M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Grizinni ajratib olish texnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
6.4. Grizinni ajratib olish texnologiyasi 
 
Grizin streptotritsinlar guruhiga mansub antibiotik bo‘lib, uning 
struktura formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: 


75 
Bu yerda n-aminikislota qoldiqlari soni, u 1 tadan 6 tagacha bo‘lishi 
mumkin.
Bu guruh antibiotiklar tarkibiga ikkita asosli aminokislotalar beta, 
epsilon-diaminokapron va streptolidin hamda bitta aminoshakar alfa-D-
gulozalin kiradi. Antibiotikning produsenti Act. griseus zamburug‘i 
hisoblanadi. Antibiotik kulrang-oqish, gigroskopik kukun bo‘lib, suvda 
va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. O‘zining kimyoviy xossalariga 
ko‘ra asos hisoblanadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar va 
mikroskopik zamburug‘larga nisbatan faol. Yem-oziqa tarkibiga qo‘shib 
berganda yosh chorva mollarini o‘sishiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. 
Toza grizin preparatining faolligi ancha yuqori, u 1000 birlik/mg ga 
yetadi. Yem-oziqa preparati sifatida kormogrizin -5, -10, -40 tarzida ish-
lab chiqariladi. Bu kukun holatdagi Act. griseus zamburug‘ini quritilgan 
mahsuloti hisoblanib, u sariq rangdan to‘q qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi va 
har 1 kg tayyor preparat tarkibida o‘zaro mos holda 5, 10, 40 g antibiotik 
bo‘ladi. 
Produsentning dastlabki o‘stirish materialini agarlashtirilgan mu-
hitda yoki bug‘doyda o‘stirilganini sporali material sifatida saqlanadi. 
Produsentning o‘stirish materialini ajratib olishda bajariladigan ishlarn-
ing ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi. Produsent kolbalarda silkitib 
turiladigan sharoitda, ikki generatsiyada o‘stiriladi, bunda harorat 26-28 
0
C, davomiylik 24 soat, pH 6,8 dan 7,3 gacha bo‘lgan chegarada bo‘lishi 
talab etiladi. Produsentni o‘stirish muhiti tarkibini komponentlari ( % hi-
sobida): kraxmal-1,5; makkajo‘xori uni-2,0; ammoniy nitrat-0,5; natriy 
xlorid-0,2; bir almashingan kaliy fosfat-0,02; bo‘r-0,3 dan tashkil topgan 
bo‘lishi lozim. 
Yuqorida keltirilgan tartibda kolbalarda produsentning 2-generatsiya 
o‘stirish materiali ajratib olinadi, so‘ng uning morfologik holati nazorat-
dan o‘tkazilib, erkin faglar va begona mikrofloraning yo‘qligiga ishonch 
hosil qilinadi hamda bu material 0,1 % miqdorda ekish apparatiga
o‘tkaziladi (generatsiyaning 3-bosqichi). Ekish apparatidagi oziqa muhiti 
komponentlari o‘stirish kolbalaridagini aynan o‘zi, lekin makroelement 
sifatida unga 0,05 % magniy sulfat hamda 0,2 % gacha steril ko‘pik 
so‘ndirgich qo‘shiladi. Jarayonni doimo aralashtirish va aeratsiya (1 
minutda 1 hajm muhitga 1 hajm havo yo‘naltirish) sharoitida amalga 
oshiriladi. Jarayonni o‘tkazish sharoiti harorat, muhitning pH ko‘rsat-
kichi va mahsulotni ajratib olishdagi davomiylik ko‘rsatkichlarini ham-
masi xuddi produsentni kolbalarda o‘stirishdagi kabi amalga oshiriladi. 
Sanoat ishlab chiqarilishi asosida tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda 


76 
ham jarayon aynan shu yo‘sinda davom ettiriladi, lekin muhitdagi ba’zi 
komponentlarni miqdorini biroz o‘zgartiriladi. Masalan ( % hisobida), 
kraxmalning mikdorini 1,8 gacha kamaytiriladi, bo‘rning miqdorini 0,5 
% gacha ko‘paytiriladi. Jarayonning davomiyligi antibiosintezi evaziga 
50-60 soatgacha uzaytiriladi. Produsentli suyuqlikni vakuum-bug‘lat-
kichda 50 
0
C dan oshmay o‘tkaziladi. Bunda antibiotikning produsentli 
suyuqlikdagi miqdoridan 15 % gina yo‘qolishiga yo‘l qo‘yiladi. Kon-
sentrat purkab qurituvchi qurilmada quritiladi va bunda antibiotikning 11 
% gacha yo‘qolishiga yo‘l qo‘yiladi hamda 1 tonna konsentratdan 100 
kg quruq mahsulot ajratib olinadi. Kormogrizinning tayyor preparatlari 
yuqorida keltirilgan qo‘shimchalar yordamida standartlashtiriladi va 
bunda uning faolligini me’yoriy chegarada bo‘lishiga e’tiborni qara-
tiladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling