M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN BAKTERIAL DORI-


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
7. QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN BAKTERIAL DORI-
DARMONLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch iboralar: Bacillus thuringiensis, entobakterin-3, dendro-
batsillin, insektin, toksobakterin, boverin, virin-TIQE, virin-KKOVE, 
alfa-ekzotoksin, beta-ekzotoksin,. gamma-ekzotoksin, sigma-endotoksin, 
karboksimetilsellyuloza, ion-almashinuvi xromatografiyasi, sorbent, 
mikoz, gif, mitsella, gifal tanachalar-konidiyalar, zamburug‘ konidi-
yasporasi, o‘stirish uchun oziqa muhiti, zamburug‘ materiali, steril 
sharoit, suyuq muhit, qattiq va suyuq muhit, kombinatsiyalangan muhit, 
virusli entomopatogen dori-darmon, quruq nitragin, azotobakterin, 
tuproq va torf azotobakterini, fosforobakterin. 
 
7.1. Entomopatogen dori-darmonlar haqida umumiy tushunchalar 
O‘simliklarni har xil kasalliklardan muhofaza qilishga oid antibio-
tiklardan tashqari mikrobiologik ishlab chiqarish sanoati patogen mikro-
organizmlar (bakteriyalar, mikroskopik zamburug‘lar va viruslar) 
asosida zararli hashoratlarga qarshi kurashda foydalaniladigan preparat-
lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi. 
Jahonda har yili zararkunanda-hashoratlar tomonidan qishloq va 
o‘rmon xo‘jaligiga 100 mlrd.dollar zarar yetkaziladi. Zararkunanda-
hashoratlarning har xil ximikatlarga nisbatan chidamliligi oshib bora-
yotgani uchun ularga qarshi samarali kurash choralarini qidirish talab 
qilinaboshlandi. Hozirgi kunda dunyoning har xil mamlakatlarida 30 dan 
ziyod biologik entopatogen preparatlar ishlab chiqariladi. Ular zarar-
kunanda hashoratlarning ayrim turlariga nisbatan maxsus ta’sir ko‘r-
satish qobiliyatiga ega bo‘lib, odamlar, issiqqonli hayvonlar, qushlar va 
foydali hashoratlar uchun beziyon preparatlar hisoblanadi. Mikroorga-
nizmlar negizida olinadigan entomopatogen preparatlar tabiiy sharoitlar-
da ishlab chiqilganligi va yana qaytadan tabiiy sharoitlarga mikrob 
patogen sifatida qaytarilganligi sababli biosenozlarda noqulay o‘zgarish-
larni yuzaga chiqarmaydi hamda xududning ekologik holatini ham izdan 
chiqarmaydi. Bu narsa ularni an’anaviy ishlatilib kelinayotgan kimyoviy 
insektisidlardan istiqbolli ekanligini isbotlaydi. Mikrobiologik sanoat 


82 
ishlab chiqarishi tomonidan ishlab chiqariladigan entomopatogen pre-
paratlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Bacillus thuringiensis negizida ishlab chiqariladigan – entobak-
terin-3,dendrobatsillin, insektin, toksobakterin. 
2. Beauveria bassiana zamburug‘i negizida ishlab chiqariladigan - 
boverin preparati. 
3. Yadro poliedrozi virusi negizida ishlab chiqariladigan - virin-
ENSH, virin-EKS preparatlari. 
Hamma mikrobli preparatlar namlanadigan kukun yoki pasta, ba’zan 
dust, granula, kapsulalashtirilgan kukun, kristall holatlarda ishlab chi-
qariladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling