M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


L-Glutamin kislotani bir bosqichli uslub yordamida ajratib olish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
L-Glutamin kislotani bir bosqichli uslub yordamida ajratib olish 
Produsentni o‘stirish va glutamin kislotasini biosintezini amalga 
oshirish texnologiyasi L –lizinni ajratib olishda qanday texnologik sxe-
madan foydalanilgan bo‘linsa, aynan shu texnologik sxemani qo‘llash 
orqali amalga oshiriladi. Shu sababli bu o‘rinda produsentni o‘stirish va 
biosintezni amalga oshirish borasida ayrim farqlanuvchi jihatlarnigina 
ko‘rib chiqish bilan chegaralansa bo‘ladi. Produsentni o‘stirishning har 
bir bosqichi 24 soat (ishni probirkada amalga oshirishning boshla-
nishidan tortib, to o‘stirilgan materialni ko‘paytirish qurilmasiga o‘tkaz-
gungacha bo‘lgan vaqt) oralig‘ida barcha operatsiyalar aseptik sharoitda 
olib borilishi lozim. Oziqa muhitini tarkibi bir shtammdan boshqa 
shtammga o‘tishda juda kam o‘zgaradi va o‘stirish materialini olishning 
oraliq bosqichlarida amaliy jihatdan o‘zgarmaydi. Faqat produsentni 
o‘stirish apparatida o‘stirilganda oziqa muhitiga 0,1 % steril sintetik 
ko‘pik so‘ndirg‘ich qo‘shiladi. 
Sanoat ishlab chiqarishi uchun xizmat qiladigan Coryn.glutamicum 
shtammidan o‘stirish materiali ajratib olishda 7-Jadvaldagi tarkibga ega 
bo‘lgan ozuqa muhitidan foydalaniladi.
Glutamin kislotani biosintezlash bosqichida oziqa muhiti sifatida 
foydalaniladigan komponentlar yuqoridagi komponentlardan tashkil 
topgan bo‘lishi va bunda faqat makkajo‘xori ekstrakti va ammoniy sulfat 
o‘rniga 2 % li siydikchil ishlatilib, qand lavlagisi chiqindilari miqdorini 
20 % gacha oshirish, qo‘shimcha 1 % gacha bo‘r va 0,1 % gacha ko‘pik 
so‘ndirgich qo‘shilishini talab qilinadi. Biomassani aerob sharoitlarda 
har litr muhit suyuqligi hisobiga 6-8 g gacha miqdorda mutloq quruq 
modda hisobiga yig‘ilishiga erishish uchun produsentni dastlab hajmi 2 
m
3
li inokulyatorda, keyin esa hajmi 5 m
3
li o‘stirish apparatida 


55 
o‘stiriladi. Hosil bo‘lgan mikrobli o‘stirish materialini konsentratsiyasi 
5-6 % (ishlab chiqarish apparatidagi muhit suyuqligi tarkibini umumiy 
hajmi hisobida) ni tashkil qilganda uni asosiy fermentyorga o‘tkaziladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling