab olishga imkon beradi. 2.1. Xalqaro shartnoma va xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarning ma’lum bir darajada shartnomalarsiz boshqariluvchi biror bir sohasini topish qiyin. Shartnomalar siyosiy va harbiy hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni, ilm-fan, texnika, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish va boshqa doiralardagi hamkorlikni amalga oshiradi. Shartnomalar asosida xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi. Shartnomalar davlatning milliy tizimini tartibga solinishida ham muhim ahamiyatiga ega. Xalqaro huquqning ko’rib chiqilayotgan sohasining ahamiyati ularning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi roli bilan belgilanadi. Shartnomalar boshqa bir qator global muammolarning yechimiga bog’liq bo’lgan, zamonning muhim muammosi – xalqaro tizim boshqaruvining jadal rivojlanib borishi bilan bog’liq bo’lgan masalalar yechimida zaruriy vosita hisoblanadi. Xalqaro shartnoma xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi hamkorlikni aniqlashning oddiy, keng tarqalgan va turli xil munosabatlarni tartibga soladigan yuridik shakli hisoblanadi. Mazkur ta’rif deyarli barcha milliy va xorijiy Xalqaro ommaviy huquq darsliklarida o’z aksini topgan. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling