M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
L-prolin glutamin kislotalar oilasiga mansub bo‘lib, glutamin kis-
lotaning ATF ishtirokida qaytarilib, uning yarimaldegidiga aylanishi va keyinchalik sikllanib yana qaytarilib, prolinga aylanishini quyidagi reak- siya sxemasi asosida izohlash mumkin: Prolinni mikrobiologik sintezini quyidagicha amalga oshirish mum- kin: 1. Tabiatda uchraydigan mutantlardan foydalanish. Masalan, yapon olimlari Corin. glutamicum ATS 21144 mutantini ajratib olishga muyas- sar bo‘ldilar. Bu mutant glyukozali muhitda 18 g/l gacha prolin ajratib olish imkonini berar ekan. 2. Glutamat hosil qiluvchi korinebakteriyalarning prototrof shtamm- laridan foydalanish. Bunda shunday ferment muhitidan foydalaniladiki, mikrob hujayrasining ichkarisidan ajraladigan glutamat va prolin ajral- 31 ishi yo‘nalishini prolin ajralishi yo‘nalishi tomon boshqarilishiga erish- ish lozim bo‘ladi. Bunga erishish uchun muhitda biotinning miqdorini oshirish kerak, bunday qilish o‘z navbatida glutamin kislotaning hujay- radan chiqarilishini to‘sib qo‘yadi, natijada glutamin kislota hujayradan tashqariga chiqmaydi va prolinga aylanadi. Misol tariqasida Corin. glu- tamicum ATS 21157 ga oid ma’lumotlarni keltirib o‘tish mumkin (3- Jadval): 3-jadval Biotinning muhitdagi miqdori Mahsulot g/l hisobida Mkg/l Glutamin kislota Prolin 5,0 23,4 2,6 1000 1,9 27,3 3. Auksotrof mikroblarni ajratib olish. Ma’lumki gistidin, metionin, leysin, izoleysin auksotroflari: Brevibacter sp. lar glyukozali muhitda 20-25 g/l gacha prolin hosil qilar ekan. Shu narsani qayd etish lozimki, bu xildagi auksotroflar tomonidan prolin hosil qilinishini ko‘paytirish uchun sulfaguanidin va 3,4-digidroprolinga nisbatan rezistent bo‘lgan mutantlarni tanlab olish kerak bo‘ladi. Shuningdek auksotrof mutant- larning muhitda biotin va ammoniy ionlarini mo‘l bo‘lishini talab qil- ishini e’tiborga olish lozim. 4. Prolin produsentlarini gen muhandisligi uslubida ajratib olish. Bu uslub faqat bitta obyekt E.coli da sinab ko‘rilgan. Birinchi bosqichda prolin analoglariga nisbatan chidamli mutant shtammlar ajratib olinadi, ulardan DNK donorlari sifatida foydalaniladi. Keyin uchta gendan iborat bo‘lgan prolin operonini plazmidaga klonlanadi va gibrid plazmidani ret- sipiyent shtammga kiritiladi. Shu yo‘sinda olingan plazmidali shtammlar prolinni plazmidasiz mutantlarga nisbatan 2-3 marta ko‘proq hosil qiladi. Plazmidali produsentlar 48 soatda 27g/l gacha prolin hosil qilishi mumkin. L-Lizin mikroorganizmlar tomonidan farqlanuvchi yo‘llar yor- damida sintezlanadi. Mikrosuvo‘tlari, zamburug‘lar, achitqilar lizinni alfa-ketoglutar kislotadan alfa-adipin kislotasiga aylantirish yo‘li bilan sintezlaydi. Bu 2-Rasmda keltirilgan . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling