M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Vaziyatli masala
1. Oddiy askar S. 20 yosh, o‘ng yelka bo'g'imidan o‘q otuvchi qurolidan jarohatlangan. Jang maydonida aseptik bog‘lam qo'yilgan. O'ng qo'li bint bilan gavdasiga mahkamlangan. Jarohat olgandan 1,5 soat keyin BrTP ga tushgan. 0‘zi yurib kelgan. Teri qopiamlari rangpar. Pulsi daqiqada 86ta. AQB 110/60 mm sim. ust. Bog'lam yechilganda yelkasining oldingi yuzasida 0,5x0,6 sm, orqa yuzasida 1,5x2,5 sm li chetlari yirtiq yara bor. Qon ketishi venoz tipda kam miqdorda, o'ng yelka bo'g'imda aktiv harakat qila olmaydi. 166 I. Diagnoz qo'ying va asoslartg. 2. Punkt ichida saralashni o'tkazing. 3. Tibbiy yordamni asoslang va yoriting. II. Oddiy askar T. 22 yosh. O'q otuvchi quroldan jarohatlangan- dan 2 soat keyin nosilkada BrTP ga keltirilgan, og‘ir ahvolda. Shiko- yatlari chap oyog‘ini to‘la bosa olmasligi, tormozlangan, rangpar, pulsi daqiqada 126ta, AQB 70/40. Chap chov sohasida qon bilan ho'llangan bog'lam, immobilizatsiya yo‘q. Bog'lam olin- gandan keyin: chov boylamidan 2 sm pastda, o‘rta qismida o'lchamlari 1x1,5 sm bo'lgan jarohat, chiqish teshigi katta ko'stdan orqada, o'lchamlari 4x5 sm, chekkalari yirtiq jarohat. Ko‘zdan kechirilganda arterial qon ketish kuzatilmadi. Chap oyoq tashqariga buraigan. Be- mor uni ko‘tara olmaydi. 1. Diagnoz qo‘yish va asoslang. 2. Punkt ichi saralash o'tkazing. 3. Tibbiy yordam hajmini bayon eting. III. Oddiy askar M. 18 yosh. BrTP ga zambilda o‘ng tizza bo'g'imining parchali jarohatidan 1 soat keyin keltirilgan. Sonning pastki 1/3 ga jgut qo‘yilgan. Tizza bo'g'im sohasidagi bog‘lov qon bilan shimilgan. Oyoq taxta bilan immobilizatsiyalangan. Puls daqiqada lOOta, AQB 80/50 mm sim. ust. teng. 1. Diagnoz qo'ying va asoslang. 2. Punkt ichi saralash o'tkazing. 3. Tibbiy yordam hajmini bayon eting. 167 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling