M a ‘ ruza №2 Qishloq xo’jaligi muxandisligi asoslari fanini o’rganishning maqsadi va vazifalari reja: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar


Bakalavrlarning qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishida ta’lim olish asoslari va umumiy talablar


Download 29.62 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi29.62 Kb.
#1304102
1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza

Bakalavrlarning qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishida ta’lim olish asoslari va umumiy talablar
Qishloq xo‘jaligi muhandisi barcha sohalardagi muhandislar orasida eng ko‘p bilimga ega bo’lishi talab etiladigan mutaxassis hisoblanadi. Buning sabablari ko’p. Chunki, bu sohadagi mu­handislar eng qattiq jism deb hisoblangan metall bilan faqat jonli jismlarga ta’sir ko‘rsatadi. Jonli jismlar to‘g‘risida mulohaza yuritamiz.
Dehqonchilik ishlari dastlab tuproqqa ishlov berishdan boshlanishi hammarhizga malum. Tuproq jonli muhit. Bir gektar maydondagi 20-25 sm tuproqda o‘rtacha 3,0-3,5 tonna turli xil bakteriyalar yashoydi. Tuproqning gumusli ekanligi ham shu bakteriyalar miqdori bilan baholanadi. O‘simliklar esa ana shu bakteriyalar bilan oziqlanadi. O'simlik qoidiqlari. jumladan, poyasi, bargi tuproqqa qaytarib berilsa, ya’ni havosiz muhitda chirib, gumusga aylanadi. Demak, tuproq o'simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yuqorida keltirilgan mulohazadan quyidagi fikr kelib chiqadi, tuproqqa metall bilan ta’sir ko‘rsatayapmizmi,undagi bakteriyalarni, jumladan, chuvalchanglarni ham o‘ldirmasligimiz kerak. Shu sababli, tuproqning tuzilishi, undagi jarayonlami, ulaming fizik holati, zichligi, sho‘rlanganlik darajasi, gumus miqdori, shamol va suv erroziyasiga chidamliligi va namligini bilib ta’sir ko‘rsatishimiz talab etiladi. Keltirilganlarning barchasi tuproqshunos kabi bilimga ega bo’lishni taqoza etadi. Shu sababdan, sizlarga mutaxassislik fanlarilii o‘rganishdan avval “Tuproqshunoslik” fani o‘quv dasturiga kiritilgan.
Chigit ekish misolida fikrimizni davom ettiramiz. Odatda chigitni 3,0-5,0 sm oraliqdagi chuqurlikka ekish lozimligi agranomlar tomonidan eslatiladi. Chigit ekish seyalkasini belgilangan chuqurlikka ekishni rostlash va uni doimo ta’minlash esa muhandisning zimmasiga yuklatiladi. Muhandis nima sababdan: shunday ekish chuqurligi tanlanganligining mohiyatini bilmasa, u xohlagan chuqurlikda ekishni amalga oshirishi mumkin. Natijada chigit qisman yoki umuman unib chiqmaydi va paxtadan kutilgan hosil olinmaydi. Oqibatda birgina muhandisning mas’uliyatsizligi tufayli bir yillik daromad yo‘qotiladi.
Fikrimizni traktordan foydalanish misolida davom ettiramiz. Traktorlaming sovitish tizimida sovitadigan suyuqlik sifatida antifriz yoki suv qo‘llaniladi. Suvning 100° haroratda qaynashi yoki -0° Cdan past haroratda muzlashini bilmasak dvigatelni yaroqsiz holatga olib kelamiz. Bu “Gidravlika” fanida o‘qitiladi.
Qishloq xo'jaligi muhandislari va mutaxassis olimlaf tamonidan, mahsulot yetishtirishning ilg‘or texnologiyalari va texnikalarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu o‘rinda muhandislarnmg vazifasi yangi texnologiya va texikalarni sinovdan o’tkazib sifatli va tejamkor ish bajaruvchi, ekspluatatsion xarajati kam bo‘lgan, daromadlari esa yuqori bo’ladiganlarini tanlab iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi muliandisiga yuklatiladigan vazifalarni quyidagicha talqin qilishimiz mumkin:

  • rivojlangan mamlakatlarda yaratilayotgan va ishlab chiqarishga joriy etilayotgan ilg‘or texnologiya va texnikalar to‘g‘risida uzluksiz ma’lumotga ega bo‘lish;

  • innovatsion texnologiya va g‘oyalar asosida ishlab chiqaril- gan qishloq xo‘jaligi texnikalarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish, afzallik va kamchiliklarini aniqlab, o‘zi yashayotgan iqlim sharoitiga moslashtirish va qo‘llashning yo’llarini izlab topa bilish;

  • yangi texnologiya va texnikalami ishlab chiqarishga joriy qilishdan avval, boshqa davlat, boshqa hududlarda qo‘llanilganlik darajasini o‘rganib, olimlar va mutaxassislar bilan maslahatlashishni o‘ziga odat qilib olish;

-respublikamizga xorijdan kirib kelayotgan texnikalarning af­zallik va kamchiliklarini sinovdan o‘tkazib o‘rganish, kamchilikla­rini bartaraf qilish yo‘llarini izlab topish, hudud ob-havosi, iqlim sharoitiga moslashtirish yo‘llarini qidirib topa bilish.
60810100 – ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarlning kasbiy faoliyat ob’yektlari, turlari va o‘rni
60810100 - Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish bo’yicha bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi - agrar sohaning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mahsulot yetishtirish, ularga dastlabki ish­lov berish, saqlash. ulardan tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, iste'molchiga yetkazib berishda qo'llaniladigan texnologiya va texnikalardan unumli foydalanish, kamchiliklarini topib, bartaraf qila olish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, “Ozagrotexsanoatxolding" AJ hamda uning tasarrufidagi tuzilmalarni qamrab olgan qishloq xo'jaiigi ishlab chiqarish sohasidagi yo‘nalishdir.
60810100 - Qishloq xojadgini mexanizatsiyalashtirish yonalishi bakalavrlarining kasbiy faoliyat yuritish -qishloq xo'jaiigi va melioratsiya texnikasi tizimlari, texnik servis koronalari, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaradigan korxonalar, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ekspluatatsiya qiladigan tash- kilotlar, qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash, sozlash va texnik servis ko‘rsatish tizimlari.
60810100 - Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyati quyidagilami qam­rab oladi:

  • fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsulot yetishtirish agrotadbirlarida texnologik jarayonlami mexanizatsiyalashtirish loyihalarini ishlab chiqish;

  • qishloq xo‘jaligi va melioratsiya sohasidagi texnikalami butlash, ishga tayyorlash, sozlash va rostlash;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan texnik uskunalarni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish;

  • fermer xo‘jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ob’yektlari uchun texnikalarni tanlash va sotib olishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

  • qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanishga oid eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish;

  • qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiya va texnika vositalaridan foydalanishni rivojlantirish;

60810100 - Qishloq xo jaligirti mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

NAZORAT SAVOLLARI

  1. “Qishloq xo’jaligi muhandislik asoslari” fanining maqsadi nimalardan iborat?

  2. Fanning asosiy vazifalarini yoritib bering?

  3. 60810100-bakalavr ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini kasbiy faoliyat ob’yektlari va turlarini izohlab bering?

Download 29.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling