M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Sanoat miqyosidagi fermentyorlarda produsentni o‘stirish va lizinni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
Sanoat miqyosidagi fermentyorlarda produsentni o‘stirish va lizinni 
biosintezini amalga oshirish 
Bu ishlarni hajmi 50,63 va 100 m
3
bo‘lgan standart bioreaktorlarda 
olib boriladi. Bu apparatlar sanoat ishlab chiqarishi talabiga mos bo‘lgan 
produsentlarni aseptik sharoitlarda o‘sishi va rivojlanishini ta’minlashi 
lozim, ular tegishli kommunikatsiyalar, issiqlik almashinuvi moslama-
lari, aralashtiruvchi moslamalar, tizimga oziqa muhiti manbayini kiri-
tuvchi shtuserlar, steril havoni, qo‘shimcha oziqa ingradientlarini, muhit 
pH ni doimiy saqlash uchun kislota va ishqor eritmalarini tizimga 
kirituvchi moslamalar, ko‘pik so‘ndiruvchi va olingan tayyor mahsulotni 
tizimdan chiqaruvchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. Har xil shtamm-
produsentlar uchun oziqa muhitini tarkibiy jihatlari o‘zaro bir-biridan 
farqlanishi mumkin. Qand lavlagisi chiqindilari oziqa manbayi vazifasini 
bajarganda produsentlarni ajratib olish yoki ularni o‘stirish apparatlarida 
mahsulot ajratib olish maqsadida o‘stirganda o‘zaro farqlanuvchi sha-
roitlarning mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan o‘sti-
rish apparatida mikrobni o‘stirishga va uni ko‘paytirib olishga moslash-
tirilgan tarkibidagi oziqa muhitini sanoat miqyosi ko‘lamida kengroq 
bo‘lgan fermentyorlarda o‘stirishga moslab o‘zgartirish mumkin bo‘ladi, 
buni 5-Jadvalda ko‘rish mumkin. O‘stirish materiali oziqa muhiti
hajmini 5-10 % miqdori hajmida fermentyorga o‘tkaziladi. Ferment-
yorda ko‘pik hosil bo‘lish jadalligiga qarab, uning to‘ldirilish koeffitsi-
yenti 0,6-0,75 ni tashkil qiladi. Fermentatsiya jarayonini aralashtirish 
jadalligi va aeratsiya (oziqa muhiti hajmiga nisbatan har minutda havo-
ning hajmini 0,8-1,0 hajmda kiritish) ga rioya qilingan holda 55 soatdan 
72 soatgacha vaqt oralig‘ida, bosimni 0,02-0,03 MPa gacha oshirib, 
haroratni doimiy ravishda 28-32 
0
C da, pH ni esa fermentatsiya jarayo-
nini boshidan oxirigacha 7,0-7,5 atrofida ushlab turib, muhitga vaqti-
vaqti bilan steril ko‘pik so‘ndirgich kiritish yo‘li bilan olib boriladi.
Produsentlar birinchi kecha-kunduzda muhitning 25 % atrofidagi 
karbonsuvlari va umumiy azotini o‘zlashtiradi, jumladan muhitda 


45 
mavjud bo‘lgan deyarli hamma aminokislotalarni to‘liq o‘zlashtiradi, 
amaliy jihatdan bu muddatda biomassa to‘liq hosil bo‘ladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling