M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
-jadval Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo‘lgan reaksion muhitning
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
10-jadval Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo‘lgan reaksion muhitning tarkibi (% hisobida) № Moddalarning nomi % 1 Makkajo‘xori uni 6.0 2 Makkajo‘xori ekstrakti 1.5 3 Ammoniy sulfat 0.6 4 Natriy xlorid 0.4 5 Bo‘r 0.8 6 Suv Qolgan qism Asosiy fermentatsiya bosqichida ham aynan shu tarkibdagi oziqa muhitidan foydalaniladi, faqat vitamin B 12 ni hosil bo‘lishini kuchayti- rish maqsadida muhitdagi reaksion suyuqlikning 1 m 3 hajmi hisobiga 1 g kobalt xlorid qo‘shiladi. «Ekish» uchun tayyorlangan mikrobning o‘stirish materiali fermen- tyorlarning umumiy hajmini 10-15 % qismi miqdorida asosiy fermen- tatsiyani o‘tkazish uchun uzatiladi. Ushbu jarayonni sanoat miqyosida o‘tkazishning barcha texnologik ko‘rsatkichlari oldingi bosqichdagi o‘stirish apparatidagi tarzda amalga oshiriladi. Biosintetik jarayonlarning hamma bosqichlarida aseptik talablarga rioya qilinadi. Biosintez jarayoni hamisha amaliy jihatdan ko‘p miqdorda ko‘pik hosil bo‘lishi bilan yuz beradi, shuning uchun fermentyorlarning hajmini faqat 50 % gacha to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Produsent hujayralarini o‘stirib, ko‘paytirishni ancha keng chegaradagi pH ko‘rsatkichi chegarasida amalga oshirish mumkin, lekin qo‘llaniladigan produsentning xiliga bog‘liq holda antibiotikning sintezlanishi va yig‘ilishi ham har xil bo‘ladi. Shu sababli bu ishlarni nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi. Jaryonni nazorati pH, harorat va aeratsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oksitetrasiklinning biosintezi 26-28 0 C da 100-120 soat davomida nihoyasiga yetadi. Dastlab mitselliyning jadal ravishda o‘sishi yuz berib, bunda muhitda mavjud bo‘lgan karbon, azot va fosfor manbalari jadal o‘zlashtiriladi va buning uchun kuchli aeratsiya talab qilinadi. Bu bosqichda amaliy jihatdan antibiotik hosil bo‘lmaydi, balki kam- roq miqdorda pirouzum va sirka kislotalar hosil bo‘ladi va aynan shu 70 moddalar keyinchalik zamburug‘ tomonidan tetrasiklinning biosintezi uchun foydalaniladi. Tarkibida 4,5 % gacha quruq moddaga ega bo‘lgan muhitdagi suyuqlik vakuum-bug‘latqich qurilmasi tomon uzatiladi, u yerda 50-60 0 C da quruq massasi 12-15 % gacha ko‘rsatkichga yet- gancha bug‘lantiriladi. Shu yo‘sinda konsentrlangan aralashma purkab qurituvchi qurilmaga uzatiladi va quritiladi. Ba’zan bu jarayonni amalga oshirishda muhit suyuqligiga bir yo‘la yem-oziqaga aralashtiriladigan qo‘shimchani qo‘shib birgalikda quritiladi, o‘z navbatida bunday qo‘shimcha sifatida qand lavlagisi turpi (chiqindisi) ishlatilsa, uni 1 m 3 suyuqlik hisobiga 250 kg qo‘shiladi. Terravit -5, -10, -50 lar Act. rimosus produsenti o‘stirilgan muhit su- yuqligining quritilgan massasi bo‘lib, uning tarkibi muhitda hosil bo‘lgan antibiotik va unga qo‘shimcha qo‘shib standartlashtirilgan tay- yor mahsulot hisoblanadi. Terravit-E produsent o‘stirilgan suyuqlikning filtrati bo‘lib, uni keyinchalik purkab qurituvchi qurilmada quritilgan massa hisoblanadi, filtrlash jarayonida erimay qolgan qoldiq quritilgandan so‘ng terravit-EO ni olishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Yetarli faollik darajasidagi hamma terravit preparatlari qand lavlagisi turpi yoki makkajo‘xori uni qo‘shib standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot darajasiga keltirilgan terravit preparatlari 20 kg og‘irlikda qog‘oz xaltachalarga qadoqlanadi. Bu tay- yor mahsulotni qorong‘ida, harorati 20 0 C dan, namligi 75 % dan osh- mayligan omborxonalarda saqlanadi. Preparatlarni shu sharoitda saqlash muddati 6 oyni tashkil qiladi. Biovit ishlab chiqarishda foydalaniladigan sporali material ekish stansiyalarida o‘stirilib zavodlarga tarqatiladi. Standart talabga muvofiq bu materialning faollik ko‘rsatkichi 3000 bir- lik/ml dan kam bo‘lmasligi lozim. Shuningdek ishlab chiqarish korxonalarida biovitni produsentini dastavval kolbalarda ko‘paytirish (1- 2 generatsiya) yo‘li bilan 26-28 0 C da, 24-30 soat davomida tarkibida ( % hisobida) don-kartoshka to‘poni-40, makkajo‘xori ekstrakti-3, un-3 dan tashkil topgan oziqa muhitida o‘stirib ko‘paytirish mumkin. Aralashmani pH ni 30 % li o‘yuvchi natriy yordamida 6,7-6,9 ko‘rsatkichigacha yetkaziladi. O‘stirib ko‘paytirish apparatiga yuqori- dagi tartibda tayyorlangan «ekish» materialini 1m 3 muhit suyuqligi hiso- biga 0,7 l miqdorda kiritiladi. Produsentni o‘stirishni ham xuddi shu xil tarkibdagi muhitda 27-28 0 C da 30-40 soat davomida aeratsiyali va mu- hitdagi aralashmani doimo aralashtirib, steril ko‘pik so‘ndirgich qo‘shib amalga oshiriladi. Xlortetrasiklinni asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga oshirishda oziqa muhitini 11-Jadvaldagi tarkibidan foydalaniladi. 71 Aralashma tarkibiga dastlabki modda sifatida 0,0001 % qo‘shiladi. Produsentni o‘stirishni boshlashdan oldin muhitning pH ko‘rsatkichini 6,6-6,7 ga olib kelinadi. Sanoat miqyosida produsentni o‘stirishni yaxshi aeratsiyali sharoitda 60-70 soat davomida amalga oshiriladi. Haroratni produsentni ko‘payishi va antibiotikni biosintezi davomida 26-28 0 C atrofida ushlab turiladi. Biosintez jarayonini nihoyasiga etganini muhit- ning pH ni 6,9-7,2 ko‘rsatkichigacha o‘zgarishidan bilib olinadi. Hosil bo‘lgan dastlabki produsentli suyuqlikga ikki xil uslub asosida qayta ishlov beriladi. Ulardan birinchisi xuddi terravit ishlab chiqarishda qo‘llanilgan uslub hisoblanadi. 11-jadval Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling