M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
L-lizinni ajratib olish va uning asosida yem-oziqa mahsuloti
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
4.2. L-lizinni ajratib olish va uning asosida yem-oziqa mahsuloti tayyorlash texnologiyasi Lizin (alfa, epsilon-diaminokapron kislota) ning molekulyar mas- sasi 146,19 Da. U suvda, kislotalarda, asoslarda yaxshi eriydi, spirtda qiyin erib, efirda umuman erimaydi. Lizin 224-225 0 C da parchalanib ketadi. Geksonal plastinkalar yoki rangsiz ninachalar tarzida kristalla- nadi. Struktura formulasi quyidagicha: Lizin aminokislotasi odam va hayvon organizmida hazm bo‘ladigan oqsilning biologik qimmatini belgilaydi, ovqat hazm fermentlarini ajra- tilishini, hujayraga kalsiy elementini tashilishini ta’minlab organizmda umumiy azot muvozanatini yaxshilaydi. Bu aminokislotani hayvonlar- 41 ning ratsioni tarkibiga juda kam miqdorda (0,1-0,4 %) kiritish yem-oziqa tarkibidagi oqsilning o‘zlashtirilish koeffitsiyentini oshiradi va natijada yem-oziqa sarfini kamaytiradi. Oziqa muhitini, texnologik jihozlarni va kommunikatsiyalarni tayyorlash hamda sterilizatsiyalash Sanoat ishlab chiqarishi miqyosida biosintez jarayonini tashkil qilish uchun ishni mikrob shtammlarini keyinchalik foydalanish maqsadida dastlabki o‘stirish materialini inokulyatorlarda yoki mikroblarni o‘stirish apparatlarida o‘stirishdan boshlanadi. Lizinni produsentlari uchun asosiy karbon manbayi sifatida oziqa muhitiga qand lavlagisi chiqindilari, sirka kislota yoki ularning aralashmasi solinadi. Azot manbayi sifatida ko‘pin- cha ammoniy tuzlari va mochevina, shuningdek makkajo‘xori ekstrakti, oziq-ovqat va non sanoati hamda kazein gidrolizatlari xizmat qiladi. Kazein qoldig‘i oziqa sifatidagi ahamiyatidan tashqari, mikrobning o‘sish omili vazifasini ham bajaradi, shuningdek uning tarkibida auksot- rof mutant uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar va vitaminlar ham uch- raydi. Biosintezning me’yoriy chegarada ketishi uchun muhitga mak- roelementlar: kaliy, fosfor, magniy qo‘shish kerak bo‘ladi. Muhitga mikroelementlarni qo‘shish talab etilmaydi, chunki ular makkajo‘xori ekstrakti va achitqi gidrolizatlari tarkibida yetarli miqdorda uchraydi. Qand lavlagisi qoldiqlari tarkibida quruq modda (QM) hisobida 50 % gacha saxaroza bo‘ladi. Makkajo‘xori ekstrakti tarkibida esa, QM hiso- bida 48 % gacha shakar bo‘ladi. Oziqa muhitining hamma komponent- lari tarkibida amaliy jihatdan aminokislotalarning to‘liq komplekti va biotin bo‘ladi, natijada bu muhitda ishlab chiqarishda foydalanilayotgan shtammlargina emas, balki boshqa yovvoyi shtammlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Shu sababli biosintez jara- yonini qat’iy aseptik sharoitlarda olib borish kerak bo‘ladi. Ferment- yorlar (inokulyatorlar) ni ishga tayyorlashda ishlab turgan qurilmalarni issiq va sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi, keyin esa, apparatlar va kommunikatsiyalarni kuchli ravishda bug‘lantiriladi. Sterilizatsiyani samarali bo‘lishi uchun bug‘lantirishni 135-140 0 C da olib borish kerak. Lekin sterilizatsiya rejimi qurilma va uning qismlarining qanday materiallardan tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar uning qandaydir qismi haroratga chidamli bo‘lmasa, unda sterilizatsiyani «sovuq» xilidan foydalanib, qurilmaga ishlov berishda bakteroksid agentlar (formaldegid, fenolning ba’zi hosilalari, xlororganik birikmalar, beta-propiolakton) 42 qo‘llaniladi. «Sovuq» sterilizatsiyadan keyin qurilma steril suv bilan to, kimyoviy agentlarning qoldiqlaridan xolis bo‘lgunga qadar yaxshilab yuviladi. Oziqa muhiti mahsulotlarini, shuningdek texnologik havoni tayyorlashni amalga oshirishda sterillash an’anaviy uslubda amalga oshiriladi. Muhitning eruvchi komponentlarini ma’lum darajagacha qizdiriladi va biroz shu sharoitda ushlab turiladi, keyin esa fermentatsiya harorati darajasigacha pasaytiriladi. Muhitning termolyabil komponent- larini, masalan qand lavlagisi chiqindilarini, oldindan 80 0 C gacha qiz- dirib va doimo aralashtirib turib sterilizatsiyalanadi. Haqiqiy sterilizatsi- yani amalga oshirishda aralashmani bug‘ bilan 120-122 0 C da qisqa muddatda ushlab turiladi. Sovitilgan eritma siqilgan steril havo bilan birgalikda oldindan tayyorlab qo‘yilgan fermentyorga yuboriladi. Muhit- ning qolgan barcha komponentlari fermentyorga yo‘naltirilishdan oldin ketma-ket ravishda shu apparatning o‘zida yoki unga paralel joylashgan aralashtirgichli reaktorda tegishli haroratga yetkazilib 1 soat ushlab turib sterillanadi. Produsentni o‘stirish apparatida va fermentyorda ko‘pik so‘ndiruvchi (odatda sintetik tabiatli) modda qo‘shib qattiq rejimda (harorat va davomiyligi jihatidan) alohida sterillanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling