Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25

d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga 
og’dirish. 
Pora 
berib 
o’z  tomoniga  og’dirish  davlatlarning  jinoiy 
qonunchiligiga  ma’lum.  Bu  jinoyat  davlatlararo  munosabatlarga  ham 
tegishli.  Shunday  bo’lsada  rasmiy  xalqaro  amaliyotda  bu  turdagi  ko’rib 
chiqilgan  ishlar  uncha  ko’p  emas.  Sababi  zamonaviy  davlatlar  o’zining 
xalqaro  nufuzini  o’ylab,  bu  kabi  masalalarni  ko’tarmaydi.  Bunday 
faktlarning  chop  etilishi  bundan  tashqari  mamlakat  ichida  hukumatga 
oppozitsiyani (muholifatni) kuchaytirishga yordam berishi mumkin.   
Agar  tarixga  nazar  solsak,  O’rta  asrlar  diplomatiyasida  o’z 
maqsadiga  erishish  uchun  yolg’on  va  pora  berish  keng  ishlatilganini 
ko’rishimiz mumkin
3

                                                 
1
 Vattelg’ E. de. Xalqlar huquqi. M., 1980. B.350 
2
 Qarang: YILC.1979. Vol. II.Part Two. P. 241. 
3
 Qarang, masalan: Picavet C. La diplomatie francaise de Lois XIV. Paris, 1930. P. 89. 

159 
 
Xalqaro huquq komissiyasi dastlab loyihaga poraxo’rlik to’g’risidagi 
moddani  kiritmagan.  Keyinchalik  ham  ayrim  Komissiya  a’zolari  bu 
moddaga  qarshi  bo’lgan,  unga  zarurat  yo’q  deb  hisoblashgan,  chunki 
korrupsiya ularning fikricha yolg’on to’g’risidagi modda ta’siriga tushadi. 
Shunga  qaramay  muzokaraning  aksariyat  ishtirokchilari  boshqa  davlat 
vakilini pora berish yo’li bilan o’ziga og’dirish kelishuvga putur yetkazadi 
hamda yolg’on bilan taqqoslaganda u o’z davlati nomidan rozilik bildirishi 
umuman  boshqacha  bo’ladi  deb  hisoblaydi.  Buning  natijasida  loyihaga 
pora berib o’z tomoniga og’dirish haqida alohida modda kiritildi
1

Bunda Xalqaro huquq komissiyasi pora berib o’z tomoniga og’dirish 
bu  -  shartnoma  tuzishda  davlat  vakilini  pozitsiyasiga  katta  ta’sir 
ko’rsatuvchi  harakatlar  tushunilishini  ta’kidladi.  Vakilga  uncha  katta 
bo’lmagan sovg’alar berish modda ta’siriga tushmaydi. Bunda pora berish 
yo’li  bilan  o’z  tomoniga  og’dirish  harakatlari  bevosita  yoki  bilvosita 
muzokara olib boruvchi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Pora berib o’z 
tomoniga og’dirish oqibatlari xuddi yolg’on oqibatlariga o’xshash. 
1968  –  1969  yillardagi  Vena  konferensiyalarida  yolg’on  va  pora 
berish to’g’risidagi moddalar batafsil muhokama qilingan. Chili, Yaponiya 
va Meksika delegatsiyalari pora berib o’z tomoniga og’dirish to’g’risidagi 
moddani  olib  tashlashni  taklif  qilishdi
2
.  Chili  vakili  yolg’onga  tegishli 
pretsedentlar yo’qligiga ishora qildi. Xattoki shunday holatlarda ham, agar 
davlat aldangan bo’lsa, u o’zining mansabdor shaxslarini vakolatsiz bo’lib 
qolishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Meksika delegatsiyasi fikricha, 
pora  berish  qonuniy  harakat  ekanligini  hech  kim  tasdiqlab  o’tirmaydi. 
Ammo bu harakat yolg’on haqidagi modda bilan qamrab olingan. 
AQSH  delegati  yolg’on  to’g’risidagi  moddaga  qarshi  chiqdi,  unga 
ko’ra  boshqa  davlat  uni  yanglishtirishi  asosida  davlatga  o’z  roziligini 
haqiqiy  emas  deb  e’tirof  etishga  ruxsat  shartnomaviy  munosabatlarning 
barqarorligiga putur yetkazadi. Buyuk Britaniya fikri ham shunga o’xshash 
edi.  Yaponiyaning  fikricha,  davlat  pora  olishga  moyilligi  bo’lgan  vakilni 
tanlasa, uning o’zi o’z tanlovidan qiynaladi. 
Sovet  Ittifoqi  (SSSR)  mazkur  moddalarni  olib  tashlashga  qarshi 
chiqdi.  Davlatlar  qadim  zamonlardan  tengsiz  shartnomalarni  tuzishda 
yolg’on  va  pora  berishga  murojaat  qilishgan.  Hammaga  ma’lumki, 
masalan,  1903  yilgi  Panama  kanali  to’g’risidagi  shartnomani  tuzishda 
                                                 
1
 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 245. 
2
 Qarang: U.N. Conference  on  the Law of Treaties. First session. 1968. P.255. 

160 
 
Amerika  Qo’shma  Shtatlari  tomonidan  Panama  hukumati  ataylab 
adashtirilgan. 
Ayrim  delegatsiyalar  yolg’on  va  pora  berib  o’z  tomoniga  og’dirish 
shartnoma ratifikatsiya qilingan yoki jamoa organi tomonidan tasdiqlangan 
holatlarga tegishli emas deb ta’kidlagan. 
Shuni  ta’kidlash  joizki,  zamonaviy  shartnomalar  murakkab  huquqiy 
tuzilmani  anglatadi.  Shuning  uchun  parlament  deputatlari  har  doim  ham 
yolg’on va pora berish natijalarini aniqlay olmaydi. 
 
9.3. Xalqaro shartnomalarning mutloq haqiqiy emasligi 
 
a)  Davlat  yoki  xalqaro  tashkilot  vakillarini  shartnomaga  rozilik 
bildirishga undash. 
Davlat vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash diplomatik 
amaliyotda  uchrab  turadi.  Napoleon  1797  yilda  Avstriya  vakilini  do’q-
po’pisa  va  qo’rqitish  yo’li  bilan  uning  Frantsiya  bilan  shartnomasini 
imzolashiga  erishgan.  1905  yil  Yaponiyaning  Koreya  anneksiyasi 
to’g’risidagi  shartnomani  koreya  imperatori  yapon  harbiy  soqchilari 
qurshovida  imzolagan.  1939  yilda  Chexoslovakiya  ustidan  protektorat 
haqidagi  Germaniya  bilan  bo’lgan  shartnomani  chexoslavakiya  prezident 
tomonidan  imzolashiga  nemis  havo  kuchlarining  Pragani  bombardimon 
qilish havfi bilan bog’liq holat majburlagan. 
Xalqaro  huquqning  an’anaviy  doktrinasi  vakilni  majburlashni  kuch 
ishlatish  asosida  shartnomani  haqiqiy  emas  deb  topishning  yagona  holati 
sifatida  ajratdi.  I.Blyunchli  fikricha,  agar  bir  tomon  vakili  ikkinchi 
tomonning  kuch  ishlatish  yo’li  bilan  shartnomaga  rozi  bo’lishga 
majburlangan  bo’lsa,  u  holda  bunday  kelishuv  haqiqiy  emas  deb 
hisoblanadi
1
.  Bu  qoida  davlatlarga  nisbatan  majburlov  doimiy  holat 
bo’lgani  bilan  izohlanadi.  Nazariya  va  amaliyotning  tahlili  shunga 
guvohlik  beradi,  unga  ko’ra  vakolatli  shaxsni  undash  natijasida  tuzilgan 
shartnomani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi xalqaro huquqning odat 
normasi qadimdan mavjud bo’lgan
2

1969 yildagi Vena konvensiyasi moddasini qo’shish lozim. 
1986  yil  Xalqaro  tashkilotlar  ishtirokida  o’tkazilgan  xalqaro 
shartnomalar  huquqi  bo’yicha  Vena  konferensiyasida  Xalqaro  huquq 
komissiyasi  takliflari  o’zgarishsiz  qabul  qilindi.  51-modda  “Davlat  yoki 
                                                 
1
 Qarang: Bluntschli J. Droit international codife. Paris, 1870.P. 357. 
2
 Qarang: Sandorski  J. Op.cit. 1978.S.132 

161 
 
xalqaro  tashkilot  vakilini  majburlash”  ga  muvofiq,  shartnomani  bajarish 
bo’yicha  davlat  yoki  xalqaro  tashkilot  roziligi  uning  vakilini  unga  qarshi 
yo’naltirilgan harakat yoki tahdid bilan  majburlash natijasida ifodalangan 
bo’lsa, u hech qanday yuridik ahamiyatga ega emas.  
A.N.Talalaev  bu  moddani  sharhlash  jarayonida  kuch  tushunchasiga 
juda  keng  izoh  berdi:  “...”Kuch”  yoki  “majbur  qilish”  tushunchasi 
zamirida kuch ishlatishning har qanday shakllari: harbiy, iqtisodiy, siyosiy, 
jismoniy, psixologik va boshqalar tushunilishi lozim”
1

b)  Davlat  yoki  xalqaro  tashkilotlarni  kuch  xavfi  yoki  kuch 
ishlatish yo’li bilan majbur qilish. 
Xalqaro  munosabatlarning  butun  tarixi  davomida  kuch  hal  qiluvchi 
ahamiyatga ega bo’lgan. Shu munosabat bilan har bir xalqaro shartnomani 
ishlab chiqish va tuzishda tomonlarga u yoki bu darajada bosim o’tkazilish 
holatlari  kuzatilib  turadi.  Huquqshunoslar  bunday  holatni  tan  olib,  o’z 
qarashlarini bayon qilishgan.  
X.Uoldok  fikriga  ko’ra,  “majbur  qilish”  deganda  siyosiy  yoki 
iqtisodiy  shakldagi  ta’sir  etish  vositalaridan  foydalanish  tushunulmasligi 
lozim.  X.Uoldokning  quyidagi  fikri  e’tiborga  molik:  “Siyosiy  yoki 
iqtisodiy 
bosimning 
qo’llanishi 
davlatlar 
o’rtasidagi 
normal 
munosabatlarning  qismi  hisoblanadi,  xalqaro  huquq  esa  shartnomaga 
rozilikni ifodalashda bosimning qonuniy va noqonuniy shakllari orasidagi 
farqni aniq ifoda qilish uchun zaruriy omillarga ega emas”. Shuning uchun 
xalqaro  huquqning  hozirgi  holatida  “majbur  qilish”  tushunchasini  kuch 
yoki  kuch  xavfini  noqonuniy  ishlatish  chegarasidan  tashqari  joriy  qilish 
xavflidir
2

Jumladan,  tahdid  va  kuch  ishlatish  haqidagi  normalar  zamonaviy 
huquqda o’rnatilguniga qadar  majbur qilish natijasida tuzilgan tinchlik va 
boshqa  shartnomalarga  boshidan  kuch  ishlatib  majburan  tuzilgan 
shartnomalarning tan olinmasligi to’g’risidagi qoidalar qo’llanilmaydi deb 
ta’kidlanadi
3
.  Boshqacha  qilib  aytganda,  avval  kuch  ishlatish  yo’li  bilan 
majburan tuzilgan shartnomalar boshdan haqiqiy emas deb tan olinmaydi. 
Biroq, bu ularni hozirgi davr xalqaro huquq doirasida haqiqiy emas deb tan 
olish mumkinligini istisno qilmaydi.  
Avval kuch ishlatish yo’li bilan majburan tuzilgan shartnomalarning 
haqiqiy emas deb topish, kuch ishlatilmaslik xalqaro huquqning imperativ 
                                                 
1
  Талалаев  А.Н.  Право  международных  договоров.  Договоры  с  участием  международных  организаций.  M., 
1989., - C. 162. 
2
 Qarang: YILC.1963. Vol. II. P. 52. 
3
 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 247. 

162 
 
prinsipi  ekanligidan  dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga  umumiy  xalqaro 
huquqning  yangi  imperativ  normasining  paydo  bo’lishi  bilan  unga  zid 
bo’lgan har qanday mavjud shartnoma haqiqiy emas bo’lib qoladi. (Vena 
konvensiyasi, 62-modda). 
v)  Umumiy  xalqaro  huquqning  imperativ  normalariga  zid 
shartnomalar. 
Avvallari xalqaro  munosabatlar tizimi imperativ normalar  majmuasi 
mavjud  bo’lishi  uchun  ijtimoiy-siyosiy  asos  sifatida  xizmat  qiluvchi 
zaruriy  yahlitlik  va  hamjihatlik  darajasiga  yetmagan  edi.  Davlatlarning 
alohida 
manfaatlari, 
avvalambor 
yirik 
davlatlarning, 
umumiy 
manfaatlaridan  ustunroq  turardi.  Xalqaro  huquq  yuqori  darajada 
cheklangan 
va 
asosan 
dispozitiv 
xususiyatga 
ega 
edi. 
Unda 
shartnomalarning  erkinlik  prinsipi  hukmronlik  qilardi,  davlatlar  o’zaro 
kelishuvga asosan har qanday normadan chekinishi mumkin edi. 
Shunga  ko’ra,  doktrinada  imperativ  xarakterdagi  normalarning 
mavjudligi  inkor  qilinar,  shartnomalarni  tuzishda  davlatlarning  to’liq 
erkinligi e’tirov eilib, u faqat boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishda 
ziddiyatli holatlar bilan cheklanishi mumkinligi haqida gapirilardi
1
.  
Natijada  13-  moddaning  1-  bandi  loyihasi  taqdim  qilindi:  “Agar 
shartnomaning  ob’ekti  yoki  uning  amalga  oshirilishi  jus  cogens 
xarakteriga  ega  bo’lgan  umumiy  norma  yoki  xalqaro  huquq  prinsipining 
buzilishi  bilan  bog’liq  bo’lsa,  shartnoma  xalqaro  huquqqa  zid  va  haqiqiy 
kuchga ega emas”. 
Vena  konferensiyasida  imperativ  normalarni  oson  farq  qilish 
mumkin, chunki ular jamoat tartibini mustahkamlaydi va rivojlantiradi deb 
ta’kidlandi. 
Vena  konferensiyasida  imperativ  normalarni  qabul  qilish  tartibi 
to’g’risida  masalaga  e’tibor  qaratilgan.  Konferensiya  bunday  normalarni 
paydo  bo’lishiga  davlatlar  oddiy  ko’pchiligining  roziligi  yetarli  degan 
fikrga  qo’shilmadi.  Fransiya  delegatsiyasi  bu  qoidaga  o’ta  tanqidiy 
yondashdi.  Uning  ta’kidlashicha,  agar  modda  oddiy  ko’pchilik  roziligi 
bilan  hammaga  majburiy  xususiyatga  ega  imperativ  normalar  yaratiladi 
deb  sharhlansa,  unda  buning  oqibatida  nazoratsiz  va  har  qanday 
ma’suliyatdan  xoli  bo’lgan  yangi  xalqaro  manbaning  yaratilishiga  olib 
keladi
2

                                                 
1
 Qarang: Field D. Outlines of International Code. N.Y., 1872. Art.198. 
2
 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. Second session.  P.94. 

163 
 
Umuman  qarama-qarshi  bo’lgan  fikr  ham  bildirildi.  Unga  ko’ra, 
imperativ  normalarni  qabul  qilish  uchun  barchaning  roziligi  zarur.  Bu 
fikrni Braziliya delegatsiyasi bildirdi. Konferensiya asosli ravishda  bunga 
erishish noreal deb hisobladi. 
Konferensiyada  bildirilgan  fikrlarning  tahlili  quyidagi  xulosani 
qilishga asos bo’ladi, ya’ni imperativ normalarni barcha qit’alar va asosiy 
huquqiy  tizimlarni  o’z  ichiga  oluvchi  aksariyat  davlatlar  qabul  qilishi 
lozim. 
Imperativ  normalar  to’g’risidagi  modda  ko’pchilik  ovoz  bilan  (87 
ovoz –“ha”, 8 – “yo’q”, 12 –  “betaraf”) qabul qilindi. 
Imperativ  normalar  muammosi  xalqaro  tashkilotlar  ishtirokida 
shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  moddalar  loyihasini  muhokama  qilish 
jarayonida  yana  yuzaga  keldi.  Xalqaro  huquq  komissiyasi  imperativ 
normalar xalqaro tashkilotlarga xuddi davlatlarga nisbatan qo’llanilgandek 
qo’llanadi deb hisobladi. Tahririy o’zgartirishlar kiritilgan tegishli modda 
xalqaro  shartnomalar  bo’yicha  Vena  konferensiyasiga  taqdim  etildi  va 
maqullandi
1

1986  yilgi  Konvensiyaga  kiritilgan  “Umumiy  xalqaro  huquq  (jus 
cogens)  ning  imperativ  normalariga  zid  bo’lgan  shartnomalar”  haqidagi 
53-modda  agar  shartnoma  tuzilishida  u  umumiy  xalqaro  huquqning 
imperativ  normasiga  zid  bo’lsa,  bunday  shartnoma  ahamiyatsiz 
hisoblanadi  deb  belgilagan.  Bu  yerda  yana  bu  mazkur  Konvensiyaga 
tegishli bo’lganligi sababli, umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi 
butun  davlatlar  xalqaro  hamjamiyati  tomonidan  qabul  qilinadigan  va  tan 
olinadigan, undan chetga chiqishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan va umumiy 
xalqaro huquqning shunday xarakterga ega bo’lgan faqat keyingi normasi 
bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan norma hisoblanadi deb ko’rsatildi.  
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomani  haqiqiyligi  va 
haqiqiy emas deb topish tushunchasi, xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish 
shartlari  va  turlariga  o’rganish  jarayonida  xalqaro  huquqiy  munosabatlarda 
ularning rolini aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN
 
SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va 
to’xtatib turish masalalariga oid bo’lgan huquqiy asoslarni keltiring. 
                                                 
1
 Talalaev A.N. Xalqaro shartnomalar huquqi.  Xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalar.  M., 1989.,  169  B. 

164 
 
2.
 
Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topilishi uchun qanday asoslarga 
tayaniladi? 
 
1 KAZUS. 
1941  yil  9  aprelda  AQSH  hukumati  Vashingtondagi  Daniya  elchisi  bilan 
Grenlandiyani  himoya  qilish  to’g’risida  shartnomani  imzolaydi.  Grenlandiya 
Germaniya  tomonidan  bosib  olingach,  AQSH  hukumati  Daniya  hukumati  bilan 
imzolangan  deklaratsiyani  ushbu  kelishuv  tegishli  tartibda  imzolanmaganligini 
ro’kach qilib tan olmaydi.  
Mazkur holatga huquqiy baho bering? 
 
2 KAZUS. 
1713  yilgi  Utrext  tinchlik  shartnomasi  Angliyaning  manfaatlarini  ko’zlagan 
holda,  Dyunkerka  (Fransiya)  porti  buzilishi  va  hech  qachon  qayta  tiklanmasligi 
nazarda  tutilgan.  Fransiya  ushbu  shartga  rozilik  bildirdan  holda,  Mardekda  - 
Dyunkerkadan  bir  mill  uzoqlikda  bundanam  katta  port  qurishni  boshladi.  Angliya 
esa,  bunga  nisbatan  o’z  noroziligini  bildirib,  Fransiyaning  Utrext  tinchlik 
shartnomasini buzayotganligini vaj qiladi. 
Haqiqatan  ham  ushbu  sharoitda  shartnoma  shartlari  buzilmoqdami?  Mazkur 
holatga huquqiy baho bering? 
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.
 
Istalgan  xalqaro  shartnomani  tahlil qilish,  ya’ni  shartnomani  haqiqiyligi 
va  haqiqiy  emas  deb  topishga  taaluqli  bo’lgan  masalalarni  o’rganshi.  Ish  shakli  – 
nazorat ishi (esse). 

165 
 
X BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI SHARXLASH 
 
(yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) 
 
Annatotsiya.  Mazkur  bobda  talabalar  sharhlash  tushunchasi;  sharhlash 
ob’ekti  va  vositalari;  sharhlash  prinsiplari  va  qoidalari,  usullar  va  sub’ektlari 
haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar. 
 
 
10.1.
 
Sharxlash tushunchasi 
 
Shartnomalar 
huquqi 
haqidagi 
Vena 
Konvensiyalarining 
“Shartnomalarini 
sharxlash” 
bo’limi 
konvensiyaning 
3-qismi 
“Shartnomalarga  rioya  qilinishi,  tadbiq  qilinishi  va  sharxlanishi”da 
joylashgan.  Darhaqiqat,  sharxlash  aynan  ushbu  bo’lim  uchun  ahamiyatli. 
Sharxlashning  yuridik  muammolari  shartnomalarning  tadbiq  qilinishida 
yuzaga  keladi.  Shu  bilan  birga,  sharxlash  shartnoma  tarkibini  aniqlash 
zaruratini yuzaga keltirgan holda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Normalarning  tayyorlanishi  va  ularning  tadbiq  qilinishi  ularning 
tarkibi  va  maqsadini  tushunishga  bog’liq.  Bunga  esa,  sharxlash  orqali 
erishiladi.  Sharxlash  huquqning  harakatlanishida  markaziy  o’rinni 
egallaydi.  Huquqning  murakkablashuvi  va  u  tomonidan  hal  etiladigan 
masalalarning 
murakkablashuvi 
sharxlash 
jarayonini 
ham 
murakkablashtiradi.  Huquqiy  tizim  qanchalik  murakkab  bo’lsa  u 
tomonidan  hal  etiluvchi  muammolar,  masalalar  ham  shunchalik  yirik 
bo’ladi  va  uning  sharxlash  ham  shunchalik  murakkab  qiyinchiliklarni 
yuzaga keltiradi.  
Sharxlash  masalasiga  Xalqaro  huquq  instituti  ham  e’tibor  qaratdi. 
Mazkur  masala  katta  ahamiyatga  ega  ekanligiga  qaramay,  aynan  bu 
masalaga  bag’ishlangan  xalqaro  huquq  normalari  mavjud  emas.  Bu 
jarayon  davlatlarning  huquqiy  tizimi  bilan  o’zaro  bog’liq  bo’lgan 
huquqning  umumiy  prinsiplari  bilan  tartibga  solingan.  Sharxlashning 
xalqaro  huquqiy  asoslari  yaratilishida  1969  va  1986  yillardagi  Xalqaro 
shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena  Konvensiyalari  muhim  bosqich 
bo’ldi. Ikkala konvensiyada ham, deyarli bir xil tarkibli “Shartnomalarning 
sharxlanishi ” nomli bo’lim mavjud. 
Konvensiyalardagi 
normalar 
o’ziga  xos  xususiyatga  ega. 
Konvensiyalarda, ularda qayd etilgan holatlar ushbu Konvensiyalar aynan 
kuchga kirgandan keyin, Konvensiya ishtirokchilari hisoblangan tomonlar 

166 
 
tuzgan shartnomalarga nisbatan qo’llanilishi alohida ta’kidlab o’tilgan (4-
modda).  Boshqacha  aytganda,  qaytadan  tuzilgan  normalar  ortga  qaytish 
kuchiga  ega  emasligiga  tayangan  holda,  Konvensiyalarda  huquqning 
umumiy prinsiplari tasdiqlangan.  
Konvensiyalarda ular tomonidan tuzilgan, ortga qaytish kuchiga ega 
bo’lmagan  normalar  xalqaro  huquqda  amalda  bo’lgan,  Konvensiyalarda 
qayd  etilgan  holatlardan  qa’tiy  nazar,  shartnomalarga  taalluqli  bo’lishi 
mumkin  bo’lgan  normalarga  tegishli  emasligi  ta’kidlangan.  Asosan 
sharnomalarning  odat  huquqi  normalari  nazarda  tutilgan.  Biroq 
Konvensiyalar  tomonidan  o’rnatilgan  sharxlash  to’g’risidagi  normalar 
keng ko’lamda o’ziga xos yangilik hisoblanadi.  
Sharxlash  tadbiq  qilish  bilan  chambarchas  bog’liq.  Shu  bilan  birga 
ular  o’rtasida  o’ziga  xos  farq  mavjud.  Sharxlash  bu  –  normalarning 
mazmuni,  maqsadini  oydinlashtirish  jarayoni  bo’lib,  ushbu  ma’no  va 
maqsadlar  natijasida  kelib  chiqishi  mumkin  bo’lgan  oqibatlarni  aniqlash 
hisoblanadi.  Tadbiq  qilish  esa,  tomonlarning  sharxlash  natijalariga  mos 
holda normalarni amalda qo’llashi, shakllantirishini anglatadi.  
Sharxlash huquqning shakllanib borishida muhim va zaruriy bosqich 
hisoblanadi. Normalarning maqsad-muddaosi, ma’no-mohiyati va tarkibini 
aniqlab olmay turib ularni bajarish,  amalga oshirib, tadbiq qilish  mumkin 
emas.  Normalarni  amalga  oshirish  jarayonlarini  sharxlash  bir  qator 
qo’shimcha funksiyalarni ham bajaradi. U mavjud kamchiliklarni bartaraf 
etish, normalarni yaratish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarni 
to’g’irlash va uzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Doimiy ravishda 
o’zgarib  turuvchi  sharoitlarda  normalarning  tarkibi  va  maqsadini 
aniqlashtirish alohida ahamiyatga ega.  
Xalqaro 
Huquq 
Komissiyasi 
ko’rsatib 
o’tgan 
sharxlash 
materiallaridan  foydalanishda  qo’shimcha  spetsifikaga  e’tibor  qaratish 
lozim.  Davlat  qonunlarini  qo’llash  bilan  amalga  oshiriladigan  tadqiqotda, 
davlatning  huquqiy  tizimini  tegishli  ravishda  isloh  qilish  tartib-
qoidalaridan  ham  foydalanish  lozim.  Davlatning  bir  tomonlama  aktlarini 
isloh qilishda uning siyosati va boshqa faktorlarni inobatga olish lozim.  
 
Xalqaro  shartnomalarni  sharxlash–  shartnomalarning  ob’ekti  va 
maqsadini  oydinlashtirish  hamda,  ma’lum  bir  vaziyatlarda  ularni 
sharxlash  natijalarini  hisobga  olgan  holda,  ularning  boshqa  bir  turdagi 
holatlarini aniqlash. 

167 
 
10.2.
 
Sharxlash ob’ekti va vositalari 
 
Shartnomani  sharxlash  ob’ekti  uning  sub’ektlari  xohish-istaklarini 
qamrab  oluvchi  tarkibi,  qarorlari  hisoblanadi.  Sharxlashning  vositasi  – 
normalarning tarkibini aniqlaydigan vosita. 
Sharxlash asosiy vositalari: 
 
Sharxlashning qo’shimcha vositalariga: 
 
 
Adabiyotlarda  ham  amaliyotda  ham  sharxlashning  ob’ekti  va 
vositalari  o’rtasida  katta  farq  mavjud.  Shuningdek,  bu  doiradagi 
masalalarning  to’g’ri  yechimi  nafaqat  nazariy,  balki  amaliy  ahamiyatga 
ham ega.  
Sharxlash nazariyasida birqancha maktablar mavjud.  
Maqsad  maktabi  tarafdorlari  fikriga  ko’ra  sharxlashning  vazifasi 
sub’ektlarning  maqsadini  aniqlash,  ularning  umumiy  xohish-istaklarini 
aniqlashdan  iborat.  Shunga  mos  ravishda  sharxlashning  ob’ekti 
tomonlarning ilk xohish-istaklari hisoblanadi. Natijada matnning mohiyati 
va  sub’ektning  kelgusidagi  amaliyotining  ahamiyati  butunlay  yo’qoladi 
yoki sezilarli darajada susayadi. Ushbu qarashlarga mos ravishda normalar 
yaratilishining  tarixiy  shart-sharoitlarini  o’zida  mujassamlovchi  tayyorlov 
materiallariga asosiy e’tibor beriladi.  
Boshqa bir maktab – “tekstualistlar” (matnshunoslar) maktabi. Uning 
tarafdorlari  ham  sub’ektlarning  xohish  va  erkinliklari  hal  qiluvchi 
ahamiyatga  ega  deb  hisoblashadi,  faqatgina  matnda  aks  ettirilgan  xohish 
tayyorlov materiallari 
shartnoma tuzish holatlari 
 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling