M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy
ko‘rsatkichlari (100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori) Aminokislotalar Tuxum albumini Ho‘kiz qon zardobi albumini Soya uni oqsili Achitqi biomassasi oqsili Triptofan 1,6 - 0,4 0,3 Lizin 6,4 13,0 5,1 5,1 Gistidin 2,4 3,9 1,8 1,7 Arginin 6,1 6,0 4,4 2,3 Asparagin kislota 9,0 10,2 6,7 4,6 Treonin 5,1 5,9 3,3 2,9 Serin 3,5 4,0 3,3 2,5 Glutamin kislota 16,0 16,3 8,6 6,5 Prolin 8,1 5,1 2,9 1,4 Glitsin 3,6 2,0 2,5 2,2 Alanin 7,4 5,3 2,3 3,3 Sistin 2,4 - 0,9 0,3 Valin 7,3 7,0 3,4 3,0 Metionin 3,1 - 0,8 0,9 Izoleysin 6,6 2,4 2,8 3,1 Leysin 8,8 10,8 4,4 3,7 Tirozin 4,2 4,5 2,1 2,3 Fenilalanin 5,5 5,8 3,1 2,5 10 Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan o‘rtacha 5 marta ko‘proq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5 marta va triptofan 3 marta ko‘proq) bo‘ladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o‘sish omillari uchraydi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g‘allani iqtisod qilish va qo‘shimcha ravishda 0,8 t cho‘chqa go‘shti, 5 t parranda go‘shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va cho‘chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo‘shish aholi uchun 6 t sutni qo‘shimcha ravishda yetkazish imkonini beradi. Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparat- lari, tibbiyot va veterinariya ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur bo‘lgan biologik o‘g‘itlar, o‘simliklarni muho- faza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonla- ridan foydalangan holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shish uchun kerakli moddalar, yarim sintetik antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez yagona biotexnologik tizimdan iborat bo‘lishi lozim. Bu tizim o‘z ichiga ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, uning mah- sulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko‘rsatkichiga qarab ketma-ket amal- ga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexno- logik tizimning umumiy ko‘rinishi 1-Rasmda keltirilgan. Odatda mik- rob-produsentni tanlashda mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya, seleksiya va mo- lekulyar genetikaning eng so‘nggi yutuqlari bilan qurollangan holda ish- ni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yo‘sinda produsent-shtamm- ning biotexnologik jihati baholanadi va uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning samaradorligi pro- dusent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlashda uni o‘stirishga tegishli bo‘lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo‘lgan kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash va- riantlarini bir tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehti- yojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub va xomash- yoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo‘lgan variant tanlab olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling