M a ‘ ruza №2 kartoshka, sabzavot, mevalar kimyoviy tarkibining umumiy ta’rifi reja: Konservalar tayyorlanadigan meva-sabzvaotlarning kimyoviy tarkibi
Download 164.5 Kb.
|
2-mavzu
Oshlovchi moddalar. Oshlovchi moddalar mevalarga taxir bog‘lovchi maza beradi. Ulardan tyorn(1,6% -gacha), behi (1% -gacha), qizil (0,6% -gacha), yovvoyi olma va nok mevalari boy. Meva va sabzavotning ko‘pchiligi esa 0,1-0,2 % oshlovchi moddalarga ega. Sabzavotda ancha kam. Oshlovchi moddalar asosan mevaning po‘stlog‘ida bo‘ladi va bakteritsid xususiyatga ega.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha oshlovchi moddalar polifenollar guruhiga kiradi. Ularning molekulyar massasi 600 -dan 2000 -gacha etadi, gidrolizla-nuvchi va kondensatlanganlarga bo‘linadi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar glyukoza va fenol kislotalari (galli, protokatex) hosil qilgan murakkab efirlar hamda galli va protokatex kislotalari hosil qilgan moddalar majmo‘asidan iborat. Bu guruhga tanaza fermenti ta’siri ostida hamda kislotalar ta’sirida gidrolizlanuvchi tanin kiradi. Tanining bir molekulasi parchalanishi natijasida bir molekula glyukoza va glyukozaning barcha gidroksil guruhi o‘rniga joylashgan besh molekula galli yoki metadigalli kislotasi hosil bo‘ladi.
Kondensatlangan oshlovchi moddalarga katexinlar kiradi. Ularda yadrolari mavjud bo‘lib, ushbu yadrolar uglerod atomlari yordamida o‘zaro bog‘langan. Ular efir bo‘lib gidrolizlanmaydi. Mevalarda katexinlar erkin holatda yoki galli kislotasining murakkab efirlari ko‘rinishida bo‘ladi.
Oshlovchi moddalarni havodagi kislorod ferment ishtirokida oksidlaydi. Oksidlanish natijasida jigarrang yoki qizil rangdagi flobafenlar hosil bo‘ladi. Jarayon tez o‘tadi va mevani qayta ishlash vaqtidagi qorayishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. A.N.Bax nazariyasiga binoan polifenol birikmalarining oksidlanishi quyidagi sxema asosida o‘tadi. Oson oksidlanish xususiyatiga ega to‘yingan birikmalar (R) perekisi hosil qiladi, u esa peroksidaza fermenti ta’siri ostida polifenollar (V) -ni oksidlaydi. Natijadaquyidagiqaytishreaksiyasiro‘yberadi: Oshlovchimoddalaroksidlanishinatijasidamevaqorayishinibartarafetishuchunularnihavokislorodibilankontaktlanishdansaqlash, yokifermentsistemasiniparchalashchorasiniko‘rishkerak. Mevaqorayishigaoshlovchimoddalarningtemiroksidituzlaribilankimyoviyreaksiyagakirishihamsababbo‘lishimumkin. Bundagidrolizlanganoshlovchimoddalarko‘ksharpaliqorarangberadi, kondensatlanganoshlovchimoddalarnikiesa – yashilsharpali. Qalay tuzlari bilan reaksiyaga kirgan oshlovchi moddalar pushti rangli birikmalar hosil qiladi. Uzoq isitish natijasida oshlovchi moddalarning qizil rangi yuqori molekulali birikmalar hosil qilib kondensatsiyalanishi ro‘y beradi. Oshlovchi moddalar suvda yaxshi eriydi. Oqsil moddalari bilan ular erimaydigan birikmalar hosil qiladi (tanatlar). Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling