M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Gematomalar. Yirik tomirlarning jarohatidan kelib chiqadigan ge-
matomalar ko'pincha pulsatsiyalanadi. Pulsatsiya jarohatlanishining bi- rinchi soatlarida paydo boMishi mumkin, lekin ko'pincha bir necha kun o'tgandan keyin paydo boMadi va gematoma bilan tomir bo‘shlig‘ining aloqadaligini ko'rsatib turadi. Shikastlanishdan keyingi gematoma ustidan shovqinlar kam ku- zatiladi, ular ko'pincha jarohatga bir necha kun o‘tgandan keyin paydo boladi. Tomir shikastlanishida auskultativ belgilar paydo boMishi soxta anevrizmaga aylangan gematomaning shakllanishi bilan tushuntiriladi. Ko‘p hollarda yirik qon tomir jarohallansa, anevrizma hosil boMadi. Travmatik anevrizma — bu arteriya bo'shligMning turg'un mahalliy patologik kengayishi boMib, arteriya devorining mexanik shikastlanishi natijasida hosil boMadi. Ular o‘sma bilan, pulsatsiya bilan, xarakterli sistolik shovqin bilan, nervlarning bosishi bilan paydo boMgan og'riqlar bilan, perifirik puls o‘zgarishi bilan namoyon boMadi. Arterio-venoz travmatik anevrizmada ko‘pincha bir vaqtning o'zida ikkala tomir shikastlanadi. ko‘pgina hollarda tomirlar yonida jarohat natijasida arterial va venoz sistema o'rtasida patologik anastamoz hosil boMadi. Magistral tomirlar shikastlanishi klinikasi yaxshi bilinmaganda 169 diagnostika uchun arteriografiya qilish muhimdir. Katta arteriya uzoq tomirning jarohatlanishi yoki bu qon aylanishi yetishmovchiligiga olib keladi, bu ko'pincha oyoq, qo‘llar jarohatining distal qismida bo'ladi. 0‘tkir qon aylanishining buzilishi uchrashi va darajasi, tomir tu- riga, kollateral tomirlarning jarohatlangandan keyingi holatiga bog‘liq. Jarohatlanishdan so‘ng qancha ko'p vaqt o'tsa, qo‘l va oyoqlarda qon bilan ta’minlanish yetishmovchilik belgilari shuncha yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Magistral tomirlarning shikastlanishi natijasida dast- labki daqiqalardanoq yuzaga keladigan arterial ishemiya quyidagilarga bog'liq: 1) sezilarli ishemiya va oyoq-qo‘l distal qismlarida parasteziya; 2) ishemik og'riqlar, bu og'riqlar paypaslaganda kuchaymaydi ham qo‘l-oyoqlar immobilizatsiya qilingandan so‘ng to'xtovchi (namoyi- shi) xususiyataga ega bo'Imaydi, gematomalarga yemiriluvchi og'riqlar qo‘shiladi; 3) rangparlik, keyinroq, mramarsimonlik, ko‘karish yuza- ga keladi; 4) qo‘l va oyoqlarning periferik qismlarida muzlash; 5) Yaradorda zo'rayib boruvchi mushaklarning parezi; 6) chuqur mu- shak to‘qimalarining o‘zgarishi hisobiga mushaklar kontrakturasi. 0‘tkir ishemiya dinamik jarayon bo'lib hisoblanadi. Dastlab bu jarayon qaytar jarayon sifatida bo'ladi. To‘qimalarda qon aylanishi- ning buzilishi va gipoksiya deyarlik bir xil emas. Ishemiyaga ko‘proq nerv to'qimalari chidamli bo'ladi. 6—12 soat ichida nerv to‘qimasining ishemiyasini ortga qaytarish mumkin bo‘ladi. Mushaklar kislorod yetishmovchiligi juda sezgir. Mushak to'qimalari 6 soatgacha ishe- miyaga dosh bera oladi. Arteriya shikastlanishida ishemiyaning davomiyligi vaqtga bog'liq bo'lganligi uchun dastlabki vaqtlardayoq arteriyalar tekshiriladi. Tomirlarning yopiq shikastlanishlari — okklyuziyalovchi shikast- lanishlar ko'pincha magistral tomirlarni yopiq shikastlanishida kuza- tiladi: oyoq-qo'llarning yopiq sinishi va chiqishida. Sinish yoki chi- qish paytida arteriyaning lat yeyishi yoki bosilishida bo'ladi, ba’zan o'sha zahoti qon tomirning cho'zilishi sodir bo'ladi, bunda uning devori shikastlanishi mumkin. Mexanik ta’sirlarga tomirning ichki intima qavati uchraydi. Yopiq shikastlarda arteriyalarning yopilishi intimadan adventitsiyaga qarab boradi. Tomirni o'rta qavati ancha mexanik ta’sirlarga chidamli, juda qattiq mexanik kuch bo'Igandagina butunligi buziladi. Adventitsiya tashqi qavati bo'lib, tomirning eng mustahkam qavati hisoblanadi. Tomirning intima va o'rta qavatining yorilishi arteriya o'zagining kontuziyasi deyiladi. Anatomik nuqtayi nazardan 3 ta darajasi aniqlanadi: I- u aylanmasiga shikastlanmagan bo'lib, natijada ayrim darz ketishlar bor. II- intimaning sirkulyar shikastlanishi - intimani yorilgan joylarida qon oqimi natijasida ar- teriya devori yopiladi, bu esa tomir ichi trombozi hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ill — arteriyaning ichki va o'rta qavatining shikastla- nishi. 170 Tomir kontuziyasinng II, III darajasi trombozga olib keladi va arterial magistral o‘zakni o'tkir bekilishiga olib keladi. Bunday shi- kastlanish turini okklyuziyalovchi deyiladi. Arteriyani liamma qavatlarining shikastlanishi natijasida pulsatsiyalovchi gematoma hosii bo'ladi, u esa travmatik anevrizmaga aylanib qoladi. Agar shu sohada vena ham shikastlansa, pulsatsiyalovchi gemato- ma hosii bo‘lmaydi. Natijada travmatik arteriovenoz anastamoz hosii bo‘ladi yoki arteriovenoz oqma paydo bo'ladi, ya’ni arterial qon venoz sistemaga tushib qon aylanish sistemasida umumiy buzilishlarga olib keladi. Shunday qilib, arteriya shikastlanishini okklyuziyalovchi turida o‘tkir qon aylanish yetishmovchiligiga olib keladi. Bu qon aylanish yetishmovchiligining og‘ir turi hisoblanadi, shuningdek, o‘tkir tomir ochilishi kollateriyalar hali tayyor bo'lmagan holatda paydo boladi, biz bilamizki, kollateriyalami asosiy tashuvchi bu — mushaklar hisoblanadi. Lekin yopiq travmalarda ular ham shikastlanadi. Agar u yoki bu tomir yoki mushakni shikastlanishi qon yo'qotish bilan birga borsa, ya’ni gipovolemiya bo‘lsa, o‘sha sohada qon aylanish keskin buziladi. 0‘tkir ishemiya sindromi rivojlanadi va oyoq-qo‘llarda 3-4 soat- dan so‘ng qaytmas jarayonlar bo'ladi. Bunday holat oyoq-qo‘lni gemo- dinamik amputatsiyasi deb nom olgan. Shu narsa aniqlanganki, qon aylanishining o‘tkir yetishmovchiligi natijasida birinchi navbatda mu- shaklarda og‘ir o‘zgarishlar kuzatiladi. Boshqa to'qimalar deyarli chidamli bo'ladi. Skelet mushaklarida qon aylanishni o‘tkir yetishmovchiligi nati- jasida katta nekroz maydonlari hosii bo‘ladi. Mushaklar sarg‘ish-oq, yoki yashil-sarg‘ish rangga kiradi. Bu esa mushaklarni bo’yovchi mi- oglobin pegmentiga bog‘liq. Ishemiya bo‘lgan mushaklar qonamaydi yoki ozgina qonaydi, ular qisqarish va mexanik ta’sirlarga javob bermaydi. Lekin makroskopik belgilar ishemiya bo’lgan mushaklarning, og’irlik darajasini aniqlab bermaydi. Mushaklarni qaytish xususiyatiga ega ekanligini aniqlovchi tekshirishlardan gistologik — ekspress usuli aniq ma’lumotlarni beradi, hattoki, makroskopik oMgan mushak deb hisoblagan bo'lsa ham. Arteriya shikastlangan sohasidan tromboz boshlanishi mumkin. Odatda tromb proksimal yo’nalishda o’smaydi. Magistral tomirlarda tromb hosii boMishi distal yo'nalishda boradi, undan ketuvchi arterial tomirlarni bekitib kollaterallarni ishga tushiradi va natijada qon oqishini magistral tomirda to'xtatadi. Bu esa arterial ishemiyani progressiyasiga va qaytmas jarayonlarga olib kelib, jarohatlangan tomirdan periferiyada ko’proq uchraydi. Qon tomirlarning yopiq jarohatining klinika diagnostikasi. Bu ko‘pincha oyoq-qo‘llarning sinishi yoki chiqishi natijasida bo'ladi. 171 Joylashgan sohaga lo'g'ridan to‘g‘ri zarba karri hollarda arteriya yoki vena zararlanishiga olib keladi, odatda ular siljigan suyak par- chalari bilan shikastlanadi. Bu asosan yelka va son suyaklari distal metaepifizlari sohasiga xarakterli. Oyoq-qo‘lni yopiq shikastlarida magistral arteriyalar shikastlani- shidagi taxminiy asosiy klinik belgilar: 1) og‘riq birdan, chidab bo‘lmaydigan, og'riqsizlantiruvchi vositalar bilan bosilmaydigan, si- niqlarni tiklash yoki chiqishlarni to‘g‘irlash va qo‘l-oyoq oxirlari immobilizatsiyasidan keyin kamaymaydigan, og‘riq shikast joyidan distalroq joylashadi; 2) nerv tutamlari ishemizatsiyasi natijasida qo'l- oyoq distal qismlarida sezgirlik buzilishi; 3) aktiv harakatlarga qodirlikning buzilishi. Qo'shimcha belgilar: 1) teri qoplamalarining birdan oqarishi yoki sianozi; 2) awal aniqlangan periferik pulsning yo'qolishi; 3) oyoq- qo‘lni teri qoplamalaridagi magistral arteriya proeksiyasi sohasida yopiq shikast joyida pulsatsiyalovchi yoki katta gematoma (faqat tomir bu- tunligi buzilganda). Bu simptomlar tomir okklyuziyalovchi shikastlanishi diagnozini klinik jihatdan qo‘yish uchun yetarlidir. Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar patogenezi quyidagi to‘qimaiarning o'suvchi ishemiyasi bilan bog‘liq: muskullar, nervlar, fastsiyallar. Tomir ham ishemizatsiyaga uchraydi, elastiklik va trombga qarshi xususiyatlarini yo'qotadi. Diagnostika uchun nervlarning ishemik zararlanishi juda muhim. Ishemik sindrom rivojlanish ketma-ketligi. Birinchi o‘rinda og'riq turadi. Keyin sezgirlik buzilishini birinchi belgilari namoyon bo'ladi, to butunlay og'riq sezgisi yo'qolgunga qadar. To'qimaga igna sanchish mumkin - bemor ta’sirini sezmaydi. Ikkinchi bosqich — harakatlar buzilishi: oldin muskullar kuchi sust- lashadi, keyin harakat qobiliyati to to'liq ishemik falajgacha yo'qoladi. Bu holat qaytmas holatga yaqin. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling