M. G. Safin, Y. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi
L-glutamin kislotani biosintezi va uni sintezlashni jadallashtiruvchi
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4dbbced560cf05dd43f501b868d1b397 BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
L-glutamin kislotani biosintezi va uni sintezlashni jadallashtiruvchi mikroorganizmlarni seleksiyasi L-glutamin kislota sanoat miqyosida mikrobilogik sintez asosida ajratib olingan birinchi aminokislota hisoblanadi. Bu sintez jarayonlarining produsentlari sifatida korinebakteriyalarning glutamat hosil qiluvchi yovvoyi shtammlaridan foydalanilgan. Bu shtammlarning me’yoriy chegarada o‘sishini ta’minlaydigan sharoitda bu aminokislotaning o‘ta ko‘p miqdorda sintezlanishi amalga oshmaydi. Korinebakteriyalarning yovvoyi shtammlari tomonidan bu mahsulotning «oshiqcha miqdorda» ishlab chiqarilishi maxsus fiziologik sharoitlarda, ya’ni hujayralarning o‘sishi to‘xtaganda, hujayra membra- nasida tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlar sodir bo‘lib, uning o‘tkazu- vchanligini glutamin kislotasiga nisbatan kuchayishi tufayli yuz beradi. Bunday sharoit muhitda biotinning limiti (1-5 mkg/l) yuzaga kelganda paydo bo‘ladi. Aynan shunday samara mikrobli muhitga ba’zi antibi- otiklarni va detergentlarni qo‘shganda yuz beradi. Hujayrada hosil bo‘layotgan glutamin kislotaning jadal ravishda undan chiqarilishi, bu aminokislotaning hujayra ichidagi konsentratsiyasini keskin pasaytiradi va natijada so‘nggi mahsulotni, ya’ni uning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan maxsus oqsilning sintezi susayadi. Bunday sharoitda hattoki yovvoyi shtammlar foydalaniladigan karbon manbayini 50 % ni glutamin kislo- taga aylantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu aminokislotani produsentlari bo‘yicha olib boriladigan seleksion ishlar asosan faolligini sustligi bilan ajralib turadigan alfa-ketoglutaratdegidrogenaza (glutamin kislota uchun xom-ashyo vazifasini bajaruvchi moddani uch karbon sikliga qo‘shuvchi ferment) li auksotrof mutantlar ajratib olish, so‘nggi mahsulot bilan ingibirlanishga sezgirligi sustligi bilan tavsiflanuvchi L- glutamat- degidrogenazali boshqaruvchi mutantlarni va biotinning oshirilgan miqdorida mahsulot hosil qilishga qodir bo‘lgan mutantlarni tanlab olish yo‘nalishida olib boriladi. Mutantni bosqichli tanlaganda seleksion us- lubning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan ya’ni, unga mutagen ta’sir ko‘rsatgan- dan so‘ng mutantni biotinning mo‘l miqdori (30mkg/g) muhitida baho- lash orqali amalga oshiriladi. Odatda qand lavlagisi chiqindilaridan mik- roblarni o‘stirishda yagona karbon manbayi sifatida foydalanilganda, reaksion muhitda 50 g/l gacha glutamin kislota yig‘iladi va muhitga 30 qo‘shimcha ravishda biomembranalarning o‘tkazuvchanligini oshiruvchi sirt tarangligi yuqori bo‘lgan moddalarni kiritishning hojati bo‘lmaydi. Yapon olimlari qand lavlagi chiqindilaridan mikrob uchun karbon manbayi sifatida foydalanib, glutamin kislotani ajratib olishda harorat rejimini o‘zgartirish orqali mutant tanlashni yo‘lga qo‘ydilar. Haroratga nisbatan sezgir bo‘lgan mutantlarni o‘stirib, so‘ng haroratni 40 0 C chega- rasigacha oshirish hujayra membranalarini shikastlanishiga va hujayrada hosil bo‘lgan glutamat kislotani hujayraning tashqarisiga chiqishiga olib keladi. Bunday mutantlar qand lavlagisi chiqindilari karbon manbasi si- fatida foydalanilgan muhitda 20-26 g/l gacha glutamat ajratishi mumkin ekan. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling