Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi
- MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
- 7.2. Davlatlarning ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish
109 birinchidan, shartnomaning boshqa ishtirokchilar tomonidan buzilishi; ikkinchidan, shartnomani ijro etishning imkonsizligi; uchinchidan, shartnoma tuzilgan vaziyatning tubdan o’zgarib ketishi; to’rtinchidan, shartnomaga zid keluvchi yangi imperativ normaning paydo bo’lishi. 1 To’xtatib qo’yish shartnoma harakatining vaqtincha to’xtatilishidir. U shartnomaga muvofiq ravishda, ishtirokchilar roziligi bo’yicha, shuningdek xalqaro huquq asosida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holda shartnomaning jiddiy ravishda buzilganligi va uni bajarish vaqtincha imkonsiz ekanligi asos bo’lib xizmat qiladi. To’xtatib qo’yish ishtirokchilarni shartnomani bajarish majburiyatidan vaqtincha muddatga ozod etadi, orttirilgan huquq va majburiyatlarga ta’sir ko’rsatmaydi. Ishtirokchilar shartnomaning qayta kuchga kirishiga xalal beruvchi harakatlardan tiyilishi shart. Keyingi vaqtda, odatda, xalqaro huquqni buzganlik uchun jazo sifatida xalqaro tashkilotlar qarorlari asosida shartnomalarning bekor qilinishi va ular harakatining to’xtatib qo’yilishi bilan bog’liq hollar ko’plab uchramoqda. Buni davlatning xalqaro tashkilotdan chiqarilishi mumkinligi misolida ko’rish mumkin. Ishtirokchilarning o’zaro kelishuviga muvofiq, shartnomadagi, masalan, MDHni tuzish to’g’risidagi bitimdagi ayrim qoidalarni to’xtatib qo’yish yoki bekor qilish hollariga yo’l qo’yiladi. Qurolli mojaro o’z-o’zidan barcha ikki tomonlama shartnomalarning bekor qilinganligini anglatmaydi. Buni hal etish mojaro ishtirokchilarining xohish-irodasiga bog’liqdir. Urush tufayli siyosiy mazmun kasb etgan va mojaro tabiatiga muvofiq kelmaydigan shartnomalar barham topadi. 6.4. Xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi Davlat o’z hududi doirasida suverenitetini amalga oshirar ekan, undan qanday huquqiy tartibot o’rnatilishini o’zi hal etadi. davlat hududi – milliy huquq qo’llaniladigan va harakat qiladigan makondir. Shuning uchun ham, avvalombor, bu makonga xalqaro huquqning, xususan xalqaro shartnomaning kirib kelishini milliy huquq hal etadi va shu asosida u 1 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –T.: Adolat, 2006. -B.191 110 xalqaro sharnomaviy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham, xalqaro huquqda xalqaro shartnoma tuzilayotgan paytda, ayniqsa, ko’p tomonlama shartnomalarda, ularni hudud bo’yicha amal qilishi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Odatda, xalqaro shartnomaning hudud bo’yicha amal qilishi, agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, shartnoma ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning butun hududi bo’yicha amal qiladi. Ammo, ko’pincha, xalqaro shartnomalarda ekstrahududiy qo’llanishini ham ko’zda tutuvchi qoidalar kiritilishi mumkin. Bu ayniqsa, xalqaro huquqda turli to’la xalqaro huquqiy maqomga ega bo’lmagan hududlarga nisbatan qo’llanilib, xalqaro shartnomalarda, ularning barcha qoidalari yoki ayrim tegishli normalari bunday hududlar uchun amalga qilish shartlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Ya’ni, alohida sub’ekt hisoblanadi, ammo mustaqil tashqi siyosat va xalqaro aloqalar olib borish layoqatiga ega bo’lmagan davlatlar yoki davlatsimon tuzilmalar shular jumlasidandir. Misol uchun, “Qurolli mojaro chiqqan holda, madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida”gi xalqaro konvensiyaning “Konvensiyaning hududiy qo’llanishi” deb nomlangan 35-moddasida “Har bir Ahdlashayotgan tomon ratifikatsiya yoki qo’shilayotgan paytida yoki keyinchalik har qanday vaqtda YuNESKOning bosh direktoriga bayonot berish orqali mazkur Konvensiyani hududlarining barchasiga yoki xalqaro munosabatlarida u vakilligini amalga oshirayotgan biron bir hududga nisbatan qo’llanishi bo’yicha bayonot berishi mumkin. Bunday bayonot, uni olganidan uch oydan keyin kuchga kiradi”, deb belgilab qo’yilgan 1 . Bunda davlatning ekstrahududiy yurisdiktsiyasi qo’llaniladigan hududlar to’g’risida gap ketmoqda. Bunday hududlar to’g’risida BMT Ustavida ham alohida noormalar qayd etib o’tilgan, ya’ni “O’zini o’zi boshqarmaydigan hududlarga taalluqli deklaratsiya” deb nom olgan 73 va 74-moddalar. 74-moddada Tashkilot a’zolari o’zlarining ushbu bobning ta’siri o’tadigan hududlarga nistaban o’tkazadigan siyosatlari, o’z metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam bo’lmagan darajada, yaxshi qo’shnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga qo’shiladilar”, deb ko’rsatib o’tilgan. Ustavning XII bobi, bunday hududlarni boshqarish uchun shakllantirilgan “Xalqaro vasiylik tizimi”ga bag’ishlangan bo’lib, unda vasiylik hududlari, vasiylik tizimini vazifalari, vasiylik hududlariga 1 Ведение военных действий. Сборник Гаагских конвенция и иных межуданродных документов. -4-е изд., дпоолн. –М.: МККК, 2004.-С.51 111 nisbatan bitimlar kabi, bu tizimdagi hududlarni boshqarishga oid normalari kiritilgan. Shuningdek, Ustavning XIII bobida, bunday tizimni boshqarish uchun tuzilgan va BMT asosiy organlaridan biri hisoblangan Vasiylik Kengashi va uning vakolatlari belgilab qo’yilgan 1 . MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiyasi, xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilishi kabi masalalarni o’rganishi orqali xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishining tartibga solish masalari qaysi xalqaro hujjatlarda o’z aksini topgan? 2. Shartnomaning hudud bo’yicha amal qilishi borasidagi masalalarini tartibga soluvchi yo’riqnomalarni o’z ishiga olgan xalqaro aktlar mavjudmi? 3. Xalqaro shartnoma vatincha to’xtatib turilganda, unda belgilangan huquq va majburiyatlar bekor bo’ladimi? Oqibati qanday? 4. Xalqaro shartnomalarni kuchga kirishida shartnomani ro’yxatga olishning ahamiyati qanday? 1 KAZUS. Shimoliy Koreya davlati Hindixitoy mamlakatlari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomaga qo’shildi. Shartnoma amal qila boshlagach, Shimoliy Koreya davlati ma’muriyati undan chiqish to’g’risida qonun qabul qildi. Shartnoma ishtirokchilaridan biri bo’lgan Janubiy Koreya shartnomaning o’zida undan chiqish mumkin emasligini nazarda tutuvchi qoida belgilanganligini, shu tufayli Shimoliy Koreya shartnomaga rioya qilishga majbur ekanligini ta’kidlaydi. Bunga qarshi Shimoliy Koreya o’z pozitsiyasini shartnoma ichki huquq tizimiga mos emasligi va shartnoma taraflarining deyarli birortasi bilan Shimoliy Koreya o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilmaganligi bilan oqlaydi. Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob bering. 1) Xalqaro shartnomalardan chiqish va denonsatsiya qilish qanday amalga oshiriladi? 2) Shimoliy Koreyaning vajlari asoslimi? U shartnomadan chiqishi mumkinmi? 3) Pacta sunt servanda tamoyilini tushuntirib bering. Bu borada G’arb olimlarining va shaxsiy fikrlaringizni keltiring. 1 Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ҳакимов Р. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашр., 2001. –Б.161-166 112 4) Shimoliy Koreya uchun xalqaro shartnomadan chiqishni oqilona yo’li qanday? 2 KAZUS. Hindixitoy davlatlari o’rtasida o’zaro bojxona munosabatlarini tartibga soluvchi shartnoma qabul qilindi. Ushbu shartnomaga ko’ra, uning ishtirokchilari o’zaro tovar ayirboshlashda kamaytirilgan boj stavkalarini yoki ayrim tovarlarga nisbatan boj to’lovini ozod qilishga kelishishdi. Biroq shartnomaning o’zida u qachondan boshlab kuchga kirishi ko’rsatilmadi. 1) Ushbu shartnoma taraflariga (ular 5 ta – Xitoy, Filippin, Tayland, Malayziya, Singapur) qachondan boshlab yuridik huquq va majburiyatlar yuklaydi? 2) Xalqaro shartnoma kuchga kirishida shartnoma matni qabul qilingan vaqt va shartnoma BMTda ro’yxatga olingan vaqtning ahamiyati qanday? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomaning kuchga kirishi va vaqt bo’yicha amal qilishi, prolongatsiyalash, bekor qilinish asoslarini, to’xtatib qo’yilishi, xalqaro shartnomalarning hudud bo’yicha amal qilinishi masalalarini mavjudligini o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 113 VII. XALQARO SHARTNOMALARNI TADBIQ QILISH (yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish, davlatlar ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish, xalqaro shartnomalarning implementatsiyasi, implementatsiyaning xalqaro va milliy mexanizmlari, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish masalalarini o’rganadi. 7.1. Xalqaro shartnomalarni tadbiq qilish tushunchasi “Xalqaro-huquqiy normalarni tadbiq qilish, yoki ularni amalga oshirish, odatdagidek, ularni qabul qilishga nisbatan ancha murakkab va ma’suliyatli vazifa hisoblanadi 1 . Ushbu vazifani xal etishga xalqaro shartnomalarda belgilangan qoidalarni xalqaro huquq sub’ektlari tomonidan xam xalqaro, ham milliy darajada qo’llaniladigan maqbul implementatsiya mexanizmi sifatida mavjud huquqiy va tashkiliy vositalarni amalga oshirish natijasidagina erishish mumkin. Har bir davlatda xalqaro huquq normalarini tadbiq qilishni ta’minlab beruvchi huquqiy va tashkiliy vositalarning mazmuni birinchi o’rinda xalqaro huquq normalarining xususiyatidan, ikkinchidan esa, ichki davlat huquqiy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqadi. Bu jarayonda esa asosan ustuvorlik konstitutsiyada belgilangan normalarga beriladi. Xalqaro huquq normasining ichki qonunchilik doirasida amalga oshirish jarayonini tahlil qilish davomida xalqaro normalarning ikki turiga alohida to’xtalib o’tish joizdir, yani – o’zi-o’zidan bajarilishi ko’zda tutilgan va amalga oshirilishi milliy normativ-huquqiy hujjat yordamida ko’zda tutilgan normalarni qayd etib o’tish lozim 2 . Davlatlar amaliyotida masalan, Buyuk Britaniyada qabul qilingan har qanday xalqaro huquqiy hujjat shu davlat huquqiy tizimining bir qismi sifatida qaraladi. Ispaniyada esa qirollik qo’shilgan xalqaro shartnoma majburiyatlari o’z-o’zidan ijro etilmaydi. Uning ijrosi maxsus qonun bilan amalga oshiriladi. Xalqaro-huquqiy normalarni o’zi amalga oshirilishi mezonlari birinchi bor 1829 yilda AQSH Oliy Sudi tomonidan shakllantirilgan edi: “har safar qonunchilik choralariga murojaat qilmasdan o’z-o’zidan 1 Лукашук И. И. Международно-правовое регулирование международных отношений (системный подход). -М.: Международные отношения, 1975. -С.16. 2 Батырь В. А. Имплементация норм международного гуманитарного права в военном законодательстве Российской Федерации // Автореферат на соискание ученой степени кандидата юридических наук. -М.: Военный университет, 1999. -С. 16. 114 harakatda bo’lgan xalqaro shartnoma” o’zi-o’zidan amalga oshiriluvchi xalqaro shartnoma hisoblanadi 1 . Bunday yondashuv hozirgacha ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Xalqaro shartnomalar qoidalari to’g’ridan- to’g’ri amalga oshiriluvchi normalar bo’lib ta’riflanishi uchun ulardagi ko’rsatmalar aniq va to’liq bo’lishi kerak 2 , ya’ni ulardagi ko’rsatmalar shartnoma ishtirokchisi bo’lgan davlat organlari, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarga milliy qonunchilik aralashmasidan turib to’g’ridan to’g’ri huquq va majburiyatlar berishi kerak. Shu bilan birga aytish joizki, “xalqaro normaning milliy huquq tomonidan prosedura tartiblariga tortilishini, uning to’g’ridan-to’g’ri harakat qila olmasligi deb tushunmaslik kerak 3 .” O’zbekistonda xalqaro huquqiy normalarning ustuvorligining konstitutsiyaviy asosi ham mavjud. Ya’ni, O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasining Muqaddimasida xalqaro huquq normalarining ustuvorligi e’tirof etilgan. Mazkur konstitutsiyaviy qoida qonunchilikning fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat va boshqa barcha sohalarida rivojlantirilgan. Bu ustuvorlik, agar O’zbekiston uchun yuridik kuchga ega bo’lgan xalqaro huquqiy normalar milliy qonunchilik normalaridan o’zgacha bo’lsa, bunday xalqaro normalar qo’llanilishi lozimligini ko’zda tutadi. Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonunining 27-moddasida “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qat’iy va majburiy ravishda rioya etmog’i lozim” 4 deb belgilangan. Respublikamizda xalqaro shartnomalarga qo’shilish amaliyoti avvallari Oliy Majlis qarorlari bilan qabul qilingan bo’lsa, ikki palatali parlamentga o’tilgandan keyin qonun qabul qilish yo’li bilan amalga oshiriladigan bo’ldi. Qonun oliy yuridik hujjat va u so’zsiz ijroni talab 1 Waelbroeck M. Traitis internationaux et juridictions internationales dans les pays du Marchè Commun. Bruxelles, 1969. -P. 161 2 Drzewicki K. National legislation as a Measure for implementation of International Humanitarian Law. -P. 110. 3 David e. Principes de droit des conflicts armés. -P. 164. 4 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномалари тўғрисида”ги Қонуни. / (Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 йил, № 12, 262-модда; 2003 йил, № 5, 67- модда; 2004 йил, № 1-2, 18-модда. 115 etadi. Xalqaro konvensiyalarga qo’shilish qonun yo’li bilan amalga oshirilar ekan, uning ijrosini ta’minlash birdek majburiydir 1 . 7.2. Davlatlarning ichki huquqi va xalqaro shartnomalarga rioya qilish Xalqaro shartnomalarga qo’shilish va ularning kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishda, davlatning ichki huquqi bilan xalqaro huquqning o’zaro munosabatiga e’tibor qaratish lozim. Xalqaro huquq nazariyasidan ma’lumki, milliy huquq bilan xalqaro huquq o’rtasidagi munosabat, ularning bir biriga ta’siri masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Davlatlarning ichki huquqi yoki milliy huquq va xalqaro huquq odatda, mustaqil huquqiy tizimlardir, shu bilan bir qatorda, ular o’zaro murakkab munosabatlar bilan bog’langandir. Chunki, mazkur vaziyatda, asosiy masala, davlatning ichki huquqi bilan uning xalqaro shartnomasining normasi bir biriga zid kelib qolganda yoki huquqni qo’llash amaliyotida bu ikki huquq tizimi duch kelganda, huquqni qo’llovchi qaysi biriga murojaat qilishi lozim, degan savoldadir. Keng ma’noda qaralganda, xalqaro va milliy huquqning harakat sohalari bir-biriga juda yaqin bo’lib, tegishli huquq sub’ektlarining o’zaro harakati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. Amaliy jihatdan yondoshganda, xalqaro va milliy huquqning harakat sohalari qanchalik o’zaro yaqin bo’lmasin, ular turlichadir. Birinchidan, xalqaro huquq sub’ektlari sifatida - davlatlar, xalqaro tashkilotlar, o’z ozodligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar, davlat tipidagi tuzilmalar bo’lsa, milliy huquq sub’ektlari sifatida esa, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, davlatlarning organlari namoyon bo’ladi; Ikkinchidan, tartibga solish ob’ekti xalqaro huquqda - xalqaro (davlatlararo) munosabatlar, milliy huquqda esa, mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi; Uchinchidan, xalqaro huquqda normativ manbalarni davlatlar, bitim asosida yaratadi, milliy huquq manbalarini esa, qonunlar hamda davlatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qonunosti hujjatlari tashkil etadi; To’rtinchidan, milliy huquq normalariga rioya etishni alohida davlat majburlov apparati ta’min etgani holda, xalqaro huquq normalariga amal 1 Саидова Л. Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига халқаро нормаларни имплементация қилишнинг баъзи бир жиҳатлари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Маъсул муҳаррир: Ф.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.106-107 116 qilishni ta’minlash alohida yoki jamoa tarzida majburlovchi usullarni qo’llash yo’li bilan ro’yobga chiqariladi, bunda majburlovni qo’llash doirasi va shakllari maxsus prinsiplarda hamda xalqaro huquq normalarida belgilangan bo’ladi 1 . Xalqaro huquqda esa, bunday majburlov apparati yo’q va davlatlar boshqa sub’ektlar bilan shartnomaviy hamkorligini xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan bo’lgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini vijdonan bajarish, yani - pacta sund servanda prinsipiga muvofiq amalga oshiradi. Shunday ekan, har bir davlat milliy qonunchiligini rivojlantirishda xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini hisobga olishi va ularni muvofiqlashtirib borishi lozim. Shu bilan birga, davlatlarning suveren tengligi prinsipi har bir davlatga o’z milliy huquqiy tizimini o’zi tanlash, shuning barobarida, o’z ichki davlat huquqining xalqaro huquq bilan o’zaro munosabat tartibini belgilash imkonini beradi. Xalqaro huquq davlat zimmasiga muayyan majburiyat yuklaydi, uni mamlakat ichida amalga oshirish tartibini esa, agar xalqaro-huquqiy normada boshqacha qoida mavjud bo’lmasa, milliy huquq belgilaydi. Shunday qilib, xalqaro huquq va davlat ichki huquqi ikki mustaqil o’zaro bog’liq huquq tizimlaridir. Ular bir-biriga muayyan ta’sir ko’rsatadi hamda har biri o’z makonida harakat qiladi. Xalqaro va milliy huquqning o’zaro munosabati bo’yicha uch xil nuqtai nazar mavjud. Birinchi nuqtai nazar tarafdorlari xalqaro huquqning milliy huquq normalaridan ustunligini e’tirof etadilar va hozirgi kunda ko’pchilikni tashkil etadilar. Xalqaro huquqning ustunligi aksariyat davlatlarning konstitutsiyalarida, xususan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida ham mustahkamlangan. Demak, birinchi nuqtai nazar xalqaro huquq ustunligi nazariyasini asoslaydi. Ikkinchi nuqtai nazar bo’yicha xalqaro huquq va davlat ichki huquqi o’zining sub’ektlari, manbalari, ob’ektlari, harakat qilish sohasi bo’yicha mustaqil huquq tizimlaridir. Bu nuqtai nazar namoyondalarining ta’limoti dualistik nazariya nomini olgan. Uchinchi nuqtai nazar XIX asrda Germaniyada tarqalgan bo’lib, unda davlat ichki huquqining xalqaro huquqqa nisbatan ustunligi olg’a surilgan 2 . Ammo, qayd etish lozimki, Germaniyaning 1949 yili qabul 1 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.118 2 Лукашук И. Саидов А. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқ назарияси асослари. –Т.: Адолат, 2006. -Б.119 117 qilinib, bugungi kunda harakatdagi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning ustuvorligi e’tirof etilgan. Umuman olganda, mazkur uchinchi nuqtai nazar xozirgi davlatlar amaliyotida deyarli uchramaydi. Xalqaro huquq tizimi va davlatning ichki huquqi tizimi bir-biridan umuman ajralgan va alohida holda mavjud bo’lmaydi. Xalqaro huquqda norma ijodkorligi milliy huquq tizimlariga ta’sir ko’rsatishi hamda bu davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasida hisobga olinishi fakt sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro huquq o’z navbatida milliy qonunchilikka ta’sir ko’rsatadi. Qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar to’g’ridan-to’g’ri milliy qonunchilikning bir qismiga aylanadi. Ko’plab davlatlar qonunlarida shunday qoida belgilanganki, unga ko’ra, qonundagi qoidalar bilan xalqaro shartnoma normalari o’rtasida tafovut mavjud bo’lgan hollarda xalqaro shartnoma qoidalari ustuvor sanaladi. Xalqaro huquq sub’ektlari, prinsip nuqtai nazaridan olganda, xalqaro majburiyatlarga rioya qilmaganliklarini oqlash uchun o’z qonunchiligiga havola qilishlari mumkin emas. Davlatlar o’z zimmalariga olgan xalqaro majburiyatlarni sidqidildan bajarishlari zarur. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling