18
Bu uslubda 1 t D, L-metionin ajratib olish uchun 0,6 t akrolein sar-
flanadi, rasematni ajratish esa talab qilinmaydi.
D, L-triptofanni indol va nitrosirka efirdan ajratib olish
Bu sxema
asosida ajratib olingan D, L-triptofan yem-oziqa sifatida
ishlatilganda
uni rasematidan, ya’ni D va L- shakllarini bir biridan
ajratish talab qilinmaydi.
Natriy L-glutamatni akrilnitritdan ajratib olish
19
Bu uslubda olingan rasemat ikkala optik izomerlarni alohida olingan
toza shaklidagiga nisbatan suvda yaxshiroq eriydi, Shu sababli to‘yingan
eritma tarkibidagi L-shaklni ajratib olish uchun aralashmaga natriy L-
glutamat kristallari qo‘shiladi.
Siklogeksanondan L-lizinni ajratib olish
Bu uslub asosida olingan lizinning D va L- shakllarini bir biridan
ajratib olish uchun ularning tuzli aralashmalariga L- vino kislota qo‘shib
o‘zaro ta’sirlantiriladi. D-lizin va vino kislotaning tuzlari suvda kamroq
eriydi. Shu xossadan foydalanib D- va L-lizinlar bir biridan ajratiladi.
Bundan keyin lizinning L-shaklini vino kislotadan ajratish uchun kolon-
kada ion-almashinuv xromatografiyasi o‘tkaziladi.
Ajralib qolgan D-
lizin salitsil aldegid bilan o‘zaro ta’sirlantirilib qaytadan rasematsiyalash
uchun qaytadan qurilmaga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: