M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
1-Rasm. Mikrobli sintez yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatin-
ing ko‘p bosqichli biotexnologik tizimi. 


12 
Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujay-
ralarini o‘stirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. 
Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal qondirishga intilish 
lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan to‘liq foydalanish 
mumkin bo‘ladi. Bu narsa o‘simlik materiallarini gidrolizi natijasida ho-
sil bo‘ladigan karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda 
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib 
olishni yo‘lga qo‘yilishi achitqili biomassani karbonsuvlardan olishga 
moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib 
ketdi.
Hujayrani o‘stirishni ta’minlaydigan qurilmalarning muhandislik 
nuqtai nazaridan baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimal-
lashtirishda matematik modellashtirish asosida EHM dan foydalanish va 
butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi samara beradi. 
Biotexnologik tizimning to‘liq va uzluksiz ishlashini ta’minlashning 
keyingi bosqichi maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqla-
nishi va o‘z vaqtida undan foydalanilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 
 
1.3. Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol
moddalar 
 
Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta 
guruhga bo‘lish mumkin bo‘ladi: 
1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini 
tutuvchi biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o‘simliklarni 
muhofaza qilish vositalari, bakterial o‘g‘itlar, yem-hashaklarni silosga 
aylanishini ta’minlovchilar, biodegradientlar va boshqa biotrans-
formatsiyalovchi faol vositalar kiradi. 
2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash natijasida 
hosil qilingan biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular 
jumlasiga achitqili oziqa, zamburug‘li mitselliylar va boshqalar kiradi. 
3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olin-
gan biopreparatlar. Bular jumlasiga vitaminlar, aminokislotalar, ferment-
lar, antibiotiklar, biolipidlar, polisaxaridlar, mikrob biomassalari va 
metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari kiradi.
Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kun-
da uning uchta yo‘nalishi diqqatga sazovordir. 
1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalish. Bu sohaga:


13 
– yog‘och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash 
asosida ajratib olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini 
yaxshilashda foydalanish; 
– chorva mollari oziqasiga qo‘shib berish maqsadida almashinmay-
digan aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish; 
– mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mol-
lari ratsionini boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo‘jalik hay-
vonlarini kasalliklarini profilaktikasini amalga oshirishda, shuningdek 
madaniy o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi samarali kurashni 
amalga oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish; 
– dehqonchilik uchun bakterial o‘g‘itlardan foydalanish: bu pre-
paratlar tarkibi azot yig‘uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan 
bo‘lib, ular havo azotini o‘zlashtirish, uni o‘simlik tomonidan ham oson 
o‘zlashtirilishini ta’minlanishiga erishish
– qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va 
chorvachilik uchun yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment 
preparatlaridan foydalanish kabilar kiradi. Bu maqsadda multienzim 
komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. Somonni oziqaviy somon-
konsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda MEK dan foyda-
lanish juda yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini 
«birinchi davri»da fermentlar kompleksining imkoniyatlari chegaralan-
gan bo‘lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ spektri juda keng 
bo‘lgan MEK lar ishlab chiqildi. 
2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo‘nalishi biologiya 
tizimi fanlari va sog‘liqni saqlashga oid izlanishlarni o‘z ichiga oladi. 
Gen muhandisligi va molekulyar biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy 
tadqiqotlar olib borish va davolash maqsadlari uchun foydalaniladigan 
yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal antitelalar, interferon, 
vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa bioprepa-
ratlarni ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu preparatlarning ba’zilari 
hozirgi kunda tibbiyot va veterinariyada samarali ravishda foydala-
nilmoqda. 
3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo‘nalishi sanoat uchun 
kerak bo‘ladigan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan 
boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil sanoat ehtiyojlari uchun 
kerak bo‘ladigan fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi. Yaqin 
kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya jarayonida ba’zi moddalar-
dan foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz sanoati 
(quduqlar qazishda, o‘simlik va mikrob biomassalaridan kompleks 


14 
foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka oqsil qo‘-
shimchasi qo‘shib sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling