3. AMINOKISLOTALARNI MIKROORGANIZMLAR
HUJAYRALARI YORDAMIDA BIOSINTEZLASH
Tayanch iboralar: piruvat, 3-fosfogliserat, otquloqsirka kislota,
alfa-keto-glutar kislota, fosfoenoil piruvat-eritroza-4-fosfat, 5-fosfo-
ribozil-1-pirofosfat, ATF, auksotrof va boshqaruvchi mutantlar, L-
glutamin kislota, L -prolin, Sorun. Glutamicum, L-lizin, L-treonin, aro-
matik aminokislotalar.
3.1. Aminokislotalar biosintezi uchun xizmat qiladigan moddalar
Ma’lumki, mikrob hujayralari oqsillari tarkibiga aminokislotalarning
20 tadan iborat bo‘lgan to‘liq tarkibi kiradi va bu prototrof
mikroorganizmlar aminokislotalarni oziqa muhitidagi karbon, azot va
oltingugurt tutuvchi birikmalaridan biosintezlaydi. Karbonning manbayi
sifatida karbonsuvlar, karbonvodorodlar va ularning oraliq oksidlanish
mahsulotlari bo‘lishi mumkin. Karbon manbalari sifatida karbonsuvlar-
ning: glikolizi, ularning Entner-Dudarev yo‘li bilan almashinuvi va
pentozafosfat, shuningdek, uch karbon kislotalar sikli kabi ketma-ket
keladigan metabolitik jarayonlarning kechishi tufayli hosil bo‘ladigan
oraliq mahsulotlar xizmat qiladi. Bu aminokislotalarning sonini ko‘p
bo‘lishiga qaramay, hamma vaqt ularning biosintezi uchun deyarli bir xil
modda xizmat qiladi va faqat gistidinning sintezigina o‘ziga xos jihatga
ega. 2-Jadvalda aminokislotalarning biosintezida ishtirok etadigan
hamma oraliq moddalar va ulardan hosil bo‘ladigan aminokislotalar
keltirilgan.
Biroq ba’zi mikroorganizmlar uchun xos bo‘lgan narsa, bu ham
bo‘lsa, bir aminokislotani o‘zi har xil manbalardan hosil bo‘ladi.
Masalan, lizin ham otquloqsirka kislotadan, ham alfa-ketoglutar kislo-
tadan sintezlanishi mumkin. Mikroorganizmlarning taksonomik jihati va
fiziologik guruhlariga mos holda karbon skeletini aminlanishi uchun
ammoniy tuzlari, nitratlar yoki molekulyar azot xizmat qilishi mumkin.
Ammiak azoti oksidlanish darajasi nuqtai nazaridan mikrob hujayrasini
organik komponentlariga ko‘proq mos kelganligi sababli ko‘p bakterial
va achitqili muhitlarda ancha oson o‘zlashtiriladi.
24
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |