M kariyev, R. Alimov


Qo‘l-oyoq magistral arteriyalarning shikastlanishini davolash


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Qo‘l-oyoq magistral arteriyalarning shikastlanishini davolash. 
Magistral arteriya ochiq yoki yopiq shikastlarda bemorni davolashda 
3 asosiy masalani hal qilish lozim: 1-masala — jarohatlangan odamning 
hayotini saqlash (qon oqayotganda - qon oqishini to‘xtatish va aso- 
ratlari bilan kurashish); 2-masala — qo‘l-oyoq hayotchanligini saqlab 
qolish — tezda qon aylanishini tiklash; 3-masala — qo‘l-oyoq funk- 
siyalarini tiklash, travma natijasida qon aylanishi buzilishini tiklash. 
Shok va o‘tkir qon yo‘qotish asoratlarini davolash faqatgina umumiy 
terapiya pozitsiyasidan qaramay, balki shikastlangan to‘qima hayot- 
chanligini saqlab qoladigan tadbir hamdir, gemodinamik buzilishlar 
cheklanganda hamma to‘qimalarda qon aylanishi va oksiginatsiya yax- 
shilanadi, shu bilan birga shikastlangan qo‘l oyoqda ham. 
Jarohatlangan paytdan bo‘lgan vaqt — asosiy omil, u jarohatlan- 
gan arteriyani tiklash operatsiyasi natijasini aniqlaydi. 
Bir qancha chet el mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, jaro- 
hatlangan arteriyadagi tiklash operatsiyalari birinchi 10 soat ichida 
173 


o'lkazilsa, oyoq-qo‘llar saqlab qolinadi. Juda kech muddatlarda qo‘l- 
oyoq jonsizlanishi 25% hollarda uchraydi. Vaqt-faktor operativ usul 
davomida muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan barcha 
operativ aralashuv ishi olib borishda qon aylanishining obyektiv 
ahvolini va jarohatlangan to‘qima hajmini aniq bajarishi zarur. 
Oyoq-qo‘l qon tomirlarining ochiq va yopiq 
shikastlangandagi tibbiy yordam 
1. Jang maydonidagi birinchi tibbiy yordam. Oyoq-qo‘ldagi ma- 
gistral tomirlarning shikastlanishida birinchi tibbiy yordamning asosi 
qonni to‘xtatishdan iborat. 
U, asosan, quyidagi yo‘llar bilan to‘xtatiladi: barmoq bilan bosib 
turish, qo‘l yoki oyoqni maksimal bukish hamda qon to‘xtatish uchun 
bosib turuvchi bog‘lam yoki jgut qo‘yishdan iborat. Jarohatga aseptik 
bog'lov qo‘yiladi, og‘riqsizlantiruvchi moddalarni qoMlash va qo‘1 osti- 
dagi vositalar bilan transport immobilizatsiya qilish shart. 
2. Vrachgacha yordam (BrTP) - bog‘lamlarni tekshirish va 
to‘g‘irlash, transport immobilizatsiyani yaxshilash. Ko‘rsatamalarga 
ko‘ra yurak qon tomir sistemasini yaxshilovchi moddalar kofein, 
kordiamin va boshqalar qilinadi. Kerak bo‘lsa og‘riqsizlantiruvchi 
moddalarni qayta yuborish kerak. BrTPga tezlik bilan ko'chiriladi. 
3. Birinchi tibbiy yordami (BrTP). Tibbiy saralash vaqtida BrTP 
quyidagi guruh yaradorlar ajratiladi. 
I guruh
yaradorlar - tashqi qon ketish to‘xtatilmagan, oldin 
qo‘yi]gan jgut bilan o‘rta og‘ir qon yo‘qotishi bo‘lsa yaradorlar bog'lov 
xonasiga yuborildai. 
II guruh
yaradorlar qon oqish to‘xtatilgan, yengil qon yo‘qotganlar 
ularga tibbiy yordamni saralash ko‘chirish palatkasida yoki saralash 
maydonida qilinadi va tezlik bilan tibbiy ko'chirilib keyingi bosqichga 
o‘tkaziladi. 
BrTPda qon tomirlari jarohatlangan hamma yaradorlarga antibio- 
tik, stolbnyak anatoksini, og'riqsizlantiruvchi moddalar yuborildi. Massiv 
qon yo‘qotishda qon quyiladi va plazma oTnini bosuvchilar qilinadi. 
4. Malakali tibbiy yordam (ATO). Oyoq-qo‘llarining magistral 
tomirlari jarohatlangan yaradorlami malakali tibbiy yordam berish 
bosqichiga vertolyotda (41,9%), sanitar avtomobilda (18,9%), av- 
totransportda (39,2%) olib boriladi. 60% yaradorlar ATOga o‘rta 
og‘ir holda yoki og‘ir holatda olib kelinadi. 
Tibbiy saralash vaqtida yaradorlar 5 guruhga ajratiladi: 
i guruh — birinchi navbatda ATOda operativ davoga muhtoj: 
qon oqishi davom etayotgan, tashqi qon ketishda, vaqtincha jgut 
bilan qon to'xtatilganda, qattiq tamponada bo'lganda, o‘sib boruvchi 
gematoma bo‘lganda. 
174 


li guruh — ATOda operativ davoga ikkinchi navbatda muhtojlar: 
jarohat tomir proyeksiyasi bo‘ylab, 1-darajali ishemik sindrom va 
boshqa klinik simptomlar magistral tomirlar shikastlanganligiga shubha 
bo'lganda. 
Ma’lum bir holatda, yaradorlar ko'plab tushganda bu kategoriya- 
dagilami ixtisoslashtirilgan tomir bo'limlariga HDTG ga ko'chiriladi. 
ill guruh — oyoq-qo‘l magistral tomirlarining 3-darajali kontu- 
zion jarohatida travmadan keyingi kritik vaqtda (6 soatgacha) va 
yaqqol bo'lgan ishemik sindromi bo'lgan operativ davoga muhtoj 
yaradorlar ATOga o‘tkaziladi. 
IV guruh - magistral tomirlarning I—li darajali kontuziyasi, 
ishemiyaning boshlang'ich belgilari bo'lgan yaradorlarni tekshirish va 
davolash uchun maxsus qon tomir bo‘limiga - HDTG GBFga 
ko'chiriladi. 
V guruh — terminal holatdagi yaradorlarni ATOda simptomatik 
davolanadi. So'nggi yillardagi jangovar holatining natijasida malakali 
tibbiy yordam (68%) ko'pgina yaradorlarga birinchi 6 soat davomida 
ko‘rsatiladi. 
Jarroh ATOdagi yaradorlardan qon ketishni batamom to'xtatadi. 
Bu ntaqsadga erishish uchun quyidagilar bajariladi: jarohatdagi tomimi 
ikki tomonlama bog'lash, tomimi yonboshdan chok qo‘yish, autovena 
bilan tomirni plastika qilish. 
Urush 
vaqtida 
qonni 
batamom 
to'xtatish 
nafaqat 
tibbiy 
ko'rsatmalarga qarab, balki jang holati, shuningdek to'liq tekshirish 
o'tkazish uchun, jarrohning rentgenologik tayyorgarligi, dinamik ope- 
ratsiyadan keyingi holatni ko'rib turishga qaratilgan. Tan olish ke- 
rakki, Ikkinchi jahon urushi vaqtida ideal usul bilan qon ketishni 
batamom to‘xtatish 1,4% gina qo'llanilgan. 0‘sha vaqtda qon 
to'xtatishning asosiy usuli jarohatlangan tomirga bog'lam qo'yish 55,8% 
yaradorlarda qo'llanilgan. Bunday holat Ikkinchi jahon urushi vaqti- 
da Amerika armiyasida qo'llanilgan. Katta qon tomirga ligatura qo‘yish 
natijasida 50% 
yaradorlarda amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. 
Koreyadagi urush vaqtida Amerika armiyasi qon tomirlarni tiklovchi 
operatsiyalar qo'llashni boshlagan. Amputatsiya 13%ga kamaygan. 
Vyetnamdagi urushda ko'pincha tiklovchi operatsiyalar qo'llanilgan 
1,5% holatdagina ligatura usuli qo'llanilgan. 45,9% holatlarda autov- 
enoz plastika qo'llanilgan, 37,7% holatda shikastlangan qon tomir 
oxirini anastomoz qilingan. 8,7%da yonbosh tomir choki qo'yiigan. 
Amputatsiya qilish miqdori 3,8%ga kamaygan. Tomir choki qoida 
bo'yicha atravmatik chok material va igna yordamida qo'yiigan. 
Oxirgi yillarda tomirlarda operativ aralashuv vaqtinchalik protez- 
lash yoki tomimi shuntlash nomi bilan yuritiladi. ATOda bu operat- 
siya taxminan 12% yaradorlarda o'tkaziladi. Malakali yordam tomir- 
lami katta defektlarida, oyoq va qo'lni distal sohasida qon aylanish- 
175 


ni yaxshilash uchun yaradorlarni transportirovka qilish vaqtida max- 
sus yordam bosqichida tomirni vaqtinchalik protezlash o'tkaziladi. 
Turli xildagi sun’iy qon tomirlarni (politetraftoretilendan maxsus nay, 
qon va uning o'mini bosuvchilarni quyishda ishlatiladigan sistema 
naylari qon tomir choklari bilan birlashliriladi, bunda «oxiri oxiri- 
ga», «oxiri yonga» yoki oddiy ligaturalar qo'yiladi. 
Operatsiya nihoyasida tomirni mushak va boshqa to'qimalar bi- 
lan yopib qo‘yi)adi. 
Mahalliy va umumiy antibiotiklar majburiy. Qon tomir piastik 
operatsiyasidan keyin yaradorlar reopoliglyukin, geparin, spazmolitiklar, 
qon quyish va plazma o‘rnini bosuvchi suyuqliklar ko'rsatmaga qarab 
dish kerak. Arteriya jarohati va uzun naysimon suyakning sinishida 
yaradorlaming tomirini qayta tiklash uchun suyak ichi kumigi yoki 
suyak usti fragmentlarining fiksatsiyasi birinchi navbatda bajarilishi 
kerak (steijen, piastinkalar, vintlar va boshqlar). Magistral qon tomirlar 
shikastlanishida birlamchi amputatsiya qo'llaniladi, qachonki shu qon 
tomirlarning keng shikastlanishi natijasida suyak va nerv oxirlarini 
ham shikastlanishi kuzatilgan hollarda. Bu ko‘rsatmalar aralash 
radiatsion zararlanishida yanada kengayadi. 
Magistral qon tomirlar operatsiyasidan so‘ng yaradorlar 6—12 soat 
kuzatuvga muhtoj bo'ladilar, chunki oyoq-qo‘llarda qon aylanishi- 
ning yetarli darajadaligini aniqlash uchun. 
Agar yaradorning umumiy ahvoli yetarlicha qoniqarli bo'Isa, unda 
uni bir kun ichida sanitar transporting biriga ko'chirish kerak. 
Ko'chirish vaqtida transport immobiiizatsiyasi va cho‘zilgan jgut 
qo'yish kerak. Qon tomirlarining o‘tkir travmalarida zamonaviy davo- 
lashning asosiy prinsipi anatomik butunligini va shikastlangan qon 
lomirining funksiyasini tiklash. 
5. Maxsus tibbiy yordam - qon tomirlar bo'limi MHDJG da 
ko'rsatiladi. Maxsus tibbiy yordam ko'rsatish bosqichida asosan, ma- 
gistral qon tomirlari shikastlangan yaradorlar dastlabki soat yoki sutka- 
da kelib tushadi. Klinik, rentgenologik tekshirishlardan so‘ng (angi- 
ografiya), qon tomirlar bo'limida turli xil rekonstruktiv-tiklovchi op- 
eratsiyalar o'tkaziladi. Bunda autovenoz plastika, alloplastika, qon 
tomirni chetidan bo'lgan jarohatlarda qon tomirlar choki qo‘yish, 
anevrizmani yo‘qotish va boshqalar. Jarohat infeksiyalarining pro- 
filaktikasi va davolash uchun jarohatni drenajlash, antibiotiklar, qon 
va plazma quyish kerak. Tibbiy yordam ko'rsatishni to‘g‘ri tashkil 
etilganda ko'chirish bosqichida yirik magistral qon tomir shikastlan- 
gan yaradorlarni 82% qutqarish mumkin. 
176 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling