M kariyev, R. Alimov


XI bob. QO‘L-OYOQ QON TOMIRLARI


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

XI bob. QO‘L-OYOQ QON TOMIRLARI 
JAROHATLARI 
Hind-Xitoy 
fransuz 
armiyasida 
yirik 
tomirlarning 
jarohatlari 
2,5% yaradorlarda kuzatilgan. Vyetnamdagi urushda Amerika ar- 
miyasida tomirlarning jarohatlari 2,5% yaradorlarda aniqlangan. Tomir- 
lar jarohatlarining eng ko‘p miqdori oyoqlar tomiriga, undan keyin 
qo‘llar tomiriga va 3-o‘rinda bo‘yin tomiriga to'g‘ri keladi. Ikkinchi 
jahon urushida har xil sohalardagi yirik arteriyalarning jarohatlanishi 
quyidagi nisbatda bo‘lgan: bosh va bo'yin - 1,21%, ko‘krak - 0,54%, 
qorin va tos — 1,13%, qoMlar - 38,5%, oyoqlar - 56,47% 
(B.V.Petrovskiy, F.M.Plotkin, 1995). 
Oyoq-qo‘l tomirlari jarohatlarining tasnifi. Awal shikastlanishi- 
ning 2 guruhi ajratiladi: 1) ochiq (o‘t otuvchi) va 2) yopiq. Arteriya- 
ning travmasi (jarohati) vena, nerv, suyak jarohatlari bilan birga ke- 
lishi mumkin. Bunday arteriyaning travmasi (jarohati) alohida jaro- 
hatdan farqli qo'shma deyiladi. 
Tomirlariing ochiq jarohatlari
(sanchilgan, kesilgan, o‘t otishdan
boshqa jarohatlar) xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tomirlar jarohat- 
larining quyidagi guruhlari farqlanadi: I) arteriyalar; 2) venalar; 3) 
arteriyalar va venalar jarohatlari. Tomir jarohatining xarakteriga ko‘ra: 
I) to‘Iiq ko‘ndalang; 2) notoMiq ko'ndalang; 3) yakka teshib o‘tuvchi; 
4) tegib o'tuchi (yonlama) jarohatlar. 
Tomir 
shikastlanishining 
turlarida 
tomirda 
«teshik»lar 
yoki 
«oyna»lar (darchalar) mavjud bo‘ladi, lekin shu bilan qon oqimi 
saqlangan bo'ladi. Jarohatning mexanizmi — mayda parchalar va dag‘al 
narsalar bilan shikastlanishi. Klinik jihatdan tomir tutami zonasida 
oval formaga ega bolgan yarali teshikchalari boMadi. Yumshoq 
to‘qimalarga tarqalgan qon gematomalar hosil qiladi. Lekin magistral 
tomir bo‘ylab qon oqimi saqlanadi. 
Bu shikastlar o‘zining ko‘ringan yaxshilanishi bilan aldamchi 
boMadi va diagnostika uchun qiyinchilik tug‘diradi. Tomirlardagi 
teshiklar gematoma bilan bekilib qolishi mumkin, biroq agar jarrohlik 
ishlovidan keyin yara yiringlasa, gematoma erib ketadi va bu qayta 
qon ketishiga olib keladi. Fenestrlovchi shikastlarning diagnostikasi 
uchun angiografiya ko‘rsatiigan. 
O'q otuvchi qurollardan foydalanadigan zamonaviy urushda tomir- 
larning shikastlanishiga ko‘proq o‘q parchalari, sharchalar va o‘qlar 
bilan yetkaziladi. 
Mutlaq ko'pgina jarohatlar oyoq-qo‘llarning tomirlari jarohatlari 
boMadi, ular orasida ko‘pincha son va taqim osti arteriyalari shikast- 
lanadi. 
Juda ko‘p hollarda qo‘shma jarohatlar: arteriya va vena, arteriya 
va suyaklar, arteriya va nervlaming shikastlari uchraydi. Ba’zida esa 
168 


uchta umumlashgan jarohatlar (tomir. suyak, nervlarning jarohatlari) 
kuzatilishi mumkin. Sharchali bombalarning va snaryadlaming paydo 
boMishi bilan tomir devorining katta defektlari boMgan ko‘pgina tomir 
jarohatlari ko‘paydi, ular bilan barcha ko‘krak bo‘shliqlar organiarining 
jarohatlari birga boMadi. 
Tomir jarohatlarining klinik ko‘rinishiga ko‘ra quyidagi turlari farq- 
lanadi: 1) birlamchi qon ketishisiz; 2) birlamchi qon ketishi bilan; 
3) gematoma hosil boMishi bilan; 4) mahalliy qon aylanishi buzilishi 
belgifari bilan; 5) massiv qon va shok bilan asoratlangan. 
Tomir jarohatlarining klinik manzarasi tomir devorining shikast- 
lanishi xarakteriga, shikastlangan arteriya kattaligiga, jarohat sohasining 
anatomotopografik xususiyatiga venalarni qo'shma shikastlari borligi, 
suyak va nerv jarohatining bor-yo‘qligiga, yumshoq to'qimafarning 
buzilish hajmiga, yaradorning umumiy ahvoliga va boshqalarga bog‘liq 
boMadi. 
Arteriya jarohatlarining klinik manzarasida umumiy va maxalliy 
belgilar farqlanadi. 
Umumiv belgilar: 1. Qon yo'qotish. 2. Shok. 
Mahalliv beleilari: 1. Tomir proyeksiyasi sohasida yaraning joy- 
lanishi. 2. Tashqi qon ketish. 3. Yara sohasida gematoma hosil bo‘lishi. 
4. Gematoma pulsatsiyasi va unda shovqinlarning boMishi. 5. Periferik 
tomirda pulsning sustlashishi yoki bo‘lmasligi. 6. Shikastlangan oyoq- 
qoMning distal qismida rangining o‘zgarishi. 7. Suyak-bo“g‘im appa- 
ratining yoki nervning jarohatlashishiga bog'liq bo‘lmagan oyoq-qo‘l 
faoliyatining buzilishi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling