Loyihalash texnologiyasi


Izlanish xarakteridagi loyihalar


Download 354 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi354 Kb.
#1001588
1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyihalash texnologiyasi

Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi 
muayyan bir mavzu boʻyicha axborot va material toʻplash, 
toʻplangan axborot va materiallar bilan loyiha qatnashchilarini 
tanishtirish, ularni tahlil qilish, faktlarni umumlashtirish, olingan 
natijalarni rasmiylashtirishni oʻz ichiga oladi. Mazkur loyihalar 
tadqiqot xarakteridagi loyihalar bilan uygʻunlashib ketadi va uning 
bir qismiga aylanishi mumkin. Izlanish xarakteridagi loyihalarning 
strukturasi quyidagicha boʻlishi mumkin:
 kerakli boʻlgan axborotni izlash manbalari;
izlanish bosqichlari;
 toʻplangan axborot, materiallar, faktlar ustida tahlil oʻtkazish;
 xulosa yasash;
 izlanish yoʻnalishiga oʻzgartirishlar kiritish;
 yangi faktlarni toʻplash; 
 umumlashtirish va xulosa yasash;
 olingan natijalarni rasmiylashtirish.
Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda foydalanish mumkin. Bular 
jumlasiga quyidagi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin: Oʻzbekistonning “Qizil 
kitob”i ga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar, Oʻzbekistonda paxtachilikning rivojlanishi, 
Oʻzbekistonning dorivor oʻsimliklari va b. 
Amaliy xarakterdagi loyihalar. Bu toifadagi loyihalar qatnashchilar faoliyatidan 
kutilgan natijalarning aniq belgilanishi bilan xarakterlanadi. Mazkur natija amaliy va 
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlishi lozim. Bunday loyihalarda loyiha ssenariysi, 
qatnashchilarning vazifalari, natijaga erishish bosqichlari, foydalaniladigan metodlar, 
olingan natijalarni rasmiylashtirish shakllari aniq belgilanishi kerak. Bunday loyihani 
amalga oshirishda qatnashchilarning har birining ulushi, yakka tartibda va kichik guruhda 
olib boriladigan ishlar natijalari, taqdimot, olingan natijalarni amaliyotga qoʻllash yoʻllari 
koʻrsatiladi.
Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashgʻulotlarda foydalanish maqsadga 
muvofiq. Jumladan, tirik tabiat burchagida boqiladigan toʻti va boshqa hayvonlarning ovqat 
ratsionini tuzish, Oʻzbekistonga kelib-ketuvchi qushlarning kelish, uya qurish, koʻpayish, 
uchib ketish muddatlari, ularning keltiradigan foydasi, qishlash joyi, ularni muhofaza qilish 
tadbirlarini oʻrganish boʻyicha loyihalarni oʻquvchilarning kichik guruhlariga tavsiya etish 
joiz.
Loyihalar predmeti va mazmuniga koʻra, bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar, 
fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi. Bu loyihalarni shakllantirishda 
oʻqituvchi biologiya sohasidagi muammoli, qiyin mavzularni olishi mumkin. Mazkur 
loyihalar biologiyani oʻqitishda tabiiy fanlar, adabiyot, ma’naviyat, madaniyat, san’at va 
gumanitar fanlar bilan fanlararo bogʻlanishni amalga oshirishga imkon beradi.

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling