M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Mikroblar sintezlagan oqsillar gidrolizatlaridan


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/87
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1213608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI

3.2. Mikroblar sintezlagan oqsillar gidrolizatlaridan
aminokislotalar ajratib olish 
 
Odatda mikroorganizmlar aminokislotalarning hammasini ma’lum 
miqdorlarda sintezlash qobiliyatiga ega bo‘ladi va bu aminokislotalardan 
hayotiy jarayonlardagi o‘zlarining ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan max-
sus oqsillarni sintezlaydi. Demak har bir aminokislotani biosintezlanish 
tezligi gen darajasida shu aminokislotani sintezi uchun mas’ul bo‘lgan 
ferment (repressiya) orqali, shuningdek bu fermentlarning o‘zlari dara-
jasida, ya’ni hosil bo‘lgan aminokislotalarning miqdori oshib ketsa un-
ing faolligini o‘zgarishi (retroingibirlanish) orqali nazorat qilinadi. 
Mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladigan aminokislotalar 
biosintezining shu tamoyilda nazorat qilinishi bu aminokislotalarning 
oshiqcha miqdorda hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Demak aminokis-
lotalarni hujayradan ajratib olish darajasidagi miqdorda sintezlanishini 


28 
ta’minlash uchun tizimni izdan chiqarib aminokislotani mikrob hujayra-
sida ko‘p miqdorda yig‘ilishiga erishish lozim bo‘ladi. Bu xil mikroblar 
tabiiy manbalardan ajratib olinadi. Masalan, yovvoyi tip shtammlari ora-
sida glutamin kislota, prolin yoki valinni to‘playdigan xillari uchraydi. 
Lekin aminokislota produsentlarini seleksiyalashning asosiy yo‘li-auk-
sotrof va boshqaruvchi mutantlarni ajratib olishdan iboratdir. Auksotrof 
mutantlarni bakterial suspenziya aralashmasiga fizik (ultrabinafsha va 
rentgen nurlari) va kimyoviy (etilenimin, dietilsulfat, nitroetilmoche-
vina) omillarni ta’siridan so‘ng selektiv muhitda tanlab ajratib olinadi. 
Bunday mutantlarda fermentni determinatsiyalovchi defekt gen paydo 
bo‘ladi-ki, usiz muayyan aminokislotani biosintezi amalga oshmaydi. 
Aminokislotalarning produsentlari-auksotrof mutantlar sifatida faqat 
dastlabki mahsulotning bir xilidan eng kamida ikkita aminokislotani tar-
moqli ravishda biosintezini amalga oshiruvchi mikroorganizmlardan 
foydalanish mumkin bo‘ladi. Aminokislotalarning biosintezini umumiy 
sintetik jarayonning birinchi fermenti faoliyati darajasida so‘nggi mah-
sulotning hosil bo‘lishi orqali retroingibirlash yo‘li bilan nazorat qili-
nadi. Bu xil auksotrof mutantlarda muhitda bir xil aminokislotalarning 
ko‘p miqdorda bo‘lib, ikkinchi aminokislotaning kamligi ferment faolli-
gini to‘sib qo‘ymaydi. Mutagen ta’sir natijasida biosintezi to‘sib qo‘yil-
gan aminokislota muhitga chegaralangan miqdorda qo‘shilishi mumkin. 
Boshqaruvchi mutantlarni tanlashda ular orasidan ajratib olinadigan ami-
nokislota analogiga nisbatan barqaror bo‘lgan xilini tanlab olinadi. Shu 
maqsadda tanlab olinadigan shtamm (ko‘pincha auksotrof) tarkibida kar-
bon manbayi, anorganik tuzlar va maqsadli aminokislotaning analogi 
bo‘lgan muhitga ekiladi (kiritiladi). Aminokislotani analogi tabiiy ami-
nokislotani antogonisti bo‘lib, mikrobli muhitda shu aminokislotani 
oshiqcha miqdorini imitatsiyalaydi va hujayralarning boshqariluv tizi-
miga ta’sir etadi; natijada u analog oqsilning hosil bo‘lishida ishtirok eta 
olmaydi va demak mikrobning keyingi o‘sishi to‘xtaydi. Bu uslub mu-
tantlardan maqsadli aminokislotani hosil qilishni boshqaruvchi tizimni 
izdan chiqaradi, ulardan ba’zilari esa bu aminokislotaning sintezini 
jadallashtirish va hujayradan ajratish qobiliyatiga ega bo‘lib qoladi. 
So‘nggi paytda aminokislotalar produsentlarini seleksiyasida gen mu-
handisligidan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda va bunda plazmidalarda 
klonlash ishini amalga oshirish yo‘li bilan aminokislotalar biosintezi 
genini dozasi oshirilmoqda. Hujayraning gibrid plazmidalarini transfor-
matsiyalab genlarning dozasini oshirishga va demak, tegishli aminokis-


29 
lotani biosintezi uchun mas’ul bo‘lgan ferment miqdorini oshirishga er-
ishiladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling