M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
Aromatik aminokislotalar. So‘nggi paytda aromatik aminokislo-
talar-triptofan, fenilalanin va tirozinlarni produsent mikroorganizmlarini shtammlarini seleksiyalash katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib bormo- qda. Mikrob hujayrasida bu birikmalarni sintezi xorizm kislotasigacha umumiy yo‘l bo‘yicha borsa, keyinchalik ikkita tarmoqqa ajraladi, ular- dan biri triptofanning sinteziga qarab ketsa, ikkinchisi prefen kislota orqali tirozin va fenilalanin tomon yo‘nalgan bo‘ladi (5-Rasm). Aromatik aminokislotalarning mutant-produsentlarini ajratish bo‘yicha olib boriladigan seleksion ish uchta oila vakillari: korinebakteriyalar (Brev. flavum, Coryn.glutamicum), basillalar (Bac. subtilis) va entero- bakteriyalar (E.coli) orasida o‘tkaziladi. Bu mikroorganizmlar uchun umumiy boshqarilish yo‘li birinchi ferment bo‘g‘ini-3-dezoksiarabino- geptulozo-7-fosfatsintetaza (DAGF) da joylashgan, lekin bu fermentning boshqarilish mexanizmi o‘zaro farqlanadi. Korinebakteriyalarda DAGF ning faolligi fenilalanin va tirozinlar tomonidan o‘zaro mutanosib ingi- birlanishga duch keladi. Bu xildagi aromatik aminokislotalarning produ- sentlarini seleksiyalashda birinchi bosqichda umumiy dastlabki xom- ashyo mahsulot-xorizm kislotasi hosil qiladigan auksotrof-shtammlarn- ing ajratilishi lozim bo‘ladi. Triptofan produsentlarini seleksiyalash ish- larini olib borishda fenilalanin va tirozin bo‘yicha auksotrof mutantlar- dan foydalaniladi; fenilalanin produsentlarini ajratishda esa tirozin bo‘yicha auksotroflardan foydalaniladi. 37 5-Rasm. Aromatik aminokislotalar sintezi sxemasi 38 Bu mutantlarning mahsuldorligini oshirish uchun ular asosida bosh- qaruvchi mutantlarni ajratib olish va bu boshqaruvchi mutantlarda bios- intezning birinchi fermenlari desensebillangan bo‘lishi lozim bo‘ladi. Triptofan produsentlari uchun bu narsani amalga oshirishda adenilatsik- laza (AS) ni desensebillaydigan uning analoglari (5-metiltriptofan, 6- ftortriptofan va boshqalar) ga nisbatan rezistent bo‘lgan mutantlarni ajratish asosida ish yuritiladi. Bu xil mutantlar glyukozani to‘g‘ridan to‘g‘ri triptofanga aylantirishi mumkin va bunda mahsulot hosil bo‘lish unumdorligi 10-12 g/l ga yetadi. Bosqichli tanlov asosida ajratib olingan fenilalanin produsentlari analoglar (p-ftorfenilalanin, p-aminofenilalanin va boshqalar) ga nisbatan chidamli bo‘lgan shtammlar shakarli muhitda 20g/l dan ziyodroq miqdorda maqsadli mahsulot yig‘ishi mumkin. Se- leksion ishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilayotgan Bac.subtilis ham bitta DAGF ga ega uning sintezi tirozin va fenilalanin tomonidan repressivlanadi, faolligi esa, xorizm va prefen kislotalar tomonidan ingi- birlanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling