M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

 



 
1. BIOFAOL MODDALAR, ULARNING TASNIFLANISHI, 
SANOAT MIQYOSIDA OLINISHI VA ISHLAB CHIQARISH 
ISTIQBOLLARI 
Tayanch iboralar: Bio-hayot, texnologiya, genetik va hujayra mu-
handisligi, tirik mavjudotlarning irsiy apparatini o‘zgartirish uslublari, 
kimyoviy sintez, mikrobiologik sintez, achitqi, bakteriya, viruslardan 
foydalanib mikrobiologik sintezni amalga oshirish, oqsilli, oqsilli-vita-
minli, konsentrat, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar fermentlar, 
gormonlar, mikrobiologik o‘g‘itlar, o‘simliklarni muhofaza qilish vosi-
talari, mikroorganizmlar va fermentlarni immobilizatsiyalash, gen mu-
handisligi, ATF ishlab chiqarish.
 
1.1. Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi 
Hozirgi kunda jahon sivilizatsiyasining rivojlanishini mikroor-
ganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. So‘nggi paytda «Biotexnologiya» atamasi fanga kirib kelib-
gina qolmasdan, balki Shu nom bilan atalgan mutaxassislar, fan 
nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashga kirishildi. Biotexnologiyaning 
rivojlanishini mikroorganizmlar to‘g‘risidagi dastlabki fikrlarning paydo 
bo‘la boshlashidan, ya’ni XVII asrda A.Levenguk tomonidan ularni bir-
inchi bor mikroskop ostida ko‘rilgandan va L.Paster tomonidan achish 
jarayoni va odam va hayvonlarning ba’zi kasalliklarini kelib chiqishi, 
ularning faoliyati bilan bog‘liqligi isbotlanib, asta-sekin mikrobiologi-
yaning mustaqil fan sifatida maydonga kelganidan boshlangan desa 
bo‘ladi. 
Biotexnologiyaning o‘zini mustaqil fan sifatida shakllanishi uchun 
esa, mikrobiologik tadqiqotlar ma’lumotlarini jamlanishi va mikroor-
ganizmlarning biologiyasini mukammalroq o‘rganilishi kerak bo‘ldi. 
Mikrobiologiyaning yutuqlari mikroorganizmlar haqidagi fanni va 
xalq xo‘jaligini har xil tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlashda muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Mikroorganizmlar juda mayda 
jonivorlar bo‘lib, ular havo oqimlari va boshqa uslublar yordamida tabi-
atda osongina va keng tarqalish imkoniyatlariga ega. Yer kurrasida ular 
tarqalmagan nuqtani topib bo‘lmaydi. Ayniqsa ular tuproq va suv 



havzalarida ko‘p uchraydi. Mikroorganizmlarning eng muhim xususi-
yatlaridan biri, ularning tez ko‘payishidir. Bakteriyalarning har 30-60 
minutda, hattoki 8-10 minutda ikkiga bo‘linadigan turlari bor. Agar 
og‘irligi 2,5x10
-12
g keladigan bir dona bakteriyani cheksiz ravishda 
ko‘payishiga imkoniyat yaratilsa, unda bir kecha kunduz davomida 
100000000000 t biomassa hosil bo‘lar edi. Mikroorganizmlar, ayniqsa 
bakteriyalar fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari jihatidan xilma xil 
bo‘lib, yuqori taraqqiy etgan o‘simliklar va hayvonlar bardosh bera ol-
maydigan ekstremal sharoitlarda ham o‘sish va yashash qobiliyatlarini 
saqlaydilar. Ularning ko‘plari 40-50 
0
C da mavjud bo‘lsalarda, ayrimlari 
100-160 
0
C da ham yashash qobiliyatlarini yo‘qotmaydilar. So‘nggi 
ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz tubida sulfidli termal manbalarda 250 
0
C da 
ham yashaydigan bakteriyalar ham bor ekan. Ba’zi mikroorganizmlar 
1000-1400 atm. bosimga ultrabinafsha va ionlangan nurlarga bardosh 
beradi. Hattoki atom reaktorlaridan ajratib olingan bakteriyalar bor. 
Oziqlanish bo‘yicha mikroorganizmlar xilma xil guruhlarga 
bo‘linadi. Ularning ko‘pchiligi o‘sishi va rivojlanishi uchun hayvonlar 
kabi tayyor organik mahsulotlar bo‘lishini talab qiladi, ya’ni ular get-
erotrof organizmlar jumlasiga kiradi. Ular orasida bakteriyalar zambu-
rug‘lar va sodda hayvonlar bor. Mikroganizmlarning har xil substrat-
larda o‘sib rivojlanishi muhitga ancha miqdorda fermentlar, vitaminlar, 
polisaxaridlar, toksinlar, aminokislotalar, organik kislotalar, spirtlar, 
ammiak, nitratlar, karbonat angidrid va boshqa metabolizm mahsulot-
larini hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Bu moddalarni biotexnologik 
uslublar asosida ko‘paytirish va yig‘ib olish dehqonchilik, chorvachilik, 
tibbiyot va veterinariya, o‘simliklarni muhofaza qilish, oziq-ovqat 
mahsulotlarini uzoq muddatlarda saqlash, dori-darmonlar ishlab chiqar-
ishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Mikrobiologik sanoat hozirgi kunda xalq xo‘jaligini rivojlantirish, 
insoniyatni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida 
keng imkoniyatlar yaratmoqda. Tabiatda mavjud bo‘lgan mikroor-
ganizmlar shtammlaridan organizmda uchrovchi biofaol moddalar va 
o‘simliklar, hayvonlar va odamlarning kasalliklarini davolashda ishlati-
ladigan dori-darmonlarni ishlab chiqaradigan xillarini ajratib olish va 
ulardan samarali foydalanish mikrobiologik biotexnologiyaning is-
tiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mikroorganizlarning hozir-
gi kunda bir necha yuz xillari ma’lum. Bevosita tabiiy mikroorganizmlar 
shtammlarini mikrobiologik sanoatda foydalanish uchun ajratib olish va 
o‘stirish sharoitini tanlashdan tashqari, ularning yuqori mahsuldor mu-



tantlarini olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, so‘nggi paytda 
penitsillinni sintezlovchi mutantlar dastlabki shtammlarga nisbatan 
10000 marta ko‘p antibiotik ajratib olish imkonini berdi. Keyingi yil-
larda foydali mikroorganizmlarni ajratib olishda gen muhandisligidan 
foydalanilmoqda. Masalan, tegishli genlarni ko‘chirish orqali havodagi 
molekulyar azotni yaxshi o‘zlashtiruvchi bakteriya shtammlarini ajratib 
olishga erishildi. Shuningdek mikroorganizmlar hujayrasiga odamning 
proinsulin va interferon sintezi uchun mas’ul bo‘lgan genlarni ko‘chirib 
o‘tkazish natijasida tibbiyot uchun kerakli bo‘lgan birikmalarni arzon 
yo‘l bilan ishlab chiqarishga erishildi. Mikroorganizm shtammlaridan 
foydalanib etanol, metanol, metan, molekulyar vodorod va karbonat an-
gidridlardan manba sifatida foydalanib biomassa ajratib olish istiqbolli 
hisoblanadi. So‘nggi yillarda fermentlarni yoki mikroorganizmlarning 
hujayralarini immobilizatsiyalash orqali juda qimmatli mahsulotlarni 
ajratib olishga erishilmoqda. 
Biotexnologiya mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va 
genetika yutuqlariga tayanadi. Bundan yetmish yillar ilgari antibiotiklar, 
fermentlar, aminokislotalar va ko‘pdan ko‘p xo‘jalik uchun zarur bo‘l-
gan qimmatli preparatlarni mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanib 
sanoat miqyosida ajratib olish haqida tasavvurning o‘zi ham yo‘q edi. 
Yildan yilga biologik faol moddalar va dorivor moddalarni biotexno-
logik uslub yordamida olish jadal rivojlanib bormoqda. Muayyan kursni 
o‘tishda biologik faol moddalar, dorivor moddalar, antibiotiklar, gor-
monlar, vitaminlar, aminokislotalarni mikrobiologik sintezi, shuningdek 
o‘g‘itlar va o‘simliklarni kasalliklar va hashoratlardan muhofaza qilish 
vositalari sifatida foydalaniladigan moddalar va ularning bakterial prepa-
ratlarni ajratib olish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu fanning mazmu-
niga yuqorida keltirilgan jarayonlarning texnologik jihatlari va jihozlan-
ish tamoyillariga tegishli bo‘lgan materiallar ham kiradi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling