M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
-jadval Lizinni sanoat miqyosida ajratib olish uchun kerakli produsentni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
5-jadval Lizinni sanoat miqyosida ajratib olish uchun kerakli produsentni o‘stirish uchun zarur bo‘lgan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida) № Moddalarning nomi % 1 Qand lavlagisi chiqindisi (shakarning miqdori bo‘yicha) 7-12 2 Makkajo‘xori ekstrakti (quruq modda hisobida 50 %) 1.2-1.5 3 Ammoniy sulfat 2.0 4 Kaliy fosfat bir almashingan 0.05 5 Kaliy fosfat ikki almashingan 0.05 6 Bo‘r 1.0 7 Sintetik ko‘pik so’ndirgich 0.1 8 Suv Qolgan qism 9 Muhit pH 7.0-7.2 Mikrobning o‘sishini ikkinchi bosqichi biomassani yig‘ilishini ke- skin kamayishi va lizin aminokislotasining biosintezlanish tezligini 0,8- 1,0 g (l.soat) ga oshishi bilan tavsiflanadi. Oziqa muhiti juda ham kam- bag‘allashadi, uning pH ko‘rsatkichi talay o‘zgarishlarga duch keladi. Biosintez jarayonini nazorati mikrob o‘stirilayotgan suyuqlikni optik zichligini (produsent hujayralarini miqdorini) aniqlash, substrat miqdo- rini aniqlash yoki pH ko‘rsatchiklarining signaliga qarab hamda fer- mentativ muhitdagi kislorod miqdorini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Biosintez jarayonining oxirida reaksion muhitdagi lizinning miqdori 40 g/l ga yetadi, muhitda qolgan substrat konsentratsiyasining miqdoriy ko‘rsatkichi esa 0,5-1,0 % dan oshmaydi. Yig‘ilayotgan lizinning miq- dorini oshirish uchun karbon va azot manbayi kamayganda, ularni qo‘- shimcha ravishda tizimga kiritib turilishi kerak bo‘ladi. Shu yo‘sinda vaqti-vaqti bilan qo‘shimcha ravishda karbon va azot manbalarini tizim- ga kiritib turish orqali qo‘shimcha ravishda 10 % gacha so‘nggi mahsu- lotni ajratib olishga erishish mumkin bo‘ladi. Qand lavlagisi oziqa mu- hiti vazifasini bajargan sharoitda lizin aminokislotasini ajratib olishda, uning mikrob o‘stirilayotgan muhitdagi miqdorini 50 g/l gacha oshirish 46 mumkin bo‘ladi. Shakarning o‘zlashtirilishini iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti lizinga nisbatan sarhisob qilinganda 35 % ni tashkil qiladi. Atsetat muhitida lizinning biomassasi substratini toksikligi tufayli uni faqat tizimga sirka kislotani bo‘lib-bo‘lib vaqti-vaqti bilan kiritish orqali samaraga erishish mumkin bo‘ladi. O‘stiriladigan mikrob materi- alini ajratib olishda bo‘lgani kabi sirka kislotaning suyuq fazadagi miqdori 2,0 % dan oshmasligi kerak. Muhitga juda kam miqdorda shakar kiritish, masalan 1,5 % gacha to‘yingingacha glyukoza kiritish, tizimda lizin hosil bo‘lishini 30-50 % ga oshiradi. Lizin hosil qilish nuqtai naz- ardan atsetatni o‘zlashtirilishi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik koeffitsi- yenti 27,0 % ga yetar ekan. Bunday reaksion muhitdan foydalanish pro- dusent tomonidan o‘zlashtiriladigan biotinning miqdorini har bir litr mu- hit suyuqligiga 1mkg ni tashkil qilar ekan, lekin bunda defisit aminok- islotalarning ma’lum darajadagi mutanosibligini e’tiborga olgan holda ish yuritish lozim bo‘lar ekan. Masalan, Brevibacterium sp 22 L. shtam- midan 6-Jadvaldagi tarkibga ega bo‘lgan ozuqa muhitdan foydalanil- ganda, treoninning metioninga bo‘lgan nisbati 3:1, tiaminxloridning miqdori-0,04 mg/l, biotinning miqdori esa 0,05 mg/l bo‘lishi kerak. Bunda tizimga uzluksiz uzatilayotgan atsetat 1 mol/l sirka kislota va 0,25 mol/l ammoniy atsetat holatida bo‘lishi hamda u shunday tezlikda uzatilishi kerakki, umumiy atsetat ionining konsentratsiyasi 1,5 % osh- masin. Jarayonning kechishini 72-soatida lizinning konsentratsiyasi 34 g/l ga yetadi. Lekin ancha yuqori mahsuldor shtammlardan foydalanish va biosintezni amalga oshirishni optimal sharoitlarini tanlab olish real sanoat ishlab chiqarishida aralashmadagi lizin miqdorini 50 g/l gacha oshirish imkonini beradi. Ko‘p lizinni sanoat miqyosida ishlab chiqar- ishda foydalaniladigan produsentlari ureaza faolligiga ega bo‘lganligi sababli ularga oziqa manbayi sifatida siydikchilni kiritish ham mumkin bo‘ladi. Lekin bunda har bir shtamm uchun eksperimental yo‘l bilan lizinni eng ko‘p miqdorda hosil bo‘lishini inobatga olib ish yuritish kerak bo‘ladi. Biosintez jarayonini bosqichlarida uning kechishi uchun shtammlarning xiliga qarab azot va karbonning nisbiy konsentratsiya- larida farqli jihatlar mavjudligi aniqlangan. Demak har xil shtammlar uchun har xil optimum nisbat bo‘lishi mumkin ekan. Masalan, Coryn. Glutamicum 95 uchun C:H nisbati =11:1 optimum hisoblanib, uni oshir- ganda lizin hosil bo‘lishi oshsa, kamayganda lizinning o‘rniga alanin yig‘iladi. Fermentatsiya jarayonida aeratsiyaning yetarli darajada bo‘l- masligi sut kislotaning hosil bo‘lishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling