M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
6.3. Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi 
Basitratsinning yem-oziqa preparati batsixilinlar deb nomlanib, Bac. 
licheniformis produsentini o‘stirish natijasida ajratib olinadigan pro-
dusentli suyuqlikning quritilgan mahsulotidir, uning tarkibida rux basi-
tratsinlari va har xil biologik faol moddalar bo‘ladi. Basitratsinlar poli-
peptid antibiotiklar bo‘lib, ularning 10 xil: A, A
1
, B, C, D, E, F
1
, F
2
, F
3
va G induvidual shakllari uchraydi. Tayyor basitratsin asosida olingan 
preparat tarkibida 37 % basitratsin A bo‘ladi, uning umumiy formulasi: 
C
66
H
108
N
17
O
16
dan iborat. Basitratsin A quyidagi ketma-ketlikda joy-
lashgan 10 ta aminokislotadan tashkil topgan (6-Rasm): 
 
6-Rasm. Basitratsin A ning aminokislotalar ketma-ketligi 


73 
Basitratsinni gidrolizlaganda yuqorida keltirilgan aminokislotalar-
dan tashqari, bir molekula ammiak ham hosil bo‘ladi. Basitratsinning 
yem-oziqa preparati batsixilin-10, batsixilin-20, batsixilin-30 nomi bilan 
ishlab chiqariladi va ularning tarkibida o‘zaro mos holda har 1 kg 
preparat hisobiga 10, 20, 30 g antibiotikning ruxli toza tuzi bo‘ladi. 
Tayyor basitratsin mahsuloti kulrang-oqish rangdan och-jigar rangacha, 
achchiq ta’mli gigroskopik kukun hisoblanadi. Tayyor mahsulot aerob 
va anaerob bakteriyalarga qarshi juda yuqori, ya’ni 45 dan 75 birlik/mg 
gacha (1mg kamida 42 birlik/mg) antibiotik tavsifli faollik ta’siriga ega 
bo‘ladi. 
Basitratsin boshqa antibiotiklarga nisbatan sinergetik ta’sirga ega, 
jumladan xlortetrasiklinga nisbatan ham. Biovit kabi hayvon va parran-
dalarning yem-oziqasini basitratsinli preparatini tayyorlashda 1 t hiso-
biga 5 g dan 15 g gacha toza antibiotik aralashtiriladi, hamda bu yem-
oziqa hayvonning tirik vaznini 15-17 % ga oshishiga, yem-oziqa sarfini 
ancha kamaytirishga, yosh chorva mollari va parrandalarni o‘limini esa 
5-10 % ga kamayishiga sababchi bo‘ladi. Basitratsinlarni ajratib olishda 
tarkibida glyukoza, ammoniy laktat va anorganik tuzlar yoki soya uni va 
glyukozali oziqa muhitida bakteriyalarni chuqur yoki yuzaki o‘stiriladi. 
Bac. licheniformis ni rivojlanishini ta’minlashda va basitratsinning hosil 
bo‘lishida, muhitdagi karbon va azotning o‘zaro nisbat ko‘rsatkichlari 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichning yuqori bo‘lishi 
ko‘proq miqdorda basitratsin hosil bo‘lishga olib kelsa, nisbatning 
pasayishi asosan lixeniformin antibiotiklarning ko‘p miqdorda hosil 
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Basitratsinning biosintezi muayyan shtamm-
ning spora hosil qilishi bilan bog‘liq. Antibiotiklar bakteriyalarning 
shunday rivojlanish sharoitida hosil bo‘ladiki, bunda ularning sporil-
yatsiyasi kuchayadi. Spora hosil bo‘lishini ingibirlash basitratsin biosin-
tezini tormozlaydi. Batsixilinni produsentni chuqur uslubda o‘stirish 
yo‘li bilan ishlab chiqarish umuman olganda yuqorida bayon etilgan 
terravit va biovitlarni ishlab chiqarishdagi kabi amalga oshiriladi. 
Produsentning dastlabki namunasi zavodga sporalar tarzida keltiriladi. 
O‘stirish uchun ko‘paytiriladigan materialni chuqur o‘stirish yo‘li bilan 
ko‘paytirilganda sporalarni 30 
0
C da tarkibi ( % hisobida): kraxmal-2,0; 
limon kislota-0,03; magniy sulfat-0,1; Mor tuzi-0,025; marganets sulfat-
0,006; kaliy xlorid-0,4; natriy xlorid-0,4; bir almashingan kaliy fosfat-
0,45 lardan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. 
Sporali o‘stirish materialini ko‘paytirib o‘stirish muddati 120 soat 
atrofida bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun produsentni kolbalarda 


74 
va ko‘paytirish apparatlarida o‘sha harorat darajasida, tarkibi ( % 
hisobida): kraxmal-1,8; soya uni-7,5; kalsiy karboksid-0,02; ammoniy 
sulfat-0,2 dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. O‘stirib ko‘-
paytirish materialini ajratib olishni har bir bosqichini davomiyligi 16-18 
soatni tashkil qiladi. 
Asosiy fermentatsiyani 37 
0
C da 30-40 soat oralig‘ida tarkibi ( % 
hisobida): kraxmal-2,0; magniy sulfat-0,33; soya uni-7,5; kalsiy 
karboksid-1,0 dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stiriladi. Produsentni 
ajratib olishda ham, asosiy fermentyorlarda mahsulotni ajratib olishda 
ham jarayonni aeratsiyalash (1 minutda 1 hajm reaksion muhitga 1 hajm 
havo yuborib) va 0,2 % gacha steril ko‘pik so‘ndirgich qo‘shib amalga 
oshiriladi. Produsentni o‘stirishni hamma bosqichlarida muhitning pH 
ko‘rsatkichini 7,0 atrofida ushlab turiladi va jarayonni aseptik sharoitda 
amalga oshiriladi. Ajratib olingan o‘stirish materiali suyuqligining faolli-
gi 4000 birlik /ml atrofida bo‘ladi. Biosintez natijasida hosil bo‘ladigan 
basitratsinning 85 % eritmaga o‘tadi,qolgan 15 % produsent bakteriya-
larning sporalarida bo‘ladi. Antibiotikning barqarorroq shakllariga ega 
bo‘lish uchun basitratsinning ruxli tuzi shakliga aylantirish talab qili-
nadi. Buning uchun produsentli mahsulotni xlorid kislota bilan nordon-
lashtirib, uning hajmiga nisbatan 0,3 % gacha bo‘lgan miqdorda rux 
oksidi qo‘shiladi. Bundan keyingi bosqich bug‘lantirish bosqichi bo‘lib, 
undan oldin pH ni 5,4-5,5 ga yetkaziladi. Shu darajaga olib kelingan 
suyuqlikni past bosimda va 40-50 
0
C da 2 karra bug‘lantirib purkagich 
quritgichda quritiladi. Quritilgan mahsulotni terravit va biovit ishlab 
chiqarishda qo‘llanilgan uslub yordamida qo‘shimcha qo‘shib standart-
lashtiriladi. Quruq holatda 18-20 
0
C da preparat uzoq muddat-2 yilgacha 
saqlanishi mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling