M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy o‘quv
- Mashg‘ulotning o‘tkazilish metodikasi
- Amaliy mashgulotning ta’minlanishi.
- Mashgulot saqlanmasi.
Mashg'ulot maqsadi: qo'l-kaft, oyoq kaft va bo‘g'imlarining o'qotar
qurollardan jarohatlanishida jarohat tasnifi, simptomatikasi, diagnostika- si va davolash prinsiplari. BrTPda yirik bo'g'imlarning qo'l-oyoq kaftini o'qotar qurollardan jarohatlanishida birinchi shifokor yordami hajmi. Asosiy o‘quv savollari: qo‘l-oyoqlar katta bo'g'imlari jarohatlari- ning uchrashi va tasnifi, simptomlari va diagnostikasi. Birinchi tibbiy va shifokorgacha bo'lgan yordamni ko‘rsatish. BrTP, ATO, HDXG da «son-yirik bo'g'imlar» tibbiy yordam hajmi. Bug'imlar jarohatida asoratlar va ularni davolash: qo'l-kaft va oyoq-kaft yaralanishi, uchrashi va o'qituvchi tasnifi. Simptomlari va diagnostika. Birinchi tibbiy va shifokorgacha yordam. BrTP, ATO, HDTGda tibbiy yordam hajmi. Mashg‘ulotning o‘tkazilish metodikasi: mashg'ulot o'quv sinflarida, palatalarda, bog'lov va operatsion xonalarda o'tkaziladi. O'quv sinfida qo'l-oyoqning yirik kaft va tovon o'qotar qurollarda jarohatining sa- vollari yechiladi. Bog'lov xonasida talabalar o'qituvchi tekshiruvi ostida qo'l-oyoqning yirik bo'g'imlar qo‘l-kaft va oyoq-kaft o'qotar qurollardan jarohatini bog'lash ishlarini o'tkazadi. Jarrohlik xonasida talabalarga yirik bo'g'imlar, tovon, kaftning jarohatlarida jarrohlik usullarini ko'rsatadi. Amaliy mashg'ulotning ta’minlanishi. Jadval: «Bo'g'imlarning o'qotar qurollardan yaralanish tasnifi», «Alohida yirik bo'g'imlarning yaralanishi, «Yirik bo'g'imlarining o'tuvchi jarohatlarida asoratlar uchrashi», «Kaft va barmoqlarning jarohatlanish tasnifi», «Tovonning o'qotar qurollardan yaralanish tasnifi». Travmatologiya bo'limi bog'lov va operatsiya xonasining ta’minlanishi. Mavzu bo'yicha rentgen tasvirlarini tanlash. Mashg'ulot saqlanmasi. 1. Yirik bo'g'imlar yaralanishining uchrashi va tasnifi. Ikkinchi jahon urushida yirik bo'g'imlarning o'qotar qurollardan yaralanishi butun yaralanishning taxminiy 8%ini tashkil qilgan (A.M.Sorlikov, 1973). Yirik bo'g'imlar jarohatidan yelka bo'g'imi yaralanishi 24%, bilak bo'g'imi 22,9%, son-chanoq bo'g'imi 6,6%, tizza bo'g'imi 31%, boldir-tovon bo'g'imi 13,1%. Teshib kiruvchi o'q jarohatlar 57,3%, teshib kirmaydigani esa 42,7%. 2. Yirik bo'g'imlarning' yaralanishining to'liq tasnifi. Bo'g'im yara- lanishining teshib kiruvchi va teshib kirmaydigan yaralanishiga bo'linishi operativ davolanishni tanlashda muhim ahamiyatga ega. O'q teshib kirmaydigan yaralarning jarrohlik davosi bo'g'imlarda 160 boshqa joylashgan yumshoq to'qimalamikiday bo'ladi. Shuning uchun bundan keyin bo'g'imlar o‘q teshib kiruvchi yaralanishlarni davolashni ko'ramiz. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling