M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
6.2. Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi Tetrosiklinlar tibbiyot amaliyotida ham, yem-oziqa preparatlari ishlab chiqarishda ham keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida qishloq xo‘jaligi uchun sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan qator preparatlar 7-xlortetrasiklin (1) va 8-oksitetrasiklin negizida ishlab chiqariladi. Tetrasiklinli antibiotiklar quyidagi struktura formulaga ega: Bu amfoter birikma bo‘lib, kislota va asoslar bilan tuz hosil qilish qobiliyatiga ega, pH ning 4,5 dan 7,5 gacha oralig‘idagi suvli eritma- larida yomon eriydi, pH 2,0 dan past va 8,0 dan ziyod bo‘lgan eritma- larda yaxshi eriydi. Oksidlovchilar ta’siriga, jumladan havo kislorodiga nisbatan ham chidamsiz. Sanoat miqyosida xlortetrasiklinni ishlab chiqarishda Actinomyces aurufasiens zamburug‘idan, oksitetrasiklinni ishlab chiqarishda Actinomices rimosus zamburug‘idan foydalaniladi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan xlortetrasiklinning yem-oziqa preparatini biovit-20, biovit-40 va biovit-80 tarzida ishlab chiqarmoqda, ularning tarkibida o‘zaro mos holda har bir 1 kg preparat hisobiga 20, 40, 80 g antibiotik va har 1 g preparat hisobiga o‘zaro mos holda 3, 5, 8 mkg vitamin B 12 bo‘ladi. Bundan tashqari preparatlar tarkibida 68 mikroelementlar, oqsil, yog‘lar va mineral tuzlar ham bo‘ladi. Hayvonlarning bir tonna yem-oziqa ratsioni tarkibiga 15-20 g biovit antibiotigini qo‘shish hayvon massasini 30 % ga oshirish, yem-oziqa sarfini esa 5-10 % ga kamaytirish imkonini beradi. Antibiotiklar yosh mollarni va parrandalarni jadal rivojlanishini, shuningdek oshqozon- ichak va o‘pka kasalliklarini oldini olishni ta’minlaydi. Bu antibiotiklar keng spektrli antibakterial ta’sir etish kuchiga ega, tashqi ko‘rinishdan och-jigar rangdan jigar ranggacha bo‘ladi. Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit E (eruvchi) va terravit EO (yem-oziqa) shakllarida ishlab chiqariladi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan terravit-5, terravit-10 va terravit-50 lar och-jigar rangli, achchiq ta’mli va mog‘or hidli moddalar bo‘lib, tarkibida har 1 kg preparat hisobida o‘zaro mos holda 5, 10, 50 g toza antibiotik bor. Terravit E-20 mayda jigar rang kukun, 20 birlik/mg faollikka ega; terravit E- 40 och-jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor, terrarit EO-40 o‘rta kattalikdagi jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor. Antibiotikdan tashqari preparat tarkibiga vitamin B 12 ham kiradi, lekin uning miqdoriy ko‘rsatkichi me’yorlanmaydi. Hayvon oziqa ratsionining 1 t siga bor- yo‘g‘i 15-20 g antibiotik qo‘shib berish, uning og‘irligini 10-20 % ga oshiradi, bir yo‘la shuncha miqdorda yem-oziqani tejalashiga sababchi bo‘ladi. Terravit - 5, - 10, - 50 lar va terravit EO-40 biovit kabi konsentrlangan yem-oziqa bilan birgalikda foydalaniladi. Buzoqlarga va cho‘chqa bolalariga yoshligidan boshlab terravit E suvli eritma tarzida yoki sutda eritib beriladi. 7-xlortetrasiklin va 8-oksitetrasiklinlarning yem-oziqa preparatlarini ajratib olish texnologiyalari ko‘p jihatdan o‘xshash, shuning uchun bu masalalarga oid ma’lumotlar umumiy jihatdan yoritiladi va ularning ba’zi farqli tomonlarigina mukammalroq ko‘rib chiqiladi. Oksitetra- siklinning biosintezini amalga oshirganda o‘stirish materiali sifatida xizmat qiluvchi mikrobning sporalari 4-6 0 C da 3 oygacha saqlanadigan xilini tanlab olish kerak bo‘ladi. Zavod sharoitida uni harorat 26-28 0 C bo‘lganda uch karra generatsiyalanadi. Produsentni o‘stirishda oldin 750 ml li kolbada 200 ml li hajmli oziqa muhitida ikki marotaba aralashtirgich apparatning 160-180 ayl./min tezligida doimo chayqatib turib ko‘paytiriladi, keyin esa o‘stirish apparatiga ko‘chirilib unda ko‘paytiriladi. Kolbalarda hosil bo‘lgan misellial massa o‘stirish apparatiga 1m 3 aeratsiyalanadigan suyuq faza (1 minutda 1 hajm muhit suyuqligiga 1 hajm havo yuborish hisobidagi) ga 700 ml miqdordagi 69 hajmli idishlarga kiritiladi. Odatda produsentni o‘stirish reaksion muhitni 10-Jadvaldagi tarkibda tayyorlanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling