M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

Cho‘kmani ajratib olish 
 
Reaksion mahsulot sentrifugalanadi yoki bosim ostida filtrlanadi. 
 
Filtratni tindirish 
 
Reaksion mahsulotni qoramtir rangga bo‘yab turgan pigment qoldiq-
lardan tozalashdan iborat. Buning uchun filtratni faollashtirilgan ko‘mir 
bilan ishlov beriladi yoki IA-1 anionitida ion-almashinuvi sorbsiyasi 
o‘tkaziladi. 
 
Tindirilgan glutamin kislotasini konsentrlash 
 
40-60 
0
C da vakuum-bug‘latish o‘tkaziladi, bunda glutamin kislo-
taning eritmasidan 50 % dan 80 % gacha suv bug‘lantiriladi. 
 
Glutamin kislotaning kristallarini izoelektrik nuqtada cho‘ktirish 
Bundan oldingi bosqichda olingan konsentratga xlorid kislota qo‘-
shib pH 3,2 (glutamin kislotaning izoelektrik nuqtasi) ga yetkaziladi va 
eritmani 4-15 
0
C gacha sovitiladi. Operatsiyani birinchi bor o‘tkazganda 
77 % glutamin kislota kristallansa, ikkinchi bor o‘tkazganda bu ko‘rsat-
kich 87 % gacha oshadi. Ajratib olingan kristallarning tozalik darajasi 88 
% ga etadi. Keyingi qayta kristallizatsiyalarni o‘tkazish tozalik dara-
jasini 99,6 % gacha ko‘tarish imkonini beradi, bu tozalik darajasi farma-
kopeya talablariga to‘liq javob beradi. 
 
Glutamin kislota kristallarini uni yuqoridagi darajaga keltirilgandan 
so‘ng ajratish 
 
Bunga erishish uchun yuqorida keltirilgan tarzda ishlov berilgan 
glutamin kislotasi aralashmasi sentrifugalanadi va dekantatsiya qilinadi, 
dekantant yana vakuum-bug‘lantirish bosqichiga qaytariladi. Ajratib 
olingan kristallar distillangan suv bilan yuviladi va quritiladi. 
 
Glutamin kislota kristallarini quritish 
Bu jarayon vakuumda yoki 60-70 
0
C gacha qizdirilgan havo oqimida 
amalga oshiriladi. 


57 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling