20
oviy tozalik darajasi 99 % ni tashkil qilar ekan.
Bunda reaksion muhit-
dagi aminokislotaning miqdoriy ko‘rsatkichi 200 g/l ga yetishi mumkin
ekan. Jarayonning texnologiyasi o‘z ichiga D,
L-alfa-amino-epsilon-
kaprolaktamni siklogeksandan organik yo‘l bilan sintezlanishini va un-
ing fermentativ gidrolizlanishini oladi. Bu texnologiya asosida L-lizinni
ajratib olish quyidagi kimyoviy sxema asosida amalga oshiriladi.
Muayyan sxemaga binoan ishlab chiqarish sanoatini tashkil qilish
ikkita ferment-L-gidrolaza va rasemazalardan
foydalanishni hisobga
oladi. Ularning birinchisi organik sintez natijasida hosil bo‘ladigan D, L-
alfa-amino-epsilon-kaprolaktamni gidrolizlaydi, ikkinchisi ratsematsi-
yani
amalga oshirib, D-va L-shakllardagi lizinni hosil bo‘lishini
ta’minlaydi. Jarayonning amalga oshishini ta’minlovchi shart-sharoit
shundan iborat-ki, ferment mikrob tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lishi
21
kerak. Ma’lumki, L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktamning gidrolazasini
zamburug‘larning
Cryptococcus,
Candida,
Trichosporon avlodlarini va-
killari ishlab chiqaradi, bu fermentning faollovchilari sifatida ikki valen-
tli
metallar-marganets, magniy va ruxning ionlari xizmat qiladi. D-alfa-
amino-epsilon-kaprolaktamning rasemazasini bakteriyalarning
Achro-
mobacter,
Flavobacterium avlodlarini o‘stirish yo‘li bilan ajratib olish
mumkin.
Har ikkala ferment immobilizatsiyalangan
uzluksiz ishlaydigan ap-
paratga joylashtirilib, D, L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktam substrati bi-
lan bu fermentlarning birgalikdagi ta’siriga asoslangan fermentativ reak-
siya o‘tkaziladi. Yuqorida keltirilgan kimyoviy reaksiyalarning murak-
kabligidan ko‘rinib turibdiki, organik
sintezga asoslangan uslubni
qo‘llash qator texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi.
Bu reaksiyalarning har birini amalga oshirish tegishli qurilmani va uni
amalga oshirilishini nazorat qiluvchi moslamalarni bo‘lishini talab
qiladi. Bu xildagi sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilishda ko‘pincha
qator toksik moddalardan va ancha qimmat bo‘lgan o‘ta
toza kimyoviy
moddalardan foydalanishni, shuningdek rasematlarni ajratib olish bilan
bog‘liq qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: