M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 
1.2. Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish 
Shu narsa ma’lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya 
nurini chapga buruvchi aminokislotalar, ya’ni L-shakldagi aminokislo-
talardan tashkil topgan. Ko‘p davlatlarda qishloq xo‘jalik hayvonlari 
uchun standart qo‘shimcha oziqa sifatida soya o‘simligi dukkaklari 
qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda sanoat 
miqyosida bir hujayralilar, ya’ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug‘lar 
o‘stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. Ancha 



vaqtlardan buyon zamburug‘larning Sacharomyces avlodi vakillarini 
qandli achitish qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas olish 
muhitida o‘stirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa 
yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Gidroliz sanoatini paydo bo‘lishi tufayli 
spirt mahsuloti ajratib olingandan so‘ng aerob fermentatsiya sharoitida 
achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo‘lga 
qo‘yila boshlandi. Bu narsa o‘simlik manbalarini kislotali gidrolizi 
natijasida hosil bo‘ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi 
ajratib olish imkonini beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib 
olishni yo‘lga qo‘yish ishlari achitqili biomassani karbonvodorodlardan 
olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada 
rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon 
vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga 
moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shaklla-
nishiga sababchi bo‘ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkan-
lardan foydalangan holda o‘stirilgan bo‘lsa, keyinchalik metanol, etanol, 
metan, organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida foydalanish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. Parafinlar asosida o‘stiriladigan achitqili 
biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo‘lishi mumkin ekan. 
Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator 
vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar 
ko‘p bo‘ladi, ya’ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. Shu 
xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida o‘stiri-
ladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo‘ladi. Bakterial 
biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomas-
saning hosil bo‘lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo‘ladi. Achit-
qi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo‘yicha standart 
sifatida qabul qilingan soya o‘simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob 
oqsillari tarkibida ham aminokislotalarning to‘liq tarkibi uchraydi va 
hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko‘p-
roq miqdorda uchraydi. 1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokis-
lotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan. 
1-Jadvaldagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi-ki, standart oziqa tar-
kibidagi aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo‘l bilan olinadigan 
biomassaning tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati 
kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan aminokislotalarning miqdo-
riy ko‘rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to‘la qimmatli oziqa 
sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni 
ko‘rsatdiki, go‘sht va sut ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan chorvachilik 



va shuningdek parrandachilikda qo‘llash uni texnologik va iqtisodiy 
jihatdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi. 
 
1-jadval

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling