M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


L-triptofanni ikki bosqichli uslubda biosintezlash


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
L-triptofanni ikki bosqichli uslubda biosintezlash 
Bu uslub asoschida ish yuritilganda birinchi bosqichda aseptik shar-
oitda C.utilis shtammli achitqi zamburug‘i probirkadan tortib, to fer-
mentyorgacha mikroorganizm biomassasini maksimal darajada yig‘ish 
maqsadida o‘stirib ko‘paytiriladi, ikkinchi bosqichda shu bioreaktorda 
yig‘ilgan biomassa yordamida dastlab hosil bo‘lgan mahsulotni trans-
formatsiyalanadi. Dastlabki o‘stirish materiali muhitida 28-30 
0
C da 24 
soat davomida mikroorganizmlarni o‘stirib ko‘paytiriladi. C.utilis produ-
sentining ferment tizimlarini hosil qilish uchun o‘stirish kolbalariga 9-
jadvaldagi tarkibga ega bo‘lgan oziqa muhiti tavsiya etiladi.
O‘stirib ko‘paytirilgan biomassaning tarkibida 3-5 g achitqi ma-
teriali bo‘lib, undan sanoat miqyosida ishlatiladigan fermentyordarda 
o‘stirib ko‘paytirishda foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun tay-
yorlanadigan oziqa muhitini asosiy komponentlari o‘stirib ko‘paytirish 
uchun foydalaniladigan komponentlarga tamoman o‘xshash, uning farqli 
jihati faqat qand lavlagisi chiqindilari konsentratsiyasini yuqorida 
keltirilgan ko‘rsatkichdan 6,2 % gacha kamaytirishni talab qiladi. 
 
9-jadval 
C.utilis produsentining ferment tizimlarini hosil qilish uchun zarur 
bo‘lgan ozuqa muhitining tarkibi ( % hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Qand lavlagisi chiqindisi 
10.4 
2 Siydikchil 
0.5 
3 Ikki almashingan kaliy fosfat 
0.01 
4 Kalsiy xlorid 
0.01 
5 Magniy sulfat 
0.005 
6 Suv 
Qolgan qism 
7 Muhit pH 
7.5-8.0 


62 
Birinchi bosqichda achitqi zamburug‘ini dastlabki 24 soat oralig‘ida 
jadal aeratsiyali sharoitda oziqa muhitiga 7 g O
2
/(l.soat) dan kam bo‘l-
magan miqdorda havo yuborib, aseptik sintetik ko‘pik so‘ndirgichdan 
foydalangan holda o‘stirib ko‘paytiriladi. 
Ikkinchi bosqichda produsent (uni 24 soat ichida o‘stirib ko‘pay-
tirilgandan so‘ng) ning oziqa muhitiga antranil kislotaning 5 % li spirtli 
eritmasi va siydikchilning 50 % li eritmasi kiritiladi. Aeratsiya jarayoni 
jadalligini ikki karra, ya’ni 3 gO
2
/(l.soat) gacha kamaytiriladi. Muhitga 
antranil kislota va siydikchilni kiritgandan keyin 4 soat vaqt o‘tishi bilan 
qand lavlagisi chiqndisini 25 % li eritmasi qo‘shiladi. Biosintez jarayo-
nini davom ettirib, muhitdagi aralashmaga har 6 soatdan keyin antranil 
kislota va siydikchil, har 12 soatdan keyin qand lavlagisi chiqindisi 
kiritiladi. 
Biosintetik jarayon 144 soat davomida olib borilib, uning dastlabki 
24 soati produsentni o‘stirish, ya’ni kerakli bo‘lgan faol ferment tizimini 
hosil qilish uchun sarflansa, qolgan 120 soati antranil kislotani tripto-
fanga transformatsiyalanishini amalga oshirish uchun sarflanadi. Tayyor 
mahsulotli suyuqlikning tarkibidagi triptofan 6,0g/l ga yetsa, undagi qu-
ruq modda miqdori 8-13 % ga yetadi va bunda ish nihoyasiga yetgan 
hisoblanadi. Tayyor mahsulotli suyuqlikka keyingi ishlov berish yu-
qorida keltirilgan sxemaga asosan amalga oshiriladi. Antranil kislotani 
triptofangacha biosintezlanishidan keyin qolgan, tozalanmagan qismidan 
triptofanning yem-oziqa konsentrati (TEOK) preparati olinadi. U quyi-
dagi tarkibga ega bo‘ladi ( % hisobida): oqsil moddalari -48-54; umumiy 
triptofan -1-3; boshqa aminokislotalar-6; namlik-10; vitaminlar (mg/kg 
hisobida): B
1
-15-18; B
2
-24,5-32,5; PP-620-680. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling