M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
6.6. Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi 
Fitobakteriomitsin streptotritsin guruhiga kiradigan antibiotik bo‘lib 
o‘zining ko‘p komponentligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga 7 ta 
komponent kiradi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan asos hisoblanib kuchli 
kislotalar bilan tuz hosil qiladi. Toza holda och-sarg‘ish rangli amorf 


78 
kukun, suvda eriydi, etanol va metanolda kam eriydi va ko‘p organik 
erituvchilarda amaliy jihatdan erimaydi. Ko‘p grammusbat va grvam-
manfiy bakteriyalar hamda mikroskopik zamburug‘larga nisbatan yuqori 
darajadagi bakterotsid xossani namoyon qiladi. Fitobakteriomitsinning 
produsenti Actinomyces lavendulae zamburug‘i hisoblanadi. Antibiotikni 
ajratib olish texnologiyasi uni sulfatli tuz ko‘rinishiga o‘tkazishni taqazo 
qiladi. Fitobakteriomitsin asosida tayyorlanadigan preparatlar dust va har 
xil konsentratsiyali suspenziyalar tarzida ishlab chiqariladi, ular fitopa-
togen bakteriyalar va mikroskopik zamburug‘larga qarshi, xususan 
loviya va soya bakteriozlari, g‘o‘za kasalliklari, bug‘doyning ildizini 
chirish kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Bu preparat o‘sim-
likning o‘sishini stimullaydi, ularning rivojlanishini tezlashtiradi va 
natijada hosildorlikni 10-15 % ga oshiradi. Produsentning dastlabki 
materialini tarkibida 1 % gacha glyukoza bo‘lgan agarlashtirilgan muhit-
da saqlanadi. Zamburug‘ni dastlab probirkalarda, so‘ng kolbalarda va 
bundan keyin ekib ko‘paytirish apparatlarida o‘stiriladi. Produsentni 
o‘stirib ko‘paytirishning hamma bosqichlarida bir xil oziqa muhitidan 
foydalaniladi. Uning tarkibi (% hisobida): glyukoza-1; kraxmal-1,5; 
makkajo‘xori ekstrakti-0,5 (quruq massa hisobida); natriy xlorid-0,5; 
ammoniy sulfat-0,35; kalsiy karbonat-0,5; qolgan qismi suvdan tashkil 
topadi. Produsentni o‘stirish uchun optimal harorat 26-28 
0
C ni tashkil 
qiladi. Produsentni o‘stirish apparatida va sanoat ishlab chiqarishi 
miqyosida fermentyorda o‘stirib ko‘paytirganda ko‘pik hosil bo‘lishini 
oldini olish uchun oziqa muhitiga ko‘pik so‘ndirgich kiritish talab 
qilinadi, bu maqsadda 0,5 % miqdorda kashalotning yog‘idan yoki 
o‘simlik moyidan foydalansa bo‘ladi. 
Fitobakteriomitsinni ajratib olish va tozalash ion-almashinuvi xro-
matografiyasi uslubida amalga oshiriladi. Buning uchun produsent 
o‘stirilgan suyuqlikka otquloq kislota bilan ishlov beriladi, bu ion-
almashinuvi xromatografiyasini o‘tkazishga xalaqit berishi mumkin 
bo‘lgan kalsiy ionlaridan xolis bo‘lish imkonini beradi. Bunda kalsiy 
oksalatning cho‘kmalari produsent mitsellalari bilan birga cho‘kmaga 
tushadi, qolgan suyuqlikni esa ichiga ammoniyli shaklga keltirilgan 
kationit KB-4P-2 to‘ldirilgan ion-almashinuvi kolonkalari tomon 
yo‘naltiriladi. Kolonkadan adsorbsiyalangan antibiotik undan sulfat 
kislotaning 0,3 M eritmasi yordamida elyutsiyalanadi. Ajratib olingan 
elyuatning o‘rtacha faolligi 50-60 ming birlik/ml ni tashkil qiladi. 
Fitobakteriomitsin sulfatning pH ko‘rsatkichi 1,0 dan 2,0 gacha bo‘lib, 
unga pH 6,0 ga teng gidroksil shaklga o‘tkazilgan anionit EDE-10 li 


79 
statistik sharoitda ishlov beriladi. Bunda ion-almashinuv sorbentini sarfi 
1 l elyuat uchun 80-90 g ni tashkil qiladi. Anionitni ishlatib bo‘lgandan 
keyin filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi, elyuatlarni esa vakuumda 70-80 
0
C da quritiladi. Kationitga sorbsiyalangan fitobakteriomitsinning 70-80 
% ni ajratib olish mumkin bo‘ladi. Quruq fitobakteriomitsinning faolligi 
3-4 ming birlik/mg ga yetadi. Sanoatda fitobateriomitsindan tashqari 
boshqa antibiotik-polimitsinni ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan, u 
ham xuddi bakteriomitsin kabi qo‘llaniladi. Bu antibiotikni produsenti 
Actinomyces polimicini zamburug‘i hisoblanadi. Tayyor preparatlarni 
toza antibiotik holatida 50-200 g dan yaxshi mahkamlanadigan shisha 
idishlarga solib yoki uni 5 % ni koalinga aralashtiriladi va 200 g dan etib 
germetik polietilen xaltachalarga solib dust kabi qadoqlanadi. 
Preparatlar ekishdan oldin urug‘larga ishlov berish uchun yoki 
o‘simliklarni vegetativ organlariga ishlov berishda 0,005-0,01 % li 
eritma tarzida foydalaniladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling