M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
16 2. AMINOKISLOTALAR BIOSINTEZI TEXNOLOGIYASI Tayanch iboralar: almashinmovchi aminokislotalar, valin, arginin, gistidin, serin, leysin, izoleysin, lizin, treonin, triptofan, fenilalanin, metionin, mikrobiologik uslub, D, L -Metionin, D, L -triptofan, indol, nitrosirka efir, L-glutamat, akrilonitril, sian, ammiak, L-lizin, siklogek- san, natriy atsetat, enzimatik, D-alfa-kaprolaktam, go‘sht sanoati qoldiq- lari, sut kazeini, bug‘doy kleykovinasi, mikrob o‘stiriladigan suyuqlik, bir bosqichli uslub, ikki bosqichli uslub, aminokislotani maqsadli trans- formatsiyasi. 2.1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yetarli miqdorda ishlab chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoni- yatlari paydo bo‘ldi. Ratsion tarkibida u yoki bu aminokislotaning, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalarning yetishmasligi yoki umu- man bo‘lmasligi organizmning o‘sishi va rivojlanishiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, gisti- din, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilala- ninlar kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam miqdordagi ulushini qo‘shib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab chiqaril- moqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga bo‘lgan talab yuqori (130 ming t) bo‘lishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60 % mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar ishlab chiqa- rishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda 17 aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqti- sodiy jihatdan ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining o‘zida induvidual aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yem-oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mum- kin bo‘ladi. Bugungi kunda metionin, glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin bu uslubning kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni ko‘p tonnali miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Odat- da yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib olinadigan aminokis- lotalar faqat L-shaklda bo‘lishi shart. Mikrobiologik uslubda ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya’ni mahsulot tarzida ajratib olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat bo‘ladi. Bu aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshi- rish ancha qimmatga tushadi. Tayyor mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan o‘zlashtirilmaydi, ularning ba’zilari esa organizm uchun zaharli bo‘ladi. Bu qoidadan glitsin va metionin mustasno bo‘lib, glitsinning optik izomeri yo‘q, metioninning har ikkala izomeri ham odam va hayvonlar tomonidan bir xil o‘zlashtiriladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling