M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


-jadval  Triptofanni produsentini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan ozuqa


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
8-jadval 
Triptofanni produsentini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan ozuqa 
muhitining tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 
1 Saxaroza (texnik) 
10.0 
2 Makkajo‘xori ekstrakti 
2.0 
3 Siydikchil 
0.5 
4 Ammoniy sulfat 
0.1 
5 Kaliy fosfat bir almashingan 
0.06 
6 Kaliy fosfat ikki almashingan 
0.14 
7 Natriy xlorid 
0.05 
8 Suv 
Qolgan qism 
9 Muhit pH 
7.0-7.2 
Inokulyatorda va o‘stirish apparatida o‘stirish materialini ajratib ol-
ish bosqichida saxarozadan tashqari hamma komponentlarni yuqorida 
keltirilgan tarkibda olinadi, saxarozani esa, undagidan ikki marta kam 
miqdorda olinadi. 


60 
Boshqa aminokislotalarni ajratib olishdagi kabi steril ko‘pik 
so‘ndirgichning 0,1 % li miqdoridan foydalaniladi. Mikrobni o‘stirish 
vaqti va harorati o‘zaro mos holda 20 soat va 37 
0
C ni tashkil qiladi. 
Asosiy fermentatsiya uchun yo‘naltiriladigan tayyor o‘stirish materi-
alining miqdori 5-10 % dan oshmaydi. Biosintez jarayonining davomi-
yligi 37 
0
C da 48 soatdan oshmaydi. Muhitning aeratsiyalanish darajasi 
3,6-4,0 g O
2
/(l.soat) ni tashkil qiladi. Triptofanning yem-oziqa konsen-
trati (TEOK) ni ajratib olish uchun produsentning biomassasidan ajrat-
masdan turib mikrobli suyuqlikni tarkibida 30-40 % gacha quruq modda 
hosil bo‘lgunga qadar vakuum-bug‘latish yo‘li bilan konsentrlanadi va 
uni purkagichli qurutqichda 110-120 
0
C da quritiladi. Yuqori darajada 
konsentrlangan triptofanni produsentli suyuqlikdan hujayra elementlari 
va erimay qolgan chiqindilari ajratib olingan filtratdan olinadi. Bunda 
asosiy texnologik operatsiyalarning ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: 
– produsent biomassasini filtrlash yoki sentrifugalash yo‘li bilan 
ajratish; 
– filtratni xlorid kislota bilan pH 1,0 gacha nordonlashtirish va hosil 
bo‘lgan cho‘kmani ajratish; 
– H-shaklidagi sulfokationit KU-2-8 to‘ldirilgan kolonkada tripto-
fanni adsorbsiyalash
– adsorbsiyalangan triptofanni 5 % li suvli-izopropanolli ammiak 
eritmasi bilan desorbsiyalash, bunda sorbsiyalangan triptofanning 90 % 
elyutsiyalanadi; 
– elyuatni vakuum-bug‘latkichda 60-70 
0
C da konsentrlash (buning 
natijasida 80-90 % li suvli-spirtli fraksiya haydaladi) va keyin konsen-
tratni 4-6 
0
C gacha sovitish
– triptofanni uning suvli-spirtli eritmasidan kristallizatsiyalash; 
– kristallarni aralashmadan ajratish va uning suyuq qismini vakuum-
bug‘latkichga qaytarish; 
– kristallarni etanol bilan yuvish va 60
0
C li vakuum-bug‘latkichda 
quritish. 
Ushbu sxema bilan ish yuritganda triptofanning texnik preparatini 
olishga erishiladi. Yuqori darajadagi tozalikka ega bo‘lgan va tarkibida 
99 % asosiy mahsulot bo‘lgan triptofan preparatini ajratib olish uchun 
etanolda yuvilgan kristallarni suvda eritiladi va 65 % li etanolda yoki 60 
% li izopropanolda qayta kristallanadi. Qoldiq suyuqlik qaytadan va-
kuum-bug‘latkichga qaytariladi,hosil bo‘lgan kristallar esa vakuumda 
60
0
C da quritiladi. 


61 
Tozalangan triptofan preparatini ajratib olish jarayonida hosil 
bo‘lgan chiqindilari: produsent biomassasi va kristallizatsiya suyuqlik-
larining tarkibida ancha miqdorda triptofan bo‘lishi tufayli ularni dast-
labki o‘stirish suyuqligi bilan aralashtirib qo‘shiladi bu aralashmadan 
yem-oziqa mahsuloti olishda foydalaniladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling