Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ab initio).
150 boshdan haqiqiy bo’lmagan. Komissiya fikricha, shartnoma uni tuzishda mutlaq haqiqiy bo’lsada, lekin ayrim uning qarorlari qayta yuzaga kelgan imperativ normalarga zid kelayotgan shartnomalarga boshqacha yondashuv qo’llanishi kerak deyiladi. Agar bunday hollarda mazkur qarorlar shartnomadan tegishlicha ajratilsa, shartnomaning qolgan qismi haqiqiy deb qabul qilinishi kerak. Bu holda ularga nisbatan belgilangan bo’linish tamoyili qo’llaniladi. Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy bog’liq. Ikkala tushuncha ham bir vaqtda rivojlangan. Shu bilan birga shartnomaning haqiqiy emas deb topilish tushunchasi o’z xususiyatlariga ega. Oldin har bir shartnoma, hattoki aldov va zo’ravonlik yo’li bilan majburlashni o’z ichiga oluvchi shartnomalar ham haqiqiy emas deb hisoblanmagan. Shartnomaning haqiqiyligi to’g’risida XIX asrdan gapira boshlangan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xalqaro huquq doktrinasida shartnomalar haqiqiy emas deb topilishining turli konsepsiyalari mavjud bo’lgan. Holat 1969 yil Shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi qabul qilingandan so’ngina o’zgargan. Shartnomaning haqiqiy emasligi nisbiy va mutloq bo’ladi. Nisbiy haqiqiy emaslik shartnomani e’tirozli qiladi, chunki zarar ko’rgan davlat uning haqiqiy emasligini isbotlashi yoki munozarali holatlar mavjudligiga qaramasdan uning amalda bo’lishiga rozi bo’lishi mumkin. Bu esa bunday hollarda estoppel qoidasi qo’llanishi mumkinligini anglatadi. Nisbiy haqiqiy emaslik quyidagi holatlarda yuzaga keladi: - shartnomalarni tuzish vakolatlariga ega davlat ichki huquqining o’ta muhim normalari va xalqaro tashkilot qoidalarining aniq buzilishi; - davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi; - xato; - aldov; - davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga og’dirib olish. Mutloq haqiqiy emaslik shartnomaning boshidan hech qanday kuchga ega emasligini, uning noto’g’ri tuzilganligini bildiradi. Mutloq haqiqiy emaslikni keltirib chiqaruvchi holatlar: - davlat yoki xalqaro tashkilot vakilini majburlash; - davlat yoki xalqaro tashkilotni kuch ishlatish xavfi yoki uni qo’llash bilan majburlash; 151 - shartnomaning umumiy xalqaro huquq imperativ normalariga zidligi. 9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi a) Shartnomalarni tuzish vakolatlariga tegishli davlat ichki huquqi normalari va xalqaro tashkilot qoidalari. Gap o’ta jiddiy muammo haqida bormoqda. Bir tarafdan, davlatlar o’z mustaqilligi tufayli shartnomalarni tuzishda o’z organlarining vakolatlarini belgilash huquqiga ega. Xuddi shu asosda davlatlar xalqaro tashkilotlarning shartnomalar tuzish vakolatlariga tegishli qoidalarni belgilab berish huquqiga ega. Ammo, boshqa tarafdan davlat huquqiy tizimi turlicha bo’lgan boshqa davlatlarning tizimini anglash ancha mushkul 1 . Ularga bunday majburiyatni yuklash shartnoma taqdirini ichki huquqiy tizim xususiyatlariga tobe qilib qo’yishni bildirishi mumkin. Ushbu holatni hisobga olib, konstitutsiyaviy cheklovlar qay tarzda bu huquqqa ega bo’lgan davlat vakilining xalqaro huquq bo’yicha shartnomaga berilgan kelishuvi haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aniqlash zarur. Bu masala gohida katta amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin ayrim kelishuvlarning qonuniyligiga e’tiroz bildirishlar bo’lgan, shulardan harbiy harakatlarni olib borish va urushdan keyingi tuzum uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan Yalta va Potsdam kelishuvlari shular jumlasidandir. Unga ko’ra Yalta kelishuvlarining mazmun mohiyatidan kelib chiqib, AQSH prezidenti uni senat bilan kelishishi zarur edi, deb ta’kidladi 2 . Aksariyat boobro’ olimlar shartnoma kelishuvi konstitutsiyaviy tartibning buzilishi uni davlat uchun majburiy emas qilib qo’yishini isbotlardi. Shu fikrni G. Trippel, A. Gefter, M.Shyuking, L.Oppengeym, G. Lauterpaxt, Sh.Russo, P. Shelli, S.Krandall, S.de Visherlar bildirishgan. Shartnomalar to’g’risidagi 1928 yilgi Gavana konvensiyasiga ko’ra, shartnomalar davlatning vakolatli ma’murlari tomonidan “uning ichki huquqiga muvofiq” tuzilishi kerak. Xuddi shunga o’xshash pozitsiya Shartnoma huquqi haqidagi Garvard loyihasida ham bayon etilgan. (21 – modda). Bunday qoida shartnomalarning barqarorligini ta’minlay olmasligini e’tiborga olgan ayrim mualliflar davlatning ichki huquqiga muvofiq 1 Qarang: BMT shu masala bo’yicha hujjati. United Nations Legislative Series. Law and Practices conclusions of Treaties (ST/LEG/SER.B/3) 2 Q.: Pan S .Legal Aspects of Jalta Agreements // AJIL.1952.No.1 152 tuzilmagan shartnoma xalqaro maqomga ega bo’lishi mumkin, ammo u mamlakat ichida bajarilmaydi deb hisoblaydi (G.Ellinek, E.Zeligman, I.Unger) 1 . Mamlakat doktrinasida bu g’oyani M.M.Gorovtsev, S.A. Kotlyarevskiy qo’llab quvvatlagan 2 . Keltirilgan kontsepsiyaning mantiqsizligi aniq. Shartnoma nafaqat xalqaro sohada, balki davlat ichida ham majburiy bo’lishi mumkin. “Agar xalqaro shartnomani kontragent – davlatlar ichida bajarish mumkin bo’lmasa, xalqaro shartnomaning xalqaro – huquqiy kuchga ega ekanligi haqida gapirish behuda va quruq savsatadir”, deb yozgan V.N.Durdenevskiy 3 . Haqiqatdan, mamlakat ichida amalga oshmaydigan bunday nomukammal shartnomalar xalqaro huquqqa mos kelishi amrimahol, chunki hozirgi paytda shartnomalarning katta qismi mamlakat ichidagi voqealarga aloqador. Ikkinchi kontsepsiyaning mohiyati shundan iborat ediki, shartnoma qabul qilinishining konstitutsiyaviy tartibi davlatning ichki ishi hisoblanadi va u shartnomani amalga oshishini ta’minlaydi. Boshqa davlatlar bu tartibni amalga oshirishda aralashish huquqiga ega emas, shuning uchun davlatning qonuniy vakili tomonidan qabul qilingan shartnoma ichki huquqning u yoki bu chekinishlaridan qatiy nazar bajarilishi shart deb hisoblanadi. Shu bilan birga shartnomalarni tuzishga oid bo’lgan ichki huquqni butunlay e’tiborga olmaslik ham noto’g’ri bo’lar edi. Bu davlat irodasini aks etmagan shartnomalarni tuzishga keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ayni xalqaro huquq ichki huquqning buzilishi qaysi holatlarda shartnomaning kuchga ega ekanligiga e’tiroz bildirish uchun unga murojaat qilishga asos bo’lishini belgilab beradi. Xalqaro huquqning ustunligini tan olgan ayrim mualliflar, agar davlat o’z konstitutsiyaviy cheklovlariga murojaat qilishdan yoki shartnomadan kelib chiquvchi huquqlardan foydalanishdan oldin muayyan bir vaqt o’tsa, unda u yoki bu cheklovlarga murojaat etish huquqidan mahrum bo’ladi. (estoppel prinsipi). Bu kontsepsiyani hamma ham qabul qilmaganligi sababli, doktrinada yangi kontsepsiya vujudga keldi, unga ko’ra konstitutsiyaviy tartibning faqat asosiy buzilishlarigina xalqaro- huquqiy ahamiyat kasb etadi. 1 Qarang: Unger I. Uber die Gultigkeit von States vertragen // Zeitschrift fur das privat und offenliches Recht der Gehenwart 2 Qarang: Gorovtsev A.M. Xalqaro huquq bilan bog’liq huquq haqida tahlimotning ayrim asosiy munozarali masalalari 3 Qarang: Durdenevskiy V.N. Sovet Ittifoqi konstitutsiyaviy huquqida xalqaro shartnomalar. B. 22 153 Xalqaro sud amaliyoti aytilganlar bo’yicha bir qator dalillarga ega. 1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan Sharqiy Grenlandiya haqidagi ish ko’rilayotganda, Norvegiya o’z tashqi ishlar vazirining bayonoti bajarilish kuchiga ega emas deb tasdiqladi, chunki Konstitutsiyaga muvofiq muhim masalalar bo’yicha vakolatlar davlat Kengashiga kiritilgan bo’lishi va u tomondan tasdiqlangan qirol aktiga asoslangan bo’lishi kerak. Palata o’z qarorida Norvegiya konstitutsiyaviy huquqining kelishuvning haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sirini e’tiborga olmay, uni ish uchun ahamiyatsiz deb hisobladi. Palata xalqaro huquqda tashqi ishlar vaziri davlat irodasini ifodalash uchun majburiyatlarni qabul qilishda vakolatli deb belgiladi. Bu holatda huquqqa zid bo’lgan holat sifatida Grenlandiyaning bosib olishi to’g’risidagi Norvegiyaning bayonoti va unga tashqi ishlar vaziri ham rozilik bildirishi asosli deb tan olinmaydi 1 . Xalqaro sud ham 2002 yili Kamerun va Nigeriya o’rtasidagi chegaralar to’g’risidagi ish bo’yicha qarorda shunga o’xshash amaliyotni qo’lladi. Bu ishni ko’rish jarayonida Nigeriya Marua Deklaratsiyasi uning Konstitutsiyasiga muvofiq u tomondan ratifikatsiya qilinmaganini qat’iy ishontirdi. Sud keltirilgan dalilni ahamiyatsiz deb tan oldi. Bu sudya Rezekaning e’tiroziga sabab bo’ldi, u hududiy masalalarga bag’ishlangan bu qadar muhim shartnomalar Konstitutsiyaga muvofiq tasdiqlanishi zarur deb hisobladi 2 . Sud amaliyotini tahlil qilish natijasida Halqaro huquq quyidagi xulosaga keldi, ya’ni bu amaliyot “xalqaro tribunallar xalqaro huquq bo’yicha davlat vakillari, ya’ni tashqi ishlar vaziri yoki xalqaro jarayondagi vakillarning o’z davlatini majburlash vakolatlarini istar- istamas shubhaga soladi” deb har doim ham aniq bildirmaydi 3 . Davlatlar amaliyotida shartnoma bilan kelishuvning nokonstitutsiyaviyligi dalil qilib keltirilgan bir necha holatlarni ko’rish mumkin. Biroq bunday dalillar boshqa davlatlar tomonidan juda kam hollarda tan olingan. “Shartnoma tuzish vakolatlariga doir davlat ichki huquqi nizomi va halqaro tashkilot qoidalari” to’g’risidagi 46- moddada quyidagilar nazarda tutilgan: davlat shartnomaning uning uchun majburiy ekanligiga uning roziligi ichki huquqning u yoki bu normasining buzilishi ifodalangan, uning roziligi haqiqiy emasligi asosida shartnomalar tuzish vakolatlari bilan bog’liq xolatni, agar faqat ushbu normaning buzilishi aniq bo’lmasa 1 Qarang: PCIJ.1933. Ser.A/B. No.53 P.75 2 Rezeka. ICJ.Reports.2002.P.491 3 YILC.1966. Vol. II.P.241. 154 va o’ta muhim ahamiyatga ega normaga tegishli bo’lmasa, dalil qilib ko’rsatishga haqli emas. Xalqaro tashkilot haqida gapirilganda, u shartnomaning uning uchun majburiy ekanligiga uning roziligi bu tashkilot qoidalarining buzilishi bilan ifodalangan, uning roziligi haqiqiy emasligi asosida shartnomalar tuzish vakolatlari bilan bog’liq xolatni, agar faqat ushbu qoidaning buzilishi aniq bo’lmasa va o’ta muhim ahamiyatga ega qoidaga tegishli bo’lmasa, dalil qilib ko’rsatishga haqli emas. Qoidalar buzilishi har qanday davlat va har qanday halqaro tashkilot uchun ob’ektiv aniq va ravshan bo’lsa, bu aniq buzilish hisoblanadi, bu holda ular o’zlarini shu masalaga nisbatan vijdonan davlatlar, zaruriy holatlarda esa xalqaro tashkilotlar, oddiy amaliyotiga muvofiq tutishi o’rnatilgan. Tashkilotlarning davlatlar bilan tenglashtirilishi ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi. Ko’rib chiqilayotgan modda butunlay davlat huquqiga emas, balki faqat shartnomalarni tuzish vakolatlariga doir qoidalarga tegishlidir. Huquqning boshqa prinsip va normalariga qarshilik e’tiborga olinmaydi, chunki ular xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega emas. Gap tashkilot haqida borganda, uning ustavi tashkilot va uning a’zolariga vazifa yuklovchi xalqaro-huquqiy akt hisoblanadi. Shuning uchun tashkilot ustavining maqsad va prinsiplariga zid bo’lgan shartnoma kelishuvi, uning haqiqiyligi uchun ahamiyatsiz deb ko’rilmaydi. Shu bilan birga keltirilgan modda faqat umumiy normani belgilab bergan. Aniq masalalarni hal etishda xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan ta’riflangan qator qoidalarga tayanish lozim. Jumladan, agar ichki huquq buzilishiga kiritilgan shartnoma kuchga kirib, tomonlar uni amalga oshirishni boshlagan bo’lsa, uni faqat boshqa tomon roziligi bilan tugatish mumkin. Shartnoma tugatilishini talab qiluvchi davlat boshqa tomonlar oldida javobgarlikka tortilishi lozim. Keng doiradagi xalqaro aktlarga nisbatan Konstitutsiyaviy sud nazorati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan va “O’zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarini qamrab oladi” (109-modda). Biroq bunday aktlarning nokonstitutsiyaviyligini belgilash oqibatlari aniqlanmagan. b) davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi. Qadimdan xalqaro huquqda shunday qoida mavjud, unga ko’ra muzokaralarni olib boruvchi vakilga berilgan yo’riqnoma, delegatsiyaning 155 ichki hujjati hisoblanadi. X.Uoldok agar vakilning vakolatlari muayyan qoidalar bilan cheklangan bo’lsa, uning bu cheklovlarga amal qilmasligi kelishuvning haqqiqiyligiga ta’sir qilmaydi degan modda loyihasini taklif etdi. Agar bu cheklovlar boshqa kelishuvchi davlatlarga yetkazilsa, unda bu holat istisno tariqasida ko’riladi. Xalqaro bitimlar (kelishuvlar) ning xavfsizligini ta’minlash uchun xalqaro huquq Komissiyasi davlatning o’z vakiliga bergan maxsus yo’riqnomasi boshqa davlatlar bilan shartnoma tuzishdan oldin ularga yetkazilgan holda ular uchun ahamiyat kasb etishi mumkin degan qoida bo’lishi lozim deb xisobladi. 1968-1969 yillardagi Vena konferensiyalarida bu modda maqullandi. Ayrim tuzatishlarni kiritish asosan tahririy xarakterga ega bo’lgan 1 . Oxir oqibat Komissiya taklif etgan ta’rif eng munosibi deb qabul qilingan. Modda bir ovozdan qabul qilingan: 101 ovoz – “ha”, “yo’q” va betaraflar bo’lmagan 2 . “Davlat yoki xalqaro tashkilotning roziligini ifodalovchi huquqlarning maxsus cheklovlari”ni nazarda tutuvchi 47- moddaga muvofiq, muayyan shartnomani bajarish bo’yicha davlat yoki xalqaro tashkilotning roziligini ifodalovchi vakilning vakolatlari maxsus cheklov bilan bog’liq bo’lsa, uning bu cheklovlarga amal qilmasligi, muzokaralarda ishtirok etgan davlat va tashkilotlarning cheklov to’g’risida vakil bunday rozilikni bildirgunga qadar ma’lum qilingan xolatdagina vakilning roziligi haqiqiy emas deb ifodalovchi asos sifatida qabul qilinmaydi. v) Xato. Davlatlarning ichki huquqida xato “shaxsning huquq yoki fakt haqidagi noto’g’ri tasavvuri natijasida yoxud noto’g’ri tasavvursiz bo’lmaydigan biron bir harakatni sodir etishi yoki sodir etishga yo’l qo’yishi” holati tushuniladi 3 . Nazariyachilar xatoga ko’plab ishlarini bag’ishlagan. Muzokaralarga oid xato to’g’risidagi qoidalar davlat qonunchiligida alohida o’ringa ega. Shuning uchun birinchi xalqaro ahvol bo’yicha mutaxassis – yuristlar Rim huquqiga tayanib, xatoga katta e’tibor 1 Qarang: Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, - C.383. 2 Qarang:U.N. Conference on the Law of Treaties. Sekond session. 1969.P.88 3 Black”s Law Dictionary. St. Paul. 1983. P. 518 156 berishgan 1 . Keyingi davrda mualliflarning aksariyat qismi shartnomaning haqiqiy emasligiga asos sifatida xatoga salbiy munosabat bildirgan 2 . Ichki qonunchilikda keltirilgan xatoning ta’rifidan farqli o’laroq, xalqaro huquqda xato huquqqa emas, balki faqat faktga tegishli bo’lishi mumkin. 1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi Sharqiy Grenlandiya haqidagi ishni ko’rib, xato shartnomani haqiqiy emasligini tan olish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin deb aniqladi. Ammo bunda xato huquqni emas, faktlarga tegishli bo’lishi lozim. Bu faktlar keyin paydo bo’lmasdan shartnoma tuzish paytida mavjud bo’lishi kerak. Norvegiya tashqi ishlar vazirining javobi to’la va aniq bo’lib, bu holatda xatolikka yo’l qo’yish uchun asos yo’qligi aniqlandi 3 . Bu masala bo’yicha sud amaliyoti ko’p emas. U asosan chegara to’g’risidagi shartnomalarga tegishli. Sud odatda bunday holatlarda xatolik ahamiyatli bo’lishi va uning mavjudligi isbotlanishidan kelib chiqadi. 1959 yil Xaqaro Sud tomonidan ayrim chegara hududlarining mustaqilligi to’g’risida ko’rilgan ish bo’yicha qaror qabul qilindi. Niderlandiya Belgiya tayangan 1843 yilgi bayonnomalar jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yganini e’tirof etdi. Niderlandlar xatoliklarni isbot qilib bermaganligi sababli, sud bayonnomalarni haqiqiy deb tan oldi 4 . Xatolik to’g’risidagi umumiy qoidalardan istisno holat tarzida, unga yo’l qo’ygan tomon aybdor bo’lgan holat hisoblanadi. Vixear qoshidagi ibodatxona haqidagi Xalqaro Sud qarorida shunday yozilgan: “Agar xatolikni ko’rsatuvchi tomon, o’z harakati bilan uning mavjudligi yoki uni bartaraf etishga hissa qo’shgan bo’lsa, yoki holatlar shunday bo’lib, tomon ijobiy xatolikni o’rnatgan bo’lsa, bunday holda xatolikka yo’l qo’yilmaydi deb belgilab qo’yilgan huquq normasi hisoblanadi” 5 . A.A.Talalaev xatolik qachon bo’lishi haqida quyidagi xulosaga keldi: “Agar tomonlarning yoki bironta tomonning asl hoxish –irodasi buzilsa va shuning uchun xalqaro shartnomaning qonuniy kuchiga to’la yoki qisman e’tiroz uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin” 6 . Xalqaro huquq Komissiyasida ma’ruzachi Dj.Fismoris o’z ma’ruzasida ichki huquqni asosga olib, xatoga katta e’tibor qaratdi. Ma’ruzachi X.Uoldok ikkita maqolani taqdim etdi. Ulardan biri 1 Qarang: Grotsiy G. Urush va tinchlik huquqi haqida. M., 1956. 1 Bob; Pufendorf S.De jure naturrae et gentium, libri octo Amsterdamm, 1988. Kitob III, Bўlim VI. 2 Qarang: Basdevant I.Regles generals du droit de la paix // RdC, 1936. T.58.P.226. 3 Qarang: PCIJ.1933. Ser. A/B. No.53. 4 Qarang: ICR.Reports. 1959 .P.209. 5 Qarang: ICJ. Reports. 1961 .P.30 6 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Общие вопросы. М., 1980, -C. 252. 157 birgalikdagi xatoga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchisi – bir tomon xatosi haqida. Biroq keyinchalik ko’plab huquqiy tizimlar birgalikda xato va bir tomonlama xato o’rtasidagi farqni ajratsada, xalqaro huquqda esa bu to’g’ri bo’lmaydi. Komissiya ta’rif bergan moddada xato faqat u ishda ahamiyatli bo’lsa, shartnoma bilan kelishuvda muhim asosga ega bo’lsagina kelishuvga ta’sir ko’rsatadi deyilgan. Bunday xato avtomatik tarzda shartnomani haqiqiy emas deb bera olmaydi, lekin jabrlanuvchi tomonga kelishuvning haqiqiy emasligiga asos bo’lishini e’tirof etish huquqini beradi. Agar shartnomaning haqiqiy emasligi moddaga muvofiq belgilangan bo’lsa, bu shartnoma boshidan haqiqiy emas bo’ladi (ab initio). Shartnoma uning mazmun-mohiyatiga ko’ra xato asosida tuzilgan bo’lsa, uning haqiqiy emasligini tan olish huquqning umum tan olingan prinsiplaridan hisoblanadi. Agar xato davlat va tashkilotning tahminiga ko’ra fakt yoki holatning shartnomani tuzishda mavjud bo’lgan bo’lsa va mazkur shartnomaning bajarilishi bo’yicha kelishuv uchun muhim asosni tashkil etsa, davlat va xalqaro tashkilot shartnomani bajarishda kelishuvning haqiqiy emasligini asos qilib shartnomada xatoni ko’rsatishga huquqlidir deyilgan (48 -modda “Xato”). Mazkur qoida agar davlat va xalqaro tashkilot o’z hatti-harakati bilan bu xatoning vujudga kelishiga ko’maklashgan bo’lsa yoki holatlar shunday bo’lganki, bu davlat yoki bu tashkilot sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatoga e’tibor berishi lozim bo’lgan ushbu holatlarga qo’llanilmaydi. “Faqat shartnomaning matniga tegishli xato uning haqiqiyligiga ta’sir ko’rsatmaydi, bu holatda 80-modda qo’llaniladi” (80- modda shartnomalar matnida xatolarni tuzatishga bag’ishlangan). Matnni ifoda qilishdagi xatolar tomonlar kelishuviga ko’ra tuzatiladi. Agar shartnoma imzolangan bo’lsa, u holda Vena konvensiyalari maxsus tartibni nazarda tutadi. (1969 yilgi Vena konvensiyasi 79-moddasi va 1986 yilgi Vena konvensiyasi 80-moddasi). g) Aldov. Xalqaro amaliyot xatolar bilan bog’liq holatlar kabi shartnomani tuzishda davlatlar yolg’on dalil ko’rsatishi mumkin bo’lgan bir qancha holatlarni biladi. Shartnoma munosabatlarida yolg’on real mavjud bo’lib, xalqaro yuristlar qadimdan unga yo’l qo’ymaslikni ta’kidlab kelishgan. 158 E.de Vattel “Shartnomalarda hiyla-nayranglarni qo’llash vijdoniylik talablariga ziddir” deb yozgan” 1 . Muayyan hollarda faktlarni ataylab buzish jiddiy xatoga olib kelishi mumkin va bu holat xato haqidagi modda ta’siriga tushadi. Xalqaro huquqda presedentlarning yetarli darajada mavjud emasligi bardoshli bo’lgan yolg’on tushunchasining ta’rifi uchun zaruriy sharoitlarni bermaydi. Buni hisobga olib, Xalqaro huquq komissiyasi shartnomalar huquqida yolg’onga ta’rif bermaslikka qaror qildi. Yolg’on tushunchasining umumiy kontsepsiyasini ifodalash va amaliyotga uning aniq parametrlarini belgilab berish imkonini yaratish yetarli bo’ladi. Yolg’on davlatning yanglish bayonotlar, buzilishlar yoki boshqa noto’g’ri harakatlar yordamida shartnomaga rozilik berishga xohish bildirishi, aks hollarda u bunga rozilik bermasligi tushuniladi. Yolg’on o’z – o’zidan shartnomani haqiqiy emas deb bera olmaydi, ammo jabr ko’rgan tomonga, agar o’zi buni hohlasa, uning roziligini haqiqiy emas deb beruvchi yolg’on faktni appelyatsiya qilish huquqini beradi. Xalqaro huquq komissiyasi yolg’on to’g’risida modda loyihasini tayyorlashda, taqdim etilgan holda modda butunlay xalqaro tashkilotlarga ham tegishli deb hisobladi 2 . 1968-1969 yillardagi Vena konferensiyalarida ikkala moddani birga muhokama qilishga qaror qilindi, ulardan biri yolg’onga tegishli, ikkinchisi – vakilga pora berish. Shu sababli ikkinchi modda to’g’risida ham umumiy ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling